Axbarotlashgan jamiyat va uning istiqbollari
Tuzuvchi: Narmanov Quvonchbek 43-20 guruh talabasi
REJA:
1.Globallashuv, axborot makoni, axborotlashgan jamiyat tushunchalarining mazmunmohiyati.
2.
Axborot va ommaviy axborot vositalarining inson va jamiyat hayotidagi ta’siri, axborot
xurujlari.
3.
Globallashuv davrida yoshlarni ma’naviy tahdidlar, “ommaviy madaniyat”dan himoyalash
masalalari.
Globallashuv, axborot makoni, axborotlashgan jamiyat tushunchalarining
mazmun-mohiyati.
Globallashuv tushunchasining mazmun-mohiyati. Globallashuv masalasini bugungi
kunda barcha mamlakatlardagi olimlar, siyosatchilar, jurnalistlar va tadbirkorlar muhokama
qilmoqdalar. Ularning barchasi mazkur fenomenni dunyo xalqlari ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiyhuquqiy, ma’naviy-madaniy hayotining o‘ziga xos bo‘lgan zamonaviy holati, ularda kechayotgan
ichki va tashqi jarayon hamda ularning umumplanetar tarzda rivojlanish tendensiyasi sifatida
talqin etmokdalar. Umuman olganda "globallashuv" tushunchasi fransuzcha global - umumiy va
lotincha globus - shar so‘zlaridan olingan bo‘lib, birinchidan, Yer yuziga oid, butun Yer sharini
qamrab oluvchi; ikkinchidan esa umumbashariy, keng miqyosdagi; jahonshumul, jahon
ahamiyatiga molik, degan ma’nolarni anglatadi. «Globallashuv» atamasi 1981-1983 yillarda
amerikalik sotsiolog Dj.Maklin, amerikalik tadqiqotchi T.Levitt, angliyalik olim R.Robertsonlar
tomonidan yozilgan maqola va kitoblarda ishlatilgan38
. Bugungi kunda globallashuvni obyektiv
jarayon sifatida olimlar turlicha ta’riflaydilar. Masalan, Q.Nazarov tomonidan yozilgan "Falsafa
asoslari" nomli kitobida globallashuv tushunchasiga olimlar tomonidan berilgan:
- insoniyat taraqqiyoti va jamiyat hayotining jahon miqyosida integratsiyalashishi
natijasida sodir bo‘layotgan jarayonlarning olamshumul ahamiyat kasb etishi;
- jahon iqtisodiyotining sarmoya, ishchi kuchi va kashfiyotli oqimining kengayishi,
shuningdek, mamlakatlarning jahon miqyosidagi iqtisodiy muammolarni hal qilishga qaratilgan
birgalikdagi harakatlari tufayli davom etayotgan integratsiyasi;
- tashkilotlarning xalqaro miqyosda kengayishga va xalqaro maydonda tobora kattaroq
o‘rin egallashga qaratilgan strategiyasi;
- tovarlar, xizmatlar, mehnat, texnologiya va kapitalning xalqaro maydonda
harakatlanishi;
- savdo, investitsiya, moliya-iqtisod, madaniyat va boshqa iqtisodiy-ijtimoiy sohalarda
hukumatlar, tashkilotlar va xalqlarning o‘z mamlakatlari chegaralaridan chiqib, hamkorlikka
intilishi;
- inson kapitali, moliyaviy va intellektual kapitalning dunyoning eng katta iqtisodiy
nuqtalariga intilishi;
Add your words here
Add your words here
Add your words here
Add your words here
Axborotlashgan jamiyat tushunchasi va uning mazmun-mohiyati. XX asrning oxiri -
XXI asrning boshlarida dunyo xalqlarining ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy hayotda, shuningdek,
tabiatda yuz berayotgan global o‘zgarishlar bugungi jamiyatni "Axborotlashgan jamiyat" deb
atashga asos bo‘lmokda. Xo‘sh axborotlashgan jamiyat nima? Bu savolga o‘zbek tilida nashr
etilgan adabiyotlarda: "Axborotlashgan jamiyat - ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, eng avvalo,
axborotni ishlab chikarish, unga "ishlov berish", saklash va jamiyat a’zolariga yetkazish bilan
bog‘liq bo‘ladigan jamiyat"
40
, "axborotlashgan jamiyat, ijtimoiy-iqtisodiy yo‘nalishda mehnat
qiluvchilarning, fan va madaniyat vakillarining axborot, ayniqsa, uning oliy shakli bo‘lmish,
dunyoviy bilimlar majmuini shakllantirish, yaratish, saklash, qayta ishlash va xalqaro bozorda
sotishni amalga oshirish bilan mashg‘ul bo‘lgan jamiyatdir", "Axborotlashgan jamiyat -
ko‘pchillik ishlovchilarning axborot, ayniqsa, uning oliy shakli bo‘lmish bilimlarni ishlab
chiqarish, saklash, kayta ishlash va sotish-ni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan jamiyatdir"
41
,
- degan ta’rif-lar berilgan.
Axborotlashgan jamiyatni ijtimoiy fenomen tarzda tushuntirib berish masalalari D.Bell,
A.Toffler, M. Kastels, U.Rostou, P.Draker, J.Gelbreyt, F.Uebster, I.Masuda kabi olimlarning
asarlarida mufassal bayon kilingan.
«Axborolashgan jamiyat» atamasi dastlab Yaponiyada vujudga kelgan. Yapon faylasuf
olimi Y.Xayashi 1969 yilda Yaponiya hukumatiga "Yaponiya axborotlashgan jamiyat bardamligi
siyosatiga chizgilar", 1971 yili "Axborotlashgan jamiyat rejasi" kabi tadqiqotlarni takdim etdi.
1971 yildan boshlab mazkur tushuncha ilmiy jamoatchilik tomonidan keng ko‘llanila boshladi.
Demak, axborotlashgan jamiyat tushunchasini birinchi bo‘lib fanga Tokio texnologik
universitetining professori Y.Xayashi kiritgan. Uning fikricha, moddiy mahsulot emas,
axborotlashuv mahsuloti jamiyatning shakllantiruvchi va rivojlantiruvchi kuchiga aylanadi.
Axborot va ommaviy axborot vositalarining inson va jamiyat hayotidagi ta’siri,
axborot xurujlari.
Ommaviy axborot vositalari eng asosiy, qudratli va ta’sirchan mafkura vositasidir.
Chunki ommaviy axborot vositalari ommaning o‘ziga xos tarbiyachisi, muhim tadbirlarning
tashkilotchisi, dolzarb muammolarni hal qilishning ta’sirchan quroli bo‘lib xizmat qiladi. Aynan
ommaviy axborot vositalari orqali milliy qadriyatlarimiz va umuminsoniy qadriyatlar, milliy g‘oya
va demokratik tamoyillar targ‘ib-tashviq qilinadi. Ommaviy axborot vositalari doimo demokratiya
va so‘z erkinligining o‘ziga xos o‘lchovi, ko‘rsatkichi bo‘lib kelgan. Erkin va mustaqil ommaviy
axborot vositalari demokratik taraqqyotni rag‘batlantiradi va mustahkamlaydi.
Oxirgi paytlarda informatsion hurujlarning tez-tez uyushtirilayotgani aslida urushga
munosabatning uzgarganligidan, qurolning yangi turi kashf qilinganidan darak beradi. Bu qurol -
axborotdir. Bunday qurol yordamida olib boriladigan informatsion urushlarda insonning ongi va
qalbi nishonga olinadi. Garchi u daydi o‘q singari insonni jismonan yo‘q qila olmasa-da, uning
qo‘poruvchilik kuchi, keltiradigan talofotlari har qanday ommaviy qirg‘in qurolinikidan kam
emas. Chunki bu qurol yordamida onga berilgan zarbalar kishini adashtiradi, uni uz manfaatlariga
zid harakat qilishga undaydi va demaq insonni boshqarish, uning ustidan hukmronlik qilish
imkonini beradi. Aslida, axborot maqcadga erishishning eng arzon vositasi ham sanaladi.
Haqiqatan ham, informatsion hurujlar uyushtirish uchun u qadap ko‘p mehnat, u qadap ko‘p
harakat, u qadap ko‘p harajat talab etilmaydi. Garchi bunday mafkuraviy ekspansiya otishmalar
va qon tukishlarni keltirib chiqarmasa-da, milliy uzlikni anglashni zaiflashtirish evaziga
tanazzulga olib keladi
Etiboringiz uchun raxmat
Do'stlaringiz bilan baham: |