Toshkent davlat iqtisodiyot



Download 4,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/290
Sana31.12.2021
Hajmi4,95 Mb.
#237709
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   290
Bog'liq
1548-Текст статьи-3977-1-10-20200627

 


 

121 


 

6.5.Narxni shakllantirishda yetakchilik 

Oligopoliya  bu  –  shunday  bozor  holatiki,  unda  nisbatan  kam  sonli  xaridorlar 

mavjud  bo‘ladi  va  ularning  har  biri  mahsulot  narxiga  ta’sir  ko‘rsata  oladi.  Aslini 

olganda, oligopoliya ko‘pchilik sanoat bozorlari uchun xos bo‘lgan holat. Oligopolistik 

bozorlarda  har  bir  korxona  tomonidan  belgilanadigan  narx  raqobatchilar  takliflari 

ta’siriga  uchraydi  va  o‘zi  ham  qolgan  qatnashchilar  narxlariga  ta’sir  ko‘rsatadi. 

Alohida  sotuvchilar  narxlari  talab  va  taklif  mahsulot  narxini  belgilab  beradigan 

to‘laligicha  raqobatbardosh  bozor  sharoitlari  bilan  emas,  balki  aynan  shu  bir-biriga 

bog‘liqlik  bilan  to‘xtatilib  turadi.  Ehtimol,  B2B  sohasida  to‘laligicha  raqobatli  bozor 

muhitiga  yagona  misol  ko‘plab  sotuvchilar  amalda  boshqalar  taklif  etayotgan 

mahsulotlardan  farq  qilmaydigan  o‘rmon,  dengiz  va  fermer  xo‘jaliklari  mahsulotlari 

bozori hisoblanadi. 

Oligopoliya  bozorida  shunday  vaziyat  yuzaga  kelishi  mumkinki,  bunda 

sotuvchilardan  bitta  yoki  bir  nechtasi  tarmoqning  qolgan  korxonalari  unga 

tenglashadigan  narxlar  belgilaydi.  Bunday  vaziyatlarda  narx  belgilaydigan  korxonalar 

narx  bo‘yicha  yetakchilar  hisoblanadi.  Tarmoqdagi  qolgan  korxonalar  izdoshlar 

sanaladi.  

Elektr  uskunalar  oligopoliya  bozorida  narx  shakllantirishga  bag‘ishlangan  Salten 

(Sultan)  tadqiqoti  narx  shakllantirishda  yetakchilik  o‘rnatishga  xizmat  qiladigan 

shartlarni  o‘rganishga  ajoyib  misol  hisoblanadi.  Bu  tadqiqot  1960-yillarda  narxlarni 

qat’iy  belgilab  qo‘yishda  ayblangan,  elektr  uskunalar  ishlab  chiqaruvchi  uchta  eng 

yirik  korxona  rahbariyati  a’zolarining  bir  nechtasi  ustidan  bo‘lib  o‘tgan  sud  ishlari 

natijasida  mumkin  bo‘ldi.  Oqibatda  ushbu  tashkilotlar  tomonidan  ko‘plab  yillar 

davomida  qo‘llanib  kelgan  narx  shakllantirish  siyosatini  aks  ettiradigan  ushbu 

korxonalarning hisobot hujjatlari e’lon qilindi. Narx shakllantirishda yetakchilik qilish 

yoki  yetakchining  izidan borish qarori  marketolog  uchun juda  muhim strategik tanlov 

hisoblanadi.  Narx  bo‘yicha  yetakchiga  aylanish  uchun  ayrim  strategik  harakatlarni 

amalga  oshirish  –  tadqiqot  va  ishlanmalarga  ko‘proq  investitsiya  kiritish  hisobiga 

texnologik  yetakchilikka  erishish  yoki  xarajatlarni  pasaytirishda  tarmoq  yetakchisi 



 

122 


 

bo‘lish talab etiladi. Narx bo‘yicha yetakchiga aylanish uchun korxona sezilarli bozor 

ulushini egallab olishi lozim. 

Bozor  yetakchisida  bozor  ulushi  katta,  ishlab  chiqarish  to‘g‘ridan-to‘g‘ri 

xarajatlari    past,  marketing  resurslari  katta  va  texnologik  ishlanmalarda  pozitsiyasi 

yetakchi  bo‘lishi  lozim.  Bu  omillarning  barchasi  yetakchiga  o‘zining  bozor  ulushini 

boshqarish  imkoniyatini  taqdim  etadi.  Bozorda  samarali  yetakchilik  rahbariyatda 

yetakchilik  qilish  uchun  istak  ham,  qobiliyat  ham  bo‘lishini  talab  etadi.  Izdoshlarda 

esa, aksincha, bozor ulushi qoidaga ko‘ra kichikroq, yuklama xarajatlar baland bo‘ladi, 

texnologiyalar esa ortda qoladi. 




Download 4,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish