Raqobat savdolari va narx haqida muzokaralar sanoat bozorlarida, ayniqsa,
yetakchi hukumat agentliklari va muassasalari tomonidan amalga oshiriladigan
Yopiq savdolar davomida potensial sotuvchilar o‘z narx takliflarini yozma
ko‘rinishda muhrlangan konvertlarda taqdim etadi. Barcha konvertlar oldindan
belgilangan paytda, ko‘pincha umumiy yig‘ilish vaqtida ochiladi, eng arzon narx taklif
etgan savdo qatnashchisi agarda uning talabnomasi spetsifikatsiya talablariga javob
Rasmiyatchilik kamroq bo‘lgan sharoitda bo‘lib o‘tadigan ochiq savdolar
davomida xaridor talabnomalar belgilangan sanagacha qabul qilinishini e’lon qiladi.
Takliflar ko‘pincha og‘zaki shaklda kelib tushadi va xaridor ularga narx borasida
ularning holatiga sha’ma qilish imkoniyatiga ega bo‘lgan holda potensial sotuvchilar
bilan muhokamani davom ettiradi. Agar raqobatlashuvchi sotuvchilar turli mahsulot va
xizmatlarni taklif qilsa, shuningdek, mahsulotning batafsil spetsifikatsiyasi ishlab
120
chiqish qiyin bo‘lgan vaziyatlarda ochiq savdolar yopiq savdolardan afzal bo‘lishi
mumkin.
Muzokaralar natijasida narx belgilash ochiq savdolarga o‘xshab ketadi. Qoidaga
ko‘ra, tovar taklifini ifodalash qiyin va narx xuddi tovar taklifining elementlari kabi
muzokaralar davomida kelishib olinadi. Garchi muzokaralar natijasida narx
belgilashda boshlang‘ich nuqta preyskurant narxi hisoblansada, u ham boshqa shartlar
kabi (jumladan, xarid hajmi, shartnomaning amal qilish muddati, to‘lov shartlari,
qadoqlash usuli va yetkazib berishga talablar, mahsulotni takomillashtirish huquqlarini
taqsimlash, sotish mumkin bo‘lgan minimal va maksimal miqdor va h.k.) sezilarli
o‘zgarish ehtimoli yuqori. Muzokaralar natijasida narx belgilash barcha sanab o‘tilgan
detallarni muhokama qilish zarur bo‘lgan kompleksli xarid vaziyatida yagona rivoj
topadigan muqobil variant bo‘lib chiqishi mumkin.
Yopiq savdolar xaridlarning batafsil spetsifikatsiyalari ishlab chiqish va ularni
baholash so‘rovlariga (Requyest for Quotation, RFQ) yoki taklif so‘rovlariga
(Requyest for Proposal, RFP) kiritishni talab qiladi. RFQ yoki RFP faqat malakali
talabnoma beruvchilarga – xaridor uchun muhim bo‘lgan baholash jarayonida ishtirok
etgan potensial sotuvchilarga jo‘natilishi mumkin. Talabnomalar raqobati keng
tarqalgan amaliyot sanalgan bozorlarda malakali talabnoma beruvchilar ro‘yxatiga
kirish korxonaning juda muhim strategik maqsadi hisoblanadi.
Berilgan talabnomalarning barchasi ham RFQga mos kelmaydi. Tovar taklifi va
spetsifikatsiyalar o‘rtasida farqning kattaligi shunga olib keladiki, talabnoma
diskvalifitsiya qilinadi yoki rad etiladi. Mos ravishda, sotuv umumiy strategiyasi –
xaridlar spetsifikatsiyasini sotuvchining tovar taklifi ustunlikka ega bo‘ladigan tarzda
ishlab chiqish hisoblanadi. Bu strategiya sotuvchining mahsuloti raqobatchi
mahsulotlar ega bo‘lmagan o‘ziga xos, muhim tavsifnomalarga ega bo‘lgan hollarda
amalga oshirilishi mumkin. Aksincha, xaridlar bo‘yicha menejerlar bor kuchi bilan
“defacto” spetsifikatsiyalari ularga yagona xarid manbasi qoldirib, tanlov
imkoniyatidan mahrum qilishidan qochishga harakat qiladi, sotuvchilar o‘rtasidagi
raqobat esa chegaralangan bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: