«tabiatshunoslik» O‘quv fani dasturi - sinf


O’.T.I.B.D.O’:-----------------X.A.Karimova



Download 0,51 Mb.
bet14/33
Sana27.11.2022
Hajmi0,51 Mb.
#873408
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   33
Bog'liq
3-s Tabiat dars ishlanma

O’.T.I.B.D.O’:-----------------X.A.Karimova
SANA:26.11..2016
O‘SIMLIKLAR
12- dars
TUPROQ
Darsning ta’limiy maqsadi: o‘quvchilarga tuproqning tarkibi, hosil bo'lishi haqida ma’lumotlar berish orqali tuproq haqida tasavvurlar hosil qilish.
Darsning tarbiyaviy maqsadi: o‘quvchilarga tuproqning ahamiyatini tushuntirish orqali uni muhofaza qilish zarurligini uqtirish.
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: tuproqning ahamiyati, tarkibi va hosil bodishini tushuntirish orqali o‘quvchilarda tuproq haqidagi bilimlarni rivojlantirish.
Darsning jihozlari: tuproq namunasi, stakanda suv, metall idish, elektr plita, oyna, spirt lampasi, tuproqni qizdirish uchun idish, tuproqdagi o‘simlik ildizi, o‘simlikning tuproqdan oziqlanishi tasvirlangan rasmlar, darslik.
Darsda qo’llaniladigan metod: suhbatlashish, amaliy ishlar o‘tkazish.
DARSNING BORISHI
1. Tashkiliy qism. O‘quvchilar davomatini aniqlash, ularning darsga tayyorligini tekshirish, stakanda suv, spirt lampasi, tuproqni qizdirish uchun idishni 0‘quv-chilarga ko‘rinadigan joyga qo‘yish, tuproq namunasi, tuproqdagi o‘simlik ildizi, o‘simlikning tuproqdan oziqlanishi tasvirlangan rasmlarni osish.
2. Uy vazifasini so‘rash. Avvalgi darsda o‘tilgan «Neft va tabiiy gaz» mavzusi yakunida berilgan savollar asosida o‘quvchilar bilan suhbatlashiladi. Suhbatlashish davomida quyidagi qo‘shimcha savollardan ham foydalanish tavsiya etiladi:
1. Neft qanday holatda boTadi? Tabiiy gazchi?
2. Neftning ko‘mirdan afzalligi nimadan iborat?
3. Neft qanday qazib olinadi?
4. Oshxonadagi gazdan qanday foydalaniladi?
5. Foydali qazilma boyliklari muhofazasi uchun nima qilish kerak?
Uyga vazifa sifatida berilgan «Foydali qazilmalarni tejang» mavzuyida o‘quvchilar yozgan bayonlar yigTsh-tirib olinadi va darsdan tashqari vaqtda tekshiriladi.
3. Yangi mavzuning bayoni. Yangi mavzuni bayon etishni boshlashdan avval o‘quvchilar bilan quyidagi savollar bo‘yicha suhbatlashiladi:
— O‘simliklar qanday yerda yaxshi o‘sadi?
Bu bilan o‘quvchilarni yangi mavzuga qiziqtiriladi.
Tuproqda namlik saqlanilishi, oziq moddalarga boyligi tushuntiriladi.
Tuproq yemirilgan tog‘ jinslari zarralari — gildan hamda chirindilar — gumusdan iborat. Gumus organik qoldiqlar, xususan, o‘simliklarning mukroorganizmlar faoliyati natijasida chirigan mahsulotidir. Tuproqda bundan tashqari hamma vaqt suv, havo va ko‘plab tirik organizmlar ham boTadi. Mikroorganizmlar, ayniqsa, ko‘p. Bir gramm tuproq tarkibida milliardlab mikroorganizmlar boTadi. Unda turli xil o‘simlik ildizlari ham mavjud.
Tuproq tarkibida gumus moddasi ko‘p boTsa, bunday tuproqlar unumdor hisoblanadi. Gumus tarkibida o'simlik uchun kerakli boTgan oziq moddalar ko‘p bo’ladi. Qora tuproqlar gumusga boy boTadi.
Tuproqdagi suvlar ham o‘simlik hayotida muhim o‘rin tutadi. Tuproq suvi bo'shliqlarga joylashib, oziq mod-dalarni eritadi va birgalikda o‘simlik tanasi bo‘ylab ko‘tariladi.
Tuproqda juda ko‘p mineral moddalar boTadi. Ulardan eng ko‘p uchraydigani slyudalar, moyli mineral moddalar, temirli birikmalar, ohaktoshli birikmalar, kvars va boshqa moddalardir. Tuproq tarkibida kalsiy, kaliy, fosfor kabi moddalar o‘simlik uchun, ayniqsa, muhim ozuqalardir.
Tuproqning tarkibida nimalar borligini o‘quvchilarga ko‘rsatish uchun amaliy ishlar bajariladi. Amaliy ishlardan chiqadigan xulosalar o‘quvchilar bilan muho-kama qilinadi.
Tuproqning qanday hosil bo‘lishi tushuntirib beriladi.
4. Yangi mavzuni mustahkamlash. O‘quvchilar bilan quyidagi savollar asosida suhbatlashiladi:
1. Tuproq gildan qanday farq qiladi?
2. Tuproq tarkibida havo borligini qanday bilish mumkin?
3. Tuproq tarkibida suv borligini qanday bilish mumkin?
4. Tuproq tarkibida chirindilar borligini qanday bilish mumkin?
5. Tuproq tarkibida gil va qum borligini qanday bilish mumkin?
6. Tuproq tarkibida mineral tuz borligini qanday bilish mumkin?
O‘quvchilarning javobi o‘qituvchi tomonidan to‘1-diriladi.
5. Uyga vazifa berish. 0‘quvchilarga darslikdagi mavzuni o‘qib chiqish, mavzudan keyin berilgan savollarga javob topish, topshiriqlarni bajarish, tuproq tarkibida havo borligini tasdiqlovchi tajribani o‘tkazish uyga vazifa sifatida beriladi.

Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish