8-MA’RUZA: XVIII-XIX ASR O‘RTALARI TARIX FALSAFASI
REJA:
1. Anglo-frantsuz tarix falsafasi
2. Nemis tarix falsafasi
3. J.J. Russoning ijtimoiy – siyosiy qarashlari.
4. Pozitivizm.
5. Nemis klassik falsafasining tarixiy falsafiy g‘oyalari.
6. I.Kant tarixiy – falsafiy qarashlari.
Tayanch iboralar: Ilmiy tarixning boshlang‘ich bosqichi. Romantizm. J. J. Russoning ijtimoiy-siyosiy qarashlari. I.G.Gerder va uning “Jahon tarixi falsafasi bo‘yicha g‘oyalari”. Nemis klassik falsafasining tarixiy – falsafiy g‘oyalari I. Kantning tarixiy – falsafiy qarashlari. I.G.Fixte. F.Shiller. F.V.Shelling. G.V.F.Gegelning tarixiy falsafasi. Tarixiy fikrlashning turli xillari. Idrokning tarixdagi o‘rni. Tarix negizi. Tarixiy taraqqiyot va erkinlik. Insonning tarixdagi o‘rni. T. Karleyl – tarixda qahramonlarga sig‘inish. K.A.Sen – Simonning taraqqiyot nazariyasi. Tarixiy materializm. Tarixning rivojlanishi tabiiy-tarixiy jarayon sifatida. Iqtisodiy omilning tutgan o‘rni. Ishlab chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish munosabatlari. Pozivitizm. I.Kant va uning asarlari. D.G.Nibur. T.Mommzen. L.Ranke. (FSMU)
Yevropada tarix falsafasi yuqorida aytganimizdek, falsafaning muhim yo‘nalishi sifatida XVIІІ asrlarda yuzaga keldi. Bu paytga kelib tarixni falsafiy idrok etish ijtimoiy fanlar doirasida ilmiy-nazariy tadqiqotning butunlay yangi bosqichi darajasiga ko‘tarildi. Tarix falsafasi atamasi birinchi marta 1765 yili Volter tomonidan ilgari surildi va tarixshunoslik, jamiyatshunoslik, demografiya, etnografiya hamda falsafa fanlarining umumiy va uzviy bir qismi sifatida butunlay yangi yo‘nalishni ochib berdi. I. G.Gerder tadqiqotlarida tarix falsafasining fan sifatidagi aniq yo‘nalishlari belgilab berildi.
Tarix falsafasi taraqqiyotida Gegel, O. Kont, N. Ya. Danilevskiy, O.Shpengler, A. Toynbi, P. A. Sorokin, K. Yaspers, K. Popper va boshqalar beqiyos hissa qo‘shdilar.
Anglo-frantsuz tarix falsafasi
Keyingi yuz yilliklarda jahon tarixini o‘rganish, uni tadqiq etishda sivilizatsiyaviy yovdashuv tendentsiyasi ustuvorlik qilmoqda. Bu Osvald Shpengler falsafasining Arnold Toynbi tomonidan davom ettirilganligi va lokal sivilizatsiya nazariyasi mumtoz shaklining vujudga kelganligi bilan belgilanadi.
Darhaqiqat, Toynbi «Mashhur sivilizatsiyalar soni unchalik ham katta emas, bizga faqat yigirma bitta sivilizatsiyaga bo‘lish mumkin bo‘ldi. Biroq ularni davom ettirish mumkin. Turli xalqlar, davrlar va mamlakatlarda o‘ziga xos turli rivojlanish hodisalari yuz bergan. Biroq har tomonlama mustaqil va jiddiy sivilizatsiyalar soni o‘ndan ortmaydi», – deydi. Toynbi shunday qilib yigirma bir sivilizatsiya hodisasini e’tirof etadi. Ular qatoriga Arab, Xitoy, Shumer, Mayam, Hind, Ellin, G‘arb, Xristian (Rossiya), Uzoq Sharq (Koreya va Yaponiya), Eron, Misr, Arab, Meksika, Vavilon va boshqa sivilizatsiyalar kiradi.
Frantsuz falsafasining yirik namoyandalaridan biri Reymon Arondir. U milliy tarix falsafasiga ratsionalistik yo‘nalishning yorqin namoyandasi sifatida faoliyat ko‘rsatdi. Uning tarixni o‘rganish va tarixiy tafakkur masalalariga bag‘ishlangan «Falsafaga kirish», «Tanqidiy tarix falsafasi», «Tarixiy tafakkur o‘lchovlari», «Sotsiologik tafakkur taraqqiyoti bosqichlari», «Taraqqiyot sog‘inchi», «Demokratiya va totalitarizm» singari asarlari frantsuz tarix falsafasi maktabida butunlay yangi yo‘nalishni boshlab berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |