Toshkent moliya instituti "bank ishi" kafedrasi "bank ishi"



Download 3,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/156
Sana04.07.2021
Hajmi3,13 Mb.
#108947
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   156
Bog'liq
bank ishi

 
 
 


243 
 
 
7-mavzu. Tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalari 
 
Reja: 
1.Banklarning qimmatli qog’ozlar bog’liq operatsiyalarining nazariy asoslari 
2.Qimmatli qog’ozlar bog’liq operatsiyalarining banklar faoliyatida tutgan o’rni 
3.Banklarning qimmatli qog’ozlar bilan bog’liq investitsion operatsiyalari  
4.Tijorat banklarining qimmatli qog’ozlar bilan bog’liq emission operatsiyalari. 
5. Tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarini amalga 
oshirishdagi xorij tajribasi. 
 
1.Banklarning qimmatli qog’ozlar bog’liq operatsiyalarining nazariy asoslari 
O‘zbekiston  Respublikasining  qimmatli  qog‘ozlar  bozori  modeli  tamoyillariga 
asoslangan  ijtimoiy  yo‘naltirilgan  bozor  iqtisodiyotiga  o‘tish  mamlakat  iqtisodiy 
rivojlanish  strategiyasining  yaxlit  ekanligi  xozirgi  kundagi  haqiqatdir.  O‘zbekiston 
Respublikasida  qimmatli  qog‘ozlar  bozori  bozor  iqtisodiyoti  tizimining  moliyaviy 
mexanizmi  bo‘lib,  aholi  va  xo‘jalik  sub’ektlarini  vaqtincha  bo‘sh  mablag‘larining  
aylanishiga keng imkoniyatlar yaratadi. Jumladan, qimmatli qog‘ozlarning har bir egalari 
u fuqaro yoki yuridik shaxs bo‘lishidan qat’iy nazar tadbirkorlar harakatiga taaluqli shaxs 
bo‘lib qoladi. Ushbu bozorga kirishda motivatsiya mexanizmlari, turtkilari bo‘lib iqtisodiy 
o‘zgarishlar,  siyosiy  masalalarning  xal  qilinishi,  qimmatli  qog‘ozlarning  kurs  qiymati 
dinamikasi,  tijorat  banklarini  fondlarining  miqdori,  qimmatli  qog‘ozlar  bo‘yicha  taklif 
etilayotgan foydaning miqdorlari xizmat qiladi. 
Qator  olimlarning  tijorat  banklari  qimmatli  qog‘ozlar  bozoridagi  investitsiya  
faoliyati  bo‘bozoridagi  investitsiya  faoliyati  vositalarini  o‘rganib  chiqqan  va  ularni 
quyidagi  ikki  sinfga  bo‘lgan:yicha  ilmiy  ishlar  nashr  etilgan.  Masalan,  Piter  Rouz,  u 
banklarning qimmatli qog‘ozlar:  
1)  pul bozori instrumentlari; 
2)  kapital bozor instrumentlari. U investitsiya faoliyatini asosiy yo‘nalishiga veksel va 
obligatsiyalar jalb qilish taklifini bergan. 
O‘zbekiston Respublikasining 2008 yil 27 iyunda qabul qilingan «Qimmatli 
qog‘ozlar  bozori  to‘g‘risida»gi  Qonuni  3  –  moddasiga  muvofiq,  «Qimmatli  qog‘ozlar  – 
hujjatlar bo‘lib, ular bu hujjatlarni chiqargan yuridik shaxs bilan ularning egasi o‘rtasidagi 
mulkiy xuquqlarni yoki qarz munosabatlarini tasdiqlaydi, dividendlar yoki foizlar tarzida 
daromad  to‘lashni  hamda  ushbu  hujjatlardan  kelib  chiqadigan  huquqlarni    boshqa 
shaxslarga o‘tkazish imkoniyatini nazarda tutadi. 
Qimmatli  qog‘ozlarni  qiymati  O‘zbekiston  Respublikasi  milliy  valyutasida 
ifodalanadi
49
». 
Qimmatli qog‘ozlar bozori kredit munosabatlari bilan birgalikda, o‘z qiymatiga ega 
bo‘lgan, sotish, sotib olish va to‘lovini amalga oshirish mumkin bo‘lgan maxsus hujjatlar 
(qimmatli  qog‘ozlar)ga  egalik  qilish  bilan  ham  bevosita  bog‘liq.  Qimmatli  qog‘ozlar 
o‘zida  mulkchilik  huquqini  mujassamlashtirgan  bozorda  erkin  aylanadigan,  sotib  olish-
                                                           
49
 O‘zbekiston Respublikasining «Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida»gi Qonuni. T.: «O‘zbekiston»2008 yil 27 iyun 


244 
 
sotish  va  boshqa  bitimlarning  ob’ekti  bo‘ladigan,  doimiy  va  bir  martalik  daromad  olish 
manbai  bo‘lib  xizmat  qiladigan,  pul  kapitalining  bir  ko‘rinishidagi  hujjatdir.  Qimmatli 
qog‘ozlar turli sub’ektlar tomonidan chiqarilishi mumkin. Umumiy holda bu emitentlar 5 
guruhga bo‘linadi: 
6.  hukumat; 
7.  davlat korxonalari; 
8.  xususiy sektor; 
9.  Markaziy bank; 
10. chet el sub’ektlari. 
Hammaqimmatliqog‘ozlarnidavlat, 
xususiyyokixalqaroqimmatliqog‘ozlargaajratishmumkin. 
Xususiy 
sektor 
tomonidan 
chiqarilayotgan  qimmatli  qog‘ozlar  tarkibiga  turli  ishlab  chiqarish  korxonalari,  tijorat 
banklari,  investitsion  banklar,  investitsion  fondlar  va  boshqalarning  qimmatli  qog‘ozlari 
alohida  o‘rin  tutadi.  Xalqaro  qimmatli  qog‘ozlar  ularning  hisoblanadigan  valyuta  va 
emitentlari bo‘yicha bo‘linadi.     
O‘zbekiston  Respublikasi  mustaqillikka  erishgandan  so‘ng  1993  yil  2  sentyabrida 
Oliy Kengash tomonidan «qimmatli qog‘ozlar va fond birjasi to‘g‘risida»gi qonun qabul 
qilindi. Ushbu qonun qimmatli qog‘ozlar bozorini tashkil qilish bo‘yicha birinchi va asosiy 
hujjat bo‘ldi. Keyinchallik bu qonunga 5 marotaba qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi 
(1994  yil  23  sentyabrida,  1995  yil  22  dekabrida,  1999  yil  26  aprelida,  30  avgustida,  27 
dekabrida). 
Bu  qonunga  asosan,  o‘zbekiston  Respublikasi  xududida  quyidagi  turdagi  qimmatli 
qog‘ozlar chiqarilishi va muomalada bo‘lishi mumkin: 
7. Aksiyalar; 
8. Obligatsiyalar; 
9. Xazina majburiyatlari; 
10. Depozit sertifikatlari; 
11. Veksellar; 
12. Qimmatli qog‘ozlar hosilalari, ya’ni opsion va fyucherslar kiradi.  
Shu bilan birgalikda, o‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 96 moddasiga 
binoan qimmatli qog‘ozlar jumlasiga quyidagilar kiradi: 
7. Chek. 
8. Depozit va jamg‘arma sertifikatlari. 
9. Bankning taqdim qiluvchiga pul beriladigan jamg‘arma daftarchasi. 
10. Konosament. 
11. Obligatsiyalar. 
12. Veksellar. 
Qimmatli qog‘ozlarning bu turlariga qisqacha ta’rif beramiz
50

Aksiya – bu qimmatli qog‘oz bo‘lib: 
 xarakat muddati cheklanmagan; 
 huquqiy  yoki  jismoniy  shaxs  tomonidan  Aksionerlik  jamiyatiga  muayyan  hissa 
qo‘shgan ulushini va mazkur jamiyat mulkidagi ishtirokini guvohlovchi; 
                                                           
50
Sh. Z. Abdullayeva «Bank ishi» Toshkent «IQTISOD-MOLIYA» 2010 y  171-175-betlar 


245 
 
 aksiya bo‘yicha divident ko‘rinishida foyda olish huquqini beruvchi aksiyadorning 
shu jamiyat boshqarish ishiga qatnasha olishini tasdiqlovchi yuridik hujjatdir. 
Obligatsiya – bu  «Obligo» – lotin tilida «qarz olish» mazmunini bildiradi. Emitentga 
obligatsiya  egasi  tomonidan  ma’lum  bir  pul  mablag‘ini  kiritganligi  va  unda  ko‘rsatilgan 
muddatda  nominal  qiymatini  hamda  qo‘shimcha  foiz  to‘lab  berish  majburiyatini 
guvohlovchi  qimmatli  qog‘ozdir.  Obligatsiya  uning  egasiga  emitentning  ishini 
boshqarishda qatnashish huquqini bermaydi. 
Xazina majburiyatlari – uning egasi tomonidan ma’lum bir pul mablag‘ini byudjetga 
kiritganligi  va  uning  butun  aylanish  davrida  aniq  chegaralangan  foizni  to‘lab  berish 
majburitini guvohlovchi qimmatli qog‘ozdir. 
Depozit  sertifikatlari  -  bu  jamg‘armachining  bankka  qo‘ygan  pul  mablag‘ini 
ifodalovchi va muomala muddati to‘gaganidan keyin qo‘ygan pul mablag‘ini hamda foyda 
sifatida  ustama  foizini  huquq  va  imkoniyatini  beruvchi  qimmatli  qog‘ozdir.  Depozit 
sertifikati bank tomonidan beriladi. 
Veksel  -  qarz  majburiyati  bo‘lib,  veksel  beruvchining  ushbu  vekselni    ko‘rsatilgan 
muddatda  taqdim  etganda,  veksel  ushlovchiga  uning  nominal  qiymatini  to‘lab  berish 
guvohini beruvchi qimmatli qog‘oz va to‘lov vositasidir. 
Qimmatli qog’ozlar hosilalari – bular shunday qimmatli qog‘ozlarki, ularning foydasi 
yoki zarari bir nechta bozor ko‘rsatkichlari bilan, ya’ni bozor indekslari bilan bog‘liqdir. 
Qimmatli qog‘ozlar xosilalari – «opsion» yoki «fyucherslar» ko‘rinishida bo‘ladi. 
Konosament  –  yuk  tashuvchi  tomonidan  yuk  egasiga,  yukni  dengiz  orqali  olib 
o‘tishga  qabul  qilinganligini  guvohlovchi  va  yuk  qabul  qiluvchiga  yukni  etib  borish 
portida taqdim qilish majburiyatini tasdiqlab beruvchi hujjatdir.  
Mamlakatimiz  hududida  muomalaga  chiqarilishi  mumkin  bo‘lgan  qimmatli  qog‘ozlarni 
mulkchilikka munosabatiga (ulushli), qarz munosabatiga qarab va qimmatli qog‘ozlarning 
hosilalariga bo‘lish mumkin.  
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, qimmatli qog‘ozlar puldan farqli o‘z 
xususiyatlariga ega. Bu xususiyatlar quyidagilar: 
1.  Likvidlik (samaradorlik); 
2.  Foydalilik; 
3.  Ishonchlilik darajasi; 
4.  Kapitalni oshirish manbai; 
5.  Risk (qaltislik) 
Shuni  ta’kidlash  lozimki,  qimmatli  qog‘ozlar  ichida  faqatgina  aksiyalar  ulushli 
qimmatli qog‘ozlarning tarkibiga kiradi. Uning qolgan turlari hisoblangan obligatsiyalar, 
g‘azna majburiyatlari, deposit sertifikatlari va veksel qarz majburiyatli qimmatli qog‘ozlar 
tarkibiga  kiradi.  Qimmatli  qog‘ozlarning  hosilalariga  esa  opsion,  fyuchers  va  varrant 
kiradi.  
 


246 
 
 

Download 3,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish