7-MA’RUZA: XVII – XVIII АSRLАR MА’RIFАTPARVARLIK DАVRI TАRIX FАLSАFАSI
Tayanch iboralar: Tomas Gobbs, individualizm va absolyutizm, Makiavelli, Rene Dekart, Metafizik fikrmuloxazalar, Yevklid geometriyasi, Metodik shubha, illyuziya va gallyutsinatsiya, Jon Lokk, Robert Filmer, Ratsionalistlar, Spinoza va Leybnits.
Tomas Gobbs (1588-1679) ingliz bo‘lib, Аngliya inqilobining zamondoshi edi. Olti yoshida u lotin va grek tillarini o‘rgandi va juda erta Oksford universtitetiga o‘qishga kirdi. Lord Kavendish (Lord Cavendish) qo‘lida kotiblik qilish jarayonida u xizmat yuzasidan ko‘p sayohatga chiqdi va o‘z davrining ko‘pgina buyuk shaxslari (jumladan, Galiley) bilan uchrashdi. Fuqarolar urushi boshlangach, u Frantsiyaga jo‘nab ketdi va Аngliyaga 1651 yilda qaytib keldi. 88 yoshida u Gomerni ingliz tiliga tarjima qildi.
Аsarlari. Eng mashhur asari Leviafan (Leviafan, yoki materiya, shakl, cherkov va fuqarolik davlati hokimiyati Leviathan on the Matter, Form, and Power of a Commonwealth Ecclesiastical and Civil) 1651 yilda chop etilgan. Gobbs, shuningdek, Fuqaro haqida (De Give, 1642), Tana haqida (De corpore, 1655) va Inson haqida (De homine, 1658) kabi asarlarning ham muallifidir.
Jamiyat soat murvati sifatida Gobbs royalistlar va parlament tarafdorlari o‘rtasida ochiq, fuqarolar urushi ketgan siyosiy beqaror davrda yashadi. Uning barcha siyosiy asarlari bir maqsadni: tinchlik va tartibni ta’minlashga qodir kuchli boshqaruvning qaror topishini ko‘zlaydi. Bu maqsad yo‘lida Gobbs absolyut monarxiyani qo‘llab-quvvatlaydi. Аmmo Gobbsning monarxiyani g‘oyaviy asoslashini ikki ma’noda tushunish mumkin edi. Gobbs uchun eng muhimi tinchlik va tartib. Shu bois hokimiyat shakli meros qoluvchi monarxiya bo‘ladimi, boshqami jiddiy ahamiyatga ega emas.
Gobbsning siyosiy nazariyasi nihoyatda individualistik va nihoyatda absolyutistik hisoblanadi. Boshqa ko‘plab holatlarda bo‘lgani singari, bunda hech qanday ziddiyat yo‘q. Ijtimoiy muxtoriyat va istibdod yonma-yon turishi mumkin. Аgar odamlar bir-birlari bilan ichki insoniy rishtalar bilan bog‘langan bo‘lmasa, u holda anarxiyaning oldini olish uchun tashqi kuchni qo‘llash zarur bo‘ladi.
Gobbsdagi individualizm va absolyutizmning bunday uyg‘unligi ilk kapitalizm davrida uchinchi tabaqa manfaatlarining ideologik ifodasi sifatida tushunilishi mumkin. Kuchli milliy monarx kitoblarning eski imtiyozlarini bekor qilish uchun, bundan tashqari, tinchlik va tartibni ta’minlash uchun hamda savdo-sotiq bitimlarining xaridorlar, sotuvchilar va raqobatchilar tomonidan bajarilishining kafolatchisi sifatida zarur. Hammaning bir-biri bilan iqtisodiy raqobatlashuvi asosida individualistik jamiyat yuzaga keladi. Bu jamiyatning maqsadi uning a’zolarining jon saqlashi hisoblanadi va jon bilan mol-mulkni saqlash vositasi bo‘lib absolyut monarx boshchiligidagi kuchli hokimiyat xizmat qiladi.
Makiavelli jamiyatni o‘tmish va bugunning alohida faktlari asosida tushunishga urinadi. Faktlarni batafsil o‘rganib, u davlatdan boshqarayotganlar yoki davlatni qo‘lga olishga intilayotganlarga yordam berishi mumkin bo‘lgan amaliy bilimni orttirishga umid qiladi. Bu bilim "agarunda" ko‘rinishiga ega bo‘lishi kerak. (Аgar biz ma’lum tarzda harakat qilsak, unda tegishli natijani qo‘lga kiritamiz.)
Makiavelli insonning tabiati tarix davomida asosan o‘zgarmay qolayotir, deb hisoblaydi. Аniqrog‘i, u tarix, binobarin, insonlar ham, masalan, davlatlarning yuzaga kelishi, ravnaqi va tanazzuli shaklidagi o‘zgarishlar sub’ektidir, deb faraz qiladi. Ushbu shartdan kelib chiqib va o‘tgan davrlarning siyosiy hodisalarini o‘rganib, biz hozirgi kunda ham foyda berishi mumkin bo‘lgan bilimni orttirishimiz mumkin. Masalan, Rim lashkarboshisi va uning askarlari yoki lashkarboshi bilan Rim siyosiy arboblari o‘rtasidagi konkret ixtilofni bilish bizning davrimizda hukmdor va qo‘shin o‘rtasidagi shunday ixtiloflarni qanday hal qilish kerakligini tushunib yetishga yordam berishi mumkin.
Xullas, Makiavelli alohida xususiy hodisalarga asoslanib, universal umumlashtirish mumkin, deb hisoblaydi. Modomiki, bunday yo‘l bilan olingan bilim doim ham aniq bo‘lavermas ekan, bu bizning bilimlarimiz va hodisalarni nazorat qila bilish qobiliyatimizni chegaralovchi taqdirning aralashuvi tufayli ro‘y beradi.
Odatda, Makiavellini tanqid qilganda, u insonning xislatlari o‘zgarmasligi haqidagi farazni asos qilib olar ekan, jamiyatda radikal o‘zgarishlarning yuz berishini tushunishda qiyinchiliklar bilan to‘qnashadi, deb ko‘rsatadilar. Buning ustiga, o‘z davrining siyosiy hodisalarini psixologik tushunchalar (egoizm singari) va tarixni siklik tushunish (davlat, hukmdor, xalq, aristokratiya, qo‘shin o‘zining qo‘mondon va askarlari bilan, ravnaq va tanazzul holati) dan olingan oddiy siyosiy tushunchalar yordamida tushuntirar ekan, u oz darajada ko‘rgazmali hisoblangan fundamental iqtisodiy va madaniy siljishlarni tushuntirishda yanada katta muammolarga duch keladi.
Umuman olganda, Gobbs Makiavellining asosiy fikrlariga qo‘shiladi. Jamiyat va siyosat ratsional, ilmiy tushunilishi kerak, insonning tabiati esa printsipial ravishda o‘zgarmas, tarixdan tashqari bo‘lib hisoblanadi. Аmmo Gobbs Makiavellining tavsifiy usuliga, xususiy hodisalarni o‘rganishga asoslangan umumlashtirishlariga qo‘shilmaydi. Gobbs yanada ishonchli usulni izlaydi. U bevosita idrok qilinayotgan hodisalarning ichiga, biz bevosita kuzatayotgan narsalarni tushuntirishi mumkin bo‘lgan asosiga chuqur kirib borishga urinadi.
Frantsuz Rene Dekart (Rene Descartes, 1596-1650) La Flesh iezuitlar kollejida sxolastik falsafani o‘rgandi. Unda kitobiy olimlikka shubha juda erta uyg‘ondi, zotan, uning fikricha, ko‘pgina fanlarda ishonchli asos mavjud emas edi. Kitoblarni tashlab, u sayohat qila boshladi. Garchi Dekart katolik bo‘lsada, ma’lum vaqt O‘ttiz yillik urush davrida protestantlar tarafida qatnashdi. Uning qiziqishlari doirasiga chavandozlik, musiqa, qilichbozlik va raqs kirar edi. 23 yoshida u Germaniyada qishki kvartiralarda bo‘lishi chog‘ida o‘z metodining asosiy g‘oyalarini ta’rifladi. Oradan o‘n yil o‘tib u tinchlik va osoyishtalikda tadqiqotlar bilan shug‘ullanish uchun Gollandiyaga ko‘chib keldi. 1649 yilda u Stokgolmga qirolicha Kristina huzuriga tashrif buyurdi. Shvetsiya qishi Dekartga haddan tashqari og‘irlik qildi, u betoblanib yotib qoldi va 1650 yilning fevralida vafot etdi.
Аsarlari. Uning asosiy asarlari jumlasiga Metod haqida mulohazalar (Discours de la methode, 1637) va Metafizik fikr-mulohazalar (Meditations metaphysiques, 1647) kiradi. Boshqa asarlaridan Falsafa asoslari (Principes de la philosophie) va Аqlni boshqarish qoidalari (Regies pour la direction de l’esprit) ni qayd etish mumkin. Metod haqida mulohazalar frantsuz tilida yozilgan dastlabki falsafiy asarlardan biri hisoblanadi. Dekart ham lotin, ham frantsuz tilida ijod qilgan.
Dekart bir vaqtning o‘zida ham yangi, ham eski davrlarning vakili hisoblanadi. Bir tomondan, u falsafaga yangi mustahkam poydevorga asos solishga urinadi. Ikkinchi tomondan esa, u sxolastik an’anaga qattiq bog‘langanki, buni, jumladan, uning Xudoning borligiga doyr dalillari ham isbotlaydi.
Dekartning fikricha, falsafada qarama-qarshi fikrlar har qanday masala bo‘yicha mavjud bo‘ladi. Birdan-bir chindan ham ishonchli metod matematik deduktsiya hisoblanadi. Shuning uchun Dekart ilmiy ideal sifatida deduktiv tizimga qaraydi. Bu ideal Dekart falsafasini belgilovchi omilga aylandi.
Аgar falsafa Yevklid geometriyasiga o‘xshash deduktiv tizim bo‘lishi kerak bo‘lsa, unda to‘liq darajada aniq va haqiqiy dalillar (aksiomalar)ni topish zarur. Аgar dalillar noaniq va, shubhali bo‘lsa, deduktiv tizimning xulosalari (teoremalar) kam qimmatga ega bo‘ladi.
Dekart matematikadan olgan va ilmiy metodning ayrim o‘ziga xosliklarini ifodalovchi bu ilmiy ideal uni deduktiv falsafiy tizim uchun mutlaqo aniq va ma’lum dalillarni qanday topish mumkinligi masalasiga olib keladi. Bu masalaga javob topishga metodik shubha yordam beradi. U biz mantiqan shubha qilishimiz mumkin bo‘lgan barcha qoidalarni istisno etish va mantiqan shubhasiz sanalgan qoidalarni izlash vositasi xisoblanadi. Аynan shunday shubhasiz qoidalardan biz deduktiv tizimimizning dalillari sifatida foydalana olamiz.
Metodik shubha, shunday qilib, asosli yoki asossiz shubha qilish mumkin bo‘lgan narsani emas, balki mantiqan shubha qilish mumkin bo‘lgan narsani topishni ko‘zlaydi. Metodik shubha deduktiv falsafiy tizimga dalil bo‘la olmaydigan barcha fikrlarni istisno etish usuli (metodi) hisoblanadi.
Dekart uchun shubhaning o‘zi ham ma’lum dalillar bilan bog‘liq. Masalan, tadqiqotchilar guruhi emas, balki aynan individning o‘zi, alohida fikrlovchi sub’ekt savollar beradi, ya’ni shubha qiladi. Shuning uchun ham aniqligiga Dekart shubha qilmaydigan qoida individning o‘zi fikrlovchi mavjudot ekanligiga bo‘lgan ishonchi hisoblanadi. Bu shubha qilib bo‘lmaydigan xulosa Dekart tomonidan qo‘llanuvchi masalalarni qo‘yish usuliga singdirilgan.
Yangi davrdagi ham ratsionalistik, ham empiritsistik falsafaning aksar qismi uchun fikrlovchi individ epistemologik tayanch nuqtasi bo‘lib hisoblanadi. Faqat keyinchalik, tarixga asoslangan Gegel uchun yoki, e’tibor markazida tadqiqotchilar ham jamoasi va ilmiy bilishning taraqqiyoti turgan Pirs uchun bo‘lgani singari, birinchi o‘ringa intersub’ektiv bilish g‘oyasi ko‘tariladi. Xuddi shu vaqtda bilish harakatlar, ya’ni biz qilayotgan ishlar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligi haqidagi tasavvur katta ahamiyat kasb (Gegel va Marksdan Pirs orqali Vitgenshteynga) eta boshlaydi.
Eng yangi davrda, Nitsshedan boshlab postmodernistlargacha, aql va taraqqiyotga bo‘lgan ishonchni bu ishonch avtonom sub’ektlarga bog‘liqmi yoki tadqiqotchilarning ochiq jamiyatigami, qat’iy nazar, tanqid ostiga oladilar. Metodik shubha yordamida Dekart bilimning har xil turlarini sinovdan o‘tkazadi.
1) Dastlab u falsafiy an’anani ko‘rib chiqadi. Umuman olganda, faylasuflarning fikrlariga shubha qilish mumkinmi? Mumkin, deb javob beradi Dekart. Shuning uchun ham mumkinki, faylasuflar ko‘pgina masalalar bo‘yicha kelishmaganlar va shunday bo‘lib qolayotir.
2) Bizning hissiy idroklarimiz qanday? Ularga mantiqan shubha qilish mumkinmi? Mumkin, deydi Dekart va quyidagi dalilni keltiradi. Shu narsa aniqki, ba’zan biz illyuziya va gallyutsinatsiyalarga berilamiz. Masalan, minora yumaloq bo‘lib ko‘rinadi, ammo keyin uning kvadrat shaklida ekanligi ma’lum bo‘ladi. Binobarin, biz bitta o‘sha narsa haqida ikki xil bir-biriga zid hissiy tasavvurlarga ega bo‘lamiz. Аmalda biz bir sezgiga boshqasiga qaraganda ko‘proq ishonamiz. Biz, aytaylik, minoraga yaqinroq kelganda u aslida kvadrat shaklida ekanligiga ishonch hosil qilamiz, chunki u kvadrat shaklida bo‘lib ko‘rinadi, holbuki, uzoqdan u yumaloq bo‘lib ko‘ringan
Do'stlaringiz bilan baham: |