Toshkent moliya instituti "bank ishi" kafedrasi "bank ishi"



Download 3,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/156
Sana04.07.2021
Hajmi3,13 Mb.
#108947
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   156
Bog'liq
bank ishi

 
 
 
 
 
 


75 
 
3-mavzu. Tijorat banklarini tashkil etishning xuquqiy va iqtisodiy asoslari 
 
Reja: 
1.O‘zbekiston  Respublikasida  tijorat  banklarining  faoliyati  va  uning  asosiy 
jixatlari 
2. Tijorat banklarini tugatish va qo‘shishning huquqiy asoslari 
3.O‘zbekiston Respublikasida tijorat banklarini tugatish tartibi va uning huquqiy 
asoslari 
4. Tijorat banklarini qayta tashkil etish va qo‘shib olish asoslari 
 
 
 Bank  -  bu  pul  mablag‘larini  o‘zida  mujassamlashtiruvchi  va  jamg‘aruvchi,  kredit 
beruvchi,  hisob-kitoblarni  olib  boruvchi,  pul  va  qimmatli  qog‘ozlarni  emissiya  qiluvchi, 
oltin  va  chet  el  valyutalari  bilan  operatsiyalarni  bajaruvchi  yirik  muassasadir.  Lekin  bu 
ta’rifdan  tijorat  banklariga  tegishli  vazifalarni  olib,  banklar  -  kredit,  hisob-kitob,  kassa, 
lizing, faktoring, valyuta, qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarni va noan’anaviya xizmat 
turlarini bajaruvchi tijorat muassasadir deyish ham mumkin. 
O‘zbekiston  Respublikasining  «Banklar  va  bank  faoliyati  to‘g‘risida»gi  Qonuniga 
asosan:
8
 
«Bank  -  tijorat  tashkiloti  bo‘lib,  bank  faoliyati  deb  hisoblanadigan  quyidagi  faoliyat 
turlari majmuini, ya’ni: 
• yuridik va jismoniy shaxslardan omonatlar qabul qilish; 
• qabul qilingan mablag‘lardan tavakkal qilib kredit berish; 
• investitsiyalash uchun foydalanish; 
• to‘lovlarni amalga oshiruvchi yuridik shaxsdir». 
Ko‘pchilikning tasavvurida bankning iqtisodiyotda tutgan o‘rni faqatgina omonatlarga 
mablag‘larni  jalb  qilish  va  kreditlar  berishdan  iboratdir.  Lekin  zamonaviy  banklar 
o‘zlarining  raqobatbardoshligini  saqlash  va  ja’miyatning  talablarini  qondirish  maqsadida 
yangi vazifalarni ham bajarishni o‘rganishi lozim. 
Darhaqiqat, iqtisodiyotimizning lokomotivi bo‘lgan bank faoliyatining tashkil etilishi 
va  ishonchli  faoliyat  yuritishi  bizning  iqtisodiyotimiz  uchun  juda  ham  muhim  ahamiyat 
kasb  etadi.  Tijorat  banklari  faoliyati  nafaqat  banklarning  o‘ziga  balki  davlat  uchun  ham 
dolzarb  ahamiyatga  ega.  Banklar  faoliyatini  davlat  tomonidan  muvofiqlashtirib  turish 
zaruriyati quyidagilar bilan izohlanadi: 
1. 
Banklar  jamoatchilik  mablag‘larining  eng  ishonchli  saqlanadigan  joyidir.  Lekin 
o‘z  mablag‘larini  saqlash  xohishiga  ega  bo‘lganlarning  ko‘pchiligi  bankning 
ishonchliligini baholashda va moliyaviy masalalarda etarli ma’lumotga ega emaslar. SHu 
tufayli,  banklar  faoliyatini  muvofiqlashtiruvchi  organlar  banklar  moliyaviy  holatini  tahlil 
qilish  uchun  kerakli  bo‘lgan  barcha  ma’lumotlarni  to‘plashga  mas’uldirlar.  Bu  bilan  ular 
omonatchilarni himoya qilib, ularning moddiy zarar ko‘rishlarining oldini oladilar. 
                                                           
8
Ўзбекистон Республикасининг «Банклар ва банк фаолияти тўғрисида»ги Қонуни. 1996 йил 25 апрель 


76 
 
2. 
Davlat tomonidan vaqti-vaqti bilan amalga oshiriladigan taftishlar natijasida bank 
mablag‘larini  noqonuniy  sarf  qilinishi,  firibgarlik,  qalloblik,  birovning  haqiga  xiyonat 
qilish va suiste’molliklarning oldini oladilar. 
3. 
Omonatchilar qo‘yilmalarining asosiy qismi qisqa muddatli depozitlardan iborat 
bo‘ladi.  SHu  bilan  birga  banklar  yirik  hajmdagi  uzoq  muddatli  kredit  berish  va 
mablag‘larni  investitsiyalarga  yunaltirish  bilan  ham  shug‘ullanadilar.  Bu  o‘z  navbatida 
banklarni  o‘z  omonatchilari  oldida  juda  ayanchli  ahvolga  solib  qo‘yishi  mumkin.  Bu 
o‘rinda  banklar  faoliyatini  davlat  tomonidan  tartibga  solish,  boshqarishni  ta’minlash 
imkonini beradi. 
4. 
Banklar  arzon  narxdagi  depozitlarni  kreditlarga  yo‘naltirish  bilan  mamlakat 
iqtisodiyotiga juda katta ta’sir ko‘rsatadilar, chunki jamg‘arilgan pul massalari iqtisodiyot 
bilan  chambarchas  bog‘langan  bo‘lib,  pulning  qadrsizlanishining  oldini  oladi  yoki  unga 
imkoniyat yaratib beradi. SHuning uchun nazorat organlarining muomaladagi pul hajmini 
nazorat qilishi o‘ta muhimdir. 
5. 
Banklar  xususiy  shaxslarning  iste’mol  va  investitsiya  ehtiyojlarini  qondirish 
uchun  mablag‘larni  kreditga  beradilar.  Banklarning  bu  faoliyatini  davlat  tomonidan 
nazorat  qilish  va  tartibga  solishning  ahamiyati  shundaki,  xususiy  shaxslar  manfaatlari 
himoya qilinadi va ularning hayot tarzi yaxshilanishi uchun imkoniyat yaratiladi. Bizning 
mamlakatda  kishilarning  yoshi,  jinsi,  millatiga  va  irqiga  qarab  kredit  berish  yoki 
bermaslikni hal qilish taqiqlangan. 
Banklarni  davlat  tomonidan  nazorat  qilinishining  sababi  shundaki,  banklar  azaldan 
xalqning,  avvalo,  xususiy  shaxslar  va  oilalarning  mablag‘lari  saqlanadigan  muassasadir. 
Davlat banklar ishini nazorat ostiga olib va tartibga solish orqali hamisha omonatchilar va 
kreditorlarni moliyaviy yo‘qotishdan himoya qilishga va banklarning inqirozga yuz tutishi 
tufayli  kelib  chiqadigan  oqibatlardan  saqlashga  harakat  qiladi.Bir  bankning  inqirozga 
uchrashi tufayli o‘nlab va yuzlab korxonalar, ko‘p minglab oddiy omonatchilar juda qiyin 
moliyaviy  ahvolda  qolishlari  mumkin.Bankning  operatsiyalari  va  taklif  qilinayotgan 
xizmat  turlari,  kreditlarning  sifati  va  miqdori,  bank  sarmoyasining  etarliligi,  mijozlarga 
ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati doimo nazoratchilar tomonidan puxta tekshiriladi. 
Banklar  kreditlar  berish  yoki  to‘sqinliksiz  sarf  qilinadigan  depozitlar  hisobiga  o‘z 
investitsiya  faoliyatlarini  amalga  oshirish  yo‘li  bilan  pul  ishlash  imkoniyatiga  ega 
bo‘lganliklari  tufayli  ham  qattiq  nazorat  ostida  bo‘ladilar.  Hosil  qilinayotgan  pul 
miqdorining  o‘zgarishi  iqtisodiyot  holatiga  ta’sir  ko‘rsatadi,  ya’ni  pul  qadrsizlanishining 
kuchayganligi  yoki  ortganligi  aniqlanadi.Banklar  ustidan  kuchli  nazorat  borligining  yana 
bir  sababi  shuki,  ular  xususiy  shaxslar  va  firmalarga  kreditlar  beradilar  va  bu  yo‘l  bilan 
iste’mol xarajatlarini va investitsiya talablarini qondiradilar. 
Qonunchilikka  muvofiq  tijorat  banklari  ustidan  nazorat  qiluvchi  organ  sifatida 
Markaziy  bank  o‘z  vazifalarini  bajaradi.  Unga  ko‘ra  Markaziy  bank  moliya-bank  tizimi 
barqarorligini  saqlab  turish,  omonatchilar,  qarz  oluvchilar  va  kreditorlarning  manfaatlari 
himoya qilinishini ta’minlash maqsadida banklar, mikrokredit tashkilotlari lombardlar va 
kredit  byurolari  faoliyatini  tartibga  soladi  hamda  nazorat  qiladi,  shuningdek  ular 
tomonidan  ichki  nazorat  qoidalariga  hamda  jinoiy  faoliyatdan  olingan  daromadlarni 
legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bog‘liq axborotni 


77 
 
maxsus  vakolatli  davlat  organiga  taqdim  etish  tartibiga  rioya  etilishi  ustidan  monitoring 
hamda nazorat qiladi. 
Markaziy  bank  banklarni  ro‘yxatga  oladi,  shuningdek  bank  operatsiyalarini  amalga 
oshirish  huquqini  beruvchi  litsenziyalar  beradi,  qimmatli  qog‘ozlar  blankalari  ishlab 
chiqarishni  litsenziyalaydi.Banklarni  ro‘yxatga  olish,  banklarga  litsenziyalar  berish 
Markaziy  bank  tomonidan  belgilangan  tartibda  haq  evaziga  amalga  oshiriladi.  Qimmatli 
qog‘ozlar  blankalari  ishlab  chiqarishga  litsenziya  berish  qonun  hujjatlarida  belgilangan 
tartibda  haq  evaziga  amalga  oshiriladi.  Berilgan  litsenziyalar  to‘g‘risidagi  axborot  e’lon 
qilinishi, shuningdek  Markaziy  bankning rasmiy  veb-saytiga  joylashtirilishi kerak hamda 
tanishib  chiqish  uchun  ochiqdir.Markaziy  bank  Banklarni  davlat  ro‘yxatiga  olish  daftari, 
banklar  hamda  qimmatli  qog‘ozlar  blankalari  ishlab  chiqarishga  berilgan  litsenziyalar 
reestrini yuritadi. 
Bank operatsiyalarini amalga oshirish, buxgalteriya hisobi va bank statistika hisobotini 
yuritish,  yillik  hisobotlar  tuzish  yuzasidan  banklar  uchun  majburiy  bo‘lgan  qoidalarni 
aynan Markaziy bank belgilaydi.  
Bank,  shu  jumladan,  chet  el  banki,  O‘zbekiston  Respublikasida  o‘z  faoliyatini 
O‘zbekiston  Respublikasining  Markaziy  banki  tomonidan  beriladigan  litsenziya  asosida 
amalga  oshiradi.  Litsenziyada  bank  bajaradigan  operatsiyalar  ro‘yxati  ko‘rsatiladi. 
Litsenziyasiz  amalga  oshiriladigan  bank  faoliyati  g‘ayriqonuniy  deb  hisoblanadi  va 
bunday faoliyat natijasida olingan daromad davlat byudjetiga olib qo‘yiladi. 
O‘zbekistonda  tijorat  banklarini  tashkil  etishning  o‘ziga  xos  iqtisodiy  va  amaliy 
jihatlari  mavjud.  O‘zbekiston  Respublikasi  Markaziy  bankitijorat  banklarining  ustav 
kapitallarini shakllantirishlari bo‘yicha talablar qo‘yiladi. 
SHuningdek,  respublika  bank  tizimi  kapitallashuv  va  likvidlik  darajalarini  oshirish, 
moliyaviy  barqarorligini  mustahkamlash  hamda  bank  tizimini  xalqaro  me’yor  va 
andozalarga  muvofiq  yanada  rivojlantirish  bo‘yicha  olib  borilayotgan  tizimli  chora-
tadbirlar  natijalari  jahon  hamjamiyati,  xalqaro  moliya  va  reyting  tashkilotlari  tomonidan 
yuqori baholanmoqda. 
Respublikamizda bank infratuzilmasining kengayib borishi banklar o‘rtasidagi raqobat 
muhitining  kuchayishi  hamda  bank  xizmat  turlari  sifati  va  ko‘lamining  oshishiga  xizmat 
qilmoqda. 
Bank  muassasalarida  jismoniy  shaxslar  tomonidan  ochilgan,  har  1000  ta  katta  yoshli 
aholiga  to‘g‘ri  keladigan  bank  hisobvaraqlari  1028  birlikni  (1000  tadan  ko‘p  «yuqori» 
hisoblanadi) tashkil qilib, mazkur ko‘rsatkich ham «yuqori daraja»dagi bahoga mos keladi. 
SHu  bilan  birga,  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2012  yil  20 
apreldagi  117-sonli  qarori  asosida  2012 yilning  1  iyulidan  boshlab  joriy  etilgan, 
hududlarda  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlanish  darajasi,  shu  jumladan,  moliya-bank  sohasi 
faoliyatini baholovchi indikatorlarning har chorakdagi tahlili natijalari tijorat banklarining 
hududlardagi filiallari ko‘rsatkichlarining yuqoriligini ko‘rsatdi. 
Bundan  tashqari,  aholidan  kommunal  va  boshqa  to‘lovlarni  bevosita  aholi  yashash 
joylariga  borib  qabul  qiluvchi  505  ta  ixtisoslashtirilgan  ko‘chma  kassa  faoliyati  yo‘lga 
qo‘yildi. 


78 
 
Respublikamizdagi tijorat banklari bilan keng qamrovli va o‘zaro manfaatli hamkorlik 
aloqalarini  mustahkamlash  maqsadida  mamlakatimizda  xorijiy  yirik  banklarning  6  ta 
vakolatxonalari faoliyat yuritmoqda. 
Lekin  bank  tizimida  shunday  muvaffaqiyatlarga  erishilayotganligiga  qaramasdan 
tijorat banklari faoliyatida bir qator muammolar yuzaga keladi. Tijorat banklari faoliyatini 
mamlakatimizda tashkil etish va yo‘lga qo‘yish borasida bir qancha chora-tadbirlar amalga 
oshirilishi  va  qo‘llanilishi  barobarida  ayrim  qiyinchiliklar  yuzaga  kelishi  kuzatilmoqda. 
Ko‘pchilik  hollarda  Markaziy  bank  tomonidan  belgilangan  talablarni  bajara  olmaslik 
natijasida  bir  qancha  banklar  o‘z  faoliyatlarini  to‘xtatishga  majbur  bo‘lishadi.  Bu  esa 
oxirgi yillarda bir necha banklarning tugatilishi bilan yakunlanmoqda.  

Download 3,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish