Toshkent davlat iqtisodiyot


          6.1-rasm. Narxlashtirish siyosatining uch tomonlama strategik maqsadlari



Download 4,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/290
Sana31.12.2021
Hajmi4,95 Mb.
#237709
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   290
Bog'liq
1548-Текст статьи-3977-1-10-20200627

 

113 


 

 

 



 

6.1-rasm. Narxlashtirish siyosatining uch tomonlama strategik maqsadlari 

 

Sanoat  korxonasida  narxni  shakllantirish  haqida  qarorlar  qabul  qilish  ko‘plab 



maqsadlar  bilan  bog‘liq.  Narx  shakllantirish  maqsadlarining  murakkabligi  narx 

shakllantirishning  marketing  majmui  boshqa  elementlari  bilan  o‘zaro  aloqalari,  bozor 

holatining  dinamik  tabiati  (raqobat  va  talab  darajasi)  va  korxona  faoliyatining 

moliyaviy  jihatlariga  narx  shakllantirishning  alohida  ta’siri  kabi  bir  qancha  omillar 

ta’sirining  natijasi  hisoblanadi.  So‘nggi  omil  bu  –  marjinal  foyda,  investitsiyalar 

qaytimi, ishlab chiqarish hajmi, tovar-moddiy investitsiyalash va xakozolar.  

Narx shakllantirishning eng namunaviy maqsadlari bu: 

■  investitsiya qilingan kapitalga maqsadli foyda olishga erishish; 

■  foyda va narx barqarorlashuvi; 

■  belgilangan bozor ulushini egallash; 

■  raqobatchilarga qarshilik ko‘rsatish. 

1990-yillarda  narx  shakllantirish  maqsadlari  sezilarli  darajada  murakkablashdi. 

Mijozlar  narx  shakllantirishga  jiddiyroq  ta’sir  ko‘rsata  boshladi.  Aksariyat  sanoat 

bozorlari  jahon  bozorlari  sanalib,  mijozlar  mahsulot  xarid  qilish  uchun  ko‘plab 

manbalarga  egalar.  «Xaridor-sotuvchi»  strategik  munosabatlarida  yirik  mijoz  uning 

fikriga  ko‘ra  qaysi  narx  maqbul  kelishini  ko‘rsatishi  va  sotuvchidan  uning  bu 

mahsulotni  aynan  shu  narxda  sotishini  kutishi  mumkin.  Yakuniy  xarid  narxi, 

ko‘pincha  bir  yillik  bitim  tuzilgan  holda,  muzokaralar  davomida  belgilanadi.  Ushbu 

holatda marketologning maqsadi rejalashtirilgan foydalilik va sotuv darajasiga erishish 

uchun bu mijozning barcha xaridlari maqsadli ulushini saqlab qolishdan iborat bo‘ladi. 

Sanoat korxonasi 

 

Raqobatchilar  



 

Sanoat tovarlari istе'molchilari 

 



 

114 


 

Raqobatchilarga  qarshilik  ko‘rsatish  va  o‘zining  bozor  ulushini  saqlab  qolishga 

imkon berdigan moslashuvchan narxni shakllantirish ayniqsa, qayd qilingan xarajatlar 

yuqoriligi  va ortiqcha ishlab chiqarish quvvatlari  mavjudligida sanoat bozorida o‘rinli 

bo‘ladi. 

«Qaymog‘ini  olish»  strategiyasida  mahsulotning  hayotiylik  davri  boshlang‘ich 

bosqichida  qimmat  narx  belgilanadi,  so‘ngra  yangi  mahsulot  narx  bo‘yicha  talab 

moslashuvchanligi  eng  pastligi  bilan  tavsiflanadigan  bozor  segmentlariga  chiqariladi. 

Talabning  narxga  oid  moslashuvchanligi  tovarga  bo‘lgan  talab  hajmi  foizdagi 

o‘lchovining  tovar  narxi  foizdagi  o‘zgarishiga  nisbati  bilan  o‘lchanadi.  Bu  nisbat 

qanchalik  katta  bo‘lsa,  talab  shunchalik  moslashuvchan  deb  ataladi.  Shunday  qilib, 

yangi  mahsulot  avval  talab  narx  ta’siriga  unchalik  sezuvchan  bo‘lmagan  –  mijozlar 

uning  uchun  qimmat  narx  to‘lashga  tayyor  bo‘lgan  bozor  segmentlariga  taklif  etiladi. 

Vaqt  o‘tishi  bilan  narx  asta-sekinlik  bilan  pasayib  boradi  va  boshqa  bozor 

segmentlaridan  xaridorlarni  jalb  etishga  xizmat  qiladi.  Ushbu  strategiyaga  amal 

qilishda  korxonalar  bozor  segmentlari  o‘rtasida  narxga  oid  moslashuvchanlikdagi 

farqlarni  tan  oladilar  va  turli  segmentlar  uchun  maxsus  siyosat  yuritadilar.  Bu  narxga 

oid  diskriminatsiya  –  turli  mijozlarga  turlicha  narx  taklif  etish  deb  ataladi.  Bunday 

holatda turli vaqtda turlicha narxlar taklif etiladi. 

Bozorga  kirib  borish  strategiyasi,  aksincha,  o‘z  oldiga  sotuv  hajmini  maksimal 

darajada oshirish va sezilarli bozor ulushini egallab olishni maqsad qilib qo‘yadi. Katta 

bozor  ulushini  egallab  olish  mahsulotni  ilgari  surish  uchun  zarur  baza  yaratib, 

raqobatchilar paydo bo‘lishiga qarshilik ko‘rsatgan  holda korxonaga  ma’lum darajada 

bozorni nazorat qilishga imkon beradi. 

«Qaymog‘ini olish» strategiyasi va bozorga kirib borish strategiyasi korxonaning 

uzoq  muddatli  maqsadiga  mos  kelishi  –  investitsiyalarga  belgilangan  qaytim  olishi 

mumkin.  Bozorga kirib borish strategiyasining  maqsadi –  yangi  mahsulotga kiritilgan 

investitsiyalardan  olinadigan  foydani  maksimal  qilish  va  yangi  raqobatchilar  paydo 

bo‘lishining oldini olish uchun  korxonaning bozorda yetakchi holatga tezda erishishi 

hisoblanadi. «Qaymog‘ini olish» strategiyasining  maqsadi yangi mahsulotga kiritilgan 

mablag‘larni  hayotiylik  davrining  ilk  bosqichlarida  qaytarishdan  iborat,  chunki 



 

115 


 

raqobatchilar  ertami  yoki  kechmi  narxni  pasaytirishga  majbur  qiladi  va  foyda 

kamayadi. 

Strategiya  jalb  etuvchanligi  mahsulot  turi  va  bozor  holati  bilan,  jumladan,  uning 

talab  va  raqobat  kabi  tavsifnomalari  bilan  belgilanadi.  «Qaymog‘ini  olish» 

strategiyasini  segmentlar  aniq  ajratilmagan  bozorda  qo‘llab  bo‘lmaydi.  «Qaymog‘ini 

olish»  strategiyasida  korxona  mahsuloti  raqobatchilarning  tovar  takliflaridan  farq 

qilishi  (noyob  hisoblanishi)  ko‘zda  tutiladi.  «Qaymog‘ini  olish»  strategiyasi  uchun 

asosiy  omillardan  biri  raqobatchilarga  o‘xshash  mahsulot  ishlab  chiqish  va  bozorga 

chiqarish  uchun  kerak  bo‘ladigan  vaqt  davri  hisoblanadi.  Kuchli  patent  himoyasi  - 

«qaymog‘ini olish» strategiyasi foydasiga xizmat qiladigan jiddiy dalildir. 

Korxona  preyskurant  (yoki  spravochnik)  narxlarini  e’lon  qilganidan  so‘ng  ularni 

sezilarli  darajada  pasaytirishi  mumkin.  Narxlar  korxona  raqobat  sharoitlarida  bozor 

ulushini egallab olish yoki saqlab qolishga intilishi tufayli pasayib boradi. Narxlarning 

pasayish  darajasi  ushbu  bozordagi  raqobat  o‘ziga  xosliklari  va  iqtisodiy  sharoitlarga 

bog‘liq bo‘ladi.  

1990-yillarda  sanoat  korxonalarining  ko‘pchiligi  katta  hajmda  o‘z  mahsulotlarini 

e’lon  qilingan  preyskurant  narxlaridan  arzon  narxda  sotish  zarur  deb  hisoblagan. 

Chegirma  haqidagi  qarorlar  ko‘pchilik  korxonalar  tomonidan  bozorda  yuzaga  kelgan 

vaziyatga  javob tariqasida qabul qilinadi,  biroq bunda  ular  narxga oid rag‘batlantirish 

va  narx  bilan  bog‘liq  bo‘lmagan  rag‘batlantirishni  birlashtiradigan  diqqat  bilan 

rejalashtirilgan  marketing  strategiyasining  bir  qismi  hisoblanadi.  Chegirmalarni  foyda 

bilan taqdim etishning kaliti bozorni to‘g‘ri targetlash hisoblanadi. 

Miqdor  uchun  chegirmalar  yirik  mijozlarni  jalb  qilishning  asosiy  strategik 

vositasiga  aylanishi  mumkin.  Savdo  vositachilariga  preyskurant  narxlaridan 

chegirmalar  ular  taqdim  etadigan  xizmatlar  yoki  ular  bajaradigan  funksiyalar  uchun 

kompensatsiya  tariqasida  taklif  etiladi.  Taqsimot  kanali  a’zolariga  beriladigan 

chegirmalar  savdo  chegirmalari  yoki  funksional  chegirmalar  bo‘lishi  mumkin.  Bu 

chegirmalar  preyskurant  narxi  asosida  hisoblab  chikiladi.  Ishlab  chiqaruvchi 

vositachiga  mahsulotni  mijozlarga  aynan  preyskurant  narxi  bo‘yicha  sotishni  taklif 




 

116 


 

qilishi  mumkin,  biroq  buni  talab  qilib  turib  olishi  mumkin  emas.  Qonunga  muvofiq, 

vositachilar mahsulotga o‘zlari istagan narxni belgilashi mumkin. 

Preyskurant  narxlari  raqobatchilar  harakatlariga  qarshilik  qilish  maqsadida 

pasaytirilishi  mumkin.  Bunday  narx  pasaytirishlar  bir  nechta  shaklga  ega  bo‘lishi 

mumkin: 


- oddiy narx pasaytirlishi; 

- to‘lov shartlarining o‘zgartirilishi; 

- qo‘shimcha xizmatlar uchun to‘lovlarning bekor qilinishi; 

- bir sifatli mahsulotni boshqa sifatli mahsulot bilan almashtirish va xakozolar. 

Marketologlar  bitta  mijozga  arzon  narx  taklif  qilishi,  biroq  u  bilan 

raqobatlashmaydigan boshqa mijozga taklif qilmasligi mumkin.  




Download 4,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish