Tadbirkorlik faoliyati — shakli va sohasidan qat'iy nazar foyda olishga va undan samarali foydalanish maqsadiga qaratilgan iqtisodiy faoliyat.
Aksiyadorlik jamiyati — ko'proq foyda olish maqsadida aksiyalar chiqarish orqah mehnat, mehnat qurollari va boshqa ishlab chiqarish vositalari hamda pul resurs (kapital)larini birlashtirgan uyushma.
Aksiya — bu uning egasi aksiyadorlik jamiyati kapitaliga o'zining ma'lum hissasini qo'shganligi va uning foydasidan dividend shaklida daromad ohsh huquqi borligiga guvohlik beruvchi qimmatli qog'oz.
Aksiya kursi — qimmatli qog'ozlar bozorida aksiyalarning sotiladi- gan narxi.
Obligatsiya - uning egasi jamiyatga qayd qilingan foiz ohsh sharti bilan pul qo'yganligini tasdiqlovchi qimmatli qog'oz.
Ta'sischilik foydasi - sotilgan aksiyalar va aksiyadorlik korxonasiga haqiqatda qo'yilgan mablag'lar summasi o'rtasidagi farq.
Dividend — aksiya egasi o'zlashtiradigan daromad turi.
Tadbirkorlik kapitali — tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo'lgan barcha moddiy vositalar, tovarlar va pul mablag'lari.
Aylanma kapital — unumli kapitalning bir doiraviy aylanish davo- midagi ishlab chiqarish jarayonida to'liq iste'mol qilinadigan, o'z qiymatini yaratilgan mahsulotga to'liq o'tkazadigan va ashyoviy-buyum shaklini ham yo'qotadigan qismi.
Asosiy kapital — unumli kapitalning ishlab chiqarish (xizmat ko'rsatish) jarayonida bir qator doiraviy aylanishlar davomida qat- nashib, o'zining qiymatini tayyorlanayotgan mahsulotga (xizmatga) bo'lib-bo'lib o'tkazib boradigan va xizmat muddati davomida o'zining ashyoviy-buyum shaklini o'zgartirmaydigan qismi.
Amortizatsiya normasi - amortizatsiya ajratmalari yillik summasining asosiy kapital qiymatiga nisbatining foizdagi ifodasi.
Takrorlash uchun savollar va topshiriqlar Tadbirkorlik faoliyatiga ta'rif bering. «Tadbirkorlik faoliyati» va biznes* tushunchalarini izohlang.
Tadbirkorlikning vazifalarini sanab ko'rsating. Nima uchun tadbirkor tahlika (tavakkalchilik) bilan faoliyat ko'rsatadi?
Tadbirkorlikning rivojlanish shart—sharoitlari nimalardan iborat?
Tadbirkorlikning shakllari va ularning xususiyatlarini ko'rsating.
Aksiyadorlik jamiyatiga ta'rif bering. Aksiya nima, aksiya kursi qanday aniqlanadi? Aksiya kursiga ta'sir qiluvchi omillarni ko'rsating.
Tadbirkorlik kapitali nima? Uning tarkibiy tuzilishi qanday?
Tadbirkorlik kapitali ishlab chiqarish va muomala jarayonida qanday bosqichlardan o'tadi hamda qanday shakllarga kiradi?
Kapitalning aylanishiga tavsif bering. Aylanish vaqti qanday vaqt- larni o'z ichiga oladi? Ularga tushuncha bering.
Kapitalning aylanish tezligi qanday aniqlanadi? Kapitalning aylanish uzunligi ikki oyni tashkil qiladi deb faraz qilsak, bir yilda necha marta aylanadi va bir aylanishining uzunligi qancha davom etadi?
Unumli kapital asosiy va aylanma kapitalga qanday mezonlar bo'yicha ajratiladi? Asosiy va aylanma kapitalga tavsif bering.
Amortizatsiyaning iqtisodiy mazmuni nimadan iborat? Uning normasi qanday aniqlanadi?
Asosiy kapitaldan foydalanish samaradorligi qanday ko'rsat- kichlar orqah aniqlanadi? Aylanma kapital va aylanma mablag'lardan foydalanish samaradorligi ko'rsatkichlarini tushuntiring.
11-bob. KORXONA (FIRMA) XARAJATLARI VA FOYDASI Korxonalarning bozorga mahsulot yetkazib berishga bo'lgan layo- qatini aniqlab beruvchi muhim omil sarf-xarajatlar darajasi hisoblanadi. Har qanday tovarni ishlab chiqarish iqtisodiy resurs sarflarini taqozo qilib, ular ham ma'lum narxga ega bo'ladi. Korxona bozorga taklif qiladigan tovar miqdori iqtisodiy xarajatlar (resurs narxlari) darajasiga, resurslardan foydalanish samaradorligi va tovarlar b'ozorida sotiladigan narx- larga bog'liq. Bu bobda sarf-xarajatlarning umumiy tabiati va tarkibiga to'xtalib, foydaning tashkil topishi jarayoni tahlil qilinadi. Shu bilan bir qatorda, kishilarning hayot kechirishi va turmush darajasini aniqlab beruvchi daromadlarning asosiy tuii bo'lgan ish haqini tahlil qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Bobda ish haqining iqtisodiy tabiati bilan bog'liq muammolar va uning shakllari hamda bozor munosabatlari sharoitida ish haqi darajasiga ta'sir ko'rsatuvchi omillar ko'rib chiqiladi.
11.1. Ishlab chiqarish xarajatlari tushunchasi va uning tarkibi Milliy iqtisodiyotdagi ishlab chiqarish birliklari (korxona, firma) o'z faohyati natijalaridan ko'proq foyda olishga harakat qiladilar. Har qanday korxona oladigan foyda nafaqat o'zining tovarini ancha yuqori narxlarda sotishga, balki tovar ishlab chiqarish va uni sotishga qilinadigan xarajatlarni kamaytirishga ham intiladi.
Tovarlarni sotish narxlari asosan, korxona faoliyatiga bog'liq bo'lmagan tashqi sharoitlar bilan belgilansa, ishlab chiqarish xarajatlari korxonaning ishlab chiqarish va tayyor tovarlarni sotish jarayonlari- ni tashkil qihsh samaradorligi darajasiga bogiiq. Lekin har qanday tovarni ishlab chiqarish va sotish uchun ma'lum sarf-xarajatlar talab etiladi. Hozirda ishlab chiqarish xarajatlarini tadqiq etishda ikki xil yondashuv - klassik va neoklassik yoki zamonaviy kontseptsiyalardan foydalaniladi. Klassik nazariya yondashuviga ko'ra, ishlab chiqarish xarajatlari — bu mahsulot ishlab chiqarish uchun amalga oshirilgan barcha jonli mehnat, pul va moddiy sarflardir.
Umumiy nazariy jihatdan quyidagilarni farqlash lozim:
ishlab chiqarishning ijtimoiy xarajatlari yoki mahsulot qiymati;
korxona (firma)ning individual ishlab chiqarish xarajatlari.
Ijtimoiy ishlab chiqarish xarajatlari - bu mahsulot ishlab chiqarish