Asosiy kapital
|
100,0
|
100,0
|
100,0
|
100,0
|
100,0
|
|
shu jumladan:
|
|
|
|
|
|
|
-binolar
|
18,3
|
16,6
|
15,2
|
14,0
|
13,6
|
-4,7
|
-inshootlar
|
15,7
|
15,3
|
15,7
|
17,6
|
19,3
|
+3,6
|
-uzatish qurilmalari
|
11,3
|
12,1
|
13,3
|
14,6
|
15,5
|
+4,2
|
-mashina va uskunalar
|
40,0
|
38,5
|
37,7
|
36,5
|
35,9
|
-4,1
|
-transport vositalari
|
10,3
|
14,0
|
14,6
|
14,4
|
13,7
|
+3,4
|
-ish qurollari, ishlab chiqarish va xo'jalik inventarlari
|
1,6
|
1,4
|
1,4
|
1,2
|
1,0
|
-0,6
|
-boshqa asosiy vositalar
|
2,8
|
2,2
|
2,1
|
1,7
|
1,0
|
-1,8
|
Aylanma kapital
|
100,0
|
100,0
|
100,0
|
100,0
|
100,0
|
-
|
shu jumladan:
|
|
|
|
|
|
|
-tovar-moddiy zaxiralari
|
'24,7
|
25,7
|
24,7
|
24,9
|
26,8
|
+2,1
|
-debitorlik qarzlari
|
54,8
|
49,0
|
43,4
|
44,3
|
41,7
|
-13,1
|
-pul mablagiari
|
3,0
|
4,2
|
4,8
|
5,4
|
7,5
|
+4,5
|
-boshqa aylanma mablag'lar
|
17,5
|
21,1
|
27,0
|
25,5
|
24,0
|
+6,5
|
O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi ma'lumotlari.
Respublika bo'yicha asosiy kapitalni ko'paytirish manbalari tuzil- masimng tahlili hamon davlat budjeti mablag'lari hissasining yuqo- riligini (2006-yilda 10,7%), bank kreditlari, cfiet el investitsiyalari va kreditlari, budjetdan tashqari fondlarning hissasi esa pastligini ko'r- satmoqda (10.2-jadval).
Korxonalar va ahohning o'z mablag'lari hissasi dastlab, 1994-yildagi 58,4% dan 2000-yilga kelib 39,1% ga qadar pasaygan. Chunki bu davrda korxonalarning moliyaviy mustaqillik darajasi ancha past edi. 2008-yilga kehb bu ko'rsatkich 53,9% ni tashkil etishi ularning moliyaviy musta- qilligi oshib borayotganhgini ko'rsatadi.
O'zbekiston Respublikasida asosiy kapitalni moliyalashtirish manbalari tarkibiy tuzilmasi, foizda
Moliyalashtirish manbalari
|
Yillar
|
2000
|
2001
|
2002
|
2003
|
2004
|
2005
|
2006
|
2007
|
2008
|
Jami
|
100,0
|
100,0
|
100,0
|
100,0
|
100,0
|
100,0
|
100.0
|
100,0
|
100,0
|
Shu jumladan:
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
- budjet mablag'lari
|
30,3
|
21,5
|
25,0
|
17,7
|
14,9
|
12,8
|
10,7
|
9,0
|
9,0
|
- korxona va aholi mablag'lari
|
39,1
|
41,3
|
52,0
|
52,9
|
55,6
|
60,3
|
60,0
|
59,0
|
53,9
|
- bank kreditlari
|
7,5
|
8,1
|
1,6
|
1,9
|
2,3
|
2,9
|
3,4
|
3,1
|
5,0
|
- chet el inves- titsiyalari va kreditlari
|
21,7
|
28,0
|
20,4
|
26,3
|
24,5
|
19,2
|
19,0
|
22,8
|
25,9
|
- nobudjet fondlar va boshqa qarz mablag'lari
|
1,4
|
1,1
|
1,0
|
1,2
|
2,7
|
4,8
|
6,9
|
6,1
|
6,3
|
O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi ma'lumotlari.
Keyingi yillarda kapitalni ko'paytirish manbalarida qarz mablag'lari ishtirokining roli keskin oshsada, lekin kreditning solishtirma hissasi ko'tarilmayapti. 2000-2008-yillarda qarz mablag'larining hissasi 30,6% dan 37,2% gacha tebranib tnrgan bo'Isa, bank kreditining hissasi 7,5% dan 5,0% gacha pasayib bordi. Buning sababi — 2002-yildan boshlab markazlashgan kreditlarning to'xtatilib, kreditlashning faqat tijorat banklari tomonidan amalga oshirilishidir. Biroq, bu tadbirkorlikni rivojlantirishda tijorat banklari rohning ortib borayotganligini anglat- maydi. Hozitgi vaqtda tijorat banklari aktivlari va jami kapitalining hajmlari 2000-yilga nisbatan tegishli ravishda 7,6 va 7,4 baravar ko'paydi. Aholi- ning omonat qo'yilmalari hajmi 38 baravar, bank kassalariga naqd pul mablag'larining tushumlari — 8,1 baravar, iqtisodiyotning real sek- toriga kredit qo'yilmalari — 5 baravar ko'paydi. Shu bilan birga, tijorat banklari hamon samarali investitsiya markazlariga aylangani yo'q, korxonalarni modemizatsiya qilish va texnologik qayta jihozlashda o'z kapitali bilan sust qatnashmoqda. Banklaniing kapitallashuv darajasini keskin oshirish, bank tizimi barqarorligi, ishonchli pul muomalasi, banklar tomonidan naqd mablag'lar to'siqsiz va to'liq berilishi kafolatlarini yaratish vazifalari dolzarbligicha qolmoqda 1. Tahliliar ko'rsatadiki, tadbirkorlik kapitalini ko'paytirish manbalarida qarz mablag'lari rolining oshishi asosan xorijiy kreditlarning ko'payishi hisobiga yiiz bergan. Bu esa respublikada chet el kreditlari bo'yicha kafolatlaming yuqori darajasi va tijorat banklari kreditlari bo'yicha foiz stavkalarining beqarorligi bilan izohlanadi.
Respublika hukumati tadbirkorlik kapitalini ko'paytirishda to'g'ridan- to'g'ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish va qo'shma korxonalarni rivojlan- tirishga katta e'tibor bermoqda. 2008-yilda iqtisodiyotga kiritilgan xorijiy investitsiyalar hajmi 1,7 mlrd. AQSH doll.ni tashkil etib, bu 2007-yilga nisbatan 46 foiz ko'p. Mazkur investitsiyalaming 74 foizini to'g'ridan-to'g'ri investitsiyalar tashkil etadi. Zamonaviy texnolo- giyalarni tatbiq qilish zaruriyati, tadbirkorlik bo'yicha ilg'or xorijiy tajribalarni o'zlashtirish va investitsiya muhitining yaxshilanishi borasi- da amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida mamlakatga bevosita chet el investitsiyalarini olib kirish faollashib, kapital qo'yilmalarning umumiy hajmida chet el investitsiyasi tarkibi sezilarli darajada o'zgardi. Agar chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar soni 1992-yilda 120 taga yaqin bo'lgan bo'lsa, 2007-yil boshiga bu miqdor 2919 taga yetdi, ya'ni 24 baravar ortdi. Chet el investitsiyalari uchun yoqilg'i- energetika kompleksi, avtomobilsozlik va maishiy elektronika, oltin qazib olish asosiy tarmoqlarga aylandi 1.
Asosiy kapitahii shaMlantirishda chet el investitsiyalarining ishtiro- kini barqarorlashtirish tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish, investitsiya muhitini rivojlantirish va investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishda quyidagi o'zgarishlarni taqozo etadi:
ishlab chiqarish texnologiyalarini sotib olish, global ilmlarni egal- lash, soliqlarning tartiblovchi rolini takomillashtirish, ularning rag'batlantiruvchilik rolini kuchaytirish;
to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarni jalb etishni uzoq mud- dath hududiy, maqsadli dasturlarga muvofiq ohb borish;
importga cheklovlarni iqtisodiyotda import o'rnini bosuvchi islilab chiqarish tarmoqlarini rivojlantirish bilan mutanosib ravishda kiritib borish, mazkur tarmoqlarni asosan xorijiy investitsiyalar hisobidan mohyalashtirish;
- mamlakatga xorijiy kapitalni keng miqyosda jalb qilishda kreditlar hissasini kamaytirish va bevosita xorijiy investitsiyalar hissasini o'stirisliga erishish lozim 2.
Asosiy kapitalni takror ishlab chiqarish o'zaro bogiangan ikki jara- yonga: asosiy kapitalning eskirishi, ya'ni amortizatsiya jarayoni va amor- tizatsiya fondidan mehnat vositalarini jismoniy shaklda tiklash uchun foydalanishga tayanadi.
Mehnat vositalari jismoniy eskirishining ikki shakli mavjud: 1) ular- dan'bevosita foydalanish natijasidagi jismoniy eskirish; 2) harakatsiz turish natijasida, tabiiy kuchlarning ta'sirida jismoniy eskirish.
Mehnat vositalari ishlab chiqarish jarayonida foydalanish natijasida jismoniy eskirganda. ular texnik, ishlab chiqarish xossasini va iste'mol qiymatini asta-sekin yo'qotib boradi. Ayni vaqtda asosiy kapital tabiiy kuchlarning ta'sirida jismoniy eskirishi ham mumkin. Bunday eskirish qiymati qoplanmaydi va u yo'qotishni bildiradi. Bu yo'qotish asosiy kapitalning harakatsiz turish natijasidagi eskirishiga teng bo'ladi.
Mehnat vositalari jismoniy eskirish bilan birga ma'naviy jihatdan ham eskiradi. Ma'naviy eskirishning ham ikki xil turi mavjud bo'lib, ular bir-biridan farq qiladi.
Ma'naviy eskirishning birinchi turi mehnat vositalari tayyorlana- digan tarmoqlarda mehnat unumdorligi oshganligi natijasida ular qiymatining pasayishida ifodalanadi. Bu ishlab turgan uskunalarni yangi- lari bilan almashtirishni zarur qilib qo'ymaydi, chunki ishlab turgan va yangi uskunalarning texnika darajasi bir xil bo'lib qolaveradi. Biroq, ancha past qiymatga ega bo'lgan mehnat vositalarining keng qo'llanishi shunga olib keladiki, ilgari sotib olingan mehnat vositalari qiymatining bir qismi yo'qoladi. Ma'naviy eskirishning ikkinchi turida ancha mukammal, arzon va unumli mashinalarning ishlab chiqarishga kirib kelishi bilan ilgari o'rnatilgan mehnat vositalaridan foydalanish maqsadga muvofiq bo'lmay qoladi va natijada ular yangi- lari bilan almashtiriladi. Ma'naviy eskirishdan ko'riladigan zararning oldini olishning asosiy yo'li mehnat qurollaridan ancha samarali foydalanish hisoblanadi.
Asosiy kapitalni takror ishlab chiqarish uchun qilingan xarajatlar- ning bir qismi amortizatsiya fondi yordamida qoplanadi.
Amortizatsiya asosiy kapital eskirib borishiga qarab, uning qiymatini asta-sekin ishlab chiqarilgan mahsulotga o'tkazish, asosiy kapi-
talni keyinchalik qayta tikiash tnaqsadlarida mahsulotning amortizatsiya miqdoriga teng qismini ajratib borish jarayonidan iborat.
Amortizatsiya ajratmalari belgilangan amortizatsiya normalari (me'yorlari) asosida ajratilib boriladi.
Asosiy kapitalning eskirishi bilan amortizatsiya o'rtasida mustahkam aloqa bor. Biroq bular bir xil tushunchalar emas. Eskirish mehnat vosi- talaridan foydalanish vaqtida ularning texnik-ishlab chiqarish xossalari- ni asta-sekin yo'qotish jarayonini aks ettiradi. Amortizatsiya ancha murakkab jarayon bo'hb, iste'mol qilingan mehnat vositalari qiymatini ularning eskirishiga muvofiq ravishda mahsulotga o'tkazish, iste'mol qilingan mehnat vositalarining o'rnini qoplash maqsadida pul fotidini jamg'arish jarayonini aks ettiradi. Shunday qilib, eskirish amortizatsiya- ning dastlabki shart-sharoitidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |