Tarix falsafasi
Tarix falsafasi - tarixni falsafiy sharlash va baholash. "Tarix falsafasi" atamasi antik davr
falsafasi va tarixnavisligida namoyon boʻlsada, uni fanga M.F.Volter kiritgan deb hisoblanadi.
Tarix falsafasining quyidagi yoʻnalishlari bor: teologik (ilohiyot) Tarix falsafasi — xudoning
irodasini tarixni harakatga keltiruvchi kuch deb hisoblaydi; metafizik Tarix falsafasi — hech
qanday chegaralar va doiralar bilan cheklanmaydigan, turli shakl va koʻrinishga kiradigan
tushunchalar tizimini Tarix falsafasi deb biladi; idealistik Tarix falsafasi — unda gʻoyalar,
insonning axloqiy tushunchalari, maʼnaviy-ruhiy kechinmalari asosida tarixga munosabat
bildiriladi; naturalistik Tarix falsafasi uchun inson hissiyoti va tuygʻusi orqali olamni anglash,
oʻtmishga nazar solish va uni baholash asosiy mezondir; materialistik Tarix falsafasi — unda
iqtisodiy omillarga katta eʼtibor beriladi; tarixni yoʻnaltiruvchi kuch sifatida moddiy ehtiyoj va
iqtisodiy zaruriyat asos qilib olinadi. Tarixda shaxsning roliga qanday baho berilishiga qarab,
alohida shaxsni ustun qoʻyib yoki jamoani birinchi qoʻyib fikr yuritadigan Tarix falsafasi ham
mavjud. Tarix falsafasida, shuningdek, tarix fani tushunchasi, qonuniyatlari, tarixiy jarayon va
inson, inson mohiyati, feʼlatvori, xatti-harakati, manfaati talqin etiladi.
Tarix falsafasi ildizlari antik davr allomalari Gerodot va Fukididning tarixiy harakatga doir
qarashlariga borib taqaladi. U Polibiy, Posidoniy, Plutarx qarashlarida nisbatan shakllandi.
Avgustin esa ilohiy davlat tarixi falsafasini yaratdi va keyingi ming yillarda tarixiy tafakkurning
shakllanishiga kuchli taʼsir koʻrsatdi.
XVIII asrga kelib Tarix falsafasining yoʻnalishlari tubdan oʻzgardi. Tarixiy taraqqiyotda insonning
taʼsiri, oʻrni va roli, tarixga inson qalbi, ichki dunyosi, maʼnaviy-ruhiy olami mahsuli sifatida qarash
tamoyillari shakllandi. Biroq, bunda ham turlicha yondashishlar mavjud edi. Chunonchi, Leybnis
tarixda metafizik kuchlar va gʻoyalar ustuvor deb tushunsa, Gegel butun voqelikni tarix deb
hisoblab, unda dunyoviy aqlni ustun qoʻyadi. XIX-XX asrlarda tarixni anglashda mavhum mantiq
va tarixni bilish nazariyasi bilan bir katorda A. Shopengauer, Ya. Burkxardt, O.Shpengler tarixni
tushkunlik orqali anglash, A.Toynbi optimizm, marksizm asoschilari esa tarixiy materializm
gʻoyalarini ilgari surdi.
Sharqda "Tarix falsafasi" tushunchasi oʻziga xos jihatlarga ega. Forobiy qarashlariga koʻra,
jamiyat taraqqiyotini ilohiy qonunlar boshqaradi. U Aristotelning jamiyat rivojlanishi xaqidagi
taʼlimotini oʻz xulosalari bilan boyitdi. Beruniy esa tarixiy taraqqiyot bosqichlarini tabiat,
astrologiya, astronomiya, kecha va kunduz, fasllar almashinuvi orqali oʻrgandi. U "Hindiston",
"Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar" asarlarida insoniyat tarixiga falsafiy nuqtai nazardan
yondashadi, tarixni anglash, idrok etishda butunlay yangicha qarashlarni oʻrtaga tashlaydi.
Beruniy dunyo tarixshunosligida asotirlar, afsonalar va rivoyatlardan ilmiy bilish hamda dunyoviy
taʼlimotga oʻtishda muhim hissa qoʻshdi.
Sharq Tarix falsafasi bir necha yoʻnalishda koʻzga tashlanib, voqealar tahlili ibratli hikoyalar,
pand-nasihatlar, yuksak axloqiy meʼyorlar bilan mushtarak holda olib boriladi. Ayrim hollarda
tarixga geografik-hududiy jihatdan yondashiladi. Sayohatnomalar orqali jamiyat tarixi yaratiladi,
podshohlarning boshqaruv usuli, siyosati, uning mohiyati ochib beriladi.
Toynbi A., Postijeniye istorii, M., 1991; Joʻrayev N., Tarix falsafasi, T., 1999.
Narzulla Joʻrayev.
Bu maqolada
boshqa til boʻlimlariga ishorat
yoʻq.
Siz ularni topib va ushbu maqolaga qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz mumkin.
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
(2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Ushbu maqola
chaladir
. Siz uni
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Tarix_f
alsafasi&action=edit)
Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
Adabiyot
Soʻnggi tahrir 1 oy avval
NguoiDungKhongDinhDanh
tomonidan amalga oshirildi
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
title=Tarix_falsafasi&oldid=24403
91
" dan olindi