222
valyutalarga nisbatan pulning ko‘pgina vazifalarini bajaruvchi valyuta dominantlik
qiluvchi valyuta hisoblanadi. II jaxon urushidan so‘ng, qariyib yarim asrdan buyon AQSH
dollari dominant valyuta hisoblanadi. Etakchi valyuta (vehicle currency)- ikki davlatning
o‘zaro operatsiyalarida ishlatiluvchi va ushbu davlatlarning milliy valyutasi
hisoblanmagan valyutadir. Amaliyotda agar valyuta, asosiy valyuta hisoblansagina etakchi
valyuta bo‘la oladi. Masalan, Rossiyadan Belorusiyaga etkazilgan neft to‘lovi AQSH
dollarida amalga oshiriladi.
Agar yuqorida keltirilgan mezonlarni umumlashtirsak, xulosa
qilish mumkinki, milliy
valyuta milliy iqtisodiyot doirasidan chiqib xalqaro hisob-kitoblarda ishlatilishni
boshlaydi, agar mamlakat iqtisodiyoti etarlicha ulkan bo‘lsa, bozor munosabatlari ochiq va
yuqori darajada rivojlangan bo‘lsa. Ochiq, lekin kichik iqtisodiyotga ega mamlakat o‘z
valyutasini etakchi valyutaga aylantira olmaydi. SHu bilan birga samarali valyuta
siyosatini olib borish, o‘z navbatida, ushbu davlat va boshqa davlatlar bilan tashqi savdo
munosabatlarini rivojlantirishni rag‘batlantiradi, ichki cheklangan konvertatsiyaga ega
bo‘lgan valyuta erkin konvertatsiyalanuvchi va hattoki xalqaro valyuta maqomiga ham ega
bo‘lishi mumkin. Har qanday davlat milliy valyuta maqomining o‘zgarishi valyuta bozori
hamda tashqi savdo aloqalari erkinlashayotganligiga yorqin dalil bo‘la oladi.
Valyuta fyuchers operatsiyalari ham boshqa muddatli valyuta bitimlari kabi ma’lum
bir valyutani boshqa bir valyutaga belgilangan muddatda sotish yoki sotib olish bitimidir.
Bu jihatdan bu turdagi bitim autrayt-forvard bitimi bilan o‘xshash bo‘lib, lekin ular bir-
biridan tuzilmaviy va institutsional tarzda farq qiladi:
-
Fyuchers bitimlari savdosi ochiq ommaviy tarzdagi taklif asosida
tashqillashtirilgan birjalarda amalga oshiriladi. Va ularning faoliyati milliy qonunchilik
va maxsus muvofiqlashtiruvchi organlar tomonidan tartibga solinadi.forvard bitimlari esa
birjadan tashqari bozorda amalga oshiriladi, ularning ustidan nazorat tijorat va soliq
qonunchiligiga
asosan amalga oshirladi;
- Fyuchers bitimlari standartlashgan bo‘ladi, ya’ni ularning summasi va sanasi
standart shaklda bo‘ladi. Forvard bitimlari odatda mijoz
ehtiyojiga qarab tuziladi;
- Fyuchers bitimlari har kuni qayta baholanadi va bozordagi joriy baholarga qarab
kotirovkalanadi hamda korrektirovka qilinadi. Forvard bitimlari bitim muddatigacha hech
qanday to‘lovni talab qilmaydi, lekin bank forvard bitimini imzolayotganda ta’minot
talab etishi mumkin;
- Fyucherslar bilan hisob-kitoblar valyuta kliring palatasi orqali amalga oshiriladi.
Kliring palatasi marjasini o‘tkazib beradi va har bir bitimni sotib oluvchi va sotuvchi
tomonidan bajarilishini kafolatlaydi. Forvard bitimlari esa ikki tomonlama bitim bo‘lib,
unda hech qanday vositachilar bo‘lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: