Toshkent moliya instituti "bank ishi" kafedrasi "bank ishi"


Valyuta operatsiyalarini tashkil etishning huquqiy asoslari



Download 3,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/156
Sana04.07.2021
Hajmi3,13 Mb.
#108947
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   156
Bog'liq
bank ishi

Valyuta operatsiyalarini tashkil etishning huquqiy asoslari.  
O‘zbekiston  Republikasi  hududida  valyuta  operatsiyalarini  amalga  oshirish 
prinsiplari  va  valyuta  qimmatliklari  bilan  ishlash  tartibi  O‘zbekiston  Respublikasining 
«Valyutani tartibga solish to‘g‘risida»gi qonuni bilan aniqlanadi. Ushbu qonun talablariga 
muvofiq  O‘zbekiston  hududida  xorijiy  valyuta  bilan  bog‘liq  barcha  hisob-kitoblar  faqat 
vakolatli  banklar  orqali,  ya’ni  O‘zbekiston  Respublikasi  Markaziy  Bankining  valyuta 
operatsiyalarini  o‘tkazishga  ruxsat  beruvchi  litsenziyasiga  ega  bo‘lgan  tijorat  banklari 
tomonidan  amalga  oshiriladi.  Bunday  litsenziyaga  ega  bo‘lgan  tijorat  banklari  vakolatli 
bank hisoblanadi. 
Davlat  mustaqilligiga  erishilishi  bilan  O‘zbekiston  Respublikasi  oldida  inflyasiya 
jarayonlari  va  ishlab  chiqarish  tushkunligiga  barham  berish,  bozor  talablariga  javob 
beradigan  moliyaviy  tizimni  vujudga  keltirish,  xalqaro  valyuta  va  savdo  tizimiga 


218 
 
integratsiya  qilinishga  yo‘naltirilgan  makroiqtisodiy  islohotlarni  amalga  oshirishga  oid 
murakkab masalalar paydo bo‘ldi. 
O‘zbekiston  Respublikasida  amalga  oshirilayotgan  valyuta  siyosati,  bevosita 
hukumat  tomonidan  ishlab  chiqilgan  islohotlar  strategiyasiga  muvofiq  holda  olib 
borilmoqda.  Davlat  tomonidan  valyutaviy  huquqlarni  himoyalashga  doir  mustaxkam 
qonunchilik  va  institutsional  asosni  yaratish  bo‘yicha  chora-tadbirlarni  ko‘rgan  holda  – 
davlat  bosh  islohotchi  sifatida  faoliyat  ko‘rsatmoqda.  Bu  shuningdek,  valyuta  bozori 
infratuzilmasini  yaratishga  doir  aniq  maqsadga  yo‘naltirilgan  siyosatning  amalga 
oshirilishida  ham  namoyon  bo‘lmoqda.  SHu  tarzda  davlat  islohotlarining  murakkab 
bosqichlarida  islohotlarni  ancha  oshirishga  qodir  bo‘lgan  etakchi  kuch  ekanligini 
ko‘rsatmoqda.  Davlat  shuningdek,  bir  qator  maxsus  davlat  organlarini  tashqil  etish  yo‘li 
bilan  islohotlarni  tartibga  solishni  amalga  oshirmoqda.  Albatta,  Markaziy  bank  davlat 
banki sifatida bu borada muhim o‘rin tutadi. 
O‘zbekiston Respublikasining ”Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, 
quyidagilar  valyuta  nazorati  organlari  hisoblanadi:  jumladan,  Markaziy  bank,  Moliya 
vazirligi,  Tashqi  iqtisodiy  aloqalar  vazirligi,  Davlat  Soliq  Qo‘mitasi,  Davlat  Bojxona 
Qo‘mitalaridir.  Ularni  har  biri  o‘z  vazifa  va  funksiyalarga  egadir.  Vakolatli  banklar  esa 
valyuta nazorati agentlari hisoblanadi. 

Download 3,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish