Toshkent moliya instituti "bank ishi" kafedrasi "bank ishi"



Download 3,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/156
Sana04.07.2021
Hajmi3,13 Mb.
#108947
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   156
Bog'liq
bank ishi

Inflyasiya  sur’atlari.  Valyutalarning  xarid  qobiliyatlari  bo‘yicha  ularning  o‘zaro 
nisbati o‘zida qiymat qonunini aks ettirib, valyuta kursini aniqlash vositasidir. SHu sababli 
valyuta  kursiga  inflyasiya  sur’atlari  ta’sir  ko‘rsatadi.  Mamlakatda  inflyasiya  darajasi 
qanchalik yuqori bo‘lsa, milliy valyuta kursi shunchalik past bo‘ladi, (agar boshka omillar 
qarshi tasir ko‘rsatmasa). 
Inflyasiya  oqibatida  pul  qadrsizlanishi  mamlakatda  pulning  xarid  qobiliyatining 
pasayishiga  va  inflyasiya  suratlari  nisbatan  past  mamlakatlarning  valyutalari  kursidan 
tushib ketishiga   sabab  bo‘ladi. Bunday moyillik, odatda, o‘rta va uzoq muddatli rejada 
kuzatiladi.  Valyuta  kursining  tenglashtirilishi,  uni  sotib  olish  qobiliyatining  paritetiga  
moslashtirish  o‘rtacha  ikki  yil  davomida  amalga  oshiriladi.  Bu  shu  bilan  izohlanadiki, 
valyuta  kursining  kundalik    kotirovkasi  faqatgina  uni  sotib  olish  kobiliyatiga  asosan 
amalga  oshirilmay,  unga  shuningdek,  boshqa  omillar  ham  tasir  etadi.  80-  yillarda 
ko‘pincha    valyuta  kursining  paritetidan  30%dan  ortiq  miqdorda  siljishi  yuz  berib  turar 
edi.  Lekin  spekulyativ  va  konyukturaviy  omillar  tasiridan  ozod  bo‘lgan  valyuta 
kurslarining  o‘zaro  nisbati  qiymati  qonuniga  muvofiq  tarzda  pul  birliklarining  xarid 
qobiliyati o‘zgarishi bilan o‘zgaradi. 
Valyuta  kursining  inflyasiya  sur’atlariga  bog‘liqligi,  ayniqsa,  tovar-xizmatlar  va 
kapitallarni xalqaro ayirboshlash hajmi katta bo‘lgan mamlakatlarda kuchliroqdir. Sababi 
shundaki,  valyuta  dinamikasi  va  inflyasiya  sur’ati  o‘rtasidagi  kuchli  bog‘liqlik,  valyuta 
kursining  eksport  baholarda  hisob-kitob  qilishda  yuzaga  keladi.  Jahon  bozori  narxlari 
internatsional qiymatning  puldagi ifodasini aks ettiradi. Import narxlariga kelsak, tegishli 
valyuta paritetida hisob-kitob qilish unchalik qulay kelmaydi, chunki, uning o‘zi  valyuta 
kursi    dinamikasiga  bog‘liq.  Sanoati  rivojlangan  mamlakatlar  bunday  hisob-kitob  uchun 
ulgurji  baholar  indeksidan  foydalangani  ma’qulroq.  CHunki  bu  mamlakatlarda  ulgurji 
ichki  savdo  va  eksport  ma’lum  darajada  mos  keladi.  Boshqa  mamlakatlarda    ushbu 
indeksga  ko‘pgina  eksport  qilinadigan  tovarlar  kirmaydi.  CHakana  narxlar  asosidagi 
bunday  hisob-kitob  noto‘g‘ri  talqin  qilinishi  mumkin,  chunki  u  jahon  savdo  ob’ekti 
bo‘lmagan  bir  qator  xizmatlarni  o‘z  ichiga  oladi.  Oxirgi  navbatda  jahon  bozorida  real 
xarid  qobiliyatiga  mos  ravishda  stixiyali  tarzda  milliy    valyuta  kurslarining  tenglashishi 
yuz bermoqda.  Real valyuta kursi ikki mamlakat narxlari darajasi nisbatiga ko‘paytirilgan 
nominal kurs sifatida aniqlanadi. 
1. To‘lov balansi holati. Aktiv to‘lov balansi  milliy valyuta kursining ko‘tarilishiga 
olib keladi, chunki unga chet el qarzdorlari tomonidan talab ortadi. Passiv to‘lov balansi 
milliy  valyuta    kursining  pasayishiga  moyillik  yaratadi,  unda  qazdorlar  milliy  valyutani 
chet  el  valyutasiga  o‘z  tashqi  majburiyatlarini  qoplash  maqsadida  sotadilar.  To‘lov 
balansining  nobarqarorligi  tegishli  valyutaga  talab  va  taklifning  sakrash  tarzida 
o‘zgarishiga  olib  keladi.  Zamonaviy  sharoitlarda  xalqaro  kapital  harakatining  to‘lov 
balansiga va natijada valyuta kursiga ta’siri ko‘paydi. 
2. Turli  mamlakatlarda  foiz  stavkalarining  har  xilligi.  Bu  omilning  valyuta 
kursiga  ta’siri  2  ta  asosiy  holat  bilan  tushuntiriladi.  Birinchidan,  mamlakatda  foiz 
stavkalarni  o‘zgarishi  xalqaro  kapital  harakatining  boshqa    shartlarida  ham  ta’sir  qiladi. 
Boshqacha  qilib  aytganda,    foiz  stavkasining  ko‘paytirilishi  chet  el  kapitalining  oqib 


216 
 
kelishini,  uning  pasayishi  esa  kapitalning  (milliy  kapitalni  ham)    chet  elga  oqib  chiqib 
ketishini rag‘batlantiradi. 
Kapitallar  harakati,  ayniqsa,  spekulyativ  «qaynoq»  pullar  harakati  to‘lov 
balanslarining  nobarqarorligini  kuchaytiradi.    Operatsiyalarni  amalga  oshirganda  banklar 
milliy va jahon bozorlaridagi foiz stavkalaridagi farqni e’tiborga oladilar. Ular foyda olish 
maqsadida  chet  el  bozorida  arzonroq  kredit  olib  (pastroq  stavkada)  hamda  milliy  kredit 
bozoriga,  agar  foiz  stavkalari  yuqori  bo‘lsa,  chet  el  valyutasini  joylashtirishni  afzal 
ko‘radilar. 
3. Valyuta bozori faoliyati va spekulyativ valyuta operatsiyalari. Agar qandaydir 
bir valyuta kursi pasayishga moyil bo‘lsa, firma   va banklar vaqtdan unumli foydalanib, 
uni  yaxshiroq  valyutaga  sotadilar.  Bunda  kuchsizlashgan  valyuta  pozitsiyasi  yanada 
yomonlashadi.  Valyuta  bozorlari  iqtisod  va  siyosatdagi  o‘zgarishlardan,  kurs  nisbatlari 
siljishidan tez ta’sirlanadi. SHu bilan birga, ular valyuta spekulyasiyasi imkoniyatlarini va 
stixiyali tarzdagi «qaynoq» pullar harakatini kengaytiradi. 

Download 3,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish