“texnologiya va uni o’qitish metodikasi” fanidan


  4-MAVZU. Texnologiya taʼlimining shakl va metodlari



Download 4,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/83
Sana10.05.2023
Hajmi4,69 Mb.
#936715
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   83
Bog'liq
TEXNOLOGIYA VA UNI O‘QITISH OQUV qollanma(1)

 


53 
4-MAVZU. Texnologiya taʼlimining shakl va metodlari 
Reja

1. Texnologiya taʼlimini tashkil etish shakllari
2. Texnologiya taʼlimini tashkil etish usullari
3. Texnologiya taʼlimimni tashkil etish mazmuni
4. Texnologiya taʼlimimni samaradorligini oshirish shartlari
 
Tayanch tushunchalar:
Boshlangʻich sinfda mehnatga oʻrgatish metodi. 
Metod tushunchalari uning turlari. Oʻquv bilish faoliyatini tashkil qilish metodi va 
ular orasidagi bogʻliqlik. Oʻquvchilarni mustaqil ishlarga oʻrgatish sifatida 
oʻqitishni tashkil qilishda didaktik koʻrgazmalar yasash metodlaridan foydalanish.
Yoshlarning fan-texnika rivojida faol ishtirok etishlari faqat taʼlim 
mazmunini emas, balki oʻqitish jarayonining usuli va tashkil etilishini, oʻqitishga 
qiziqishini, ijodiy qobiliyatini, egallagan bilimlarini amalda qoʻllay bilishni 
rivojlantirish maqsadlarida yanada takomillashtirishni ham talab qiladi. Bu esa 
maktab zimmasiga yoshlarda ijodga ehtiyoj uygʻotish, ijodiy qobiliyatlar, har 
qanday faoliyatga ijodiy yondashish asoslarini tarkib toptirishga, ijodiy masalalarni 
mustaqil hal etishga oʻrgatish vazifasini yuklaydi. Texnologiya taʼlimiga 
oʻrgatishning ahamiyati mehnat malakalarini egallash imkoniyatini berish bilan 
cheklanmaydi, balki bu malakalar hamma uchun kerakligini eʼtirof qilish kerak. 
Koʻpgina ilmiy kengashlarda qatnashuvchi kishilar, agar turmush ishlarini 
bajarishni: ovqat pishirish, kiyim yamash, ozodalikni saqlash va shu kabilarni 
bilmaganlarida, shunchalik muvaffaqiyatga erishmagan boʻlardilar. Texnologiya 
taʼlimiga oʻrgatishni ham zamonaviy pedagogika ishlarini toʻgʻri tashkil etish va 
uning usullariga qoʻyadigan umumiy talablariga muvofiq tarzda amalga oshirish 
kerak. Oʻqitish metodlari – bu oʻqituvchi va oʻquvchilarning usullari boʻlib, boʻlar 
yordamida oʻqituvchi oʻquvchilarning bilim, koʻnikma va malakalarni 
egallashlariga erishadi. Oʻqituvchi oʻz tajribasida oʻqitishning xilma-xil 
usullaridan foydalanishi mumkin. Oʻqituvchining intilishi, xatti-harakati darsda 


54 
oʻquvchilarning diqqat-eʼtiborlari susaymasligiga, fikrlarning jamlangan 
boʻlishiga, ularning chambarmasliklariga yoʻllangan boʻlishi kerak. Oʻqituvchi 
darsning har bir daqiqasini qadrlab, oʻquvchilarni ham shunga oʻrgatishi kerak. 
Har bir oʻqituvchiga oʻz uslubi, oʻz usulining oʻziga xosligiga ega boʻlish huquqi 
berilgan. Biroq shuni aytish mumkinki, bularning barchasiga mustahkam bilim, bir 
qarashda hammaga ravshan boʻlgan haqiqatlarni egallab olganlaridagina erishish 
mumkin. Hayotini oʻqituvchilik mehnatiga baxsh etmoqchi boʻlgan oʻqituvchilar 
oʻz faoliyatini mana shu hammaga maʼlum haqiqatni oʻzlashtirishdan boshlashlari 
kerak. Ular darslarda suhbat, gapirib berish, amaliy mashgʻulotlar kabilardan 
foydalanib oʻzlashtirganini tekshirish, yangi mavzuni tushuntirish va oʻtilganini 
mustahkamlashni eng boshidan oʻrganishlari lozim. Faqat barchaga maʼlum 
haqiqatlar oʻzlashtirgandan keyingina va sinfning imkoniyatlarini nazarda tutib, 
yangisini qoʻllash mumkin. Texnologiya taʼlimi bilimlarini egallash, oʻzlashtirish, 
amalda qoʻllash va oʻquvchilarni rivojlantirish faol jarayonining muvaffaqiyati 
asosan oʻqituvchining bilimi hamda ishga ijodiy yondashishiga bogʻliq. 
Texnologiya taʼlimini amaliy mehnat faoliyati bilan birlashtirish va 
oʻquvchilarning ilmiy bilimlarni chuqur oʻzlashtirishini taʼminlashda taʼlimning 
turli usullaridan foydalaniladi. Nazariy materialni tushuntirish chogʻida oʻqituvchi 
oʻquvchilarning bilimlari va tajribasiga suyanadi. Oʻquvchilar tomonidan 
bajariladigan barcha mehnatga oid harakatlar nazariy bilimlarni bilishga tayanadi.
Koʻr-koʻrona taxminiy yoʻl bilan egallangan koʻnikma va malaka tor 
maʼnoda boʻlib, puxta boʻla olmaydi. Amaliy topshiriqlarni tanlash mehnat 
tayyorgarligini nazariy va amaliy saviyasini koʻtarish vazifalariga boʻysundirilishi 
kerak. Oʻquvchilarga berilgan topshiriqlar ularni ijodiy izlanish, taʼlim olish va 
adabiyotlar bilan ishlash malakasini shakllantirishi lozim. Boshlangʻich sinflarda 
ish materiallarining mazmuni, hajmi va usullari oʻquvchilarning tayyorgarlik 
bosqichiga mos kelishi zarur. Oʻquv materiallarini oʻquvchilarga yetkazib berishda 
faqat soddalashtirish yoʻli bilan borish maqsadga muvofiq boʻlmaydi. Bunday yoʻl 
bilan borish oʻquvchilarning aqliy rivojlanishini taʼminlay olmaydi. Har bir 
mavzuni oʻrganishda soddadan murakkabga qarab borish maqsadga muvofiqdir. 


55 
Koʻpgina oʻqituvchilar oʻqitishning turli metod va usullarini qoʻllab, shuningdek, 
sinfdan tashqari ishlarni qiziqarli tashkil etib, yaxshi oʻzlashtirish natijalariga 
erishmoqdalar va bilimga muhabbat hamda qiziqishlarini singdirmoqdalar. Bunday 
oʻqituvchilar qoʻl mehnatini oʻrgatishda oʻquvchilarga turmush sohasidagi bilim va 
koʻnikmalarni singdirish bilan birga, ularda ijodiy qobiliyatlarni va bilishga 
qiziqishni, mustaqil faollikni oʻstirishga yordam bermoqdalar.
Oʻqitish usullari bilimlarning shunday darajada egallanishiga xizmat qilishi 
kerakki, unda oʻquvchilar chizmani oʻqituvchi chizgan oʻlchamlar asosida emas, 
balki buyumni istalgan oʻlchami boʻyicha chizib, egallagan bilimlarini amalda 
qoʻllay olsinlar.
Qoʻl mehnatiga oʻrgatishda qoʻllanadigan asosiy usullar tizimi 
quyidagichadir:
1. Ogʻzaki bayon qilish.
2. Tushuntirish va hikoya qilish.
3. Suhbat.
4. Mashqlar.
5. Amaliy ishlar.
6. Mustaqil ishlar.
7. Ekskursiya.
8. Kitob bilan ishlash.
9. Texnik vositalar.
Texnologiya taʼlimi jarayonida oʻquvchilarni texnologiya taʼlimi va 
tarbiyasiga tayyorlashda mana shu usullardan samarali foydalanilsa, oʻqituvchi 
oʻquvchilarning texnologiya taʼlimi va tarbiyasining malaka va koʻnikmalarini 
egallashlari va mehnatga tayyorlash toʻgʻri tarbiyalansa, haqiqiy mehnatkash inson 
uchun zarur boʻlgan sifatlar shakllanadi.

Download 4,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish