Oligopoliya
– bu raqobatchilar soni kam yoki bozorda bir necha
firmalar o‘zaro kuchli bog‘liqlikni yaratib hukmronlik qilish holatidir.
Bunday bozorda har bir firma amal qilayotgan kuchlar bilan yaxshi
tanish va istalgan raqobatchining qiyofasini qolgan firmalar his etadi.
Strategik qiyofaning natijasi unga raqobatchilar ta’sir ko‘rsatishi yoki
ko‘rsatmasligiga kuchli bog‘liq.
Oligopoliya vaziyati eng ko‘p standartlashtirilgan va differensial-
langan mahsulotlar bozorida uchraydi. Qoidaga ko‘ra ishlab chiqarishga
mo‘ljallangan tovarlar (xomashyo, materiallar, mashinalar, asbob-
uskunalar) standartlashtirilgan, iste’mol tovarlari esa differensiallan-
gandir. Raqobatchilar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik ularning tovarlari
qanchalik kam differensiyalangan bo‘lsa, shunchalik kuchlidir.
Oligopoliya vaziyati ko‘proq tovarlar bozori yetilish darajasida bo‘lga-
nida uchraydi, bunda birlamchi talab kengaytirilib bo‘lmaydigan
hisoblanadi.
Sof raqobat —
modeli bozorda sotuvchilarning guruhi xaridor-
larning katta guruhiga qarama–qarshi turishining mavjudligi bilan
xarakterlanadi va bu guruhlarning hech biri baholarga ta’sir etishi uchun
yetarlicha kuchga ega emas. Tovarlar aniq belgilangan tavsifga ega.
O‘zaro o‘rinbosar va faqatgina talab va taklif o‘rtasidagi nisbat bilan
belgilanadigan baholarda sotiladi. Bunday bozordagi sotuvchilar hech
qanday bozor kuchiga ega emas va ularning harakati boshqa sotuvchilar
105
harakatiga bog‘liq emas. Bunday bozorning asosiy xususiyatlari
quyidagilardir:
•
sotuvchi va xaridorning katta miqdori;
•
differensiallanmagan, to‘la o‘zaro o‘rinbosuvchi tovarlar;
•
bozor kuchlarining to‘laligicha mavjud bo‘lmasligi.
Sof raqobatda
talab va taklif o‘yini determinant hisoblanadi.
Narx ustidan nazorat darajasi yuqori. Narx ustidan nazorat yetakchi
firma birinchi bo‘lib narxlarni o‘zgartirsa, qolganlari unga ergashsa,
yetakchilikning «Firmaga qarab tekislaning!» prinsipi bo‘yicha amalga
oshirilishi mumkin. Bunday bozorda bozordagi hamma sotuvchilarga
zarar keltirishga tahdid qiluvchi narx urushi xavfi bor.
Raqobatli firmalar ko‘p bo‘lgan bozorda raqobat yuqori, ularning
soni kamroq joyda – raqobat kam yoki yo‘q, deb hisoblash noto‘g‘ri.
Ko‘pincha, bozorda 2-3 firma faoliyat yuritsa-da, ularning bozordagi
jamlangan ulushi o‘ta yuqori 70-90% bo‘lishi kuzatiladi, shuning uchun
ushbu raqobat bozordagi raqobat darajasi yuqori sifatida belgilanadi va u
joyga kirish o‘ta qiyin hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |