“texnologiya va uni o’qitish metodikasi” fanidan



Download 4,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/83
Sana10.05.2023
Hajmi4,69 Mb.
#936715
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   83
Bog'liq
TEXNOLOGIYA VA UNI O‘QITISH OQUV qollanma(1)

Kuzatish. 
Kuzatish ilmiy bilish metodi sifatida shu bilan xarakterliki
kuzatish jarayonida tadqiqotchi oʻquv jarayonining borishiga aralashmay, faqat 
nima sodir boʻlayotganini qayd qilib boradi. Tadqiqotchi oldindan kuzatishning 
maqsadi, vazifasi va metodikasini belgilab oladi. SHundan keyingina bevosita 
kuzatishlarga kirishadi.
2) 
Eksperiment. 
Eksperiment kuzatishdan farqli ravishda tadqiqotchi 
vujudga keltiradigan jiddiy, aniq sharoitlarda oʻtkaziladi.
Didaktik eksperimentning tipik formalari sifatida odatdagi sharoitda sinf 
(oʻquv ustaxonasi) dagi dars va oʻquvchilarning uncha katta boʻlmagan gruppasi 
bilan oʻtkaziladigan eksperimental mashgʻulotlar xizmat qiladi.
Ana shu formalardan har birining oʻz afzalligi va kamchiliklari boʻladi. 
Tajriba darslari butun sinf (gruppa) bilan ishlashga doir qandaydir tavsiya 
tekshirilayotganda ayniqsa samarali oʻtadi.
Obyektiv maʼlumotlar toʻplash uchun eksperimentlar vaqtida har xil pribor 
va apparatlar keng qoʻllanadi.
3) 
Ilgʻor pedagogik tajribani oʻrganish va umumlashtirish. 
Ilgʻor 
pedagogik tajriba metodikaning pedagogika fani tarmogʻi sifatida rivojlanishining 
muhim manbayi boʻlib xizmat qiladi. Ilgʻor oʻqituvchilarning ish tajribasini 
oʻrganish, uni ilmiy analiz qilish oʻquv jarayonini samarali tashkil etishga oid 
tavsiyalarni ishlab chiqish imkonini beradi.
4) 
Nazariy tadqiqotlar. 
Metodikani ishlab chiqishda kuzatish metodlari 
yoki eksperiment yoʻli bilan tadqiq qilib boʻlmaydigan masalalarni hal qilishga 
ham toʻgʻri keladi.


29 
Masalan, oʻquv materialining mazmunini asoslash praktikada toʻplangan 
bilim va malakalarning tegishli kompleksini oʻrganishdan boshlanadi. Bu holda 
tadqiqot analiz metodi bilan oʻtkaziladi, yaʼni bilim va malakalarning butun 
kompleksi alohida elementlarga ajratiladi. SHundan keyin hamma elementlar 
ichidan oʻquv programmasi mazmuniga kiradiganlari tanlab olinadi, yaʼni analizga 
teskari jarayon — sintez sodir boʻladi. Analiz va sintez nazariy tadqiqot 
metodlaridir.
Oʻquv jarayonini tashkil etishda metodika pedagogika, yosh anatomiyasi va 
fiziologiyasi, gigiyena va pediatriya maʼlumotlariga tayanadi. Bu fanlarning 
maʼlumotlaridan foydalanib ish rejimi, mashqlarning xarakteri masalalari hal 
qilinadi, asboblar hamda jihozlarga doir normativlar ishlab chiqiladi va hokazo.
2. Taʼlim va tarbiyani mehnat bilan qoʻshib olib borish haqida ilgʻor fikrlar.
Texnologiya taʼlimining maqsadi oʻquvchilarga faqat tegishli bilimlar, 
koʻnikma va malakalar berishdangina emas, balki ularda mehnatga, ijtimoiy va 
shaxsiy mulkka, kollektivga va uning alohida aʼzolariga ijobiy munosabatni, 
umumiy foyda uchun ishlashga tayyorlikni tarbiyalashdan ham Iboratdir.
Mehnatning tarbiyaviy rolining asosi uning gʻoyaviy-siyosiy yoʻnalishidadir. 
Oʻquvchilarga mehnat jarayonida gʻoyaviy-siyosiy yoʻnalishda tarbiya berish 
kelajakda shaxsning maʼnaviy sifatlarini shakllantirish jarayonining bir qismi 
hisoblanadi.
Birinchi Prezidentimiz I. A. Karimov mehnat unumdorligini oshirishga katta 
ahamiyat bergan, —ilgʻor texnikadan foydalanuvchi uyushgan ishchilar 
mehnatining yuqori unumdorligi ekanini uqtirgan edi. 
1
Mehnatga ijodiy 
munosabatni tarbiyalash mehnat tarbiyasining vazifasi va bosh yoʻlidir. Maʼlumki, 
mehnatning jamiyat uchun foydali ekanini anglash, mehnat topshiriqlarini 
majburan emas, balki ixtiyoriy, qiziqish bilan mehnatning ilgʻor metodlarini va 
yangi texnik vositalarni egallab olishga intilgan holda bajarish bilan xarakterlanadi. 
Maktab ustaxonalarida oʻquvchilar bilan ishlash jarayoni ularda izchil va planli 
ravishda mehnatga ijodiy munosabatni shakllantirish zarur. Mehnat topshiriqlarini 
1
Karimov I.A. Yuksak maʼnaviyat yengilmas kuch. T. Maʼnaviyat 2008 


30 
bajarishda shaxsning javobgarlik vijdonlilik kabi xislatlarini mehnat intizomiga 
qatʼiy amal qilgan holda kollektiv boʻlib mehnat qilish malakasini, ijtimoiy mulkka 
gʻamxoʻrlik munosabatini tarbiyalash ham oʻquvchilarda mehnatga ijodiy 
munosabatni shakllantirish bilan uzviy bogʻliq
Texnologiya taʼlimi jarayonida shaxsning yuqorida koʻrsatilgan 
xususiyatlarini oʻquvchilarda qanday shakllantirishni koʻrib chiqamiz.
Topshirilgan ishga javobgarlik hissini tarbiyalash. Oʻrtoqlarcha hamkorlik 
va oʻzaro yordamga asoslangan mehnat jarayonida jamiyat kishisi shakllanadi. 
SHuning uchun maktab ustaxonalaridagi mashgʻulotlar protsessi oʻquvchilar 
kollektiv boʻlib ishlaydigan, yaqin va uzoq vazifalarning umumiyligi bilan 
birlashadigan yoʻsinda tashkil qilinadi. Mehnat topshiriqlarini bajarish jarayonida 
ular baʼzi ishlarni birgalikda, bir-birlariga yordam berib, fikrlar almashib, 
maslahatlashib bajarishlariga toʻgʻri keladi. Bu imkoniyatlardan oʻqituvchi 
oʻquvchilarni tarbiyalashda keng foydalanishi kerak. Dam olish paytlarida ishning 
bajarilishini kontrol qilishda, yakunlar chiqarishda oʻquvchilarning ijobiy 
harakatlari va qiliqlarini taʼkidlab oʻtish kerak.
SHuni 
esda 
tutish 
kerakki, 
tarbiya 
natijalari 
mashgʻulotlarning 
mazmunigagina bogʻliq boʻlmay, balki ularning tashkil qilinishi, oʻquvchilar 
ishlarini kontrol qilishga ham bogʻliqdir. Koʻnikmalarning shakllanish bosqichida 
oʻquvchilarni qistash kerak emas, chunki notoʻgʻri ish usullari mustahkamlanib 
qolishi mumkinki, keyin ularni toʻgʻrilash ancha mushkul.
Talabchanlikni oʻquvchilarga ishonish va ularni hurmat qilish bilan birga 
qoʻshib olib qorish—ongli intizomni tarbiyalashning muhim shartlaridan biridir. 
Bu prinsipni oʻz vaqtida A. S. Makarenko
2
olgʻa soʻrgan. Oʻquvchilarni ongli 
intizom ruhida tarbiyalash uchun mehnat jarayonida oʻquvchilarning oʻzaro 
talabchanliklarini rivojlantirish kerak.
Sharq mutafakkirlarining pedagogik gʻoyalar uzoq oʻtmishga borib taqaladi. 
Oʻrta Osiyodan oʻtgan qadimiy buyuk ipak yoʻli Xitoy, Vizantiya, Hindiston 
2
Oʻzbek Pedagogikasi antologiyasi. (tuzuvchilar K.Xoshimov, S.Ochil). T. Oʻqituvchi. 1996 


31 
shaharlari bilan bogʻlanib, madaniyat va sanoatni rivojlantirishga, ilmga boʻlgan 
qiziqishga alohida eʼtibor berishni taqozo etadi.
Bu esa oʻz navbatida mehnat qilishga, munosabatni oʻzgartirib raqobatga 
arzigulik qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishni koʻp tarmoqli 
hunarmandchilik ishlarini takomillashtirib maʼnaviy madaniyatini yuksalishiga 
olib keladi.
Farobiyning insoniy fazilatlar toʻgʻrisidagi taʼlimotidan qoʻyidagi maʼlum 
xulosalarga kelish mumkin.
1. Inson oʻz mohiyati bilan ijtimoiydir, yaʼni jamiyatda, oʻzaro munosabat, 
oʻzaro yordam jarayonida inson boʻlib etishadi. Bu jamiyat insonlarning oʻzaro 
birikuvi yordamida insoning oʻz moddiy ehtiyojlarini qondirishga boʻlgan intilishi 
natijasida vujudga keladi va jamiyatdan tashqarida insondan kollektividan ajralgan 
holda oʻzaro yordamsiz oʻz ehtiyojini qondira olmaydi.
2. Inson oʻzining barcha tugʻma qobiliyatlarini yuksak kamolotga erishishi 
uchun, mukammallikka erishish uchun sarf qiladi va bu yoʻlda oʻzini qurshagan 
tabiat hodisalaridan foydalanadi, ularni oʻziga xos boʻyin singdiradi, buning uchun 
ilm fanni, turli hunarlarni oʻrgatadi.
Farobiy shuning uchun ham taʼlim tarbiya masalalariga juda katta eʼtibor 
berib, insoniy fazilatlarga erishish oliy maqsad bilan kamolotga erishish taʼlimda 
mehnat va aqliy tarbiyaga ega boʻlish muhim oʻrin tutadi.
Al-Xorazmiy, Al-Roziylarning pedagogik qarashlarida ham jamiyatning 
rivojlanishida taʼlim-tarbiya oʻrni yosh avlodlarni tarbiyalashda kasb-korlikning, 
hunarmandchilikning ijobiy taʼsiri insonlarning kundalik hayotiy ehtiyojlarini 
qondirishga xizmat qilishlari zarurligini targʻibot qilganlar.
IX-XII asr oʻrtalarida turli fan sohalarining keng koʻlamda rivojlanishi, 
insoniyat tarixida buyuk ensiklopedik hisoblanadigan olimlar bilan bogʻliqdir.
Ibn Sinoning taʼlim-tarbiyaga oid fikr mulohazalari uning bizgacha etib 
kelgan juda koʻp asarlari orasida tarqoq xolda saqlanib qolgan. 
3
Ibn Sinoning 
tavsiya qilgan asarida tarbiya va taʼlim qoʻydagilarni oʻz ichiga oladi.
3
Oʻzbek Pedagogikasi antologiyasi. (tuzuvchilar K.Xoshimov, S.Ochil). T. Oʻqituvchi. 1996 


32 
1. Aqliy tarbiya.
2. Jismoniy tarbiya.
3. Estetik tarbiya.
4. Axloqiy tarbiya.
5. Mehnat tarbiyasi(hunar oʻrganish).
Ibn Sino shuni alohida uqtirgan ediki: Oila aʼzolarining hammasi biror 
mehnat bilan shugʻullanishi zarur, biror kishi sababsiz bekor yurmasin. Ibn 
Sinoning barcha jamiyat aʼzolarining ishlab chiqarish mehnati bilan shugʻullanish 
kerakligini talab etadi. Hunarmand dehqonlarining mehnatini ulugʻlaydi va 
jamiyatga ham moddiy ham maʼnaviy zarar etkazadigan kishilarni qattiq qoralaydi.
Ibn Sino fikricha bolaga, maʼlum bir kasb-hunar oʻrgatish zarur. Bola kasb-
hunarni maʼlum darajada oʻrganib boʻlgandan keyin uni oʻsha paytlardan boshlab 
oʻz kasb-hunaridan foydalanishi va mustaqil hayot kechirishini oʻrgatish lozim.
Beruniy mamlakatning obodonchiligi ilm fanning ravnaqiga bogʻliq 
yoshlarning baxt saodati va kamoloti uning bilim va maʼrifatida deb biladi. 
Shuning uchun ham olim, yoshlarni ilm-maʼrifatga chorlaydi. Beruniy yoshlardan 
rahmdil, mehribon kishilarga iltifotli, xayrixoh boʻlishni, najotsiz odamga qoʻl 
choʻzishni, makkorlik ayyorlik adolatsizlik jurʼatsizlik boylikka xirs qoʻyish kabi 
sifatlarga yoʻl qoʻymaslikni talab etadi.
XVII-XV asrlar davomida Rumiy, Ulugʻbek Ali-Qushchi, Lutfiy, Jomiy, 
Navoiy kabi ulugʻlar tabiiy-matematik fanlarni rivojlantirishda nihoyatda katta 
xizmat qilganlar.
XVI-XVIII asrlarga kelib Oʻrta Osiyo xalqlarining boshqa mamlakatlar 
bilan savdo-sotiq ishlari, fan va madaniyat sohalarida birmuncha yutuqlarga 
erishishiga sababchi boʻldi. Bu oʻzgarishlar jamiyatning taʼlim-tarbiya sohasida 
ham maʼlum oʻzgarishlarga olib keldi.
Hamza Hakimzoda Niyoziy, Munavvar qori Abburashidxonov, Oqiljon 
SHarafiddinovlar yangi maktablar ochib, u erda taʼlim-tarbiyani texnologiya 
taʼlimi bilan olib borganlar.


33 
Politexnik prinsip texnologiya taʼlimini oʻquvchilarda hozirgi zamon ishlab 
chiqarishining umumiy ilmiy asoslariga doir bilimlar shakllanadigan va ular ishlab 
chiqarish texnik faoliyatining koʻp sohalarida qoʻllanadigan umumlashgan 
malakalarni egallaydigan yoʻsinda tashkil etishni talab qiladi. Boshqacha aytganda, 
oʻquvchilarga ular ustaxonalardagi mashgʻulotlar jarayonida oladigan texnik bilim 
va malakalarning universalligini; bu bilim va malakalardan yangi ishlab chiqarish 
sharoitlarida foydalana olish (malakalarni koʻchirish) kerakligini koʻrsatish zarur.
Oʻquvchilarni hozirgi zamon sanoati va qishloq xoʻjaligi ishlab 
chiqarishining muhim tarmoqlari bilan ikki yoʻl orqali tanishtirish mumkin: a) 
ularning har birini izchil oʻrganish; b) ishlab chiqarish jarayonlarini ularning asosi 
boʻlgan tabiiy-ilmiy qonuniyatlarga bogʻliq holda klassifikatsiyalash va mazkur 
qonuniyatlarni xalq xoʻjaligining bir-ikkita tarmogʻi misolida oʻrganish orqali.
Birinchi yoʻlni maktabda qoʻllab boʻlmaydi, chunki u juda koʻp oʻquv 
vaqtini sarflashni talab qiladi. Ikkinchi yoʻl esa maktabda xalq xoʻjaligining eng 
muhim tarmoqlarini oʻrganish uchun real imkoniyat yaratadi va didaktik jihatdan 
ancha qimmatlidir, chunki u xalq xoʻjaligining oʻquvchilar maktabda oʻrgangan 
tarmoqlari bilan oʻrganmagan tarmoqlari orasida uzviy bogʻlanishni taʼminlaydi. 
Gap shundaki, turli ishlab chiqarish jarayonlari sirtdan qaraganda xar xilligidan 
qatʼiy nazar, anchagina oʻxshashlik va umumiylikka ega, chunki ular koʻpincha 
tabiatning bir xil qonun va hodisalaridan foydalanishga asoslangan.
Tabiat qonunlaridan har xil texnik qurilma va texnologik jarayonlarda 
ularning ilmiy asosi sifatida foydalanilishidan kelib chiqib, baʼzi pedagoglar 
politexnik taʼlim vazifalarini fan asoslariga oid fanlar doirasida toʻla bajarish 
mumkin, deb notoʻgʻri xulosaga keldilar. Fan asoslarining politexnik taʼlim 
ishidagi katta ahamiyatini inkor etmagan holda buning oʻzi kifoya qilmasligini 
koʻrmaslik mumkin emas. Fan asoslariga doir fanlarni texnikadan olingan misollar 
bilan boyitish muammoni hal qilmaydi, chunki bunda doimo u yoki bu ishlab 
chiqarish hodisasining oʻquv fanining mazkur temasiga bogʻliq bir tomoni koʻrib 
chiqiladi. SHu sababli oʻquvchilarda ishlab chiqarish hodisasi haqida umuman 
tasavvur hosil boʻlmaydi. Masalan, oʻquvchilarda detal haqida fan asoslarining u 


34 
yoki bu qonunidan foydalanishning konkret misoli sifatida emas, balki 
mashinaning tipavoy qismi sifatida toʻla tasavvur hosil qilish uchun uning vazifasi 
va mashinadagi oʻrni haqida, zagotovkasi uchun materiallar tanlash, uni 
proyektlash va tayyorlash haqida gapirib berishi kerak. Koʻrinib turibdiki, bunda 
fan asoslari boʻyicha maktab fanlarida koʻriladigan masalalar haqidagina emas, 
balki ularga kirmaydigan (masalan, detalni tayyorlash) masalalari haqida ham 
gapirish kerak. Shunday qilib, ishlab chiqarish hodisasi haqida tabiatdagi u yoki bu 
qonunning illyustratsiyasi sifatida gapiradigan boʻlsak bunda faqat uning bittagina 
sifatini yoritish mumkin. Agar ishlab chiqarish hodisasi har tomonlama 
xarakterlansa, fan asoslari boʻyicha fanlarni oʻrganish mantigʻini buzadi, bu fanlar 
mazmuniga ularga bevosita aloqasi yoʻq materialni kiritishga majbur qiladi.
Bundan tashqari, mehnat usullarini egallash (bu politexnik taʼlim 
vazifalaridan biridir) didaktikaning asosiy prinsipiga boʻysundirilgan va oʻz 
mantigʻiga ega boʻlgan maʼlum bir sistema boʻyicha amalga oshishi kerak. Agar 
mehnat usullarini egallashni fan asoslari boʻyicha ayrim fanlar vazifasiga kiritilsa, 
ular ana shu fanlarning tuzilishi mantigʻiga boʻysunadi.
Nihoyat, mehnat obyektlarini tanlashda fizika, matematika va boshqa 
fanlarning oʻqituvchilari eng avval shu obyektlar oʻtilayotgan tema bilan bogʻliq 
boʻlishiga harakat qilishadi, mehnat jarayonining mazmuni esa ikkinchi planga 
oʻtib qoladi. Natijada amaliy mashgʻulotlar uchun obyektlar tanlash juda 
cheklangan va texnologiya taʼlimi sistemasi talablariga javob bera olmaydigan 
boʻlib qoladi.
Shunday qilib, oʻquvchilarni hozirgi zamon sanoati va qishloq xoʻjaligi 
ishlab chiqarishining muhim tarmoqlari bilan tanishtirish fan asoslari boʻyicha 
fanlar doirasi bilan chegaralanmasligi kerak. Xuddi shuning uchun ham maktab 
oʻquv planida texnologiya taʼlimi boʻyicha maxsus fan bor.
Taʼlim jarayonining politexnik yoʻnalishini taʼminlash uchun ayrim konkret 
ishlab chiqarish jarayonlari misolida hozirgi zamon sanoati yoki qishloq xoʻjalik 
ishlab chiqarishining umumiy asoslari oʻrganiladigan didaktik vaziyatni vujudga 
keltirish talab qilinadi.


35 
Texnologiya taʼlimi bosqichlari orasidagi izchillik politexnik prinsip uchun 
katta ahamiyatga ega. Masalan, ustaxonalardagi mashgʻulotlarda oʻsmirlar quyi 
sinflarda oʻzlashtirgan qator politexnik malakalarni qoʻllashi va takomillashtirishi 
juda muhimdir. Chunonchi, qogʻozni rejalashda chizgʻich, goʻniya va qalamdan 
foydalanish malakasini yogʻoch va metallni rejalashda qoʻllash kerak. Bu jihatdan 
oʻquvchilarning andaza rejalash malakalari juda foydali boʻladi. Oʻquvchilar 
qogʻozni, gazlamani va listlik metallni qaychi bilan qirqish orasida koʻpgina 
umumiylik topadilar. Modellashtirish jarayonida oʻquvchilar yana shu ish boʻyicha 
quyi sinflarda olgan bilimlarini qoʻllashi va hokazolar uchun cheklanmagan 
imkoniyatlar vujudga keladi.
I—IV sinflarda ustaxona mashgʻulotlari bilan mehnat darslarining 
bogʻlanishi oʻz xarakteriga koʻra bir tomonlamadir, yaʼni V—VII sinflardagi 
oʻqitish metodikasi I—IV sinflardagi texnologiya taʼlimi mazmunini hisobga olgan 
holda tuzilishi kerak. Ustaxonalardagi mashgʻulotlar bilan fan asoslari boʻyicha 
fanlar orasidagi bogʻlanish bundan farqli ravishda ikki tomonlamadir: bunday 
bogʻlanish natijasida fan asoslari boʻyicha fanlar konkret mazmun bilan boyiydi, 
mehnat esa fan asoslarining qonunlari pozitsiyasidan tushuniladi. SHunday qilib, 
didaktik bogʻlanishlarni taʼminlash fan asoslari boʻyicha fanlarni oʻqitishning ham, 
ustaxonalarda mashgʻulotlar oʻtkazish politexnik saviyasini oshirish uchun ham 
muhimdir.
Didaktik bogʻlanishning bir maromda amalga oshirilishi fan asoslari 
boʻyicha bilimlarni muvaffaqiyatli oʻzlashtirish uchun ham, texnologiya taʼlimini 
amalga oshirish uchun ham zarurdir. Ammo bu ikkala holda ham didaktik 
bogʻlanishning yoʻnalishi mutlaqo bir xil degan soʻz emas.
Masalan, fizika, ximiya va matematika darslarida ishlab chiqarish 
jarayonlari va hodisalaridan tabiatning u yoki bu qonuni amaliy qoʻllanilishini 
koʻrsatish uchun foydalanildi. Bunda ishlab chiqarish jarayonining, hodisaning 
darsda oʻrganilgan qonunning amaliy qimmatini tasdiqlaydigan sifati qarab 
chiqiladi.


36 
Oʻquvchilar, maʼlum fanlarni tayyorlashda oʻrgangan mehnat malakalari 
shunga oʻxshash koʻpgina fanlarni tayyorlashlari uchun asos boʻlishini 
tushunishlari kerak. Shu maqsadda har bir yangi operatsiyani (ish turini) 
oʻrganishga kirishilar ekan, oʻqituvchi bu operatsiyani bajarish usuli bilan bir 
nechtagina konkret misollar orqali tanishishlarini, amalda esa oʻrganilayotgan ana 
shu operatsiya juda koʻp qoʻllanilishini taʼkidlash lozim. Oʻquvchilarga mazkur 
operatsiyani qoʻllab tayyorlanadigan detallar (buyumlar)dan oʻzlari misollar 
keltirishlarini tavsiya etish mumkin. yogʻoch va metallga qoʻlda ishlov berish 
tugallanadigan VII sinfda bu tema boʻyicha maxsus suhbat oʻtkazish, 
oʻquvchilarga tayyorlashda maʼlum operatsiyani (kesish, arralash, qirqish va 
hokazolarini) qoʻllashlariga toʻgʻri kelgan hamma fanlarni aytib chiqishni taklif 
qilish kerak.
Politexnik taʼlim nuqtai nazaridan har xil kasblarga doir mehnat usullari 
(operatsiyalari)ning izchilligini koʻrsatish ham muhimdir. Hozirgi zamon sanoat 
ishlab chiqarishining xarakterli xususiyatlaridan biri mehnat qurollarining tez 
almashinuvi, yangi mashinalarning va shunga koʻra yangi kasblarning vujudga 
kelishibdir.
SHunday qilib, ustaxonalardagi mashgʻulotlarda har bir texnik obyektga, 
ishlab chiqarish jarayoniga oʻz holicha emas, balki boshqa oʻxshash obyektlar, 
oʻxshash jarayonlarga bogʻliqlikda hozirgi zamon ishlab chiqarishi asosini biror 
jihatdan xarakterlovchi zanjirning bir halqasi sifatida qaralishi kerak.
Savol va topshiriqlar:
1. Mehnatga axloqiy tayyorlash deganda nimani tushunasiz?
2. Oʻquvchilarda ish unumi qanday oshiriladi?
3. Oʻquvchilarda mehnat koʻnikmasi qanday hosil qilinadi?
4. Mehnatga bolalarni muammoli tayyorlash nima?
5. Muammoli masalalarni hal qilishga qanday oʻrgatiladi?
6. Texnologiya taʼlimini oʻqitishdan maqsad nima?
7. Texnologiya taʼlimida amalga oshiriladigan tarbiyaviy ishlarga nimalar 
kiradi?


37 
8. Mehnat tarbiyasining vazifalariga nimalar kiradi?
9. Texnologiya taʼlimiga oʻquvchilarni nazariy tayyorlashda nimalarga 
ahamiyat beriladi?
10. Sinfdan tashqari ishlar orqali tarbiyalashdan maqsad nima?
11. Texnologiya taʼlimi va tarbiyasini takomillashtirishdagi muammolarga 
nimalar kiradi?

Download 4,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish