«tabiatshunoslik» O‘quv fani dasturi - sinf
3-s Tabiat dars ishlanma
15-dars. Mavzu: DONLI EKINLAR O‘tilgan mavzu bo‘yicha o‘quvchilarning egallagan bilim va ko‘nikmalarini nazorat qilish. Avvalgi darsda o‘tilgan «G‘o‘za» mavzuyi bo‘yicha o‘quvchilarning egallagan bilim va ko‘nikmalarini «Klaster» interfaol metodi bo‘yicha quyidagicha aniqlash mumkin. Darsdan oldin o‘qituvchi o‘tilgan mavzu bo‘yicha o‘quvchilarga havola qilinadigan muammolar aniqlanib, ularning har biri alohida varaqlarga yozib chiqiladi. «G‘o‘za» mavzuyi bo‘yicha quyidagi muammolarni o‘quvchilarga berish mumkin: I . «G‘o‘za» qismlari va ularning vazifalari. II. «G‘o‘za» parvarishi. III. Paxta yig‘im-terimi. IV. Paxta tolasidan olinadigan mahsulotlar. V. Paxta chigitidan olinadigan mahsulot. Ushbu muammolar yozilgan varaqlar o‘quvchilarga tarqatib chiqiladi. 0‘quvchi tegishli muammo bo‘yicha o‘z fikrini shu berilgan varaqqa tushiradi. Bunda o‘quvchi ushbu muammo bo‘yicha nimani o‘ylasa, qog‘ozga shuni tushirishi lozimligi, kim qancha ko‘p va to‘g‘ri yozsa, shuncha yuqori baho olishi aytiladi. O‘quvchilar o‘zlariga berilgan muammo bo‘yicha fikrlarini qog‘ozga tushirishga 10 minut vaqt beriladi. Vaqt tugagandan so‘ng varaqlar yig‘ishtirib olinadi. Natijalar keyingi darsda e’lon qilinadi. Natijani baho-lashda o‘quvchining kam yoki ko‘p yozganligiga alohida e’tibor beriladi. Bunda o‘quvchining yozgani darslikdagi mavzu matnidan ko‘chirib olinmaganligiga, o‘quvchi yozgan matn mazmuni muammoni qay darajada ochib berganligiga, yozilgan fikrlarning keng qamrovliligiga alohida e’tibor qaratiladi. Natijalarni tekshirishdi. o‘qituvchi tomonidan yozilgan fikrlardan noto‘g‘rilariga e’tibor berilmay, faqat to‘g‘rilari tanlab olinadi. 16- dars. Mavzu: TAKRORLASH. MSNI-2 NI 0‘TKAZISH 10—15- darslarda o‘tilgan mavzularni takrorlash va mustahkamlash maqsadida «6 x 6» metodi yordamida quyidagicha aniqlanadi: 6 ta stol atrofiga 6 tadan stul qo‘yib chiqiladi. 6 ta varaqqa turli xil quyidagi 6 ta topshiriq yozib chiqiladi: I. Toshko‘mir qanday hosil bo‘ladi? Nima uchun issiqlik manbayi deyiladi? II. Neft va tabiiy gazning qanday ahamiyati bor? III. Tuproq tarkibida nimalar bor? Uni qanday aniqlaymiz? IV. Atrofingizda qanday o‘simliklar o‘sadi? Ularning qanday ahamiyati bor? V. G‘o‘za qanday qizmlardan tuzilgan? G‘o‘za qanday parvarish qilinadi? VI. Bug‘doy va sholi qanday qismlardan tuzilgan? Ular qanday yetishtiriladi? Varaqlarga I dan VI gacha rim raqami yozib qo‘yiladi. Bu varaqlar 6 ta stolning har biriga qo‘yib chiqiladi. Sinfdagi o‘quvchilar 6 ta guruhga bo‘linadi. Bunda har bir o‘quvchi 1 dan 36 gacha raqamlangan varaqchalardan birini oladi. Bu varaqlarda rim raqami bilan stol raqami ko'rsatilgan bo‘ladi. 0‘quvchi olgan varaqchada ko‘rsatilgan raqamli stol atrofidagi stulga o‘tiradi. O‘qituvchi stol ustiga qo‘yilgan topshiriqlarni bajarish uchun 10 minut vaqt belgilaydi va munozara jarayoni boshlanganini e’lon qiladi. Guruhlarning faoliyati kuzatib boriladi, zarur hollarda o‘qituvchi maslahatlar beradi. Belgilangan vaqt nihoyasiga yetgach, guruhlardagi munozaralar tugatiladi. Shundan so'ng o‘qituvchi guruhlarni qaytadan shakllantiradi. Yangidan shakllangan har bir guruhda awalgi 6 ta guruhning har biridan bir nafar vakil bodishi kerak. 0‘quvchilar o‘rinlari almashtirilgach, guruh a’zolari avvalgi guruhlariga topshi-rilgan vazifa va uning yechimi xususida guruhdoshlariga so'zlab beradilar. Buning uchun 10 minut vaqt belgilanadi. Har bir yangi guruh berilgan barcha 6 ta topshiriq bo‘yicha yakuniy xulosaga keladi. 0‘qituvchi har bir yangi guruhdan ixtiyoriy ravishda 6 ta topshiriqdan bittasi bo‘yicha chiqargan yakuniy xulo-salarini so‘raydi. Shu tariqa berilgan 6 ta topshiriqqa turli guruh vakillaridan yakuniy xulosalar eshitiladi. Har bir topshiriq bo‘yicha yakuniy xulosa shu yoki boshqa guruh a’zosi tomonidan toddirilishi mumkin. Faol qatnashgan o‘quvchilar rag‘batlantiriladi. «Aqliy hujum» metodi «Aqliy hujum» metodi muayyan mavzu yuzasidan berilgan muammolarni hal etishda keng qodlaniladigan metod hisoblanadi. Bu metod o‘quvchilarni muammo xususida keng va har tomonlama fikr yuritish, shu-ningdek, o‘z tasavvurlari va g‘oyalaridan ijobiy foydalanish borasida ma’lum ko‘nikma hamda malakalarni hosil qilishga rag‘batlantiradi. Ushbu metod yordamida tashkil etilgan dars jarayonida ixtiyoriy muammolar yuzasidan bir necha original yechimlarni topish imko-niyati tug‘iladi. Mazkur metodni qodlashdan ko‘zlangan asosiy maqsad o‘quvchilarni muammo xususida keng va chuqur fikr yuritishga rag‘batlantirishdan iborat. Ushbu metoddan samarali foydalanish maqsadida quyidagi qoidalarga amal qilish lozim: — o‘quvchilarning o‘zlarini erkin his etishlariga sharoit yaratib berish; — muammo (yoki mavzu)ni aniqlash; — mashg‘ulot jarayonida amal qilinishi lozim bodgan shartlarni belgilash; — bildirilayotgan g‘oyalarni ularning mualliflari tomonidan asoslanishiga erishish va ularni yozib olish; — qog'oz varaqlari g‘oya (yoki fikr)lar bilan to‘lgan-dan so‘ng ularni yozuv taxtasiga osib qo‘yish; — bildirilgan fikrlarni yangi g‘oyalar bilan boyitish asosida ularni quvvatlash; — boshqalar tomonidan bildirilgan fikr (g‘oya)lar ustidan kulishga, kinoyali sharhlarning bildirilishiga yo‘l qo‘ymaslik; — yangi g‘oyalarni bildirish davom etayotgan paytda muammoning yagona to‘g‘ri yechimini e’lon qilishga shoshilmaslik. «Aqliy hujum» metodidan foydalanishda bir necha qoidalarga amal qilish talab etiladi. Ushbu qoidalar quyidagilardan iborat: 1. O‘quvchilarni muammo doirasida keng fikr yuri-tishga undash, ular tomonidan kutilmagan mantiqiy fikrlarning bildirilishiga erishish lozim. 2. Har bir o‘quvchi tomonidan bildirilgan fikr yoki g‘oyalar rag'batlantirilib boriladi. Bu esa bildirilgan fikrlar orasidan eng maqbullarini tanlab olishga imkon beradi. Bundan tashqari fikrlarning rag‘batlantirilishi navbatdagi yangi fikr yoki g‘oyalarning tug‘ilishiga olib keladi. 3. Har bir o‘quvchi o'zining shaxsiy fikr yoki g‘oya-lariga asoslanishi hamda ularni o‘zgartirishi mumkin. Avval bildirilgan fikr (g‘oya)larni umumlashtirish, tur-kumlashtirish yoki ularni o‘zgartirish ilmiy asoslangan fikr (g‘oya)larning shakllanishiga zamin hozirlaydi. 4. Mashg‘ulot jarayonida o‘quvchilarning har qanday faoliyatlarini Davlat ta’lim standarti talablari asosida nazorat qilish, ular tomonidan bildirilayotgan fikrlarni baholashga yo‘l qo‘yilmaydi. Agarda ularning fikr (g‘oya)lari baholanib boriladigan bo‘lsa, o‘quvchilar o‘z diqqatlarini shaxsiy fikrlarini himoya qilishga qarata-dilar. Oqibatda ular yangi fikrlarni ilgari surmaydilar. «Aqliy hujum» metodida o‘quvchilar tomonidan bildiriladigan liar qanday g‘oya baholanmaydi. O'quvchilarning mustaqil fikr yuritishlari, shaxsiy fikrlarini ilgari surishlari uchun qulay muhit yaratiladi. G‘oya-larning turlicha va ko‘p miqdorda bodishiga ahamiyat qaratiladi. Boshqalar tomonidan bildirilayotgan fikrlarni yodda saqlash, ularning fikrlariga tayangan holda yangi fikrlarni bildirish, bildirilgan fikrlar asosida muayyan xulosalarga kelish kabi harakatlarning o‘quvchilar tomonidan sodir etilishiga erishiladi. «Aqliy hujum» metodidan yangi mavzu bayonidan so‘ng shu mavzuni mustahkamlash uchun foydalanish tavsiya etiladi. «Aqliy hujum» metodidan foydalanish namunasi 17 dars. Mavzu: BEGONA O‘TLAR 4. Yangi mavzuni mustahkamlash. Yangi mavzu bayon qilingandan so‘ng o‘quvchilarga quyidagi savollar bilan navbatma-navbat murojaat qilinadi: 1. Nima uchun begona o‘tlar yulib tashlanadi? 2. Zarpechak ekinlarga qanday zarar keltiradi? 3. G‘umay ekinlarga qanday zarar keltiradi? 4. Sho‘ra ekinlarga qanday zarar keltiradi? 5. Salomalaykum ekinlarga qanday zarar keltiradi? 1- savol bo'yicha javob berishga tayyor bodgan o‘quvchidan fikr-mulohazasini bayon qilish so‘raladi. Javob bergan o‘quvchining fikr-mulohazasi boshqa o‘quvchilar tomonidan toddiriladi. Keyingi har bir savol bo‘yicha ham awaliga bir o‘quv-chining fikr-mulohazasi eshitiladi, so‘ngra boshqa 0‘quvchilar shu savol bo‘yicha fikr-mulohazalarini aytadilar. Bunda o‘qituvchi o‘quvchilarning fikr-mulohazalari to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligini oshkor qilmaydi. Bu bilan o‘quvchilarni erkin fikrlash va o‘z fikrini bayon qilishga o‘rgatiladi. Barcha savollar bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirilib bodgandan so‘ng o‘qituvchi o‘z fikrini aytishi va faol qatnashgan o‘quvchilarni rag‘batlantirishi mumkin. Download 0,51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024 ma'muriyatiga murojaat qiling |
kiriting | ro'yxatdan o'tish Bosh sahifa юртда тантана Боғда битган Бугун юртда Эшитганлар жилманглар Эшитмадим деманглар битган бодомлар Yangiariq tumani qitish marakazi Raqamli texnologiyalar ilishida muhokamadan tasdiqqa tavsiya tavsiya etilgan iqtisodiyot kafedrasi steiermarkischen landesregierung asarlaringizni yuboring o'zingizning asarlaringizni Iltimos faqat faqat o'zingizning steierm rkischen landesregierung fachabteilung rkischen landesregierung hamshira loyihasi loyihasi mavsum faolyatining oqibatlari asosiy adabiyotlar fakulteti ahborot ahborot havfsizligi havfsizligi kafedrasi fanidan bo’yicha fakulteti iqtisodiyot boshqaruv fakulteti chiqarishda boshqaruv ishlab chiqarishda iqtisodiyot fakultet multiservis tarmoqlari fanidan asosiy Uzbek fanidan mavzulari potok asosidagi multiservis 'aliyyil a'ziym billahil 'aliyyil illaa billahil quvvata illaa falah' deganida Kompyuter savodxonligi bo’yicha mustaqil 'alal falah' Hayya 'alal 'alas soloh Hayya 'alas mavsum boyicha yuklab olish |