134
talablari. Milliy valyutaga denominatsiya qilinmagan va milliy valyutada moliyalashtirish
summasidan oshib ketgan aktivlar qismi tavakkalchilik darajasi yuqori (100 foiz) bo‘lgan
aktivlar qatoriga kiritiladi;
e) joriy bozor qiymatida baholangan va O‘zbekiston Respublikasi Hukumati,
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki yoki tavakkalchiligi past mamlakatlar bo‘lgan
Markaziy Hukumatlari tomonidan emissiya qilingan yoki kafolatlangan qimmatli
qog‘ozlar ko‘rinishidagi garov bilan ta’minlangan yoki kafolatlangan aktivlar, ularning
qismlari va balansdan tashqari majburiyatlar. Qimmatli qog‘ozlar bank tasarrufida bo‘lishi
va
belgilangan
tartibga
muvofiq
unga
berilishi
lozim.
Kafolatlar
to‘g‘ridan–to‘g‘ri va hech qanday shartlarsiz, ya’ni ularni qo‘llashni cheklovchi biron–bir
qo‘shimcha shartlarni o‘zida qamrab olmagan bo‘lishi kerak;
yo) o‘tkazish jarayonidagi pul hujjatlari (yo‘ldagi naqd pullar hisobga kirmaydi).
O‘rtacha tavakkalchilik darajasiga ega aktivlar (tavakkalchilik
koeffitsienti – 50 foiz) o‘z ichiga jismoniy shaxslarga bir oilaga uy–joy (xonadon)
sotib olish yoki qurish uchun berilgan va dastlabki garov (garov predmetiga egalik
qilishning imtiyozli huquqi) sifatida sotib olinayottan yoki qurilayotgan uy–joy (xonadon)
bilan ta’minlangan kreditlarni oladi. Bunda kredit miqdorining garov qiymatiga nisbati 60
foizdan oshmasligi kerak. “O‘stirmaslik” maqomi berilgan yoki restrukturizatsiya qilingan
kreditlar tavakkalchilik darajasi yuqori (100 foiz) bo‘lgan aktivlar toifasiga kiradi. Bank
dastlabki garov huquqiga ega bo‘lmasa, bunday kreditlar tavakkalchiligi yuqori (100 foiz)
bo‘lgan aktivlar hisoblanadi;
Yuqori tavakkalchilik darajasiga ega aktivlar (tavakkalchilik
koeffitsienti – 100 foiz) quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
a) bank tomonidan berilgan barcha kreditlar, jumladan, tadbirkorlik tuzilmalari,
qishloq xo‘jalik, ishlab chiqarish korxonalariga berilgan kreditlar, shuningdek, iste’mol va
ipoteka kreditlari, 18–20–bandlarida ko‘rsatilgan kreditlar bundan mustasno;
b) bankning asosiy vositalari, inshootlari, jihozlari va shaxsiy ko‘chmas mulklari;
v) boshqa barcha aktivlar.
Quyidagi aktivlarga o‘ta yuqori (150%) tavakkalchilik darajasi qo‘llaniladi:
a) sud jarayonidagi aktivlar va (yoki) belgilangan muddatlarda undirilmagan
aktivlarga;
b) bank tomonidan qarzdorning qarzini to‘liq yoki qisman undirish uchun bank
balansiga olingan ko‘chmas mulk;
v) bank tomonidan ikki yildan ko‘p bo‘lgan muddatda foydalanilmayotgan ko‘chmas
mulk;
g) qarzdorning moliyaviy ahvoli og‘irlashganligi sababli shartlari qayta ko‘rib
chiqilgan yoki muddati bir marotabadan ortiq uzaytirilgan kreditlar.
Do'stlaringiz bilan baham: