Тарихшунослик фанидан



Download 0,99 Mb.
bet69/109
Sana14.06.2022
Hajmi0,99 Mb.
#669831
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   109
Bog'liq
ТАРИХ ФАЛСАФАСИ-МАЖМУА 2021

Nemis tarix falsafasi
Nemis tarix falsafasining yirik namoyandalaridan biri Osvald Shpenglerdir. U o‘zining mashhur «Yevropa quyoshining so‘nishi» asarida tarix falsafasining o‘ziga xos yo‘nalishi haqidagi g‘oyalarini ilgari suradi. Shpengler dunyoni mistik qarashlar orqali anglash, insonning intuitsiyasi, ichki hissiyot va voqelikni his qila olish imkoniyatlari xususida fikr yuritadi.
Shpengler xulosasiga ko‘ra «Qancha odam va madaniyat bo‘lsa, shuncha dunyo mavjud. Har bir alohida inson uchun yagona, mustaqil, abadiy dunyo mavjud. Dunyoning bunday mavjudligi har bir inson uchun doimiy yangi, bir marta amalga oshadigan, hech qachon qaytarilmaydigan kechinmadir». Bir qarashda, darhaqiqat, har bir odam alohida va mustaqil olam. Uning o‘z dunyosi bo‘lganidek, o‘z ibtidosi va intihosi ham bor. U tashqi dunyoni o‘zining ichki olami orqali o‘zicha tushunadi, o‘zicha anglaydi, unga o‘zicha baho beradi. Demak, insoniyat tarixi har bir odam uchun garchi u yaxlit, bir butun tarix, real tarixiy jarayon bo‘lsa-da, uni anglashda o‘ziga xoslik, unga yondoshishda xususiylik bo‘lishi tabiiy. Demak, real tarixiy jarayon real inson tasavvurida real fikr-xulosaga aylanishi mumkin. Ana shu holatdan kelib chiqib ham Shpengler «ilmiy bilish bu o‘z-o‘zini anglashdir» degan g‘oyani ilgari suradi.
Tarixni anglash, tarixni falsafiy tushunish orqali inson o‘zligini anglaydi va o‘ziga xos qadriyatga aylanadi. Bunday jarayon insonda intuitiv imkoniyat, his qilish qobiliyati orqali ham yuzaga kelishi mumkin. Shuning uchun Shpengler tarixni tushunish va tarixga munosabatda intuitsiya, his-tuyg‘u mohiyatini ustuvor qiladi. Ana shundan kelib chiqib tarix mushohada, voqelikni to‘g‘ri his qila olish, tabiiy intuitsiya natijasi degan g‘oyani ilgari suradi. Hatto, u tarixni hissiyot orqali tushunish g‘oyasini ilgari surar ekan, «agar kim buni his qilmasa, tarix bilan shug‘ullanmasin, tabiatni bilishga o‘rganish mumkin, lekin tarixchi bo‘lib tug‘ilish kerak. Tarixchining kuchi shundan iboratki, u ongsizlik darajasida tarix jarayonini instinktiv ravishda biladi, bunday uslubda har qanday inson ham ishlay olmaydi», – deydi. Ana shu fikrdan ma’lum bo‘ladiki, tabiatni bilish uchun bilimning o‘zi etarli, tarixni anglash uchun esa uni his qila olish, tarixiy jarayon ortida yotgan inson taqdiri, mohiyati, hayot mazmuni va kechinmalari, sevinch va iztiroblari yotganligini ham anglamoq zarur ekan. Ana shunda har bir tarixiy voqelik tarix falsafasiga aylanadi. Demak instinkt va his qila olish qobiliyati, intuitsiya quvvati tarixchi uchun noyob va qimmatli fazilatdir.
Shpengler sivilizatsiyani madaniyat belgisi sifatida tushunadi va har qanday madaniyat o‘z taraqqiyot bosqichlariga, o‘zining sivilizatsiyasiga ega degan goyani ilgari suradi. Uning nazarvda sivilizatsiya madaniyatli insonlarga xos hodisa sifatida namoyon bo‘ladi.
O.Shpengler madaniy taraqqiyot, tarix rivoji, uning dinamizmi xususida fikr yuritar ekan, «har qanday madaniyat insondek hayot kechiradi. Ularning o‘z bolaligi, o‘smirligi, o‘rta yoshliga va qariligi bo‘ladi», - deydi. Demak, har qanday madaniyat o‘zining ibtidosi va intihosiga ega. Shuning uchun ham turli davrlarda yuz bergan turli mintaqalardaga sivilizatsiyalar qaysidir darajada susayish, orqaga ketish holatlarini ham boshdan kechirgan. Ana shu tarixiy dalillar hamda insoniyat o‘tmishidagi buyuk ko‘tarilishlar va tanazzullarni nazarda tutib O.Shpengler har qanday sivilizatsiya tanazzulga mahkumdir, degan fikrni ilgari suradi. Sivilizatsiyalar taqdiri, uning istiqboli xususida gapirar ekan, «mening fikrimning markazini taqdir g‘oyasi tashkil qiladi. O‘tib ketganlarning taqdiri ham shunday bo‘lgan, hozirgi G‘arbiy Yevropa madaniyatini ham halokat kutmoqda», deydi.
Shunday qilib, O.Shpengler insonning biologik mavjudot sifatida yaratuvchilik imkoniyatlarini, bu imkoniyatlarni ro‘yobga chiqaruvchi ilohiy qudrat ruh, e’tiqod ekanligini ta’kidlaydi. Dunyoni anglashda, olamni tushunishda uning ana shu g‘oyalari yaqqol ko‘zga tashlanadi va «tabiatni mushohada qilish asnosida diniy e’tiqod yotadi. Dindan oldin paydo bo‘lgan tabiiy bilim yo‘qdir. Ana shu nuqgai nazardan qaraganda katolikcha va materialistik tabiatni bilish o‘rtasida hech qanday farq yo‘qdir. Ular bir narsa to‘g‘risida, lekin har xil tilda gaplashadi. Hattoki ateistik soha ham diniy asosga egadir. Hozirdagi mexanika ham xristian aqidalaridan andoza olgandir», deydi. Bu bilan O. Shpengler ruh birlamchi, e’tiqod hatti-harakatlar va voqeliklarni boshqaruvchi ilohiy qudrat degan xulosaga keladi. Uning nazarida insoniyat tarixi – bu juda uzoq va ming yilliklarni qamrab olgan yaxlit olam, ruh va e’tiqod orqali inson tomonidan amalga oshirilgan buyuk haqiqatdir.
Olamni anglash o‘z-o‘zini anglashdan boshlanadi, deydi O. Shpengler. Bunday qarashlar qaysidir darajada undan bir necha asrlar oldin Sharqda yuzaga kelgan ruh falsafasini eslatadi. Jumladan, A.Bedil, J.Rumiy, A.Nasafiy, N.Kubro va boshqalar ilgari surgan g‘oyalarda ruh birlamchi, jism esa o‘gkinchi, ruh – botin, jism – moddiy tariqasida talqin etiladi. Jumladan, A.Nasafiy «... ulug‘ olamning avvalu oxiri, zohiru botini, mohiyat va shakllarini anglab etish uchun o‘zining mohiyatini, zohiru botinini anglab etkin. Bundan boshqa yo‘l yo‘q», degan edi.
Nemis tarix falsafasi maktabi jahon falsafa fanining I.Gerder, V.Gumboldt, G.Gegel, I.Kant, A.Shopengauer, G.Rikkert, V.Diltey, E.Trelch singari yirik namoyandalarini etishtirib berdi. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra nemis tarix falsafasi ingliz-frantsuz ma’rifatparvarligi qarashlariga teskari bo‘lgan yo‘nalishni ishlab chiqdilar va o‘z g‘oyalarini ilgari surdilar. E. Trelchning xulosalariga ko‘ra nemis va ingliz-frantsuz tarix falsafasi o‘rtasidagi farq ko‘zga yaqqol tashlanadi. Nemis maktabi o‘zining diniy-mistik xarakteri bilan alohida ajralib turadi. O‘z navbatida ingliz-frantsuz maktabi tarix cho‘qqisini ma’rifatparvarlik ideallari orqali kashf etdi.
Tarixiy taraqqiyotning universal kontseptsiyasi Gegel tomonidan vujudga keltirildi. Ayni u tarixiy dinamika nazariyasini yaratdi va bu sohada o‘ziga xos olamshumul yangilikni vujudga keltirdi. Yoki boshqacha qilib aytganda, E.Trelch xulosalariga ko‘ra «barcha tarixiy taraqqiyot nazariyalari qandaydir undan chekinganday, unga qarshi turganday ko‘rinsada, biroq ularning barchasi uni butunlay inkor eta olmadi. Shuning uchun ham tarixiy dinamikaga doir barcha tadqiqotlar tarixiy dialektika tushunchasidan kelib chiqmog‘i darkor».
Ayni ana shu tarixiy dialektika tarixiy taraqqiyot dinamikasini, uning taraqqiyot qonuniyatlarini, rivojlanish omillarini o‘zida mujassam etadi va barcha tarix falsafasiga doir qarashlar, yo‘nalishlar, kontseptsiyalar va metodologiyalarga asos bo‘lib xizmat qiladi. Tarixiy ana shunday holatdan kelib chiqib, K.Yaspers «Bu kontsentratsion lagerlarning real voqeligi, bu azoblovchilar va azoblanuvchilar doirasidagi kelishilgan harakat, inson ma’naviy qiyofasining bunday yo‘qolishi barchaga halokat tahdidini soluvchi kelajak imkoniyatlaridan darak beradi... ushbu xavf atom bombasidan ham qo‘rqinch-li, chunki u inson qalbiga tajovuz qiladi», deydi.
Bir qarashda Yaspers sivilizatsiya oqibatlarini, fan-texnika taraqqiyoti natijalarini tushkunlik bilan qabul qilganday ko‘rinadi. Biroq uning qarashlarida yuksak ko‘tarinkilik, optimistik ruh yaqqol ko‘zga tashlanadi. Xususan, insoniyat kelajagi to‘g‘risida gapirar ekan, har qanday sivilizatsiya tasodifiy hodisa emas, aksincha, insonning aql-zakovati, fe’l-atvori mahsulidir, degan xulosaga keladi. O‘tmishda yuz bergan barcha yutuqlar bilan birga tanazzullar va fojialarni butun ko‘lami bilan anglab etish, undan zarur xulosalar chiqarish, buning uchun esa tiniq va keng qamrovli tafakkur kerakligini uqtiradi va, jumladan, shunday deydi: «O‘tmishning fojialarini unutishga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Negaki, bizdagi qo‘rquv o‘tmishda sodir bo‘lgan voqealar qaytarilishi, tarqalishi, butun dunyoni qamrab olishi mumkinligi tufayli paydo bo‘ladi. Biz xavf bilan faol kurashga aylanuvchi ushbu qo‘rquvni saqlashimiz lozim».
Shunday qilib, G‘arb tarix falsafasi XVIII asrdan keyin jahon tarixini o‘rganishning misli ko‘rilmagan metodologik asosini yaratdi. Bu bevosita butun ko‘lami, ilmiy-nazariy yaxlitligi, inson va uning mohiyati, insoniyat tarixi taraqqiyoti tajribalari haqidagi Sharq mutafakkirlari ilmiy-metodologik qarashlarining, falsafiy yo‘nalishlari va g‘oyalarining yangi sivilizatsiyaviy shakli sifatida o‘zini namoyon etdi. Zotan, G‘arb mutafakkirlaridan biri «Hyp – Sharqdandir» degan edi. Bu dono bashorat har ikki ma’noda – hayot manbai bo‘lgan quyoshning Sharqdan chiqishiga, tafakkur manbai bo‘lgan aql-idrok, daholik quvvati va zakovat mo‘’jizasi ham Sharqda yuz bergani va keyinchalik butun insoniyatni zabt etganiga haqqoniy ishora edi!



Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish