BOSHLANGʻICH SINFLARDA TEXNOLOGIYA DARSINING OLIB
BORILISHI.
Texnologiya taʼlimida oʻqitishning har xil metodlaridan foydalaniladi.
Taʼlim metodlarini tanlash avvalo, oʻquv materialining va oʻquv vazifalarining
xarakteriga bogʻliq.
Texnologiya taʼlimiga doir oʻquv vazifalari maktabdagi boshqa fanlarning
oʻquv vazifalari oʻquvchilarga yangi bilimlar berish, koʻnikma va malakalarni
tarkib toptirish, bilimlarni amalda qoʻllash va h. k. Bilim asosan bir xilligi uchun
11
taʼlim metodlari ham deyarli bir xil boʻladi. Bu gap eng avvalo nazariy
mashgʻulotlarga taalluqli boʻlib, bunday mashgʻulotlar yuqori sinf oʻquv
dasturlarida bevosita nazarda tutilgan. Nazariy mashgʻulotlarda pedagogika
kursida koʻrsatilgan umumdidaktik tavsiyalari toʻliq tatbiq etiladi. Amaliy
mashgʻulotlarda oʻquv materialining xarakteriga koʻra mehnat boʻyicha amaliy
mashgʻulotlar boshqa oʻquv fandagidan farq qiladi, bu esa taʼlim metodlaridan
foydalanishda qator oʻziga xos xususiyatlarni keltirib chiqaradi. Mehnat koʻnikma
va malakalarini shakllantirish texnologiya taʼlimi metodikasida juda muhim oʻrin
tutadi. Mantiqiy oʻqitish metodlarining oʻziga xos xususiyatlari shuki, unda
oʻqitish jarayonini oʻqituvchining mehnat usullarini namoyish qilish va
oʻquvchilarni unga taqlid qilishi asosida tashkil topadi.
Asosiy shartlari quyidagilardan iborat:
1. Topshiriqni aniqlash, uning maqsadi va bajarishni tushuntirish.
2. Oʻquvchilarda zarur bilimlarning mavjud boʻlishi.
3. Taʼlim metod va usullarini shakllantirayotgan koʻnikma va malakalarni
xususiyatlariga moslash.
4. Instruktajning samaradorligi.
5. Mashqlarning yetarli miqdorda boʻlishi.
6. Oʻquvchilar faoliyatini oʻz vaqtida va obyektiv baholash, oʻquvchilarni
baholash natijalaridan xabardorligi.
7. Oʻquvchilar faoliyatini faol xarakteri.
Koʻrsatmali metodni asosan oʻrganiladigan obyektlar, protsesslar va
ularning tasvirini namoyish qilish va oʻquv qurollari bilan ishlash kabi usullar
orqali amalga oshiriladi. Texnologiya taʼlimida koʻrsatmali metodning xususiyati
shundan iboratki, bunda koʻrsatmalilik koʻpincha oʻquv materialiga illustrasiya
sifatida emas balki uning oʻzi bilim manbayi boʻlib koʻp hollarda esa koʻnikma va
malakalarni shakllantirish usuli boʻlib xizmat qiladi.
Amaliy metodlar instruktaj va mashqlar orqali amalga oshiriladi. SHu nuqtai
nazardan instruktajga qoʻyiladigan talablarni qarab chiqish maqsadga muvofiq:
12
1. Instruktaj jarayonida taʼlimning har xil metod va usullarini omilkorlik
bilan kombinatsiyalash.
2. Instruktaj mazmunini oʻqituvchi asoslashi.
3. Instruktajni toʻlaligi va instruktajni elementlarga ajratish.
4. Instruktajda shunday koʻrsatmalar boʻlishi kerakki, oʻquvchilar ular
yordamida oʻz faoliyatlarini nazorat qila olishlari lozim.
Instruktajlarni yana quyidagilarga ajratamiz: kirish, joriy va yakuniy.
Texnologiya taʼlimi jarayonida tatbiq qilish har bir yangi operatsiyani qisqa
muddatli mashqlarda boshlash maqsadga muvofiq ekanligini koʻrsatmoqda.
Muammoli taʼlim gʻoyalari har xil sabablarga koʻra hali texnologiya
taʼlimida keng qoʻllanilayotir. Buning sababi mehnat darslarida muammoli
taʼlimning samaraligi emas, balki uni qoʻllashning maʼlum qiyinchiliklar bilan
bogʻliqligidadir. Oʻquvchilar hamma oʻquv materiallarining muammolarini
mustaqil hal qilish yoʻli bilan oʻzlashtirishi muammoli taʼlim deyiladi. Bunda
oʻqituvchining tushuntirishi ham reproduktiv holati ham, masalalar yechish ham
oʻquvchilarning mashqlarini bajarishi ham boʻladi.
Muammoli amaliy topshiriqlar ham maʼlum va nomaʼlumni oʻz ichiga oladi,
ammo harakat usullari bilan bogʻliq boʻladi. Bunda topshiriqlarni bajarish
natijasida oʻquvchi yangi harakat usulini topishi yoki maʼlum usulni yangi
sharoitlarda qoʻllashi kerak.
Boshlangʻich sinflarda texnologiya taʼlimiga tayyorlash dasturi bolalarni har
tomonlama kamol toptirishga aqliy va jismoniy, axloqiy va estetik, iqtisodiy va
ekologik bilimlarini shakllantirishga va tarbiyalashga qaratilgan boʻlib oʻz oldiga
qoʻyidagi maqsadlarni qoʻyadi.
a) Bolaning mehnat tajribasini ularning kishilarning ishlab chiqarish
faoliyati toʻgʻrisidagi bilimlarni kengaytirish, mehnatsevarlik, mehnatga va mehnat
kishilariga munosib munosabat ruhida tarbiyalash;
b) Mehnat malakasi, mehnat madaniyati asoslarini, oʻz ishi va oʻrtoqlari
ishini rejalashtirish va tashkil qilish malakalarini rivojlantirish.
Dasturda toʻrtta asosiy ish turlari bor.
13
1. Qogʻoz va karton bilan ishlash.
2. Turli materiallar bilan ishlash.
3. Gazlama (tikish va bichish) bilan ishlash.
4. Texnikaga modellash.
5. Qishloq xoʻjaligi mehnati.
Oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatish boʻlimi oʻzlarining kiyim-kechaklariga va turar
joylariga qarashni, nonushta, tushlik va kechki ovqat uchun dasturxon tuzashni oʻz
ichiga oladi. Bu darslarni yil boshida oʻtkazish tavsiya etiladi, bundan maqsad
oʻqituvchilarni va ota-onalarni yil davomida bolalarning olgan bilimlarini qanday
qoʻllayotganliklarini va sinfda navbatchilik qilganda oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatish,
uyda ota-onalariga yordam berishlariga imkon berishdir.
Texnikaga oid mehnat boʻlimi mehnatning quyidagi turlarini: qogʻoz va
karton bilan ishlash, mato bilan ishlash, turli xil materiallardan plastilin, tabiiy va
noarganik materiallar somon, quritilgan barglar, patlar, chigʻanoq, loy, qum,
sement, yogʻoch, yumshoq sim, tunuka va boshqa materiallar bilan ishlashni oʻz
ichiga oladi.
O`quvchilarga buyumlarni yasash tartibi haqida, yaʼni yigʻish, ishlov berish
toʻgʻrisida, ishlatib koʻrish xato va kamchiliklarni yoʻqotish haqida ish oʻrnini
tashkil qilish va boshqalar toʻgʻrisida tasavvur hosil boʻladi. Bu elementlarning
barchasi keyinchalik modellar va texnikaviy oʻyinchoqlar tayyorlashda
qoʻllaniladi, umumlashtiriladi, bolalarning ijodiy fikrini oʻstiradi, Toʻplangan
mehnat tajribasini tevarak-atrofdagi texnika bilan bogʻlashlariga yordam beradi.
Qishloq xoʻjaligi mehnati bu darslarda oʻquvchilar sinfdagi jonli tabiat
burchagi va maktab tajriba hovlisida oʻsimliklarni oʻstirishga, koʻpaytirishga va
parvarishlashga oid ishlar bilan shugʻullanadilar.
Texnologiya taʼlimi dasturi talablari quyidagilarni oʻz ichiga oladi.
1. Buyumlarni kundalik uchun zarurligi.
2. Narsa-buyum yoki ishni bajarish jarayonida bolalarga berish mumkin
boʻlgan dasturda koʻrsatilgan bilim va malakalarining mazmundorligi.
3. Barcha oʻquvchilarni darsda band qilish imkoniyati.
14
Texnologiya taʼlimining yangi dasturlari, metodlari va tashkiliy shakllari
asosida ishlab chiqiladi. Mehnat dasturlarida mehnat madaniyatining malaka va
koʻnikmalari aks ettirilgan boʻlib, unga qarab maktab oʻquvchisi, oʻqituvchisi va
maktab faoliyatiga baho beriladi. Oʻqituvchi oʻquvchilarning u yoki bu
xususiyatlarini, mehnat madaniyatining tarkibiy qismi birligini hisobga olganda
dastur tuzib chiqadi.
Mehnat taʼlimi yoʻnalishlaridan birinchisi o`quvchi tassavurida inson
mehnati haqida va uning mehnati orqali yaratilgan buyumlar toʻgʻrisida, ishlab
chiqarish muhiti, materiallarni ishlab chiqarish texnologiyasi, moddiy ishlab
chiqarish iqtisodiyoti haqida tasavvurlar hosil qilishga har tomondan yondashishni
talab qiladi.
Texnologiya taʼlimining yoʻnalishining ikkinchisi, oʻquvchilarda oilada va
turmushdagi vazifalarni taqsimlash, ularni bajarish toʻgʻrisidagi tasavvurlarni
shakllantirish.
Texnologiya taʼlimining yoʻnalishining uchinchisi esa hozirgi zamon
oʻquvchisi tabiatga ekologik munosabatda boʻlishni shakllantirish, uni qishloq
xoʻjaligi sohasidagi malaka va koʻnikmalari bilan qurollantirish kerak.
Texnologiya taʼlimi jarayonida hosil qilingan bilimlar, malakalar va
koʻnikmalar maqsadsiz emas, balki insonning asosiy qobiliyati – mehnatga boʻlgan
qobiliyatini rivojlantirish vositasi hisoblanadi.
Mehnat darsining maqsadi – shaxsning turmush tarziga, mehnat
madaniyatiga qaratilgan barqaror yoʻl yoʻriqni qaror toptirish, ijodiy mehnat
qilishga, amaliy, axloqiy va ruhiy tayyorgarlikni amalga oshirish, oʻquvchilarni
xalq xoʻjaligidagi muvaffaqiyatli mehnat faoliyatida zarur boʻlgan ijodiy
qobiliyatlarni, aqliy, jismoniy fazilatlarni rivojlantirishdir.
Texnologiya taʼlimi oʻzining bosqichlarida bolalar, oʻsmirlar va yoshlarning
yoshi, funksional imkoniyatlarining oʻziga xosligi, ruhiy rivojlanishi, ijtimoiy
mavqega muvofiq ravishda koʻp tomonlama yoʻnalishga ega boʻlishi lozim. U
qoʻydagilarni taqozo etadi.
15
- Mehnatsevarlikni tarbiyalash, mehnat qilishga ehtiyojni, unga ongli, ijodiy
munosabatda boʻlishni, oʻz mahoratini doimo takomillashtirishga intilishni
shakllantirish;
- Kasbiy faoliyati uchun ahamiyatli boʻlgan psixo-fiziologik funksiyalarini,
shaxsning kasb-korlik jihatidan muhim boʻlgan umumiy va shaxsiy qobiliyatlarini
rivojlantirish;
- Tanlangan faoliyat sohasiga kasbiy faoliyatni keng politexnik bilim doirasi
va kasbiy harakatchanlik bilan birga qoʻshgan holda shakllantirish;
- Bunyodkorlik faoliyati jarayonida haqiqiy mehnat munosabatlariga kirishi,
jamoa mehnatiga ijtimoiy tajriba toʻplash;
- SHaxsning barcha sohalarida madaniyatni tarbiyalash;
- Zamonaviy iqtisodiy bilimlarni egallash, yangicha iqtisodiy tafakkurni,
omilkorlikni shakllantirish, haqiqiy iqtisodiy faoliyatida ishtirok etish;
- Mustaqillikni, tashabbuskorlikni tarbiyalash, muammoli vaziyatlarni ijodiy
ravishda hal qilishga hozirlikni shakllantirish, ishlab chiqarishni boshqarishda
ongli ravishda va faol ishtirok etish.
Mehnat darslarida oʻquv jarayonini tashkil qilish oʻquvchilarni muayyan
mehnat malakasi va koʻnikmalari bilan qurollantirishgagina xizmat qilib qolmay,
balki ularning aqliy va ijodiy qobiliyatlarini oʻstirish va ularni mehnatga
munosabatini tarbiyalashda ham juda muhim ahamiyatga ega boʻlgan mehnat
darslari gʻoyat zarurdir. Oʻqituvchining oʻz fanini yaxshi bilishi oʻquvchilarni
muvaffaqiyat bilan oʻqitishning eng muhim shartlaridan biridir.
Oʻz fanini yaxshi bilgan oʻqituvchi biror buyum narsani tayyorlash usulini
mahorat bilan tushuntirib va koʻrsatib bera oladi, bu esa mehnat amallarini
oʻquvchi toʻgʻri idrok etishni taʼminlaydi. Oʻqituvchi shu munosabat bilan darsga
puxta tayyorgarlik koʻrishi, bolalarga koʻrsatadigan buyum-narsani oʻqituvchining
oʻzi oldindan tayyorlab koʻrishi lozim, chunki buyum-narsani tayyorlash davomida
qiyin ish usullarini qoʻllashga toʻgʻri kelib qolishi mumkin. Agar oʻqituvchining
oʻzi narsalarni oldindan tayyorlasa oʻquvchilarga uni tayyorlashning metod va
usullarini koʻzda tutgan boʻladi.
16
Har bir dars oʻquvchilarning bilim va malaka doiralarini kengaytirishi
hamda mustahkamlashi, ularda barqaror ijobiy koʻnikma va odatlar hosil qilishga
yordam berishi lozim. Dars vazifasini faqat bilim berish va koʻnikma hosil
qilishdan iborat qilib qoʻymasligi, balki tarbiya berish va kamol toptirish vazifalari
bilan bogʻlab olib borish ham zarur. SHuning uchun ham oʻqituvchi oʻzi
oʻqitayotgan bilimini bilishi lozim. Bu esa biror mavzuga tayyorlana turib,
oʻqituvchi mazkur dars materiali asosida oʻquvchilarning axloqiylikning qanday
gʻoyalarini anglashga olib kelajagini diqqat, fikrlash, xotira, tasavvur, irodani
rivojlantirish va boshqa shu kabilar sohasida shaxs sifatini qanday kamol
toptirishga erishishini aniq tasavvur qilmogʻi lozim.
Agarda bolalar yaxshi yoritilmagan sinfda, yoshiga mos kelmaydigan
qoʻpol, ogʻir asboblar bilan ishlasalar, bu ularning ish natijalariga juda yomon
taʼsir koʻrsatadi. Mehnat madaniyati malakalari koʻp marotaba takrorlanadigan
mashqlar natijasida hosil boʻladi, bunda mashqlar davomida har bir mashq
jarayonida oʻrnatiladigan tartib va ish harakati izchilligini tushuntirib berish
zaruriyati bilan birga qoʻshib olib boriladi.
Texnologiya fanining yangi dasturi “taqlid qilish” metodikasini mehnat
darsida rad etadi, tajriba shuni koʻrsatadiki, bolalar butun buyumning tuzilishini
yaxshi tasavvur etsalargina ish jarayonini va asboblar bilan ishlash usullarini
tezroq va puxtaroq his qilib oladilar. Ayniqsa, birinchi sinf oʻquvchisi oʻqituvchiga
taqlid qilishga intiladi. SHu sababli oʻquvchi boshidanoq faqat toʻgʻri usullarni
koʻrishi va eslab qolishi lozim. Bordi-yu, oʻqituvchi qoʻllamasligi lozim boʻlgan
notoʻgʻri ish usulini har doim taʼkidlab koʻrsataversa oʻquvchi shuni eslab qolishi
mumkin, u oʻquvchilar ongiga singib qolib, keyin uni tuzatish ancha qiyin boʻladi.
Mehnat darslarida birinchi sinf oʻquvchilarining ishlarini kuzatish natijasida
oʻquvchilarni topshiriqlarni olib, buyum-narsani xuddi namunadagidek yasash
uchun namunaning qurilishini sinchiklab qarab chiqib, buyumni yasash yoʻllarini
qunt bilan izlaydilar.
Birinchi sinf mehnat darslarida, odatda tayyorlanishi kerak boʻlgan
buyumning namunasi koʻrsatiladi. Bunda birinchi sinf oʻquvchilari uchun real
17
buyum narsa, buyumning namunasi zarurligi nazarda tutiladi, bolalar unga qarab
mazkur buyum narsa qanday qilinganligini, qanday qilib xuddi mana shunday
tayyorlash mumkinligini oʻylab oladilar.
Oʻqituvchi yangi mavzuga metodik jihatdan qanchalik toʻgʻri yondashmasin,
uni suhbat va koʻrsatmada qanchalik tushunarli qilib izohlamasin, baribir
oʻquvchilar dastlabki vaqtlarda mehnat usullarini har doim ham toʻgʻri
qoʻllayvermaydilar. Oʻquvchi koʻp savollarni mustaqil hal qilishi kerak.
Oʻquvchilar mustaqil, faol fikrlash qobiliyatini, tashabbusni, uchragan
qiyinchiliklarni yengishini, avval hosil qilingan mehnat bilimi va malakalarini
oqilona va ijodiy qoʻllay bilishni oʻrganishi lozim.
Mustaqil ish faoliyatida asosiy faol shaxs oʻquvchidir. Lekin shunga
qaramay darsning bu bosqichida oʻqituvchining vazifasi benihoyat katta va
masʼuliyatlidir. Bunday mashgʻulotlarda maqsadni aytib, ish usullarini koʻrsatib
qoʻya qolish kifoya, oʻquvchilarni erkin ishlashi kerak deb oʻylash katta xato
boʻladi. Oʻqituvchi mumkin qadar kamroq soʻzlashni, sekin ohista ovoz bilan
gapirishni odat qilishi, oʻquvchilarga sezdirmay ularning xarakterini kuzatishi,
ularga yaqinlashish va uzoqlashishni, oʻrniga qoʻyib gapirishni yoki jim turishni
oʻrganish lozim. Qoloq oʻquvchini yaxshi oʻzlashtiradigan oʻquvchiga biriktirib
qoʻyish kerak. Masalan tikishda oʻgʻil bolalar odatda orqada qoladilar ularga qizlar
yordamini biriktirib qoʻyish, aksincha texnikaviy modellashda oʻquv tajriba
hovlisidagi ishlarda oʻgʻil bolalar qizlarga yordamlashishlari kerak.
Shu tarzda oʻquvchilarda oʻzaro doʻstona yordam hissi tarbiyalanadi.
Oʻqituvchi har bir oʻquvchining imkoniyatlarini hisobga olib bolalarni ruhlantirish
lozim. Bolalar mustaqil ishlayotganda oʻqituvchining mehnati oson emas, balki
yanada qiyinroq, biroq ijodiy mehnat singari huzurbaxshdir.
Oʻquvchilar mustaqil ishlayotganda oʻqituvchi nofaoldek koʻrinadi, lekin
aslida oʻqituvchi oldida u rahbarlik qilish lozim boʻlgan xilma-xil xarakterli oʻttiz-
qirq oʻquvchi bor. Ayrim oʻquvchilarni butun dars davomida bezovta qilmaslik
lozim, ayrimlariga koʻrsatma berish kifoya, qolganlari yordamga muhtojdir.
Mustaqil mashgʻulot vaqtida bolalar qoʻngʻiroqni ham sezmay qoladilar, hatto
18
ishini davom ettirishga ruxsat etilsa quvonadigan hollar ham boʻladi. Oʻzlariga
yoqqan ishga shoʻngʻib ketib va tez ishlaydigan oʻrtoqlarini koʻrib oʻquvchilar
bora-bora oʻzlarining ish surʼatini tezlashtirishni odat qilib oladilar. Oʻqituvchi
oʻquvchilarning amaliy ishini oʻz vaqtida tekshirmaslik oʻquvchining ishga
qiziqishini kamaytiradi. Ishni tekshirish va baholashga oʻquvchilarning oʻzlarini
jalb qilish kerak. Bu bilan ular mehnatga ongli munosabatda boʻlishlik, faollik va
tashabbuskorlik xislatlari rivojlanadi. Mehnat natijalarini birgalikda tekshirish va
baholash oʻquvchilarning xotiralarida maʼlum bir buyumni tayyorlashning barcha
bosqichlari, ayrim usullari tiklanadi. Uyga topshiriq berish darsning muhim
bosqichidir. Mehnatdan uyga bajarib kelish uchun beriladigan vazifani avvalo
darsda ishni yaxshi uddalay olmagan oʻquvchilarga berish zarur.
Dars besh bosqichga boʻlinadi:
1. Kirish qismi – mavzu nechanchi yil oʻqitilayotganligi oʻquvchilarning
oʻsish darajasiga qarab, vaqt jihatdan juda uzoq yoki qisqa boʻlishi mumkin. Kirish
qismi oʻquvchilarni emotsional qiziqtirishi, oʻquvchi ishlashi lozim boʻlgan biror
mehnat obyektini namoyish qilishda goʻzallik hissini uygʻotishi lozim.
2. Oʻqituvchining koʻrsatmasi — koʻrsatmalilikning xilma-xil vositalarini
qoʻllab oʻqituvchi darsni bu bosqichida oʻquv ishning maqsadini eng muvofiq
izchilligi bilan tanishtiradi.
3. Oʻquvchilarning topshiriqni mustaqil bajarishi – darsning asosiy qismi
boʻlib, unga darsning 2/3, hatto 3/4 qismi ajratiladi. Bu bosqichda oʻqituvchi
oʻquvchilarni diqqat bilan kuzatib turadi, ularning ishlariga boshchilik qiladi, ish
harakatlaridagi ish holatlari, asboblardan foydalanishdagi xatolar va kamchiliklarni
kuzatadi. Bordi-yu, ish oʻquvchilarga qiyinlik qilsa, oʻqituvchi oʻquvchilarga oʻzi
bajarayotgan ish bosqichlariga eʼtibor berib turishini va uning harakatiga oʻxshatib
asta-sekin harakat qilishini aytadi.
a) oʻqituvchining koʻrsatmalariga qanday amal qilinmoqda?
b) oʻquvchilarning mehnat madaniyati va koʻnikmalari qanday?
d) material qanday saqlanmoqda, oʻquvchilar asboblarni toʻgʻri
ishlatishyaptimi?
19
e) oʻquvchilar oʻz usullarini qay darajada uqib oladilar?
4. Tekshirish va baho qoʻyish. Oʻqituvchi har bir oʻquvchining ishini qisqa
tavsiflab, jurnalga baho qoʻyadi (oʻquvchilarga yorliq etiketkasi qilib tayyorlangan
buyumni yopishtiradilar, yorliqqa ishning tugallangan vaqti, necha soat vaqt
sarflaganligi, bajaruvchining familiyasi va ismi, sinfi aniq koʻrsatiladi. )
5. Uy vazifasini tushuntirish — darsning bu bosqichi darsda bajarilgan
topshiriqning yakuni bilan bogʻliq, oʻqituvchi har bir oʻquvchining faoliyatiga
baho qoʻyib, ishdagi kamchiliklarini koʻrsatadi va uyga berilgan topshiriqni
tushuntirish davomida xatolarni tuzatish uchun qoʻshimcha koʻrsatmalar beradi.
Oʻquvchilarning mehnati va mustaqilligini faol fikrlash faoliyati,
tashabbusning paydo boʻlishi, uchragan qiyinchiliklarni yengishi, avval hosil
qilingan mehnat bilimi va malakalarini oqilona va ijodiy qoʻllay bilishidir.
20
Do'stlaringiz bilan baham: |