Toshkent moliya instituti "bank ishi" kafedrasi "bank ishi"


Litsenziyaning bekor qilinishi



Download 3,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/156
Sana04.07.2021
Hajmi3,13 Mb.
#108947
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   156
Bog'liq
bank ishi

Litsenziyaning bekor qilinishi: 
-  tijorat  banki  tomonidan  yo‘l  qo‘yilgan  qonun  buzilishi  holatiga  nisbatan 
qo‘llaniladigan qattiq huquqiy sanksiya; 
- qonun buzilish holatiga davlatning o‘z boshqaruv muassasasi Markaziy bank orqali 
bildirilgan munosabati; 
- bankning bankrotligi uchun formal asos hisoblanadi. 
Litsenziya  bekor  qilingandan  keyin  bank  mavjud  bo‘lib  turadi,  ammo  bank 
operatsiyalarini amalga oshira olmaydi. 
Litsenziyani bekor qilish  Markaziy bank boshqaruvi tomonidan qo‘llanadigan og‘ir 
jazo  chorasi  hisoblanganligi  sababli,  boshqa  jazo  choralari  natija  bermagan  quyidagi 
hollardagina qo‘llaniladi; 
- bank to‘lov qobiliyatini yo‘qotib, passivlari aktivlaridan ortib ketganida; 
- litsenziya berilishga asos bo‘lgan ma’lumotlarning haqiqiy emasligi aniqlanganda; 
-  bank  o‘z  kreditorlari  va  omonatchilari  oldidagi  majburiyatlarini  o‘tashga 
qobiliyatsiz bo‘lib qolganda; 
-  hisobot ma’lumotlari muntazam ravishda buzib ko‘rsatilganda; 
-  bank  operatsiyalarini  qonunchilikka  va  litsenziya  shartlariga  xilof  tarzda  amalga 
oshirilganida; 
-  litsenziya  berilganidan  keyin  bir  yildan  ortiq  vaqt  davomida  bank  operatsiyalarini 
amalga oshirishga kirishmasligi oqibatida; 
-  O‘zbekiston  Respublikasida  sho‘‘ba  bank  ochgan  xorijiy  bank  litsenziyasining 
chaqirib o‘z mamlakati tomonidan bekor qilinganida. 
Litsenziyani  bekor  qilinishi  Markaziy  bankka  tijorat  bankning  sudga  murojaat 
qilmasdan majburiy suratda tugatilishi uchun asos bo‘ladi. Buni Markaziy bank tomonidan 
tayinlangan tugatish komissiyasi amalga oshiradi. 
Likvidator  (tugatuvchi)  Markaziy  bank  bilan  kelishilgan  holda  aksionerlar  umumiy 
yig‘ilishi tomonidan bankni tugatish to‘g‘risidagi qaror kuchga kirgan kundan boshlab 3 
kun  mobaynida  tayinlanadi.  Tugatish  jarayonining  maqsadi  bank  omonatchilari  va 
kreditorlari talablarini tezlik bilan qondirishdan iborat. Bankni tugatish jarayoni Markaziy 
bank  boshqaruvining  litsenziyalarni  qaytarib  olish  to‘g‘risidagi  qarori  chiqqan  kundan 
boshlangan  deb  hisoblanadi.  Tugatilayotgan  bankning  Markaziy  bank  majburiy  zahiralar 
hisob varag‘ida hisobda turgan mablag‘lari tugatuvchi tomondan bankni tugatish jarayoni 
boshlanganligi to‘g‘risidagi tasdiqnoma taqdim etilgandan so‘ng bankning tugatish hisob 
varag‘ida aks ettiriladi. Markaziy bank tomonidan tugatish jarayoni  boshlangandan so‘ng 
cheklashlar  kiritadi,  ya’ni  aksiyadorlar  umumiy  yig‘ilishi,  boshqa  organlar  vakolatlari 


72 
 
to‘xtatiladi. Bank hisobidan va nomidan hech qanday ish bajarilmaydi, qarz majburiyatlari 
muddati o‘tgan hisoblanadi. Bankning tugatilish jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat: 
- moddiy nazorat va inventarizatsiya; 
- aktivlarni tekshirish; 
- aktivlarni baholash va sotish; 
- sotuvdan tushgan tushumlarni joylashtirish; 
- tugatish jarayonini aniqlash. 
Markaziy bank tugatish jarayonini nazorat qilib turadi. Bankni tugatish bilan bog‘liq 
bo‘lgan  barcha  xarajatlar  mazkur  bank  hisobidan  amalga  oshiriladi.  Markaziy  bankning 
bankni  ixtiyoriy  tugatishdan  bosh  tortishi,  shuningdek,  bankni  majburiy  tugatish 
to‘g‘risidagi qarori yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda  shikoyat berish mumkin 
Bankni  tugatish  jarayoni  ikki  xil  bo‘lishi  mumkin:  ixtiyoriy  tugatish  yoki  majburiy 
tugatishdir.  
Bankni  ixtiyoriy  tugatish  kreditorlar  va  omonatchilar  oldida  majburiyatlar 
bajarilishini  ta’minlash  imkoniga  ega  bo‘lgan  bank  aksiyadorlari  umumiy  yig‘ilishi 
tomonidan  bankni  ixtiyoriy  ravishda  tugatish  to‘g‘risida  qaror  qabul  qilingan  hollarda 
amalga oshirilishi mumkin. 
Bankni ixtiyoriy ravishda tugatish quyidagi tadbirlarni o‘z ichiga oladi: 
Bank aksiyadorlar yoki muassislar (ishtirokchilar) umumiy yig‘ilishi qaroriga asosan 
bankni  ixtiyoriy  ravishda  tugatishga  ruxsat  berish  to‘g‘risidagi  iltimosnoma  bilan 
Markaziy  bankka  murojaat  qilishi  lozim.  Bankni  ixtiyoriy  ravishda  tugatishga  ruxsat 
berish  to‘g‘risidagi  iltimosnoma  aksiyadorlar  yoki  muassislar  (ishtirokchilar)  umumiy 
yig‘ilishi vakolat bergan shaxs tomonidan imzolangan bo‘lishi zarur. 
 Bankni  ixtiyoriy  ravishda  tugatish  to‘g‘risidagi  iltimosnoma  bilan  birga  Markaziy 
bankka quyidagi hujjatlar taqdim etilishi kerak:  
aksiyadorlar  umumiy  yig‘ilishi  tomonidan  bankni  tugatish  to‘g‘risidagi  tugatish 
sabablari ko‘rsatilib qabul qilgan qarori; 
bankni  ixtiyoriy  ravishda  tugatish  to‘g‘risidagi  iltimosnoma  bilan  Markaziy  bankka 
murojat qilingan vaqtdagi balans hisoboti; 
tugatish komissiyasi a’zolari ro‘yxati; 
aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi tasdiqlagan tugatish rejasi. 
 
Markaziy bank iltimosnoma qabul qilingan kundan boshlab bir oy davomida bankni 
ixtiyoriy  ravishda  tugatishga  rozilik berish to‘g‘risida qaror  qabul  qiladi.  Markaziy  bank 
ushbu  iltimosnomaga  rozi  bo‘lmasa  bank  rahbarlari  va  aksiyadorlariga  bankni  ixtiyoriy 
ravishda  tugatishga  rozilik  bermasligi  to‘g‘risida  asoslangan  qarorni  etkazadi.  Markaziy 
bank  zarur  hollarda  tugatish  rejasi  va  jadvalini  ko‘rib  chiqish  yoki  boshqa  hujjatlar  va 
ma’lumotlarni talab qilishi mumkin.  
 
Likvidator  Markaziy  bankning  tugatish  to‘g‘risidagi  roziligi  olingandan  keyin, 
kreditorlar  o‘z  talablarini  bildirishi  mumkin  bo‘lgan  manzilni  ko‘rsatgan  holda  ushbu 
ma’lumotni kamida ikki respublika gazetasida e’lon qilishi lozim. 
 


73 
 
Talab  qilinayotgan  barcha  choralar  bajarilgach  tugatish  komissiyasi  aksiyadorlar 
umumiy yig‘ilishi tasdiqlaganidan so‘ng 7 kun ichida Markaziy bankka hisobot va tugatish 
balansini taqdim etishi lozim. 
Majburiy  tugatish  Markaziy  bankning  bank  faoliyatini  amalga  oshirish  huquqini 
beruvchi litsenziyasini chaqirib olish to‘g‘risidagi qaroriga asosan amalga oshriladi. 
Markaziy  bankning  litsenziyani  qaytarib  olish  to‘g‘risidagi  qaroriga  asosan  bankni 
majburiy ravishda tugatish quyidagi asoslarga ko‘ra amalga oshiriladi: 
a) passivlarning aktivlardan oshib ketishi tufayli bankning to‘lovga layoqatsiz bo‘lib 
qolishi; 
b) litsenziya berilishiga asos bo‘lgan ma’lumotlarning noto‘g‘ri ekanligi aniqlanishi; 
v)  bank  o‘z  omonatchilari  yoki  boshqa  kreditorlari  oldidagi  majburiyatlarni 
bajarishga layoqatsizligi; 
g) hisobot ma’lumotlarining muntazam ravishda buzib ko‘rsatilishi; 
d) qonunchilikka hamda omonatchilar va kreditorlar manfaatlariga real xavf soluvchi 
litsenziya shartlariga zid bo‘lgan bank operatsiyalarining amalga oshirilishi; 
e) litsenziya berilgan vaqtdan boshlab bir yildan ortiq muddatda bank operatsiyalarini 
bajarishni kechiktirish; 
j) monopoliyaga qarshi qoidalarning buzilishi; 
z)  O‘zbekiston  Respublikasi  xududida  sho‘‘ba  bankni  tashkil  etgan  xorijiy  davlat 
banki litsenziyasining qaytarib olinishi. 
Omonatchilar  va  kreditorlar  manfaatlariga  real  xavf  soluvchi  tartibbuzarliklarga 
quyidagilar kiradi:  
a) amaldagi qonunchilik va Markaziy bank me’yoriy hujjatlarining   buzilishi; 
b) xavfli yoki nosog‘lom bank faoliyatining yuritilishi; 
v) bankning Markaziy bank ko‘rsatmalarini atayin va uzoq muddat bajarmasligi; 
g)  bank  tomonidan  hujjatlar  yoki  yozishmalarning  Markaziy  bank  inspektorlaridan 
yashirilishi  yoki  bank  nazorati  xizmatiga  talab  etilgan  hujjatlarni  taqdim  etishdan  bosh 
tortilishi.  
Bank  faoliyati  omonatchilar  va  kreditorlar  manfaatlariga  real  xavf  soladi  deb  tan 
olinadi agar: 
 
bank  kapitalining  etarlilik  koeffitsienti  darajasi  Markaziy  bank  belgilagan  ushbu 
iqtisodiy me’yorning 75 foizidan kam bo‘lishi; 
bank  ketma-ket  keluvchi  har  uch  chorakda  bank  regulyativ  kapitalining  10  foizidan 
yoki vaqtdan qat’iy nazar regulyativ kapitalning 50 foizidan ortiq miqdorda potensial zarar 
ko‘rishi yoki ko‘rishi mumkin ekanligi; 
omonatchilar va kreditorlarning bankka ishonib topshirgan mablag‘lari butligiga real 
xavf soluvchi boshqa hollar.   
Banklarni  tugatish  to‘g‘risidagi  nizomning  4-bo‘limida  tugatuvchi  (likvidator) 
vakolatlari  va  majburiyatlari  ko‘rsatib  o‘tilgan.  Bank  tugatilishi  boshlangandan  so‘ng 
Markaziy  bank  moddiy  nazoratni  o‘rnatadi  va  likvidator  inventarizatsiya  o‘tkazadi. 
SHuningdek  likvidator  aktivlarni  tekshirib  tugatish  hisobotini  tayyorlashi  lozim:  unda 
yakuniy balans, vakillik hisob varaqalari ahvoli to‘g‘risidagi hisobotlar, pul mablag‘lari va 
valyuta  hisobini  yuritish,  balans  va  kredit  portfeli  bo‘yicha  kreditor  qarzdorligini 


74 
 
tekshirishi lozim. Likvidator bank aktivlarini: ya’ni pul mablag‘lari, ssudalar, qimmatbaho 
qog‘ozlar, valyuta mablag‘larini baholab sotadi. Likvidator nizomga asosan omonatchilar 
va  kreditorlar  talabini  qondirish  kerak.  Likvidator  tayinlanganidan  keyin  bir  kunlik 
muddatda  ikkita  markaziy  gazetada  kreditorlar  talablarini  tasdiqlovchi  hujjat  bilan 
birgalikda  talablarni  bildirish  tartibi  va  muddati  hamda  kreditorlar  o‘z  talablarini    da’vo 
qilishlari  mumkin  bo‘lgan  manzilni  ko‘rsatilgan  holda  bankni  tugatish  ishlari 
boshlanganligi  to‘g‘risidagi  habarnomani  beradi.  Talablarni  bildirish  muddati  tugatish 
jarayoni boshlanganligi to‘g‘risida habar berilgan kundan boshlab ikki oyni tashkil etadi. 
Ushbu 
muddat 
tugaganidan 
keyin 
likvidator 
tomonidan 
talablarni 
qabul 
qilinmaydiTugatish ishlari yakunlangandan so‘ng likvidator bajarilgan ishlar to‘g‘risidagi  
yakuniy hisobotni va tugatish balansini tuzadi va Markaziy bankka taqdim etadi. Markaziy 
bank likvidator taqdim etgan hujjatlarni o‘rganib chiqib, bankni Banklarni ro‘yxatga olish 
Davlat kitobidan o‘chirib chiqarib tashlash to‘g‘risidagi qaror qabul qilinganidan so‘ng 10 
kun  davomida  Markaziy  bank  Makroiqtisodiyot  va  statistika  vazirligiga  hamda  bank 
joylashgan  manzil  bo‘yicha  ularning  organlariga  bank  tugatilganligi  to‘g‘risidagi 
ma’lumotni  etkazadi  va  bankni  banklarni  ro‘yxatga  olish  Davlat  Kitobidan  chiqarib 
tashlash to‘g‘risida qarorni qabul qiladi. 
 

Download 3,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish