Toshkent moliya instituti "bank ishi" kafedrasi "bank ishi"



Download 3,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet156/156
Sana04.07.2021
Hajmi3,13 Mb.
#108947
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   156
Bog'liq
bank ishi

 
 
 
3.Banklarda kreditlash jaryonini tashkil qilishning huquqiy asoslari 
 
Bozor  iqtisodiyotiga  o‘tish  sharoitida  xo‘jalik  yurituvchi  sub’ektlar,  banklar 
faoliyatining mustaqillashuvi va erkinlashuvi yuzaga keladi. Mustaqillik yillarida turli xil 
mulkchilik shakliga asoslangan korxonalar tashkil qilinmoqda. Xar bir iqtisodiy  mustaqil 
korxona  faoliyatida  aylanma  mablag‘larning  vaqtinchalik  etishmasligi  yuzaga  keladi. 
Xozirgi  sharoitda  mamlakatimizda  mablag‘  jalb  qilishning  eng  keng  tarqalgan  yo‘li  bu 
bankdan  kredit  olishdir.  SHu  sababli  bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  kredit  mexanizmining 
o‘rni katta.  
 Bilamizki,  tijorat  banklarida  kreditlash  jarayonini  tashkil  etishning  asosiy  mezonlaridan 
biri uning huquqiy asosining qay darajada yaratilganidir. Respublikamiz tijorat banklari kredit 
faoliyatining  huququy  asosi  bo‘lib,  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi  tomonidan 
qabul qilingan bank faoliyatiga tegishli qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
farmonlari, Vazirlar Maxkamasining qarorlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy 
banki  tomonidan  qabul  qilingan  me’yoriy  hujjatlar  to‘plami  hisoblanadi.  Xususan, 
O‘zbekiston  Respublikasining  Fuqarolik  kodeksi,  “O‘zbekiston  Respublikasi  Markaziy 
banki to‘g‘risida”, “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”, “Aksiyadorlar jamiyati va ular 
huquqini  himoya  qilish  to‘g‘risida”,  “Bank  siri”,  “Aholi  omonatlarini  kafolatlash  fondi 
to‘g‘risida”gi va boshqa qonunlarni keltirish mumkin. 
O‘zbekiston  Respublikasi  Fuqarolik  kodeksining  40  -  moddasiga  ko‘ra,  tijorat 
banklari  yuridik  shaxs  bo‘lib,  ularning  asosiy  maqsadi  foyda  olishdir
72
.  Faqat  etarli 
miqdorda  foyda  oladigan  bankgina  o‘z  aksiyadorlariga  dividend  to‘lashga,  sarmoyani 
ko‘paytirishga,  faoliyat  ko‘lamini  kengaytirishga,  mijozlarga  ko‘rsatilayotgan  xizmat 
turlarini ko‘paytirishga, filiallar tarmog‘ini kengaytirish bilan birga bozorda o‘z mavqeini 
ko‘tarish imkoniyatiga ega bo‘ladi.  
                                                           
72
O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi Toshkent: -2003. –B. 300-308. 
 


304 
 
Banklar aholidan omonatlarni jalb qilib, o‘zi tavakkal qilib riskni o‘z bo‘yniga olgan 
holda  jalb  qilingan  mablag‘larni  kredit  va  investitsiya  amaliyotlariga  yo‘naltiradi. 
Fuqarolik  kodeksining  765  va  785-  moddalariga  hamda  “Banklar  va  bank  faoliyati 
to‘g‘risida” gi qonunning 39 - moddasiga asosan banklar jalb qilingan omonat va boshqa 
mablag‘larning to‘laligicha saqlanishini va o‘z vaqtida to‘lanishini ta’minlashlari shart.  
O‘zbekiston  Respublikasida  iqtisodiyotni  erkinlashtirish  va  isloh  qilish  siyosati 
iqtisodiyotning  barcha  tarmoqlari  qatori  bank  tizimida  ham  keng  ko‘lamda  amalga 
oshirilmoqda. Kreditlash jarayonini tashkil etish, korxona va tashkilotlarning moliyaviy 
ahvolini  tahlil  qilish  kabi  masalalarni  to‘g‘ri  amalga  oshirish  kredit  riski  darajasini 
pasaytirishga,  hamda  bank  kredit  portfelini  sifatini  yaxshilanishiga  ijobiy  ta’sir 
ko‘rsatadi. 
Tijorat  banklari  bank  tizimining  muhim  bo‘g‘ini  bo‘lib,  kredit  resurslarning  asosiy 
qismi  shu  banklarda  yig‘iladi,  hamda  bu  banklar  huquqiy  va  jismoniy  shaxslarga 
o‘zlarining jozibador xizmatlarini ko‘rsatadilar. 
Tijorat banklarini kreditlash jarayonini tashkil etishdagi keyingi o‘zgarishlarga “Bank 
tizimini  yanada  erkinlashtirish  va  isloh  qilish  borasidagi  chora-tadbirlar  to‘g‘risida”gi 
Prezident  Farmoni  asos  bo‘ldi
73
.  Bu  Farmonga  asosan  kreditlash  borasida  tijorat 
banklarining  mustaqilligini  oshirish,  kreditlash  jarayonini  kengaytirish  va  takomillatirish 
masalalarini  amalga  oshirish  ko‘zda  tutildi.  Bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  har  bir  bankni 
siyosiy,  iqtisodiy  va  ichki  xususiyatlaridan  kelib  chiqqan  holda  faoliyat  yuritishi  amalda 
mustaqil bo‘lishini  talab  etadi.  Tijorat  banklari shunga  muvofiq  o‘zining  mustaqil  kredit 
siyosatini  va  kreditlash  nizomini  ishlab  chiqishdi.  Hozirgi  kunda  har  bir  tijorat  banki 
kreditlash amaliyotini “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonunga, kredit siyosatiga 
va boshqa me’yoriy  hujjatlarga muvofiq amalga oshirmoqda. Bu esa barcha banklarning 
yagona umumiy  me’yoriy hujjat asosida emas, balki mustaqil ravishda, o‘z faoliyatining 
xususiyatlaridan  kelib  chiqqan  holda,  kreditlash  jarayonini  tashkil  etishga  imkoniyat 
yaratadi. Shundan kelib chiqqan holda, hozirgi kunda tijorat banklari kreditlash jarayonini 
tashkil  etib,  uni  yildan-yilga  takomillashtirib  bormoqdalar.  Tijorat  banklari  kredit 
operatsiyalarini amalga oshirish va tartibga solish uchun  kredit siyosati juda muhim vosita 
bo‘lib  xizmat  qiladi.    Tijorat  banklari  o‘zlarining  faoliyatlaridan  kelib  chiqib  kredit 
siyosatini  bir  qatoromillar  hamda  turli  me’yoriy  va  uslubiy  qo‘llanmalarga  asoslangan 
holda  O‘zbekiston  Respublikasi  Markaziy  banki  tomonidan  2000  yil  22  fevralda 
tasdiqlangan “Tijorat banklari kredit siyosatiga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risida” gi 429 – 
Nizomga asosan ishlab chiqadilar.  
Tijorat banklarining kredit siyosatini maqsadi quyidagilardan iborat bo‘ladi: 
–  yuqori sifatli aktivlarni tashkil etish va daromadlikning doimiy maqsadli darajasini 
taxminlash imkonini beradigan tavakkalchilikning faqat shunday xarakteriga yo‘l qo‘yish; 
                                                           
73
 “Bank tizimini yanada erkinlashtirish va isloh qilish borasidagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni Toshkent
2000. O‘zbekiston bank tizimini isloh qilish va erkinlashtirish bo‘yicha qonunchilik hujjatlari to‘plami. - oshkent: O‘zbekiston, 
2003. 
 
 


305 
 
–  yuqori  sifatli  kredit  portfelini  ta’minlovchi  kredit  xodimlarining  yuqori  malakali 
jamoasini tashkil qilish; 
–  bankning  strategik  maqsadlariga  muvofiq  keladigan  iqtisodiy  jihatdan  istiqbolga 
ega, rentabelli loyihalarni moliyalashtirish uchun ssudalar berish; 
–  kredit resurslarini jalb etish muddatlaridan kelib chiqqan holda kreditlashni amalga 
oshirish; 
–  bank  mijozlari  bilan  uzoq  muddatli,  daromad  keltiruvchi  munosabatlarni 
rivojlantirishga ko‘maklashish; 
–  yuqori  darajada  raqobatbardosh,  biroq,  kreditlashning  asossiz,  shuningdek,  bank  
amaliyotida vaqtinchalik istiqboli bo‘lmagan   usullaridan foydalanishdan chekinish. 
Me’yoriy  hujjatlarning  ichida  O‘zbekiston  Respublikasi  Markaziy  banki  tomonidan 
tijorat banklarining kredit siyosati bo‘yicha belgilagan talablari muhim ahamiyatga ega. 
O‘zbekiston  Respublikasi  Markaziy  banki  tomonidan  2000  yil  22  fevralda 
tasdiqlangan “Tijorat banklari kredit siyosatiga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risida” gi 429 – 
Nizomga asosan banklarning redit siyosatiga quyidagi talablar qo‘yilgan: 
1.  Kredit siyosatining maqsadi va strategiyasi 
2. Vakolatlar darajasi va mas’uliyatni taqsimlash 
3. Kredit turlari 
4. Kreditlarning to‘planishi 
5. Kreditlarni to‘lash 
6. Qarzdorlarga doir moliyaviy axborot 
7. Garov ta’minotiga nisbatan qo‘yiladigan talablar 
8. Kredit monitoringiga nisbatan qo‘yiladigan talablar 
9. Foiz stavkalari 
10. Bog‘liq shaxslar bilan bajariladigan operatsiyalar 
11. Ko‘zda tutilmagan holatlar moddalari(balansdan tashqari moddalar) 
12. Kredit portfelini audit qilish 
13. Bank Boshqaruvi va Kengashiga taqdim etiladigan hisobotlar 
Bugungi kunda har bir tijorat banki o‘zining kredit siyosatiga ega bo‘lib, uni doimiy 
ravishda takomillashtirib borishga e’tiborni qaratishlari lozim. 
Tijorat  banklari  faoliyatida  kredit  risklarini  kamaytirish  hozirgi  kunda  kredit 
siyosatining bosh maqsadi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Kreditlash jarayonida kredit riski 
darajasini pasaytirish maqsadida Markaziy bankining 1998 yil 2 dekabrdagi 557-sonli “Bir 
qarzdor  yoki  o‘zaro  daxldor  bo‘lgan  qarzdorlar  guruhiga  to‘g‘ri  keluvchi  riskning  eng 
yuqori darajasi to‘g‘risida”gi nizomida keltirilgan quyidagi talablarga rioya etiladi:  
-tijorat banklarining bir qarz oluvchiga to‘g‘ri keladigan ta’minlangan kreditining eng 
yuqori miqdori bankning birinchi darajali kapitaliga nisbatan 0,25 qilib belgilangan; 
-tijorat banklarining bir qarz oluvchiga to‘g‘ri keladigan ta’minlanmagan kreditining 
eng  yuqori  miqdori  bankning  birinchi  darajali  kapitaliga  nisbatan  0,05  dan  oshmasligi 
lozim. 
Shuni  alohida  aytish  lozimki,  xalqaro  amaliyotda  bir  qarzdorga  beriladigan  kredit 
riskini kamaytirish maqsadida sinditsiyalashgan kreditlar turidan foydalaniladi. 


306 
 
Bank  kapitalining  10  foizidan  oshadigan  bitta  mijozga  beriladigan  kreditga  yirik 
kredit deb aytiladi. SHuni ta’kidlash lozimki, bank uchun “Yirik” toifaga kiradigan va bir 
qarz  oluvchiga  beriladigan  kreditlar  miqdorini  shu  qarz  oluvchining  o‘z  mablag‘lari 
miqdoridan oshmaslik tavsiya etiladi.  
Tijorat  banklari  tomonidan  beriladigan  yirik  kreditlarning  umumiy  miqdori 
ko‘rsatkichining  eng  yuqori  darajasi  regulyativ  kapitalga  nisbatan  8  barobar  qilib 
belgilangan.  
O‘zbekiston  Respublikasi  Markaziy  banki  kichik  biznes  va  tadbirkorlik  faoliyatini 
qo‘llab-quvvatlash maqsadida qator me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqgan. 
Imtiyozli  kreditlash  Jamg‘armasi  hisobidan  beriladigan  kreditlar  “Tijorat  banklari 
tomonidan  kichik  va  o‘rta  biznes  sub’ektlari,  dexqon  va  fermer  xo‘jaliklariga  imtiyozli 
kreditlash maxsus jamg‘armaning mablag‘lari hisobidan kredit berish tartibi to‘g‘risida” gi 
2000 yil 19 maydagi nizomiga muvofiq beriladi. 
Tijorat  banklarida  imtiyozli  kreditlash  jamg‘armasi  bank  foydasidan  (soliq 
to‘langandan so‘ng), 25 foiz mikdorida ajratmalar o‘tkazish hisobiga shakllanadi. Bunda 
ajratmalarning 85 foizi filial ixtiyorida qoladi. Jamg‘armaga chorakda bir marta, birinchi 
oyining  10  sanasidan  kechikmasdan,  bank  Biznes-rejasida  ko‘zda  tutilgan  choraklik  sof 
foydaning rejalangan summasidan ajratmalar o‘tkaziladi. 
Mikromoliyaviy  xizmatlar  bozorini  rivojlantirish,  fuqarolarning  va  tadbirkorlik 
sub’ektlarining ishchanlik faolligini oshirish uchun ularning moliyaviy mablag‘lar hamda 
xizmatlarga  bo‘lgan  ehtiyojlarini  ta’minlash  sohasidagi  munosabatlarni  tartibga  solish 
maqsadida O‘zbekiston Respublikasining “Mikromoliyalash to‘g‘risida”gi qonuni 2006 yil 
15  sentyabrda  qabul  qilindi.  Ushbu  qonunga  asosan,  mikrokredit,  mikroqarz  hamda 
mikrolizing  tushunchalari  ifoda  etilgan.  Mikromoliyaviy  xizmatlar  ko‘rsatuvchi 
tashkilotlar qonunga muvofiq mikromoliyaviy xizmatlarni amalga oshiradilar.  
Kichik  biznes  va  tadbirkorlik  sub’ektlarini  moliyaviy  qo‘llab  quvvatlash 
mexanizmini takomillashtirish hamda kredit berish jarayonini imkon qadar soddalashtirish 
va  qulay  bo‘lishini  ta’minlash  maqsadida  qator    me’yoriy  hujjatlar  muvofiqlashtirildi  va 
yangi tahrirda yagona, “Tijorat banklari tomonidan davlat maqsadli jamg‘armalari kredit 
liniyalari  hisobidan  mikrokreditlar  tartibi  to‘g‘risida”gi  Nizom,  “Kichik  tadbirkorlik 
sub’ektlarini  milliy  valyutada  kreditlash  tartibi  to‘g‘risida  ”gi  Nizomlar    ishlab  chiqildi. 
Bundan  asosiy  maqsad,  banklarda  hujjatlar  sonini  qisqartirish  va  tadbirkorlar  uchun 
kreditlash amaliyotidan foydalanishda qulaylik yaratishdir. CHunki hujjatlar sonining ko‘p 
bo‘lishi,  ularni  o‘rganish  va  amaliyotda  qo‘llash  jarayonida  ma’lum  chalkashliklarni 
keltirib chiqarishi mumkin.  
Ma’lumki,  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2015  yil  6  maydagi  “Tijorat 
banklari moliyaviy barqarorligini yanada oshirish va ularning resurs bazasini rivojlantirish 
bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-2344-sonli Qarori qabul qilindi. 
Mazkur  Qaror bank  tizimi  moliyaviy  barqarorligi va ishonchliligini  yanada  oshirish, 
tijorat  banklari  resurs  bazasini  mustahkamlash  va  oshirish  uchun  qulay  muhitni  yaratish, 
banklar investitsion faolligini rag‘batlantirish hamda bank faoliyatini umumqabul qilingan 
xalqaro  normalar  va  standartlarga  muvofiq  yanada  yuqori  darajalarga  ko‘tarishni 
ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan.  


307 
 
Mazkur  Qaror  bilan  banklar  moliyaviy  barqarorligi  va  likvidliligi  hamda  ular  resurs 
bazasini yanada oshirish bo‘yicha Kompleks chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi. 
Unga ko‘ra: 
-  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 28 iyuldagi PQ-1166-sonli Qarori 
bilan tijorat banklariga berilgan, ularning kredit portfelida investitsion kreditlar ulushidan 
kelib  chiqqan  holda  differensiyalashtirilgan  stavkalar  bo‘yicha  foyda  solig‘idan 
imtiyozlarni 2020 yil 1 yanvarga qadar uzaytirish
-  tijorat  banklarining  Imtiyozli  kreditlash  maxsus  jamg‘armasi  mablag‘lari  hisobidan 
kreditlar  berishdan  oladigan  daromadlari  ana  shu  mablag‘lar  mazkur  Jamg‘armaning 
resurslarini  ko‘paytirishga  maqsadli  yo‘lantirilgan  taqdirda  5  yil  muddatga  daromad 
solig‘idan ozod qilinishi belgilab berilgan. 
Bugungi kunda mamlakatimiz tijorat banklarida kreditlarni tasniflash  O‘zbekiston 
Respublikasi  Adliya  Vazirligi  tomonidan  14.07.2015  y.  №2696-son  bilan  ro‘yxatga 
olingan va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi tomonidan 13.06.20915 
y. № 14/5son bilan tasdiqlangan “tijorat banklarida aktivlar sifatini tasniflash va aktivlar 
bo‘yicha  ehtimoliy  yo‘qotishlarni  qoplash  uchun  zaxiralar  shakllantirish  hamda  ulardan 
foydalanish  tartibi  to‘g‘risidagi”gi  nizomga    muvofiq  olib  boriladi.  Tijorat  banklarining 
aktivlari  sifatiga ko‘ra  «standart»,  «substandart»,  «qoniqarsiz»,  «shubhali»  va  «umidsiz» 
toifalarga  tasniflanadi.Mazkur  Tartibga  muvofiq  barcha  tijorat  banklari  o‘z  aktivlarini 
tasniflash hamda shubhali va harakatsiz aktivlar bo‘yicha yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan 
zararlarni qoplash uchun etarli bo‘lgan zaxirani tashkil etishi shart. 
Ayni vaqtda respublikamiz  tijorat banklarining  kreditlash  jarayonini  samaradorligini 
oshirish  borasida  sezilarli  muammolar  mavjud.  Xususan  mamlakatimiz    bank  tizimida 
kreditlash  shakllaridan  to‘laqonli  tarzda  foydalanilmayotganligi,  mijozlarning  kreditga 
layoqatliligi baholash tizimida sezilarli kamchiliklarning mavjudligi tijorat banklari kredit 
siyosatini tadqiq qilishni, kredit siyosati asosida kreditlash jarayonini olib borish asoslarini 
o‘rganishni  amaliy  materiallarni  tahlil  qilishni  va  shu  asosda  mavjud  kamchiliklarni 
aniqlashni,  ularni  bartaraf  qilish  yo‘llarini  izlab  topishni  hamda  ularni  amalda  qo‘llagan 
holda  banklar  tomonidan  beriladigan  kreditlarning  samaradorligini  oshirishni  ko‘zda 
tutadi. 

Download 3,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish