v Xususiy tadbirkorlik alohida shaxs yoki korxona tomonidan xususiy tashabbus asosida tashkil qilinadi. Tadbirkorlikning bu shaklida mulk va ishlab chiqarish natijalari xususiy shaxslarga tegishli bo'hb, ishlab chiqarishni tashkil qilish yollanma mehnatga asoslanadi.
Yakka tartibdagi tadbirkorlik shaxsiy mulkka asoslanadi, ishlab chiqarishni tashkil qilish o'zi yoki oila a'zolari mehnati asosida amalga oshiriladi. Shaxsiy korxona egasi uning menejeri ham hisoblanib, korxonaning barcha majburiyatlari uchun shaxsiy javobgar bo'ladi. Xo'jahk huquqi nuqtai nazaridan yakka tartibdagi tadbirkorlik huquqiy shaxs hisoblanmaydi, shu sababli uning egasi cheklanmagan mas'uliyatga ega boiib, faqat fuqarolardan ohnadigan daromad solig'ini to'laydi. Bu odatda kichik magazin, xizmat ko'rsatish sohasidagi korxonalar, dehqon xo'jaliklari, shuningdek, huquqshunos, vrach, advokat kabi turh mala- kali mutaxassislar xizmati ko'rinishida tashkil qilingan tadbirkorlikdir.
Tabdirkorlik faoliyatini amalga oshirishning muhim shakllaridan biri aksiyadorlik jamiyatlaridir.
Aksiyadorlik jamiyati — kapitali qimmatli qog'oz shaklida rasmiy- lashtirilgan turli omonatchilarning pul mablag'laridan tarkib topuvchi korxona. Yirik ishlarni amalga oshirib, katta foyda olish maqsadida bir necha tadbirkorlar o'zlarining moddiy (ishlab chiqarish vositalari) va pul mablagiarini birlashtirib ittifoq (jamiyat) tuzadilar. Ular iqtisodiy adabiyotlarda aksiyadorlik jamiyati deb yuritiladi. Aksiyadorlik jamiyatining dastlabki kapitali ichki manba — ta'sischilar kapitali hamda tashqi manba — aksiyalarni sotish orqah jalb etilgan kapitaldan iborat bo'ladi. Shunga ko'ra, aksiya chiqarish va uni erkin joylashtirish aksiyadorlik munosabatlarining muhim tomonlaridan birini tashkil qiladi.
Aksiyadorlik jamiyati ochiq va yopiq ko'rinishda bo'ladi. Ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati — ishtirokchilari o'zlariga tegishli aksiyalarni boshqa aksiyadorlarning roziligisiz sotib olish va ularni erkin sotish huquqiga ega boigan jamiyat. Yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyati — aksiyalari faqat uning ta'sischilari yoki oldindan belgilangan boshqa shaxslar doirasida taqsimlanuvchi jamiyat.
Aksiya - bu uning egasi aksiyadorlik jamiyati kapitaliga o'zining ma'lum hissasini qo'shganligiga va uning foydasidan dividend shaklida daromad olish huquqi borligiga guvohlik beruvchi qimmatli qog'oz. Bun-
dan tashqari aksiya korxonani boshqarishda qatnashish huquqini ham beradi.
Aksiyaning egasi yozilgan va egasi yozilmagan, oddiy va imtiyozli turlarini farqlash mumldn. Egasi yozilgan aksiya — aksiyadorlik jamiyati reestrida aksiya egasining nomiga qayd qilinib, faqatgina uning yozma ruxsati bilan oldi-sotdi qilinishi mumkin bo'lgan aksiya. Yopiq aksiyadorlik jamiyatining aksiyalari faqat egasi yozilgan aksiyalardan iborat bo'lishi mumkin. Egasi yozilmagan aksiya — jamiyat aksiyadorlarining reestriga kiritilmagan holda boshqa shaxslarga mulk qilib beriluvchi hamda erkin tarzda oldi-sotdi qilinuvchi aksiya.
Do'stlaringiz bilan baham: |