Barqaror rivojlanish



Download 19,17 Kb.
Sana04.02.2022
Hajmi19,17 Kb.
#428940
Bog'liq
eko 24


Barqaror rivojlanish: muammolar va istiqbollar.
Barqaror rivojlanish — hozirgi avlodlar hayotiy ehtiyojlarini kelgusi avlodlar ehtiyojlarini qondirishga zarar yetkazmasdan amalga oshiriladigan rivojlanish tushuniladi. Barqaror rivojlansh mazmun boʻyicha ekologik rivojlanish tushunchasiga juda yaqindir.
1968-yili 10 ta davlatdan 30 kishidan iborat fan, madaniyat, maorif, biznes vakillari "Rim klubi" deb nomlangan nodavlat tashkilotini tuzishdi. Klub aʼzolari insoniyatning hozirgi va kelajakdagi murakkab ahvolini muhokama qilish va inqirozdan chiqish yoʻllarini oʻrganishni asosiy maqsad deb belgiladilar. 1972-yil 13-martda "Rim klubi" uchun tayyorlangan "Oʻsish chegaralari" maʼruzasi eʼlon qilindi. Maʼruzada sayyoramiz kelgusi ekologik holatini bashorat qilish boʻyicha global model tahlil qilingan. Modelda sayyorada oʻsishni va uning chegarasini belgilaydigan 5 asosiy omil:

  1. aholi soni;

  2. qishloq hoʻjalik ishlab chiqarishi;

  3. tabiiy resurslar;

  4. sanoat ishlab chiqarishi;

  5. atrof muhitning ifloslanishi

asos qilib olingan.
1972-yil 5-iyunda Stokgolmda Birlashgan millatlar tashkiloti (BMT)ning atrof muhit boʻyicha birinchi umumjahon konferensiyasi oʻtkazildi. Unda 113 davlat vakillari qatnashdilar. Ekologik rivojlanishning asosiy talablari konferensiyada qabul qilingan 26 tamoyildan iborat "Stokgolm deklaratsiyasi"da keltirilgan. Bu prinsiplardan birida har bir inson qulay atrof muhitda yashash huquqiga ega va taraqqiyotga erishadigan darajada boʻlishi kerak" deb taʼkidlandi. Qabul qilingan "tadbirlar rejasi" 109 banddan iborat. Stokgolm konferensiyasidan keyin jahon hamjamiyati ekologik yoʻnaltirilgan taraqqiyotga erishish boʻyicha dastlabki qadamlarni tashladi. 1975-yili aholi soni 4 milliard, 1987-yili 5 milliarddan oshdi. Dunyoning turli chekkalaridagi ekologik inqiroz vaziyatlari chuqurlashdi. Orol dengizining qurishi, Shimoliy afrika mamlakatlaridagi qurgʻoqchilik, okeanlarning neft mahsulotlari bilan ifloslanishi, ozon tuynuklari muammolari chegara bilmasligi, mintaqaviy va global oqibatlari bilan namoyon boʻldi.
1992-yilning 3-4-iyun kunlarida Braziliyaning Rio-de janeyro shahrida BMTning atrof muhit va rivojlanish boʻyicha konferensiyasi boʻlib oldi. Unda 179 davlatlarning rahbarlari, hukumat vakillari, ekspertlar, nodavlat tashkilotlari, ilmiy va ishbilarmon doiralari vakillari qatnashdilar. Hozirgi vaqtda rivojlanayotgan mamlakatlar aholisi GFR yoki AQSh aholisi hayot darajasiga yetishishi uchun yana bir yer sayyorasi resurslarini oʻzlashtirish lozim boʻladi. Yer esa koinotda yagonadir. Tabiat va jamiyatning mutanosib rivojlanishi - koevolyutsiya deb yuritiladi. Jamiyatning rivojlanish surʼatlari juda yuqori, tabiat evolyutsiyasi tezligi oʻzgarmaydi. Koevolyutsiyaga erishish uchun jamiyat oʻzining ayrim ehtiyojlaridan voz kecha olishi lozimdir. 21-asrga kelib atrof-muhitga taʼsir surʼati yuqoriligicha qolmoqda. Barqaror rivojlanish yoʻlidagi saʻyi-harakatlar ijobiy natijalarini bermoqda.
21-asr boshlariga kelib rivojlangan davlatlarda ekologik inqirozning oldini olish tadbirlariga yalpi ichki mahsulot (YaIM)ning 1,5-2,5% ulushi sarflanishi lozim. Atrof-muhit ancha ayanchli holga tushib qolgan mamlakatlarda esa bu koʻrsatgich 4-5%dan kam boʻlmasligi kerakligi taʼkidlanadi. Ekologik taʼlim tarbiyani rivojlantirish, jamoatchilik rolini oshirish, ekologik texnologiyalarni joriy qilish barqaror rivojlanishni taʼminlashda muhim ahamiyatga egadir.
Hozirgi vaqtda tabiat va inson hayotining ekologik xavf ostida qolish jarayoni yanada murakkablashib, mushkullashib bormoqda. Atrof-muhit bilan jamiyat oʻrtasidagi aloqalar muvozanatining buzilishi tabiiy holatga putur yetkazmoqda. Yer yuzi tabiatning barqarorligi, turgʻunligi va uning oʻziga xos qonunlarini insoniyat tomonidan buzilishining asosiy sabablaridan biri kishilarning atrof-muhit muhofazasi haqidagi bilimlarining yetishmasligi hamda tabiatning kelajakdagi ekologik holatini koʻra bilmasliklaridir. Oʻzbekistonda tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonunda barcha taʼlim muassalarida ekologik taʼlim majburiy deb belgilangan. Oʻrta maktab, litsey va kollejlarda ekologiya boʻyicha alohida fan oʻtitilishi zarurdir. Bu barqaror rivojlanish uchun taʼlimning asosini tashkil qilishi lozimdir. BMT barqaror rivojlanish uchun taʼlimni 2005-2014 yillar davomida har bir mamlakatda amalga oshirishni rejalashtirgan. 21-asr ekologiya asri boʻlishi shubhasizdir. Har bir inson ona sayyoramiz tabiatiga ziyon yetkazmasdan oʻzgartirishi, tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish kerak.
Download 19,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish