O’.T.I.B.D.O’:-----------------X.A.Karimova
SANA:17.09.2016
3-dars
Mavzu:SUYNING XUSUSIYATLARI
Darsning ta’limiy maqsadi: o‘quvchilarda suvning issiqlikdan kengayishi, sovuqlikdan siqilishi, muzning erishi va suvning qaynashi haqida bilim va ko‘nik-malarini shakllantirish.
Darsning tarbiyaviy maqsadi: o‘quvchilarga suvni qaynatishda xavfsizlik qoidalariga rioya qilishni o‘rgatish.
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: o‘quvchilarda haroratga bog‘liq ravishda suvning kengayishi va siqilishi, suvning bir holatdan boshqa holatga o‘tishi haqida dunyoqarashlarini shakllantirish.
Darsning jihozlari: tajribalarni o‘tkazish uchun kolba, tiqin, shisha nay, suv, suvni isitish va qaynatish uchun elektr plita, ho‘l latta, termometr, darslik.
Darsda qo‘llaniladigan metod: suhbatlashish, tajribalar o‘tkazish.
DARSNING BORISHI
1. Tashkiliy qism. 0‘quvchilar davomatini aniq-lash, ularning darsga tayyorligini tekshirish, kolba, tiqin, shisha nay, suv, suvni isitish va qaynatish uchun spirt lampasi, ho‘l latta, termometrni 0‘quvchi-larga ko‘rinadigan joyga qo‘yish.
2. Uy vazifasini so‘rash. Avvalgi darsda o‘tilgan «Bizni o‘rab turgan havo» mavzuyi yakunida berilgan savollar asosida o‘quvchilar bilan suhbatlashiladi. 0‘quvchilar bilan quyidagi qo‘shimcha savollar bo‘yicha suhbat o‘tkazish tavsiya etiladi:
1. Nima uchun havo ko‘zga ko‘rinmaydi?
2. Stakanni to‘nkarib suvga botirilganda nima uchun uning ichiga suv kirmaydi?
3. O‘simliklar nafas olganda nimani yutadi? Nafas chiqarganda o‘zidan havoga nimani chiqaradi?
4. Hayvonlar va odamlar nafas olganda nimani yutadi? Nafas chiqarganda o‘zidan havoga nimani chiqaradi?
5. Shamolni qanday hosil qilish mumkin? Daftar bilan yelpiganda va bolalar shari og‘zidan havo chiqqanda nima uchun qog‘oz parchalari uchib ketadi?
O‘quvchilar bilan o‘tkazilgan suhbatlashish natija-sidan kelib chiqqan holda faol o‘quvchilar baholanadi.
3. Yangi mavzuning bayoni. Yangi mavzuni bayon etishni boshlashdan avval o‘quvchilarga quyidagi savollar bilan murojaat qilinadi:
1. Suv qanday holatlarda bo‘ladi?
2. Termometr yordamida suvning harorati qanday odchanadi?
Bu savollar bo‘yicha o‘quvchilarning fikr-mulohazalari eshitiladi. Shu yo‘1 bilan o‘quvchilarni yangi mavzuga qiziqtiriladi.
Darslikda keltirilgan 1- tajriba o‘tkaziladi. Tajriba-dan xulosa chiqariladi. Suv isiganda kengayishi tushuntirib beriladi. Choy qaynatishda nima uchun chovgumga suvni liq to‘la qilib qo'ymaslik asoslab beriladi.
2- tajriba o‘tkaziladi. Kolbadagi suvning nima uchun sovishi tushuntiriladi. Suv soviganda uning siqilishi tajribada ko'rsatib beriladi.
3- tajribani o‘tkazishdan oldin termometr yordamida suvning harorati qanday o‘lchanishi eslatib o‘tiladi. Eriyotgan muzning harorati 0°C bodishi, shu haroratda muz erishi tajribada ko‘rsatiladi. Muzning ham, qorning harorati ham 0°C ekanligi aytiladi. Qahraton qishda atrof 30—40 C sovuq bodsa ham, qor osti 0 C bodishi, shuning uchun qishda o‘rmondagi ayiqlar qor ostida uxlashi, qor ularni ko‘rpa singari qahraton sovuqdan saqlashi aytib beriladi.
4- tajriba o‘tkaziladi. Suvning isib borishi jarayonida termometr ko‘rsatishining ham ortib borishi o‘quvchilar tomonidan kuzatib boriladi. Termometrning ko‘rsatishi 100 C ga borganda suvning qaynashi namoyish etiladi.
O‘quvchilarga quyidagi she’r o‘qib beriladi:
CHOY
Rangi qora, yashildir,
Barg, gullari hosildir.
Qaynoq suvga tushsa u,
Yoziladi namlanib.
Hushbo‘y hidin taratib,
Maza berar damlanib.
Asta quyib uzatish,
Burchimizdir biz yoshdan.
Yoshi ulugdarga u,
Uzatilar bir boshdan.
«Uy vazifasini so‘rash» va «Yangi mavzuni mustah-kamlash»ga ajratiladigan vaqtlar hisobiga «Yangi mavzu bayoni» uchun belgilangan vaqtni 30 minutga oshirish mumkin.
4. Yangi mavzuni mustahkamlash. Mavzuni mustah-kamlash uchun o‘quvchilarga quyidagi savollar beriladi:
1. Suv isiganda kengayadimi yoki siqiladimi?
2. Suv sovigandachi?
3. Muz necha darajada eriydi?
4. Suv necha darajada qaynaydi?
0‘quvchilarning javobi o‘qituvchi tomonidan toddiriladi.
5. Uyga vazifa berish. 0‘quvchilarga darslikdagi mavzuni o‘qib chiqish, mavzudan keyin berilgan savol-larga javob topish, krossvordni yechish uyga vazifa qilib beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |