Moliya bozori
ishtirokchilari
Fond
birjalari
Banklar
Xalqaro
tashkilotlar
Chet
davlatlar va
boshqalar
Jismoniy
shaxslar
Yuridik
shaxslar
248
ishtirokchilari, shuningdek birjalar va Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariylarini
kiritishimiz mumkin
54
.
Qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchisi — qimmatli qog‘ozlar
bozorida professional faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxs
55
.
Qimmatli qog‘ozlar muomalada bo‘lish xududiga ko‘ra regional (mahalliy), milliy va
xalqaro qimmatli qog‘ozlarga bo‘linadi.
Qimmatli qog‘ozlar bozorida professional faoliyat qimmatli qog‘ozlar bozorini
tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan beriladigan litsenziya asosida
amalga oshiriladi, qonun hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno.
Qimmatli qog‘ozlar bozorida professional faoliyat quyidagilar sifatida amalga
oshiriladi:
investitsiya vositachisi;
investitsiya maslahatchisi;
investitsiya fondi;
investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi;
transfer-agent;
qimmatli qog‘ozlarning birjadan tashqari savdosi tashkilotchisi.
Qimmatli qog‘ozlar bozori mutaxassisining malaka guvohnomasi bo‘lgan kamida
ikki xodimga ega yuridik shaxslargina (investitsiya fondi bundan mustasno) qimmatli
qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilari bo‘lishi mumkin. Qimmatli qog‘ozlar
bozori mutaxassisining malaka guvohnomasi besh yil muddatga beriladi. Qimmatli
qog‘ozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslarning tashkil
etilishi, faoliyati, qayta tashkil etilishi va tugatilishi tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.
Investitsiya fondining faoliyati boshqa turdagi faoliyat bilan birga qo‘shib olib
borilishi mumkin emas.
Transfer-agent investitsiya vositachisining va qimmatli qog‘ozlar savdosi
tashkilotchisining professional faoliyatini amalga oshirishga haqli emas.
Mijozning topshirig‘iga binoan, mijoz nomidan va uning hisobidan qimmatli
qog‘ozlarga doir bitimlar hamda operatsiyalarni amalga oshiruvchi qimmatli qog‘ozlar
bozorining professional ishtirokchisi investitsiya vositachisidir.
Investitsiya vositachisi mijozlarining qimmatli qog‘ozlari va pul mablag‘lari, agar
qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan
boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, investitsiya vositachisining o‘z hisobvaraqlaridan
alohida hisobvaraqlarda turishi kerak.
Investitsiya vositachisi har bir mijozning qimmatli qog‘ozlari va pul mablag‘lari
hisobini yuritishi, qimmatli qog‘ozlarga doir bitimlar va operatsiyalarni mijoz bilan
tuzilgan shartnomaga muvofiq amalga oshirishi, tuzilgan bitimlar va amalga oshirilgan
operatsiyalar to‘g‘risida unga hisobot berishi shart.
Investitsiya vositachisi depozitar operatsiyalarni amalga oshirayotganda
56
:
54
O‘zbekistonRespublikasining «Qimmatliqog‘ozlarbozorito‘g‘risida»giQonuni. T.: «O‘zbekiston»2008 yil 27 iyun
55
O‘zbekistonRespublikasining «Qimmatliqog‘ozlarbozorito‘g‘risida»giQonuni. T.: «O‘zbekiston»2008 yil 27 iyun
56
«Qimmatliqog‘ozlarbozorito‘g‘risida» (yangitahriri)O‘zbekistonRespublikasiningQonuni 27-modda
249
manfaatdor shaxslarning qimmatli qog‘ozlarni va pul mablag‘larini hisobga olish
qoidalari bilan tanishib chiqish imkoniyatini ta’minlashi;
deponentlarning har biriga tegishli qimmatli qog‘ozlarning soni va nominal qiymati
hisobini yuritishi;
qimmatli qog‘ozlarga majburiyatlar yuklatilganligi, shuningdek ularning
tugatilganligi faktlari hisobini yuritishi;
qimmatli qog‘ozlarga doir bitimlar tuzish va mijozlarning hisobvaraqlari bo‘yicha
operatsiyalar bajarish uchun asos bo‘lgan birlamchi hujjatlarni idoraviy arxivda saqlashi;
depo hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni deponentlarning yoki ular vakil qilgan
shaxslarning yozma topshiriqlari asosida amalga oshirishi, qonun hujjatlarida nazarda
tutilgan hollar bundan mustasno;
deponentning qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan mulk huquqi va boshqa ashyoviy
huquqlarini uning depo hisobvarag‘idan tegishli ko‘chirma bergan holda tasdiqlashi;
mijozlarning hisobvaraqlaridagi qimmatli qog‘ozlar va pul mablag‘larining
mavjudligi va harakati, ularning holati to‘g‘risidagi axborotning maxfiyligini ta’minlashi,
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
depo hisobvarag‘i bo‘yicha operatsiyalarni qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga
solish bo‘yicha vakolatli davlat organining, monopoliyaga qarshi davlat organining,
shuningdek sudning, surishtiruv va tergov organlarining qarorlari asosida qonun
hujjatlarida belgilangan tartibda to‘xtatib turishi;
o‘z faoliyatiga taalluqli ma’lumotlarni qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish
bo‘yicha vakolatli davlat organining, davlat soliq xizmati organining, monopoliyaga qarshi
davlat organining, shuningdek sudning, surishtiruv va tergov organlarining yozma
talablariga ko‘ra qonun hujjatlarida belgilangan doirada va tartibda taqdim etishi;
o‘zi yetkazgan zararning o‘rnini ushbu Qonunning 23-moddasiga muvofiq kafolat
fondini shakllantirishda ishtirok etish, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq
javobgarlikni sug‘urta qilish yo‘li bilan qoplash imkoniyatini nazarda tutishi;
qimmatli qog‘ozlar egalarining reyestrini shakllantirish uchun zarur bo‘lgan
qimmatli qog‘ozlarning egalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Qimmatli qog‘ozlar markaziy
depozitariysining talabiga ko‘ra taqdim etishi;
o‘zida hisobga olinadigan qimmatli qog‘ozlar va ularning emitentlari rekvizitlariga
Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysidan olingan ma’lumotlar asosida o‘zgartirishlar
kiritishi shart.
Investitsiya vositachisining zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa
majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
Investitsiya vositachisi tomonidan mijozlarning pul mablag‘larini hisobga olish va
ularning but saqlanishini ta’minlash tartibi qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish
bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi.
Investitsiya maslahatchisining faoliyati. Qimmatli qog‘ozlarni chiqarish, joylashtirish
va ularning muomalasi masalalari, qimmatli qog‘ozlar bozori va uning ishtirokchilari
holatini tahlil etish hamda istiqbolini belgilash bo‘yicha maslahat xizmatlari ko‘rsatuvchi,
250
shuningdek qimmatli qog‘ozlar bozori mutaxassislarini qayta tayyorlashni va ularning
malakasini oshirishni amalga oshiruvchi yuridik shaxs investitsiya maslahatchisidir
57
.
Investorlarning pul mablag‘larini va qo‘yilmalarini investitsiya aktivlariga jalb qilish
maqsadida aksiyalar chiqaradigan yuridik shaxs — aksiyadorlik jamiyati investitsiya
fondidir.
Qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan huquqlarni hisobga olish tizimiga taalluqli
hujjatlarning qabul qilinishi, ularga ishlov berilishi va ularning o‘tkazilishi bo‘yicha
xizmatlar ko‘rsatuvchi yuridik shaxs transfer-agentdir. Emitent, shuningdek qimmatli
qog‘ozlarga doir bitimlar tuzuvchi shaxslar transfer-agentning mijozlaridir. Transfer-agent
emitentga aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishini tashkil etish va o‘tkazish yuzasidan
xizmatlar ko‘rsatishga haqlidir
58
.
Mijozlar hisobidan bitimlar tuzish mijozlar bilan tuzilgan shartnomalar asosida faqat
investitsiya vositachisi va investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi tomonidan
amalga oshirilishi mumkin. Investitsiya vositachisi uzaytirish imkoniyati bilan bir yil
uchun tuziladigan shartnoma asosida mijozlarga:
mijozning nomidan va hisobidan brokerlik xizmatlari;
o‘z nomidan, lekin mijozning hisobidan brokerlik xizmatlari;
depozitar xizmatlar ko‘rsatadi.
Investitsiya vositachisi mijozlarga depo hisobvaraqlari ochishga, qimmatli
qog‘ozlarni sotib olish va sotish uchun ularning topshiriqlarini qabul qilishga, shuningdek
qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi hamda axborot
texnologiyalari va kommunikatsiyalar sohasidagi maxsus vakolatli organ tomonidan
belgilangan tartibda mijozlarga elektron shaklda va o‘zga aloqa vositalari orqali boshqa
xizmatlarni ko‘rsatishga haqli
59
.
Kiritilganulushshaklidanqat’iynazar,
qimmatliqog‘ozlarningqiymatiO‘zbekistonRespublikasimilliypulbirligi
«so‘m»da,
ularnichiqarishshartlaridanazardatutilganhollardaesa
–
chetelvalyutasida
(aksiyalarbo‘yicha – mulknio‘tkazibberishyo‘libilanham) ifodalanadivato‘lanadi.
Umumаn оlgаndа qimmаtli qоg’оzlаr mоliya instrumеntlаrining tаsnif bеlgilаri
аsоsidа tаsniflаnаdi. Lеkin qimmаtli qоg’оzlаrning mа’lum mаzmun vа hususiyatlаri
ulаrni qo’shimchа tаrzdа аlоhidа tаsniflаshni tаqаzо etаdi.
Qimmаtli qоg’оzlаrning hisоbi mаhsus dеpоzitаriylаrdа vа (yoki) rееstrlаrdа
yuritilаdi. Оrdеrli qimmаtli qоg’оzlаrning qo’ldаn qo’lgа o’tishi indоssаmеnt аsоsidа
indоssаnt tоmоnidаn аmаlgа оshirilаdi. Tаqdim etuvchigа bo’lgаn qimmаtli qоg’оzlаr
bo’yichа xuquq indеntifikаtsiya qilinmаydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |