132
v) bank tugatilganda ularga doir talablar bank depozitorlari va bank boshqa
kreditorlari talablari qondirilgandan so‘ng qondirilishi;
g) aksiya egasining tashabbusi bilan to‘lanmasligi;
d) bankning barcha zaxiralarini qoplashi va bankni to‘lovga qobiliyatsiz deb e’lon
qilish huquqini bermasligi;
e) agar bank oxirgi 3 chorak mobaynida foyda olmagan bo‘lsa, emitent xohishiga
ko‘ra oddiy va imtiyozli aksiyalar bo‘yicha dividendlar (foizlar) to‘lash to‘g‘risidagi qaror
qabul qilishda ushbu majburiyatlarga doir dividendlar (foizlar)ni to‘lash muddati
kechiktirilishi mumkinligi.
subordinar qarz, bu bankning qarz majburiyatlari shakli bo‘lib, bank kapitalini
aniqlash maqsadida hisob–kitoblardan so‘ng I darajali kapitalning uchdan bir qismidan
oshmasligi kerak. II darajali kapitalga kiruvchi subordinar qarz to‘lash muddati etib
kelgunga qadar oxirgi 5 yil davomida yiliga 20 foizga kamayib borishi shart.
II darajali kapital tarkibiga kiruvchi subordinar qarz quyidagi talablarga javob berishi
lozim:
a) garov ta’minotiga ega bo‘lmaslik;
b) bank tugatilayotganda ushbu majburiyatlar bo‘yicha talablar depozitorlar va bank
boshqa kreditorlari talablari qondirilganidan so‘ng amalga oshirilishi;
v) boshlang‘ich to‘lov muddati 5 yildan ortiq bo‘lishi;
g) subordinar qarz Markaziy bankning ruxsati bilan muddatidan avval qaytariladi.
aktivlarning boshlang‘ich qiymatiga nisbatan baholash qiymatining oshgan
summasining 45 foizi miqdori.
Kapitaldan chegirmalar kapital etarliligi koeffitsientlari hisoblangunga qadar I
darajali kapitaldan chegirilishi lozim.
I darajali kapitaldan chegirmalar o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
nomoddiy aktivlar;
birlashmagan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar kapitaliga barcha investitsiyalar summasi,
shu jumladan, bunday xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar kapitalini tashkil qiluvchi qarz
majburiyatlari;
boshqa banklarning kapitaliga qilingan investitsiyalar.
Bunda I darajali kapitaldan chegirmalar tarkibiga O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2008 yil 18 noyabrdagi “Iqtisodiyot real sektori korxonalarining moliyaviy
barqarorligini yanada oshirish chora–tadbirlari to‘g‘risida” PF–4053–son Farmoniga
muvofiq auksion va tanlov savdolarida banklarga realizatsiya qilingan ishlab chiqaruvchi
bankrot korxonalar mol–mulki negizida tashkil qilingan korxonalarga, shuningdek
O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidentining
2008
yil
19 noyabrdagi F–4010–son Farmoyishi bilan tasdiqlangan Iqtisodiy nochor korxonalarni
auksion va tanlov savdolarida tijorat banklariga realizatsiya qilish tartibiga muvofiq
xo‘jalik sudlarining qarorlariga binoan kreditor banklar balansiga tugatish qiymati
bo‘yicha qabul qilingan ishlab chiqaruvchi bankrot korxonalar mol–mulki negizida tashkil
etilgan korxonalarga banklarning investitsiyalari kiritilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: