Tasdiqlandi” O‘quv ishlari bo’yicha prorektor V v. b


Interaktiv ta’lim metodlari tasnifi



Download 5,57 Mb.
bet134/239
Sana26.05.2022
Hajmi5,57 Mb.
#609798
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   239
Bog'liq
2 5463231793882731844

3.Interaktiv ta’lim metodlari tasnifi.

Interaktiv o‘qitish metodlarini o‘z mazmunmohiyati, didaktik vazifalarni amalga oshirishga ko‘ra quyidagi turlarga ajratish mumkin:


1. “Aqliy hujum” usuli. Mavzu bo‘yicha keng va har tomonlama fikr yuritish, muammoni mustaqil tushunish va muammoni yechishda talabalar motivatsiyasini uygo‘tishga o‘rgatadi. Ilm oluvchilarni o‘z bilimi va ijodiy tafakkuriga tayanib ish yuritishga undaydi.
Aqliy hujum – bu:
– muammoni yechishning novatorlik metodi;
– qisqa vaqt ichida juda ko‘p fikrlar;
– fikrlashda erkinlik, o‘z xattiharakatidan mamnun bo‘lish (qanchalik kutilmagan fikr bo‘lsa shuncha yaxshi);
– tanqidning mavjud emasligi (fikrni har qanday baholash keyinga qoldiriladi);
– bu o‘zining va boshqalarning fikrini rivojlantirish, uyg‘unlashtirish va o‘zgartirish.
Ushbu metod quyidagi ketmaketlikni qamrab oladi:
1) mavzu tanlanadi;
2) mavzuning asosiy tavsifi yoki qismlarining ro‘yxati tuziladi; 3) har bir tavsif yoki uning qismini bajarishning barcha imkoniyatlari sanab o‘tiladi; 4) ob’ektning barcha qismlarini bajarish bo‘yicha eng qiziqarli variantlar tanlab olinadi.
1. Mashg‘ulotga tayyorgarlik ko‘rish:
O‘quv guruhi tinglovchilari ichidan takliflarni ishlab chiquvchi kichik guruh shakllantiriladi (qoidaga ko‘ra 510 kishi) va ular tomonidan ilgari surilgan fikrlarni tahlil qilish va eng yaxshilarini tanlab olish uchun o‘quv guruhining qolgan tinglovchilaridan ekspertlar guruhi tashkil etiladi (taklif ishlab chiquvchilarning o‘zi takliflarni ishlab chiqqanidan so‘ng ekspert sifatida ishtirok etishi mumkin).
Mashg‘ulotdan bir ikki kun oldin ishtirokchilarni mavzu va vazifa mazmuni bilan qisqacha tanishtiradi (bu kimdir mashg‘ulotga tayyor fikrlar bilan kelishiga sharoit yaratadi).
Fikrlarni yozish va ro‘yxatini namoyish qilish uchun barcha zaruriy narsalarni tayyorlab qo‘yish talab etiladi. Masalan,
– doska va mel;
varaq va ruchkalar;
– turli rangdagi stikerlar;
– proektorga ulangan noutbuk.
2. Kirish:

Barcha fikrlarni qayd etish uchun bir yoki ikki tinglovchini belgilab olish.


Birinchi bosqich (takliflar ishlab chiqish) davomiyligini belgilash.
Ishtirokchilar vaqt chegaralanganligini va ular tomonidan qisqa vaqt ichida iloji boricha ko‘proq fikrlar bildirilishi lozimligini bilishlari shart. Bu ularni bor imkoniyati doirasida harakat qilishga majbur etadi.
Shu bilan birga , vazifa ham qo‘yilishi kerak. Aqliy hujum oqibatida qanday aniq natijalarga erishish lozim? Vazifani shunday yozish kerakki, natijada u har doim ko‘rinib tursin.
Ishtirokchilar qanday muammoni yechishlari lozimligini aniq tasavvur qilishlari shart. Aqliy hujumda fikrlar tartibsiz bo‘lishi mumkin, biroq vazifalar tartibsizligiga yo‘l qo‘yilmaydi.
3. Asosiy qism:
«Aqliy hujum»ning birinchi bosqichida guruhga muhokama uchun muayyan muammo beriladi, ishtirokchilar muammo yechimi yuzasidan navbatmanavbat qisqa va aniq shaklda har qanday takliflarini bildirishadi, o‘qituvchi barcha takliflarni (ularni amalda qo‘llashga yaroqliligini tanqid qilmagan holda) yozib boradi (doskaga, plakatga).
«Aqliy hujum»ning ikkinchi bosqichida muammo yechimi yuzasidan bildirilgan takliflar muhokama qilinadi. Guruh bildirilgan takliflar ichidan xohlagan birini amalda qo‘llash imkoniyatini topishi yoki uni takomillashtirish yo‘lini belgilashi kerak. Mazkur bosqichda diskussiyaning turli shakllaridan foydalanish mumkin.
«Aqliy hujum»ning uchinchi bosqichida guruh oldindan kelishilgan prinsipga ko‘ra natijalarni e’lon qiladi:
eng yaxshi yechim,
– bir muncha nisbatan yaxshi takliflar;
– eng noodatiy yechim va hokazo.
O‘qituvchi bildirilgan fikrlarga o‘z munosabatini bildiradi. «Aqliy hujum»ni amalga oshirish uchun ishtirokchilarni bir nechta guruhlarga bo‘lish mumkin:
– takliflarni ishlab chiquvchilar (ular muammoni yechishga yo‘naltirilgan turli fikrlarni bildirishadi);
– tanqidchilar (ular bildirilgan takliflardan salbiy jihatlarni topishga harakat qilishadi);
– tahlilchilar (ishlab chiqilgan takliflarni (tanqidiy fikrlarni inobatga olgan holda) aniq real sharoitlar bilan bog‘laydilar) va boshqalar.
Muammoning yechimi yoki uning muhokamasi uchun 1015 daqiqa vaqt chegarasini belgilash maqsadga muvofiq.
«Aqliy hujum»ni boshqarib boruvchi o‘qituvchi:
– shovqinsuron bo‘lmasligi uchun takliflarni ishlab chiquvchilarga navbatmanavbat so‘z beradi. Aqliy hujum ishtirokchilari o‘z fiklarini bildirishlari uchun teng imkoniyatga ega bo‘lishlarini nazorat qiladi;
– hushmuomalalik, lekin qat’iyat bilan taklif ishlab chiquvchi tinglovchi tomonidan bildirilayotgan fikrlar boshqa tinglovchilar tomonidan tanqid qilinishiga barham beradi.
Fikrni o‘ldiruvchi (idea killers) odatiy gaplar va ularga qanday javob berish kerak:
– Bundan hech narsa chiqmaydi. — «Albatta, bu fikr shakllantirilmasa, undan hech narsa chiqmaydi».
– Bu haddan tashqari. — «Nima qilibdi?».
– Buning nimasi o‘ziga xos? — «Buning o‘ziga xosligi bu taklifni ilgari hech kim bildirmaganligida».
– Buni xohlagan odam o‘ylab topishi mumkin. — «To‘g‘ri!» va hokazo.

Download 5,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   239




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish