Toshkent moliya instituti "bank ishi" kafedrasi "bank ishi"


Banklarning qimmatli qog’ozlar bilan bog’liq investitsion operatsiyalari



Download 3,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/156
Sana04.07.2021
Hajmi3,13 Mb.
#108947
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   156
Bog'liq
bank ishi

3.Banklarning qimmatli qog’ozlar bilan bog’liq investitsion operatsiyalari  
 
Bank  investitsiyalariga,    qoida  bo‘yicha,    foyda  olish  maqsadida  bir  yildan  ortiq 
vaqtda to‘lash sharti bilan qimmatli qog‘ozlarga mablag‘larni qo‘yilma qilish kiradi. 
Agar bank turli emitentlar qimmatli qog‘ozlaridan bir necha turini sotib olsa,  ya’ni 
uning  qo‘yilmalari  diversifikatsiyalangan  bo‘ladi  va  bunda  mazkur  bank  investitsiyalar 
portfeli haqida gapirish mumkin bo‘ladi,  U portfel tarkibini rejalashtirish,  tahlil qilish va 
tartibga  solib  turish,    portfel  oldiga  qo‘yilgan  maqsadlarga  erishish  uchun  uni 
shakllantirish  hamda  quvvatlab  turish,    uning  likvidligi  zarur  darajada  bo‘lishini  saqlab 
turish va u bilan bog‘liq xarajatlarni kamaytirishni o‘z ichiga oladi. Investitsiya siyosatini 
ishlab  chiqish  va  investitsiya  portfeli  tuzilmasini  aniqlash  vaqtida  banklar  avvalambor 
likvidlik,    daromadlilik  va  xatarga  e’tibor  beradi.  Banklarning  qimmatli  qog‘ozlarga 
investitsiyalar  qilishdan  maqsadi  foizlar  olish,    kapitalni  saqlab  qolish  va  qimmatli 
qog‘ozlar  kursi  qiymatining  o‘sib  borishi  asosida  sarmoyaning  ortib  borishini 
ta’minlashdan iboratdir. 


261 
 
O‘zbekiston  banklarining  portfelini  investitsiyalash  ob’ekti  bo‘lib  korporativ 
qimmatli qog‘ozlar,  shuningdek,  davlat qisqa muddatli qog‘ozlari xizmat qiladi. 
Investitsiyalash jarayonida bank strategiyasining ikki turi farqlanadi: passiv va aktiv. 
Passiv,    kutibturuvchi  strategiyaning  maqsadi  –  o‘rtacha  bozornikiga  yaqin  bo‘lgan 
darajadagi  barqaror  va  qat’iy  daromad  olinishini  ta’minlashdir.  Bu  holda,    odatda,  
"narvon"  usuli  yoki  "shtanga"  usuli  qo‘llanadi.  Birinchi  usul  turli  muddatli  qimmatli 
qog‘ozlarni  bank  tomonidan  tanlab  olingan  investitsiyalash  muddati  doirasida  bir  tekis 
taqsimlagan  holda  sotib olishga asoslangan. "SHtanga" usuli  investitsiyalarning  aksariyat 
qismi  portfelning  yuqori  likvidliligini  ta’minlay-digan  juda  qisqa  muddatli  qimmatli 
qog‘ozlarga  hamda  yuqori  daromad  olish  uchun  imkon  beradigan  anchagina  uzoq 
muddatli qimmatli qog‘ozlarga yo‘naltirilishini anglatadi. 
O‘zbekistonda  banklar  o‘zlarining  qimmatli  qog‘ozlar  portfelini  shakllantirishda 
ushbu  ikkala  usulni  qo‘llaydilar.  Biroq  O‘zbekiston  uchun  umuman  investitsiyalashning 
nisbatan qisqaroq muddatlari xosdir. 
Agressiv  (tajovuzkor)  siyosat  kurslar  va  foizlarning  bozorda  o‘zgarib  (tebranib) 
turishidan  daromad  olish  imkoniyatlaridan  eng  ko‘p  darajada  foydalanib  qolishga 
yo‘naltirilgan.  Bunday  strategiyani  faqat  katta  investitsiya  portfeliga  ega  bo‘lgan  yirik 
banklargana  qo‘llashi  mumkin.  Agressiv  strategiyani  muvaffaqiyatli  olib  borish  uchun 
bank  kundalik  bozorni  xolisona  baholay  oladigan  va  unda  vaziyatning  o‘zgarishiga  oid 
taxminlar tuzishni ta’minlaydigan tegishli tahliliy imkoniyatlarga ega bo‘lishi lozim. 
O‘zbekiston  banklarini  investitsiyalashning  bosh  ob’ekti  davlat  qisqa  muddatli 
obligatsiyalari  (DqMO)  bo‘lib,    ular  bankka  kafolatli  qat’iy  va  barqaror  daromad  olish 
uchun imkon beradi. Ko‘pgina banklar o‘zlarining vaqtincha bo‘sh turgan pul resurslarini 
ayni mana shu DQMOga qo‘yilma qiladilar. SHuni qayd etish lozimki,  ko‘pgina banklar 
DQMOga  qo‘yilma  qilayotganlarida  bir  qancha  hollarda  ikkilamchi  bozorda  narx 
ko‘tarilishi  narx  pasayishi  vaqtidagi  fursat  (o‘yin)dan  foydalanib,    katta  daromad  olib,  
tajovuzkor siyosat yuritadilar. 
Ahamiyatiga ko‘ra ikkinchi o‘rinda turgan,  ammo eng katta istiqbolga ega bo‘lgan 
investitsiyalash  ob’ekti  xususiylashtirilgan  korxonalarning  aksiyalari  bo‘lib,    ular 
dividendlar  shaklida  daro,    madlar  olish  va  kurs  qiymatini  oshirish  uchun,    shuningdek,  
keyinchalik ancha yuqori narxda qayta sotish uchun sotib olinadi.  
Sanoat korporatsiyalari aksiyalariga banklar investitsiyalari amalga oshirilgan vaqtda 
bank  kapitali  bilan  sanoat  kapitali  qo‘shilib-birlashib,    moliya  kapitali  hosil  bo‘ladi. 
Bunday  birlashuv,    yuqorida  qayd  etilganidek,    hamma  mamlakatlarda  ham 
bo‘lavermaydi,  lekin O‘zbekistonda u etarlicha keng rivojlandi. Agar biror aksiyadorlik 
jamiyatining  aksiyalar  paketiga  ega  bo‘lgan  bank  uni  boshqarishda,    shuningdek,  
kreditlar,    jumladan,    imtiyozli  kreditlar  yordamida  emitentning  moliyaviy  ahvolini 
sog‘lomlashtirishda faol ishtirok etsa,  shunday birlashib ketishning afzalliklari namoyon 
bo‘ladi. 
Har bir bank investitsiya portfelining muayyan qismini bank tomonidan qo‘shma va 
shu’ba  korxonalarga  kiritilgan  paylar  va  ulushlar  tashkil  etadi.  Ushbu  qo‘yilmalardan 
keladigan  daromad  ba’zan  katta  miqdorlarga  etishi,    ammo  ayrim  hollarda  umuman 
bo‘lmasligi  ham  mumkin.  Turlicha  bozor  tuzilmalarining  ta’sischilari  bo‘lmish  banklar 


262 
 
ularga katta mablaglarni qo‘yilma qiladi,  Masalan,  banklar investitsiya muassasalari va 
birjalarning  ta’sischilari  bo‘lishi  mumkin.  Amalda  O‘zbekistondagi  har  bir  bank  turli 
yo‘nalishdagi bir yoki hatto bir necha investitsiya muassasalar – investitsiya vositachilari,  
investitsiya  kompaniyalari  va  x.k.larning  ta’sischisi  bo‘ladi.  O‘zbekistonda  banklarga 
institutsional sarmoyadorlarning,  ya’ni o‘z ish faoliyatining xususiyatiga ko‘ra doimiy va 
katta  miqdordagi  pul  mablag‘lariga  ega  bo‘lgan  hamda  ularni  qimmatli  qog‘ozlar 
portfeliga  qo‘yilma  qilishga  qurbi  etadigan  tashkilotlarning  ta’sischilari  bo‘lish  uchun 
ruxsat  berilgan.  Banklar  institutsional  sarmoyadorlarning  aksiyalarini  sotib  olib,  pul 
mablag‘larini jamg‘arish (akkumulyasiyalash) uchun qo‘shimcha imkoniyatga ega bo‘ladi,  
shuningdek,    mijozlarning  qimmatli  qog‘ozlar  portfelini  boshqarish  bo‘yicha  o‘z 
operatsiyalarini kengaytiradi. 
Banklar  anderrayting  bo‘yicha  operatsiyalarni  bajarayotgan  vaqtda  mablag‘larni 
qimmatli qog‘ozlarga investitsiyalashga doir operatsiyalarni amalga oshiradi,  ya’ni bank 
emitent-mijozning qimmatli qog‘ozlarini joylashtira olmagan vaqtda,  o‘z majburiyatlarini 
bajarish  va  mijozning  ustav  sarmoyasini  o‘z  vaqtida  shakllantirish  uchun  bankning  o‘zi 
mijozning  qimmatli  qog‘ozlarini  sotib  olishiga  to‘rri  keladi.  Ammo  ushbu  operatsiyalar 
ko‘proq nochorlik xususiyatiga ega. Keyinchalik bank bunday qimmatli qog‘ozlarni sotib 
olib,    ularni  sotishga  harakat  qiladi  yoki  u  foyda,    shu  bilan  birga,    dividendlar  keltira 
boshlashi uchui emitentni boshqarishda ishtirok etadi. 
Banklar korxona aksiyalariga ega bo‘lib va unga kreditlar berib,  o‘z investitsiyalarini 
himoya  qilish  maqsadida  kreditlashni  davom  etgirishga  jalb  etilishi  mumkin.  Ular  o‘z 
obro‘sini  saqlab  qolish  uchun  korxonaning  moliyaviy  barqarorligini  quvvatlab  turishga 
majburdir. qimmatli qog‘ozlarga investiyalashni amalga oshirishda bankning yo‘qotishlari 
bo‘yicha  mavjud  xatar  asosan  qisqa  muddatlidir  lekin  u  bankning  asosiy  kapitaliga 
nisbatan  juda  yuqori  bo‘lib  qolishi  ham  mumkin.  Bank-emitent  korxonaning  bankrot 
bo‘lishi  bilan  bog‘liq  holda  uning  aksiyalariga  ega  bo‘lgani  uchun  zarar  ko‘rishi  ham 
mumkin,    ammo  bunday  yo‘qotishlarning  eng  ko‘p  tarqalgan  sababi,    bozor  qiymatini 
noto‘g‘ri baxrlash va qimmatli qog‘ozlarni uzoq vaqt davomida saqlab turishdan iboratdir. 
Mana  shuning  uchun  ham  banklar  uchun  qimmatli  qog‘ozlarga  qo‘yilmalar  qilishni 
amalga oshirish bo‘yicha cheklanishlar mavjud bo‘lib,  ular quyidagilardan iborat: 
1)  bankning  bir  korxona  ustav  kapitaliga,    shuningdek,    shu  korxonaning  boshqa 
qimmatli  qog‘ozlariga  qo‘yilmalari  miqdori  birinchi  darajadagi  bank  regulyativ 
kapitalining 15 foizidan oshmasligi shart; 
2)  bankning  barcha  emitentlar  ustav  kapitali  va      boshqa  qimmatli  qog‘ozlariga 
investitsiyalari  miqdori  birinchi  darajadagi  bank  regulyativ  kapitalining  50  foizidan 
oshmasligi kerak; 
3)  bankning  oldi-sotdi  uchun  nodavlat  qimmatli  qog‘ozlarga  qo‘yilmalari  birinchi 
darajadagi bank regulyativ kapitalining 25 foizidan oshmasligi lozim. 
Bank to‘g‘ridan-to‘g‘ri bevosita va bilvosita (masalan,  shu’ba korxonalar orqali) har 
qanday  korxona  (moliyaviy  muassasalardan  tashqari)  ustav  kapitalining  20  foizdan  ortiq 
qismiga ega bo‘lishi mumkin emas. 
Ammo  bank  qo‘yilmalariga  belgilangan  ushbu  cheklashlar  kredit  ta’minoti  uchun 
taqdim  etilgan  qimmatli  qog‘ozlarga  berilgan  garov  huquqini  amalga  oshirish  katijasida 


263 
 
bank tomonidan olingan qimmatli qog‘ozlarga nisbatan qo‘llanmaydi. Ayni vaqtda,  agar 
bank qimmatli qog‘ozlarni garov huquqlari amalga oshirilgan holda olgan bo‘lsa,  ularni 
bir oy mobaynida sotishi kerak. 
Avval  qayd  etilganidek,    banklar  investitsiya  muassasalari  vazifalarini  bajarishi 
mumkin.  Turli  mamlakatlarda  tijorat  banklari  buni  qimmatli  qog‘ozlar  bozorini  umumiy 
nazorat  etadigan  organning  ruxsati  bilan  yoki  davlat  bosh  bankidan  bank  faoliyatini 
amalga  oshirish  uchun  olinadigan  umumiy  litsenziya  (ruxsatnoma)  doirasida  amalga 
oshiradi.  O‘zbekistonda  banklar  qonuniy  jihatdan  qayd  etilgan  tijorat  banklari  va 
investitsiya  banklariga  ajratilmagan,    shu  sababli  tijorat  banklari  investitsiya 
muassasalariga xos bo‘lgan vazifalarni erkin bajarayapti. 
Banklar  qimmatli  qog‘ozlar  bilan  operatsiyalarni  Markaziy  bank  tomonidan 
beriladigan  umumiy  litsenziya  asosida  amalga  oshirishlari  mumkin.  Litsenziyada 
ko‘rsatilgan,    banklar  tomonidan  amalga  oshiriladigan  operatsiyalar  ro‘yxatida  qimmatli 
qog‘ozlar  bilan  olib  boriladigan  faoliyat  maxsus  qayd  etilgan  bo‘lishi  kerak.  Banklar 
qimmatli  qog‘ozlar  bilan  faoliyatini  amalga  oshirish  uchun  quyidagi  ma’lumotlarni 
ko‘rsatishi lozim: 
a)  qimmatli  qog‘ozlar bilan  rejalashtirilayottan  faoliyatning batafsil  tavsifi,  ushbu 
faoliyatni  amalga  oshirishda  bank  qanday  siyosat  olib  borishi  va  qanday  tadbirlardan 
foydalanmoqchi ekanligi; 
b)  bankning  ushbu  faoliyatni  amalga  oshirishi  natijasida  olinishi  ko‘zda 
tutilayotgan foydaning taxminiy miqdori (foizlar hisobida); 
v)  bunday faoliyat ustidan o‘rnatiladigan ichki nazorat turlari va unga qo‘yiladigan 
talablar; 
g)  qimmatli  qog‘ozlar  bilan  operatsiyalarni  amalga  oshiradigan  shaxslar  uchun 
bitimlar tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilish va cheklashlar bo‘yicha vakolatlar; 
d)  qimmatli qog‘ozlar bilan bitimlarni  amalga  oshiradigan  shaxslarga qo‘yiladigan 
malakaviy talablar;  
e)  bankning ichki hisob yuritish va hisobot tuzish ishlariga rahbarlik qilish; 
j) 
qimmatli  qog‘ozlar  bilan  amalga  oshiriladigan  operatsiyalar  monitoringi 
bo‘yicha axborotlashtirish tizimiga qo‘yiladigan talablar. 
Respublika  tijorat  banklari  bir  holda  o‘z  tarkibiy  tuzilmalarida  qimmatli  qog‘ozlar 
bo‘yicha  fond  bo‘limlari  yoki  boshqarmalariga  egadirlar,    ular  fond  qimmatliklari  bilan 
amalga  oshirish  mumkin  bo‘lgan  turlicha  operatsiyalarni  –  bankning  o‘z  qimmatli 
qog‘ozlari  emissiyasini  tashkil  etishdan  tortib  investitsiya  muassasalariga  xos  bo‘lgan 
barcha  operatsiyalar  majmuini  bajaradi.  Bunda  fond  bo‘limlari  bevosita  bank 
operatsiyalarini  qimmatli  qog‘ozlar  bilan  amalga  oshiriladigan  operatsiyalarni 
uygunlashtirishi  (masalan,    veksellar  hisobini  yuri-tish),    shuningdek,    investitsiya 
muassasalari uchun xos bo‘lgan operatsiyalar bilan birga amalga oshirishi mumkin. 
O’zbekiston  Respublikasida  mavjud  tijorat  banklari  qimmatli  qog’ozlar  bilan 
operatsiyalarning asosiy ishtirokchisi bo’lib kelmoqda. Buni quydagi ma’lu-motlarda ham 
ko’rishimiz mumkin:  


264 
 
2016 yilning 2 – 6 may kunlari «Tashkent» Respublika fond birjasi sav-dolarida  9 ta 
aksiyadorlik jamiyatining qimmatli qog‘ozlari bilan 96 ta bitim qayd qilinib, 2,8 mln. dona 
aksiya 4,3 mlrd. so‘mga sotildi. 
Shu  o’rinda  ayta  olamizki  O’zbekiston  Respublikasidagi  mavjud  tijorat  banklar 
rivojlangan  universal  banklar  sirasiga  kiradi.  Bu  banklar  shu  sabab  moliya  bozorining 
asosiy ishtirokchilari bo’lib kelmoqda.  
Ma’lumki,  bank  resurslarini  joylashtirish  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  operatsiyalar  aktiv 
operatsiyalar  deyiladi,  boshqacha  qilib  aytganda  bankning  aktiv  operatsiyalari  bu  bank 
tomonidan foyda olish maqsadida o‘z mablag‘lari va jalb qilingan mablag‘larni samarali 
yo‘naltirishdir. Ko‘pchilik iqtisodiy adabiyotlarda bankning aktiv operatsiyalari, deganda, 
eng  avvalo,  resurlarni  daromad  olish  maqsadida  yo‘naltirilgan  aktivlar,  ya’ni  qimmatli 
qog‘ozlarga  qilingan  investitsiyalar,  kreditlar,  lizing  va  faktoring  operatsiyalari  nazarda 
tutiladi. 
Biz  quyidagi  ma’lumot  asosida  esa  banklarning  qimmatli  qog’ozlarga  kiritayotgan 
sarmoyasi haqida tanishib o’tsak bo’ladi.Bugungi kunda moliya-bank sektorida inqirozga 
qarshi davlat belgilab bergan  

Download 3,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish