Rejali tekshirishlar reja asosida o‘tkaziladi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy
banki tomonidan nobank kredit tashkilotlarining moliyaviy holatini aniqlash hamda uning
faoliyatiga umumiy baho berish maqsadida tekshirishlar kompleks tarzda o‘tkazadi.
Tekshirish davomida aniqlangan xato va kamchiliklarni nobank kredit tashkilotlari
tomonidan bartaraf etilishi ustidan nazorat tartibida tekshirish o‘tkazilishi mumkin.
Nobank kredit tashkilotlari faoliyati yillik rejaga asosan yilda bir marotaba
tekshirishdan o‘tkazadi. Tekshirish davri avvalgi tekshirish davri tugagan sanadan
navbatdagi tekshirish boshlangan oyning birinchi sanasigacha bo‘lgan davrni qamrab
oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |