4.4. Marketingda tashqi soha elementlari
Har qanday tizim kabi marketing tizimi ham o‘ziga xos xususiyat-
larga ega, ya’ni o‘zining belgilari, qonuniyatlari, maqsad va vazifalari
mavjud. Bu tizim har bir elementi tashqi muhit omillariga bog‘liq.
Marketing tizimining tashqi muhitining muhim elementlariga
avvalambor, quyidagilarni kiritish lozim.
1) ta’minotchilar; 2) raqobatchilar; 3) vositachilar; 4) iste’molchilar
(bozor); 5) firma.
Firmaning samarali faoliyati bevosita sanab o‘tilgan tashqi muhit
elementlari bilan bog‘liq bo‘lib, ma’lum sharoitda ijtimoiy, iqtisodiy,
siyosiy, madaniy, demografik va ekologik omillar ham unga bevosita
ta’sir etadi.
Ta’minotchilar
– marketing tizimining subyekti bo‘lib, ularning
funksiyasiga hamkor firmalarni zarur xomashyo va kerakli asbob-
uskunalar bilan ta’minlashdan iborat.
Raqobat
– bozorda ishlab chiqarish va tovarlarni sotish
(o‘tkazish)ning bozordagi eng yaxshi shart-sharoitlari uchun iqtisodiy
raqobatchilik shakli.
Raqobatchilar
– marketing obyekti sifatida samarali yo‘llarni izlab
raqobatda ilgarilab ketishni xohlab, ular ta’minotchilarni eng qulay va
yaqinda joylashganini tanlashga urunadilar, vositachilardan foydala-
nishda ham eng maqbulini topadilar, iste’molchilarni o‘zlariga jalb
qilishga harakat qilib, yangi yangi tovar turlarini ishlab chiqadilar.
Raqobatchi firmalarning kuchli va zaif tomonlarini o‘rganib o‘z
strategiyalarini ishlab chiqadilar.
Raqobat muhitini o‘rganish biznesda muvaffaqiyatga erishishga
imkon beruvchi samarali raqobat strategiyasini ishlab chiqish uchun
zarur. Bozorning ulushi, firma daromadining darajasi kompaniya
raqobatchilarga qarshi qanchalik samarali kurasha olishi bilan
belgilanadi.
102
Raqobatchilik tahlilini ishlab chiqishning tan olingan yetakchisi
Garvard biznes maktabining professori Maykl Porterdir. Uning fikricha,
korxonaning raqobat muhitini shakllantiruvchi raqobatchi kuchlar beshta
guruhga bo‘linadi.
1.
O‘xshash mahsulotlar ishlab chiqaruvchilarning (sotuvchilar
o‘rtasidagi) raqobatchilik kuchi.
2.
O‘rnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqaruvchilar, o‘sha
ehtiyojning o‘zini, lekin bir qancha boshqa usullar bilan samarali
qanoatlantiruvchi tovarni taklif qilish bilan raqobatni keskinlashtirishi
mumkin. Ko‘pincha, aynan mana shu guruhning raqobatchilik kuchi
firma uchun vayron qiluvchi bo‘ladi.
3. Mahsulotlar va yarim fabrikatlarni komplektlovchi xomashyo va
materiallar yetkazib beruvchilar. Bu guruh vakillarining firmaning
raqobat potensialiga ta’sir etish kuchi yetkazib beruvchilarning o‘z
tovarlari narxini oshirishi va shu tarzda firma mahsuloti tannarxiga ta’sir
o‘tkazish yoki yetkazib beriladigan mahsulot va xizmatlarining sifatini
pasaytirish va shu tarzda firmaning mahsulotlari yoki xizmatlari sifatiga
ta’sir etishdan iborat.
4.Tarmoq ichida yangi raqobatchilarning paydo bo‘lishi.
5. Xaridorlarning o‘z shartlarini o‘tkazishga urinishi.
Mahsulotlarni sotib oluvchilar (xaridorlar) ham, vositachilar ham
raqobatni kuch sifati tovarlarda belgilangan iste’mol sifati bo‘lishini
yoki yaxshi xizmat ko‘rsatishning talab qilishga, shuningdek, pasaytirish
maqsadida narxlarga bosim o‘tkazishga qodir.
O‘xshash mahsulotlarning potensial ishlab chiqaruvchilari
iste’molchilarni o‘z mahsulotlariga qayta jalb qilishi, shuningdek, mah-
sulotning potensial iste’molchilarini jalb qilishi mumkin. Raqobat-
chilarning har bir guruhini o‘rganish firmaning alohida strategiyasini
ishlab chiqishni talab qiladi, bu esa marketing bo‘yicha mutaxassis-
larning majburiyatlaridan biridir. Tovar bozorida to‘g‘ri raqobatchilar
o‘rtasida raqobat kurashining jadalligi va aniq shakli raqobatning
xarakteriga bog‘liq holda o‘zgaradi. Bu raqobatchilar harakati natijasida
yuzaga keladigan ularning o‘zaro bog‘liqligi darajasini xarakterlaydi.
Tovarning raqobatbardoshligi – bu tovarda yakunlangan, xaridor uchun
narx, u tovarni sotib olishga undaydi (xaridorda tovarni sotib olish
istagini qo‘zg‘atadi). Raqobatbardoshli tovar, birinchidan, xaridor uchun
shunchalik foydali, qiziq bo‘lsinki, uning uchun o‘z pulini berishga
tayyor bo‘lsin ikkinchidan, xaridor uchun boshqa firmalarda ishlab
103
chiqarilgan o‘xshash yoki iste’mol sifati bo‘yicha o‘xshaydigan tovarga
nisbatan ancha qiziqarliroq bo‘lsin.
Firmalarning raqobatbardoshligi – uning raqobat sharoitida bozorda
egallab turgan ulushini saqlab qolish yoki kengaytirishga imkon
beruvchi marketing potensialidir.
Aniq bozordagi raqobatchilar tahlili quyidagi ketma-ketlikda
amalga oshiriladi:
1. Bozorning tuzilishi va tavsiflanishini aniqlash.
2. Tayanch raqobatchilar xarakteristikasini tasvirlash va aniq-
lash.
3. Tayanch raqobatchilarni baholash.
4. Raqobatchilar xarakterini oldindan ko‘ra bilish.
5. Potensial raqobatchilarni aniqlash.
Raqobatlarning tahlili firmaning va raqobatchilikning tarmoq
ichidagi, tarmoqlararo narxlarga oid va narxlarga oid bo‘lmagan kabi
turlarini o‘rganishni ko‘zda tutadi.Tahlilni o‘tkazishda iqtisodchilar
tomonidan taklif etilgan turli raqobatli tuzilishlarga tayanish
muhimdir. Odatda, bunday tuzilishni 4 ga bo‘lish mumkin: sof (yoki
takomillashgan) raqobat, oligopoliya, monopolistik raqobat va
monopoliya.
Do'stlaringiz bilan baham: |