Toshkent moliya instituti "bank ishi" kafedrasi "bank ishi"


Tijorat banklarining funksiyalari va operatsiyalari



Download 3,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/156
Sana04.07.2021
Hajmi3,13 Mb.
#108947
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   156
Bog'liq
bank ishi

3.Tijorat banklarining funksiyalari va operatsiyalari.  
 
Tarixiy taraqqiyot davomida banklar mablag‘larni yig‘ish, saqlab berish, kredit-hisob 
va boshqa turli xil vositachilik operatsiyalarini bajarib kelganliklari sabab, banklar kredit 
muassasa  bo‘lib,  foyda  olish  maqsadida  bank  barcha  risklarni  o‘ziga  qabul  qilgan  holda 
operatsiyalarini amalga oshiradi. O‘zbekiston Respublikasining 1996 yil 26 aprelda qabul 
qilingan “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi qonunining 1-moddasiga asosan “Bank-
tijorat  tashkiloti  bo‘lib,  bank  faoliyati  deb  hisoblanadigan  quyidagi  faoliyat  turlari 
majmuini amalga oshiradigan, ya’ni: 
-yuridik  va  jismoniy  shaxslardan  omonatlar  qabul  qilish  hamda  qabul  qilingan 
mablag‘lardan tavakkal qilib kredit berish yoki investitsiyalash uchun foydalanish; 
-to‘lovlarni  amalga  oshirish  bilan  shug‘ullanuvchi  yuridik    shaxsdir.  Demak,  bank 
barcha riskni o‘z zimmasiga olib, yuridik va jismoniy shaxslarning pul mablag‘larini jalb 
qilib,  bank  resurslarini  tashkil  qilgan  holda,  bu  mablag‘larni  muddatida  qaytarib  berish, 
to‘lov va  ta’minlash shartlari  asosida o‘z  nomidan  ularni  joylashtiradi hamda  yuridik va 
jismoniy  shaxslar  o‘rtasidagi  hisob-kitob  va  vositachilik  operatsiyalarini  olib  boruvchi 
kredit muassasa hisoblanadi. 
Ba’zi  adabiyotlarda  «bank-bu  korxona»,  deb  ham  izoh  beriladi.  Ma’lumki,  bank 
yaxlit  olingan  korxona  sifatida  ishlab  chiqarish  jarayonini  amalga  oshirmaydi.  Tijorat 
banklarining  faoliyatini  korxona  faoliyatiga  shu  jihatdan  o‘xshatish  mumkinki,  tijorat 


23 
 
banklari  ham  korxonalar  singari  o‘z  faoliyatini  o‘z  daromadini  ko‘paytirishga  qaratadi, 
lekin  korxonalar  faoliyatidan  farqli  ravishda  banklar  shu  asosida  birinchidan,  o‘z 
ta’sischilari–aksiyadorlarining manfaatlarini, ikkinchidan, o‘z mijozlarining manfaatlarini 
himoya qilishni ta’minlaydi. 
Tijorat  banklariga,  bizning  fikrimizcha,  shunchaki  «korxona»  emas,  balki  «maxsus 
korxona»  deb  qarash  zarur.  CHunki  tijorat  banklari  ssuda  kapitali  harakatini  amalga 
oshiradi va shu asosda bank o‘z aksiyadorlariga, paychilariga foyda olishni ta’minlaydi. 
Tijorat  banklari  bank  tizimining  muhim  bo‘g‘ini bo‘lib, kredit  resurslarining  asosiy 
qismi shu banklarda yig‘iladi va bu banklar xuquqiy, jismoniy shaxslarga o‘z xizmatlarini 
ko‘rsatadilar. 
Bank  bu  shunday  korxonaki,  unda  xom  ashyo  bo‘lib  depozit  va  qo‘yilmalar 
hisoblansa,  oxirgi  tovar  –  bu  berilgan  ssudalardir.  Depozit  va  qo‘yilmalar  jalb  qilingan 
qarz mablag‘lari, berilgan ssudalar esa – joylashtirilgan mablag‘lar bo‘lib hisoblanadi. 
 Har xil jismoniy shaxslar va tashkilotlardan pul mablag‘larini jalb qilish uchun, qarz 
hajmiga  qarab  ma’lum  summani  foizlar  shaklida  to‘lash  kerak.  Bo‘lmasa  mablag‘ 
qo‘yuvchilar  yoki  boshqa  bankni  tanlaydilar,  yoki  pul  saqlashni  boshqa  shakllariga 
o‘tadilar:  masalan,  oltin  yoki  valyuta  sotib  olish,  boshqa  moliyaviy  vositachilar 
xizmatlaridan  foydalanish  va  boshqalar.  Pul  saqlash  shaklini  tanlashda  mablag‘ 
qo‘yuvchini ikkita muhim omil - moliyaviy vositachilarning ishonchli ekanligi va daromad 
olish darajasi (qarzga to‘lanadigan foizlar) ko‘proq qiziqtiradi. 
Boshqa tomondan, bank ssuda berganda uning summasiga qarab foiz shaklida to‘lov 
undiradi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida tijorat banklarining bozor munosabatlari sub’ektlari 
bilan  aloqasi  yanada  kengayadi  va  chuqurlashadi.  Bank  bu  holda  barcha  mablag‘lari 
harakatini boshqarib boradi. 
Bu  ikkita  foiz  stavkalari  o‘rtasida  farq  -  bank  daromadining  asosiy  manbasi  bo‘lib, 
iqtisodiy adabiyotlarda u “marja” nomi bilan yuritiladi. 
SHunday  qilib,  marja  -  bu  jalb  qilinuvchi  va  joylashtirila-  digan  qarz  va  ssuda  foiz 
stavkalari o‘rtasidagi farqdir.    
Banklar  mablag‘larni  jalb  qilish  va  joylashtirish  yo‘li  bilan    barcha pul  mablag‘lari 
harakatini boshqarib boradi.    Bankning asosiy faoliyati vositachilik bilan bog‘liq bo‘lib, u 
pul  mablag‘larni  qarz  beruvchidan  qarz  oluvchilarga  o‘tkazish  bilan  bog‘liq  bo‘lgan 
operatsiyalarni  bajarishdan  iborat.  Banklar  bilan  bir  qatorda  pul  mablag‘lari  harakatini 
boshqa moliyaviy va kredit tashkilotlari, investitsion fondlar, sug‘urta kompaniyalari ham 
amalga  oshiradilar.  Biroq,  bankning  moliyaviy  risklarning  sub’ekti  sifatida  yuqorida 
keltirilgan  boshqa  sub’ektlar  faoliyatidan  farq  qiladigan  ikkita  o‘ziga  xos  xususiyati 
mavjud: 
-birinchidan, banklar faqat ular uchun xos bo‘lgan qarz majburiyatlarini (depozitlar, 
omonat  sertifikatlari  va  boshqalar)  chiqaradilar  va  bu  yo‘l  bilan  yig‘ilgan  mablag‘larni 
boshqa  sub’ektlar  tomonidan  chiqarilgan  qimmatli  qog‘ozlar  va  qarz  majburiyatlariga 
joylashtiradilar.  Bankning  bu  xususiyati  moliyaviy  broker  va  dillerlar  faoliyatidan  farq 
qiladi,  chunki  ular  moliya  bozorida  o‘z  qarz  majburiyatlarini  chiqarmasdan  faoliyat 
ko‘rsatadilar. 


24 
 
-ikkinchidan,  banklar  jismoniy  va  yuridik  shaxslar  oldida  mijozlarning  pul 
mablag‘larini  hisob  varaqlariga  qo‘yish  va  jamg‘arma  o‘tkazish,  depozit  sertifikatlarini 
chiqarish  va  boshqalar  orqali  qat’iy  belgilangan  qarz  majburiyatlarini  oladilar.  Qat’iy 
belgilangan  qarz  majburiyatlar bilan  faoliyat  ko‘rsatish banklar  uchun  riskli hisoblanadi, 
chunki  banklar  o‘z  kreditorlari  oldida  olgan  majburiyatlarini  to‘liq  bajarishlari  lozim. 
Investitsion  fondlar  esa  o‘z  aktivlari  va  passivlarining  qiymati  o‘zgarishi  bilan  bog‘liq 
risklarni o‘z aksiyadorlari zimmasiga yuklaydilar. 
O‘zbekiston Respublikasida tijorat banklarini tashkil etish va ularning faoliyatini olib 
borish  “Banklar  va  bank  faoliyati  to‘g‘risida”gi  qonunga  asoslanadi.  YUqorida  qayd 
etilgan  qonunga  asosan  O‘zbekiston  Respublikasida  banklar  universal  faoliyatni  amalga 
oshiradilar.  Aniqroq  qilib  aytadigan  bo‘lsak,  turli  xilda  kreditlar  berish,  qimmatli 
qog‘ozlar va xorijiy valyuta oldi-sotdisi bilan shug‘ullanish, bo‘sh turgan pul mablag‘larni 
jalb  etish,  hisob-kitoblarni  amalga  oshirish,  kafolat  va  garantiyalar  berish  va  hokazolar 
tijorat bankining asosiy faoliyat turlaridan hisoblanadi. 
O‘zbekiston  Respublikasida  xorijiy  banklar  va  har  qanday  mulkchilik  shakliga 
asoslangan  banklar  faoliyat  ko‘rsatishi  mumkin.  O‘zbekiston  Respublikasida  faoliyat 
ko‘rsatayotgan  tijorat  banklari  va  ularning  mulkchilik  shakliturli  mulkchilikka 
asoslangandir. 
Odatda,  O‘zbekistonda  banklar  aksionerlik  jamiyat  ko‘rinishida  tashkil  etiladi. 
Bankning  ustav  kapitalini  shakllantirish  uchun  davlat  organlarining  mablag‘lari,  jamoa, 
birlashmalar  va  fondlarining  mablag‘lari,  garov  va  kreditga  olingan  mablag‘lardan 
foydalanish mumkin emas.  
Tijorat  banklarining  tashkiliy  tuzilishi  aksioner  jamiyat  tuzilishiga  o‘xshashdir. 
Tijorat  bankining  oliy  organi  aksiyadorlarning  umumiy  yig‘ilishi  hisoblanadi.  Bu 
yig‘ilishlarda  aksiyadorlarning  vakillari  va  aksiyador  korxonalarning  rahbarlari  ishtirok 
etadilar.  Aksiyadorlarning  umumiy  yig‘ilishi  ko‘rib  chiqishga  qo‘yilgan  masalalar 
bo‘yicha  qaror  qabul  qilish  uchun  aksiyadorlarning  kamida  3/4  qismi  ishtirok  qilishi 
lozim. 
Bankning  boshqaruvini  direktorlar  kengashi  amalga  oshiradi.  Unga  qo‘shimcha 
tarzda  bank  boshqaruvini  kuzatish  va  nazorat  qilish  mas’uliyati  ham  yuklatilgan. 
Direktorlar  kengashi  a’zolarining  tarkibi  va  saylanish  muddati  tijorat  bankning  nizomi 
bilan belgilanadi. 
Bank  Kengashi  bank  faoliyatining  asosiy  yo‘nalishini,  kredit  siyosati  va  bankning 
boshqa  rejalarini  ko‘rib  chiqish,  daromad,  xarajatlar,  foyda  rejalarini  tasdiqlash, 
shu’balarni  ochish  yoki  yopish  masalalarini  ko‘rib  chiqish  kabi  masalalar  bilan 
shug‘ullanadi. 
Bank  Boshqaruvi  bank  faoliyatiga  bevosita  rahbarlik  qiladi.    Bank  boshqaruvi 
aksiyadorlarning  umumiy  yig‘ilishi  va  direktorlar  kengashi  oldida  javobgardir. 
Aksionerlarning  umumiy  yig‘ilishi,  bank  kengashi  va  boshqaruvi  bankning  boshqaruv 
organlari hisoblanadi. 
Bankka  operativ  rahbarlik  qiluvchi  va  uning  faoliyati  uchun  javob  beruvchi  bank 
boshqaruvi bankning ijroiya organi hisoblanadi. Boshqaruv bank kengashi va aksiyadorlar 
umumiy yig‘ilishi oldida hisobdordirlar. 


25 
 
Yuqorida  keltirilgan  bankning  tashkiliy  tuzilishi  aksariyat  banklar  uchun  o‘xshash 
bo‘lib  tijorat  banklarining  joylashish  o‘rni,  xizmat  ko‘rsatadigan  mijozlarning  faoliyati 
xususiyatlaridan kelib chiqib ba’zi bir o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin. 
Bank  boshqaruv  majlisi doimo  o‘tkaziladi  va  majlislarda qabul  qilinadigan  qarorlar 
berilgan  ovoz  soniga  qarab  hal  etiladi.  Ovozlar  tengligida  bank  boshqaruvchining  ovozi 
hal  etuvchi  hisoblanadi.  Agar,  boshqaruv  a’zolari  yoki  boshqaruv  raisi  boshqaruv  qabul 
qilgan  qaroriga  norozi  bo‘lsa,  ular  o‘z  fikr  va  mulohazalarini  kengash  yoki  aksiyadorlar 
umumiy yig‘ilishiga bildirishlari mumkin. 
Bu holatda kuzatuv kengash qarori hal etuvchi hisoblanadi va bank boshqaruvi raisi 
qarori bilan amaliyotga tatbiq etiladi. 
Taftish komissiyasi aksionerlarning umumiy yig‘ilishi             tomonidan saylanadi. 
Uning tarkibida kuzatuv kengash a’zolari va  
bank  boshqaruvi a’zolari bo‘lishi mumkin emas. Bank boshqaruvi taftish komissiyasiga 
taftish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni taqdim etadi. Taftish natijalari bank boshqaruviga 
topshiriladi. 
Tijorat  banki  taftish  komissiyasining  asosiy  vazifasi  bank  xodimlarining  o‘z 
amallarini suiste’mol qilishlarining oldini olishga qaratilgan. 
Taftish  komissiyasi  bankning  yillik  hisoboti  va  balansiga  xulosa  qiladi.  Taftish 
komissiyasi  bank  balansi  bo‘yicha  xulosa  chiqarmaguncha  u  aksionerlarning  umumiy 
yig‘ilishi tomonidan tasdiqlanishi mumkin emas. 
Tijorat  banklarda  hisobot  O‘zbekiston  Respublikasi  Markaziy  banki  tomonidan 
tasdiqlangan qonun-qoidalar asosida amalga oshiriladi. Ular Markaziy bankka yoki uning 
joylardagi  boshqarmalariga  bankning  oylik  balansi,  choraklik  aylanma  vedomostini  va 
uning yillik buxgalteriya hisobotini har oyning 1 kunigacha taqdim qilishlari shart. Tijorat 
banklarining moliyaviy ahvolidan ularning aksiyadorlari va mijozlari xabardor bo‘lmog‘i 
lozim. SHu bois tijorat bankining faoliyat natijasi, moliyaviy holati to‘g‘risida mijozlarga 
axborot  berish  maqsadida  ularning  aksionerlar  umumiy  yig‘ilishida  tasdiqlangan  yillik 
balansi hamda foyda va zararlar to‘g‘risidagi hisoboti, ularning  haqqoniyligi to‘g‘risidagi 
auditorlik tashkilotlarining xulosasidan keyin matbuotda e’lon qilinishi lozim. 
Tijorat  banki  kredit-hisob  operatsiyalarining  tezkorligini  ta’minlash  maqsadida 
hududdan  uzoqda  joylashgan  mijozlar  uchun  bank  filial  va  vakolatxonalarini  Markaziy 
bank ruxsati bilan tashkil qilinishi mumkin. Banklarning vakolatxonalari bank joylashgan 
hududdan  boshqa  hududlarda  ochilishi  mumkin  va    ular  mustaqil  balansga  ega 
bo‘lmaydilar. Ular  bank operatsiyalarini joylarda to‘laqonli bajarilishi uchun zarurdir. 
Tijorat  banklarining  iqtisodiy  roli  uning  faoliyat  doirasining  keng  bo‘lishiga  olib 
keladi. Bu sababli tijorat banklari quyidagi funksiyalarni bajaradi: 
-vaqtincha bo‘sh turgan pul mablag‘larni yig‘ish va ularni kapitalga aylantirish
-korxona, tashkilotlar va aholini kreditlash
-iqtisodiyotda hisob-kitoblar va to‘lovlarni amalga oshirish
-moliya-valyuta bozorida faoliyat ko‘rsatish; 
-iqtisodiy-moliyaviy  axborotlar  berish  va  maslahat  xizmatlarini  ko‘rsatish  va 
boshqalar. 


26 
 
Banklar  bo‘sh  pul  mablag‘larini  yig‘ish  va  ularni  kapitalga  aylantirish  funksiyasini 
bajara  turib  mavjud  bo‘sh  pul  daromadlari  va  jamg‘armalarini  yig‘adi.  Jamg‘aruvchi 
(bo‘sh pul mablag‘ egasi) o‘z mablag‘larini bankka ishonib topshirgani uchun va bank bu 
mablag‘lardan  foydalangani  uchun  ma’lum  foiz  hisobida  daromad  oladilar.  Bo‘sh  pul 
mablag‘lari  hisobidan  ssuda  kapitali  fondi  vujudga  keladi  va  bu  fond  iqtisodiyot 
tarmoqlarni kreditlash uchun ishlatiladi. 
Tijorat  bankining  bo‘sh  turgan  mablag‘larni  jalb  etish  ularni  kapitalga  aylantirish 
funksiyasi  asosiy  funksiyalardan  hisoblanib,  jalb  etilgan  mablag‘lardan  daromad  qarz 
mablag‘lariga bo‘lgan talab va taklif asosida shakllanadi. 
Bankning vositachilik operatsiyalari bozor iqtisodiyoti tizimini rivojlantirish borasida 
bank o‘z faoliyatida risk va noaniqlikning oldini olishga sharoit yaratadi. Pul mablag‘lari 
bank  vositachiligisiz  ham  kreditor  va  qarz  oluvchi  orasida  muomalada  bo‘lishi  mumkin, 
ammo bu bilan mablag‘larni yo‘qotish bilan bog‘liq risk darajasi oshadi va mablag‘larni 
o‘z vaqtida qaytarib berish muammolari yuzaga keladi. Bu muammolarning yuzaga kelishi 
shundan iboratki, kreditor va qarz oluvchi bir-birovi haqida etarli darajada ma’lumotga ega 
emasligi, mablag‘larga bo‘lgan talabning taklif bilan doimo miqdoran va bir vaqtda teng 
emasligidadir.  Tijorat  banklari  mablag‘larni depozitga  jalb  etishi, ssuda  berishi  mumkin. 
Bank  o‘z  aktivlari  bo‘yicha  keng  diversifikatsiya  usulini  qo‘llab  omonatlarni  qaytara 
olmaslik riski darajasini kamaytirishi mumkin.  
Iqtisodiy  tizimni  qayta  qurish  uchun  asosan  va  birinchi  galda  ichki  xo‘jalik 
jamg‘armalariga  tayanish  lozim.  Tijorat  bank  moliya  bozoriga  kredit  resurslariga  talab 
bilan  kirar  ekan,  nafaqat  iqtisodiyotda  mavjud  bo‘lgan  barcha  jamg‘armalarni  maksimal 
darajada  yig‘ishga,  balki  joriy  iste’molni  chegaralash  bilan  jamg‘armani  shakllantirishga 
samarali  ta’sir  ko‘rsatmog‘i  lozim.  Jamg‘arma  mablag‘larni  shakllantirishda  tijorat 
banklarni  depozit  siyosatining  ta’siri  katta.  Omonatchilarga  yuqori  foizlardan  tashqari, 
bank  kreditlariga  yuqori  kafolat  va  ishonchlilik  kerak.  Omonatlarni  qo‘yishda  xavfsizlik 
bilan bir qatorda mijoz tijorat bank faoliyati etarlicha ma’lumotga ega bo‘lishi va bu bilan 
u bankni moliyaviy ahvoliga baho bera olishi mumkin. 
Tijorat  banklar  faoliyatida  asosiy  o‘rinni  korxona,  tashkilotlarni,  aholini  va  turli 
sub’ektlarni  kreditlash  egallaydi.  Kreditlash  jarayonini  tashkil  qilishda  bank  moliyaviy 
vositachi  rolini  o‘ynaydi.  U  bo‘sh  turgan  mablag‘larni  jalb  qiladi  va  o‘z  nomidan 
mijozlarga  vaqtincha  foylanishiga  beradi.  Bank  krediti  hisobidan  iqtisodiyotning  muhim 
tarmoqlari-sanoat,  qishloq  xo‘jaligi,  savdo  va  boshqalar  moliyalashtiriladi  va  ishlab 
chiqarishni kengaytirishga asos bo‘ladi. 
Tijorat  banklari  shartnoma  asosida  bir-birlarining    mablag‘larini  depozit,  kredit 
shaklida  jalb  etishlari,  joylashtirishlari,  o‘z  ustavlarida  ko‘rsatilgan  boshqa  o‘zaro 
operatsiyalarni amalga oshirishlari mumkin. 
Mijozlarga  kredit  berish  va  o‘z  zimmasiga  olgan  majburiyatlarni  bajarish  uchun 
mablag‘ etishmay qolgan taqdirda tijorat banklari kredit resurslari olish uchun Markaziy 
bankka murojat qilishlari mumkin. 
Tijorat  banklari  operatsiyalari  bo‘yicha  foiz  stavkalari  ularning  o‘zlari  tomonidan 
mustaqil  belgilanadi.  Ammo  bu  stavkalar  davlat  pul-kredit  siyosatining  bosh 
yo‘nalishlarida belgilab beriladigan foiz stavkalari siyosatiga asoslangan bo‘lishi lozim. 


27 
 
Bozor  iqtisodiyotiga  o‘tish  davrida  qimmatli  qog‘ozlar  bozorining  yaxshi  taraqqiy 
etmagan bosqichlarida iqtisodiyotda mavjud bo‘lgan asosiy moliyaviy resurslar banklarga 
omonatlarni jalb qilish orqali amalga oshiriladi. 
Banklarning  keyingi  funksiyasi  bu  mustaqil  sub’ektlararo  to‘lov  operatsiyalarini 
amalga oshirish funksiyasidir. Rejali iqitsodiyot davrida barcha to‘lovlar bir davlat banki 
orqali  amalga  oshirilgan,  hisob-kitoblarni  bunday  tizimida  to‘lovlarni  amalga  oshirishda 
davlat o‘zi kafil bo‘lardi. Mustaqil tijorat bank tizimini shakllantirish hisob-kitob tizimini 
ajralishiga  olib  keladi  va  banklar  o‘z  zimmalariga  oladigan  risk  darajasini  ko‘paytirdi. 
MFO  hisob  varaqalaridan  foydalangan  holda  amalga  oshiriladigan  hisob-kitoblar  o‘rniga 
banklararo  hisobning  korrespondent  schetlarga  o‘tishi  ham  risk  darajasini  ko‘payishiga 
olib  keldi.  Bunday  sharoitda  tijorat  banklar,  mijozlar  hisob-kitoblar  bo‘yicha  to‘lovlarni 
o‘z vaqtida amalga oshirishilishi bo‘yicha mas’uldir. 
Bozor iqtisodiyotiga asoslangan barcha mamlakatlarda tijorat banklar iqtisodiyotining 
to‘lov mexanizmida etakchi o‘rin tutadi. 
Mamlakatimiz  iqtisodiyot  to‘lovlarni  amalga oshirishni  isloh qilish  va  rivojlantirish 
orqali mamlakatimiz to‘lov tizimida tijorat banklarning o‘rni kengaymoqda. 
Undan  tashqari  tijorat  banklar  moliya-valyuta  bozorida  faoliyat  ko‘rsatish,  ya’ni 
qimmatli  qog‘ozlar  chiqarish  va  ularni  joylashtirish,  sotib  olish  bilan  shug‘ullanishi, 
mijozlarga har xil axborotlar, maslahatlar berish bilan shug‘ullanishi mumkin. 
Tijorat  banklari  yuqorida  keltirilgan  funksiyalar  asosida  quyidagi  operatsiyalarni 
bajaradi: 
-passiv operatsiyalar; 
-aktiv operatsiyalar; 
-bank xizmatlari va vositachilik operatsiyalari
-bankning  o‘z  mablag‘lari  hisobidan  amalga  oshiradigan  operatsiyalari  va  boshqa 
turdagi operatsiyalarni bajaradilar. 

Download 3,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish