9. “6x6x6” usuli. Talabalar 6 kishidan iborat guruhlarni tashkil qiladilar. Berilgan topshiriq belgilangan vaqtda bajariladi, so‘ngra guruhlar qayta shakllantiriladi va bu guruhda oldingi guruhning bir ishtirokchisi qatnashadi va u yangi guruhga o‘z jamoadoshlarining javobini taqdim etadi va mu’lum muammo yechimi birgalikda muhokama qilinadi. Bunda:
guruhlarning har bir a’zosini faol bo‘lishi ta’minlanadi;
ilgari surilgan fikrni boshqalar tinglaydi va mulohaza yuritadi;
guruhlarning fikrlari umumlashtiriladi va aniq bir xulosa qilinadi.
10. “Klaster” (tarmoqlar) usuli. Fikrlarning tarmoqlanishi nazarda tutilgan ushbu metod mavzuni chuqur o‘rganish, mavzuga oid tushuncha yoki aniq fikrni erkin, ochiq bayon qilishga ko‘maklashadi. Bunda har bir talaba mavzuga taalluqli bo‘lgan fikrni ketmaketlikda, mantiqiy bog‘langan tarzda tarmoqlanishiga yordam beradi. Mavzuni chuqur o‘rganish, fikrlash faoliyatini jadallashtirish hamda kengaytirish uchun bu usul qulay hisoblanadi.
11. “Pinbord” usuli (inglizcha, pin muhtahkamlash, board – doska ma’nosini anglatadi). Bu usulda o‘quv mavzusi yoki o‘quv suhbati kabi o‘quv usullari yordamida bayon etiladi. Bu usulning afzalligi shundaki, u rivojlantiruvchi, tarbiyalovchi funksiyalarning bog‘lanishini ta’minlaydi. Bu usl yordamida talabalarda muloqotga kirishish, fikr yuritish, munozara olib boorish, o‘z nuqtai nazarini faqat og‘zaki emas, balki yozma bayon etish mas’uliyati shakllanadi. Tizimlimantiqiy fikrlash rivojlantiriladi va mustahkamlanadi.
12. “Munozara” usuli . Bu usul o‘quvchi – talabalarning o‘z fikrlari nuqtai nazarlari, g‘oyalarini asoslash, o‘zaro fikr almashish,bahs ishtirokini ta’minlash,maqsadida tashkil etilib va u pedagogik turkum fanlarning seminar mashg‘ulotlarini tashkil etadi. Buning uchun avvalo, pedagogning o‘zi munozara to‘g‘risida muayyan darajada tushunchaga ega bo‘lishi kerak, chunki bu usul yordamida muammoli mavzu o‘tiladi. Dastlab munozaraga kirishuvchilarga munozaraning maqsadi tushuntiriladi, ular mavzudan chetga chiqib ketmasliklarini nazorat qilib turadi. Bunda har bir talaba tomonidan aytilgan fikr doskaga yozib boriladi va munozara oxirida qo‘yilgan savollarga berilgan javoblar taxlil qilinib, yagona, to‘g‘ri xulosaga keladilar.
Munozaraga barcha o‘quvchilar jalb qilinishi har bir topshiriq bo‘yicha barchani tinglash yo‘lga qo‘yilishi lozim. Zero, munozara faol, qiziqarli qizg‘in bahs, ehtirosli suhbat asosida o‘tishi kerak.Buning uchun mavzu va unga doir topshiriqlar savol tarzida ishtirokchilarga oldindan e’lon qilinishi va ishtirokchilarning puxta tayyorgarlik ko‘rishlarini e’tibordan chetda qoldirmaslik kerak. Talabalarning mavzu bo‘yicha o‘z bilimlarini va g‘oyalarini erkin namoyish etilishi uchun imkon yaratilishi lozim. Boshqaruvchi munozarani to‘g‘ri borishini kuzatib boorish, mavzudan chetga chiqiladigan bo‘lsa uni darxol o‘z yo‘nalishiga solib qo‘yishi talab qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |