Pozitivizm.
Pozitivizm g‘arb falsafasida juda keng tarqalgan yo‘nalish sifatida XIX asrning 30 yillarida frantsuz faylasufi Ogyust Kont (1798-1857) tomonidan asos solingan. Pozitivizm dastlab Frantsiyada, so‘ngra Angliyada va G‘arbiy Yevropaning boshqa mamlakatlarida rivojlandi:
Birinchi davr - O.Kont, E.Littre, E.Renan, Robert (Frantsiyada), D.S.Mill, G.Spenser, Dj.Lesevich, N.Mixaylovskiy (Rossiyada), K. Kattanso, D. Ferrari, r. Ardigo (Italiyada) kabilarning ijod etgan davri.
Ikkinchi davri – mexanizm va empiriotkrito‘tsizm davri deb ataladi. Uchinchisi nepozitivizm davriga bo‘linadi.
“Pozitivizm” tushunchasini O.Kont quyidagicha tariflaydi: birinchidan yolg‘onga qarshi haqqoniylik: ikkinchidan, keraksizlikka qarshi foydalanish: uchinchidan shubhalilikka qarshi aniqlik: beshinchidan salbiylikka qarshi ijobiylik va nihoyat oltinchidan buzg‘unchilikka qarshi tuzuvchanlik.
Inson bilimi, tafakkuri oldinga qarab harakat qiladi. Shuning uchun u o‘z tarixiga ega insoniyat taraqqiyotni shu tarzda o‘rganish quyidagi qonuniyatni ochishga olib keladi, yani u uch bosqichli qonuniyat deb ataladi. Birinchisi – teologik, ikkinchisi – metafizik yoki mavhumlashgan, uchinchisi – pozitiv yoki ilmiydir. Inson bilish jarayonida ana shu yo‘llardan, alabatta o‘tadi. Demak bu uslublardan uch turdagi falsafiy dunyoqarash yoki umumiy qarashlar tizimi vujudga keladi. Birinchisi ijod tafakkurining boshlang‘ich harakatga keluvchi nuqtasi: ikkinchisi – o‘tuvchanlik rolini o‘ynaydi: uchinchisi - aniq yakuniy holatdir.
Nemis klassik falsafasining tarixiy falsafiy g‘oyalari.
Nemis klassik falsafasi tarix falsafasini o‘rganishning nihoyatda murakkab qismi bo‘lib, uni nihoyatda masuliyat bilan o‘rganish zarurdir. Nemis klassik falsafasi frantsuz ma’rifatchiligi kabi eski illatlarni bartaraf etishda hamda kapitalistik munosabatlarning qiyinchiliksiz rivojlanishida yangi tuzum manfaatlarini himoya qilgan. Shuning uchun u aqlni eski idealogiyaga qarshi hukmronligi to‘g‘risidagi g‘oyani e’tirof etadi va rivojlantiradi. Nemis jamiyatiga hamda nemis ijtimoiy fikrlariga XV asr oxirida bo‘lib o‘tgan frantsuz inqiloblari juda katta tasir ko‘rsatgan. Bu inqilob shu davrgacha bo‘lib o‘tgan inqiloblardan izchil va qat’iy farq qiladi. Germaniyada falsafiy va ijtimoiy – siyosiy fikrlarning ma’lum darajada rivojlanishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Nemis klassik – falsafasida Germaniyadagi o‘tmish falsafiy fikrlar an’analariga nisbatan murosachilik munosabatda bo‘lishda diniy nuqtai nazar ustun turadi. Ularning ijtimoiy – siyosiy xulosalari o‘zlari ilgari surgan “sof” fikrlash doirasidagi umumiy fikrlarga qarama-qarshi turar edi. Lekin o‘z pozitsiyalarida izchil bo‘lmasdan nemis klassik falsafasi falsafiy fikrlar taraqqiyotida muhim qadam hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |