Toshkent moliya instituti "bank ishi" kafedrasi "bank ishi"



Download 3,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/156
Sana04.07.2021
Hajmi3,13 Mb.
#108947
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   156
Bog'liq
bank ishi

 
 


59 
 
3-mavzu: Tijorat banklarini tashkil etishning huquqiy va iqtisodiy asoslari 
Reja: 
1.  Tijorat banklarifaoliyatini ni tashkil etishning huquqiy asoslari.  
2.  Banklarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va litsenziyalash tartibi. 
3.  Tijorat  banklarini  ochish  uchun  ustav  fondining  minimal  miqdori  va  uning 
ahamiyati. 
4.  Ustav fondini shakllantirish manbalari. 
 
1. Tijorat banklari faoliyatini  tashkil etishning huquqiy asoslari. 
 
Tijorat  banklarining  yuridik  shaxs  sifatida  faoliyati  omonatchilar,  kreditorlar, 
umuman, davlat va jamiyat manfaatlariga jiddiy daxldor bo‘lganligi tufayli uning tashkil 
topishi  uzoq  davom  etadigan  jarayon  hisoblanadi.  SHu  vaqt  ichida  bo‘lg‘usi  ta’sischilar 
o‘rtasida  o‘zaro  munosabatlar  o‘rnatiladi,  bank  ustav  kapitali  uchun  zarur  bo‘lgan 
mablag‘lar tayyorlanadi, rahbar shaxslar zarur hujjatlar tayyorlaydi, tegishli tekshiruvdan 
o‘tkaziladi va hokazolar. 
Tijorat  banklarini  tashkil  etish  va  tugatishning  huquqiy  asoslari  “Banklar  va  bank 
faoliyati  to‘g‘risida”gi  Qonunda  ifodalangan.  SHu  qonunning  2-bobi  “Banklarni  tashkil 
etish  va  ular  faoliyatini  tugatish  tartibi”  deb  nomlanib  o‘z  ichiga  13  modda(7-19 
moddalar)ni oladi   . 
Banklar respublika hududida o‘z faoliyatlarini Markaziy bank tomonidan beriladigan 
litsenziya asosida amalga oshiradilar. 
Tijorat  banklari  tashkil  etilishining  huquqiy  asoslari  bir  nechta  asosiy  huquqiy 
normativ hujjatlar asosida tartibga solinadi. Jumladan: 
  O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolik Kodeksi” 1996. 
  O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tug‘risida”gi 
qonun, 1995; 
  O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati tug‘risida”gi qonun, 1996; 
  O‘zbekiston  Respublikasi  Markaziy  banki  “Banklarni  ro‘yxatga  olish  va  ularga 
litsenziya  berish tartibi to‘g‘risida”  № 22-sonli nizom, 1998. 
  O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki “Bank ustav kapitali miqdorini, aksiyadorlar 
tarkibini,  bank  nomi  va  manzilini  o‘zgartirish,  ustavga  kiritilgan  o‘zgartirish  va 
qo‘shimchalarni ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida” N 426 sonli nizom 1998; 
  O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki “O‘zbekiston respublikasi hududida chet el 
banklari  vakolatxonalarini  ochish,    ularni    ro‘yxatdan  o‘tkazish  va  akkreditatsiyalash 
tartibi to‘g‘risida” № 241 – sonli nizom 1996 ; 
  O‘zbekiston  Respublikasi  Markaziy  banki  “Tijorat  banklariga  chet  el  valyutasidagi 
operatsiyalarni  amalga  oshirish  uchun  litsenziyalar  berish  tartibi”    31-sonli    nizom 
1998. 
  «Aksiyadorlik  jamiyatlari  va  aksiyadorlarning  huquqlarini  himoya  qilish  to‘g‘risida» 
qonun 1996 
kabi hujjatlar orqali tijorat banklarining faoliyati asoslarini o‘rganish mumkin.  


60 
 
Qonunchilikka  muvofiq  tijorat  banklari  ustidan  nazorat  qiluvchi  organ  sifatida 
Markaziy  bank  o‘z  vazifalarini  bajaradi.  Unga  ko‘ra  Markaziy  bank  moliya-bank  tizimi 
barqarorligini  saqlab  turish,  omonatchilar,  qarz  oluvchilar  va  kreditorlarning  manfaatlari 
himoya qilinishini ta’minlash maqsadida banklar, mikrokredit tashkilotlari lombardlar va 
kredit  byurolari  faoliyatini  tartibga  soladi  hamda  nazorat  qiladi,  shuningdek  ular 
tomonidan  ichki  nazorat  qoidalariga  hamda  jinoiy  faoliyatdan  olingan  daromadlarni 
legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bog‘liq axborotni 
maxsus  vakolatli  davlat  organiga  taqdim  etish  tartibiga  rioya  etilishi  ustidan  monitoring 
hamda nazorat qiladi. 
Banklarga litsenziya berish O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati 
to‘g‘risida”,  “O‘zbekiston  Respublikasi  Markaziy  banki  to‘g‘risida”,  “Aksionerlik 
jamiyatlari  va  aksiyadorlar  huquqini  himoya  qilish  to‘g‘risida”gi  Qonunlar  va  boshqa 
qonunlari  hamda  bankka  me’yoriy  hujjatlarda  belgilangan  talablar  asosida  amalga 
oshiriladi.  
Tijorat  banklarini  tashkil  qilish  11  fevral  1999  yilda  qabul  qilingan  “Banklarni 
ro‘yxatga  olish  va  ularga  litsenziya  berish  tartibi  to‘g‘risida”gi  630-sonli  Nizom  asosida 
olib borilar edi. Bu konunga 2009 yil 15 avgustda №703 son bilan uzgartirish kiritilgan va 
xozirda banklar ushbu konun asosida tashkil etilmokda. 

Download 3,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish