J.J. Russoning ijtimoiy – siyosiy qarashlari. Russo 1712 yil Jenevada soatsozlar oilasida dunyoga keladi. U dastlabki ta’limni o‘zi tug‘ilib o‘sgan joyidan oladi. U 1741 yili Parijga kelib, u erda Golbax Didro va boshqalar bilan juda yaxshi munosabatda bo‘ladi. Russo Didro tashkil etgan “Entsiklopediya”da uning taklifiga binoan ishtirok etadi. Russoning jamoatchilikka keng tanilishida uning “fan va sanat haqidagi mulohazalar” (1750) asri muhim ahamiyat kasb etganligi malum.
Russoning “Insonlar o‘rtasidagi tengsizlikning kelib chiqishi va asoslari to‘g‘risida mulohazalar” asri uning obro‘siga yana obro‘ qo‘shadi. U “fanlarning manaviyatga tasiri” asarida o‘zi yashab turgan sivilizatsiyani tengsizlik sivilizatsiyasi deb tanqid qiladi. Shuningdek, u takidlaydiki, fan taraqqiyoti inson tabiatini, manaviyatini takomillashtirmaydi. Albatta bu bilan u fan va madaniyatga qarshi chiqqan, deyish noto‘g‘ridir. Fanga hujum qilayotganim yo‘q, lekin ezgulikni himoya qilayapman deydi u. Russo ijtimoiy muammolar va huquqsizlik, zulmining manbaini ijtimoiy tengsizlikda, yani mulkiy tengsizlikda ko‘radi. Mulkiy tengsizlik azaliy emas. U quyidagi bosqichlardan iborat.
Ijtimoiy tengsizlikning birinchi bosqichi – boy va kambag‘alning yuzaga kelishi.
Davlatning kelib chiqishi bunda boylar bilan kambag‘allar bitm tuzadilar. Qonuniy hokimiyatninig zo‘ravonlikka aylanishi. Avval xalq podsho va huquq tomonidan aldangan bo‘lsa, zo‘ravonlikda esa zo‘ravon qonunlar xalqni aldaydi va unga hamla qiladi.
Keyinchalik uning asarlari hukumat tomonidan taqib qilinia boshlandi. U xibsga olinishidan qo‘rqib, Fransiyadan qochib, Shvetsariya (1762) ga keladi. Russo ko‘p yillar Volterbilan bahs munozaralar yuritgan. Russo faylasuflar bilan munozaralarda takidlaydiki, xudo aql va yaxshilik manbaidir . Russoning ijtimoiy–siyosiy qarashlari uning ijodida markaziy o‘rin egallaydi. Tenglik jamiyatning tabiiy holati inson o‘z mohiyati jihatidan xoh ishlab chiqarishda xoh istemolda hech kimga bog‘liq emas. Bunday jamiyat idealdir. Kelajakda bunga erishish mumkin emas, lekin unga qaytish mumkin. Unda kishilar boylik, xususiy mulk nimaligini bilishmasdi. Xususiy mulk bo‘lmagan erda adolatsizlik bo‘lishi mumkin emas. Xususiy mulkning kelib chiqishi insonlar manfaatlariga ziddir. Bu aslida birovlar hisobiga boyish demakdir. Umumiy erk umumiy manfaatlarni nazarda tutadi. Barchaning erki shahsiy manfaatlarini hisobga oladi. U yakka – yakka manfaatlar yig‘indisidan iborat. U feodalizmni qoralab, adolatli jamiyat tashkil etish yo‘lida ijtimoiy kelishuvni ishlab chiqdi. U o‘z ijtimoiy qarashlarida fransuz jamiyatining kambag‘al fuqarolar manfaatlarini himoya qildi. Shuning uchun ham Russo ijodining markazida inson muammosi va ijtimoiy tengsizlik masalasi yotgan. Faylasuf ijtimoiy fikrlar tarixida o‘zining ijtimoiy axloqiy muammolar va tarbiya nazariyasi bilan mashhur bo‘lgan. “Yangi eloiza” romani “Emil yoki Tarbiya haqida” gi risolalarida axloq va tarbiya masalalarini mohirlik bilan ifodalagan. Russoning siyosiy ideali – to‘g‘ridan – to‘g‘ri demokratiyadir. Unda qonunlar bevosita barcha fuqarolarning majlisida qabul qilinadi. Albatta, bu g‘oyalarni hududiy jihatdan kichik bir davlatlarda amalga oshirish mumkin. Russoning axloqiy ta’limoti tenglik g‘oyasi va shaxs erkinligi bilan chambarchas bog‘liq. Bu axloq – fuqaro jasorati, respublikachining vatanparvarligidir.