226
CHet el valyutasini sotish va sotib olishda bank valyuta pozitsiyasi limitiga rioya
qilishi kerak. Bank valyuta operatsiyalarini bajarganda valyuta operatsiyalarining bir
qismini sarflaydi. Bunda bankning xorijiy valyutalar bo‘yicha majburiyati va talablari
orasidagi nisbat o‘zgaradi. Bankning xorijiy valyutalarni sotish va sotib olish jarayonidagi
valyutalar bo‘yicha talab va majburiyatlari nisbati holati banklarning valyutaviy holati
deyiladi. Valyutaviy holat ochiq va yopiq bo‘lishi mumkin.
Hohlagan bir valyuta bo‘yicha ochiq valyuta pozitsiyasi deganda bankning shu
xorijiy valyuta bo‘yicha aktivlarining majburiyatlaridan oshgan summasi tushuniladi va u
uzun valyuta pozitsiyasi deb yuritiladi. Bank valyutani sotib olganda u uzun valyuta
pozitsiyasiga ega bo‘ladi va uni shu valyuta bo‘yicha boshqalar oldida talabi oshadi,
sababi sotgan tomon valyutani etkazib berish majburiyatini olgan.
Aksincha, shu valyuta bo‘yicha majburiyatlarning aktivlardan oshsa, ya’ni xorijiy
valyutani sotish uni sotib olishdan yuqori bo‘lsa valyuta pozitsiyasi qisqa bo‘ladi. Xorijiy
valyuta sotganda qisqa valyuta pozitsiyasi yuzaga keladi, sababi valyutani sotib olgan
tomongan etkazib berish majburiyati shakllanadi.
Agar valyuta bo‘yicha talablar va majburiyatlar teng bo‘lsa valyuta pozitsiyasi yopiq
bo‘ladi.
Valyuta pozitsiyasining umumiy holati(summasi) deganda barcha valyutalar bo‘yicha
uchun(qisqa) pozitsiyalar umumiy summasi tushuniladi.
Agar bank operatsion kun davomida valyuta operatsiyalarini olib borishda ochiq
valyuta pozitsiyasi bo‘yicha qo‘yilgan limitdan ortiq operatsiya amalga oshirgan, ya’ni
valyutani ko‘p sotib olgan bo‘lsa bo‘lsa, u holda valyuta pozitsiyasi ortiq sotib olingan
valyutani sotib yuborish yo‘li bilan balanslashtirib yopiladi.
Vakolatli banklar ochiq valyuta pozitsiyasi limitiga hisoblangan foizlar, ko‘chmas
mulk, qimmatli qog‘ozlar va boshqa moddiy qiymatliklarni sotish yoki sotib olish bilan
bog‘liq valyuta operatsiyalarini ham amalga oshiradi. Vakolatli banklar o‘zlarining
joylaridagi filiallari uchun ochiq valyuta pozitsiyasining chegarasini mustaqil belgilashlari
mumkin. Lekin filiallar bo‘yicha belgilangan ochiq valyuta pozitsiyasining yig‘indisi bank
bo‘yicha uning o‘z mablag‘larining 20%idan oshmasligi lozim.
Vakolatli banklar har oyda oyning 3chi kunigacha Markaziy Bankka o‘zlarining
ochiq operatsiyalari va unga rioya qilinganligi to‘g‘risida hisobot berishlari lozim. Hisobot
quyidagi shaklda tuziladi:
Ochiq valyuta pozitsiyasi limitini hisoblash.
Aytaylik tijorat bankining regulyativ kapitala miqdori 50.000 so‘m. Bankning xorijiy
valyutalar bo‘yicha quyidagicha pozitsiyaga ega:
Do'stlaringiz bilan baham: