Ish davri — ishlab chiqarish vaqtining asosiy tarkibiy qismidir. Bu
vaqt davomida mahsulot mehnatning bevosita ta'siri ostida boiadi. Ish davrining uzunligi ishlab chiqariladigan mahsulot xususiyatiga, qoilaniladigan mehnatning miqdori va uning unumdorligi darajasiga bogiiqdir.
Tanaffuslarni tabiiy jarayonlarning mehnat buyumlariga ta'sir ko'rsatish zarurligi va tashkiliy tavsifdagi sabablar taqozo etadi. Birinchi holda, mehnat buyumlari u yoki bu darajada uzoq davom etadigan jismoniy, kimyoviy va biologik jarayonlarning ta'siri ostida boiadi (qu- ritish, achitish va shunga o'xshash jarayonlar). Bunda melmat jarayoni qisman yoki to'liq to'xtaydi, ishlab chiqarish jarayoni esa davom etadi. Tashkiliy sabablarga ko'ra tanaffuslar vaqti korxonalarning ish rejimi bilan, shuningdek, ishlab chiqarishni tashkil qilish xususiyatlari bilan belgilanadi.
Ishlab chiqarish vositalarning zaxira va ehtiyotlar sifatida bo'lish vaqti — bu ularning ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini ta'minlash uchun zarur boigan davrdir. Tez quritadigan, tez achita- digati, umuman texnologik jarayonlarni tezlashtiradigan yangi texnika va texnologiyalarning qo'llanilishi tanaffus davrining va binobarin, ishlab chiqarish vaqtining qisqarishiga olib keladi. Transport shoxob- chalarini rivojlantirish, xo'jalik aloqalarining samarali tizimini belgi- lasli, ishlab chiqarish vositalari bozorini shakllantirish, ehtiyojlarni puxta hisobga olish, muomala vaqtini qisqartirish uchun muhim aha- miyatga ega.
Kapitalning aylanish tezligi ulardan foydalanish samaradorligiga jiddiy ta'sir qiladi. Aylanish tezligi muayyan davr ichida (A) qilingan aylanishlar soni (n) yoki bir aylanishning uzun-qisqaligi (a) bilan belgilanadi: n=A/a; a=A/n.
10.6. Asosiy kapitalni takror ishlab chiqarish va undan foydalanish samaradorligi
Kapitalning samaradorlik darajasi turli omillar ta'sirida shakllanadi. Ular orasida asosiy kapitalning tarkibi (tarmoq tarkibi, turlar bo'yicha tarkibi); asosiy kapitaldan foydalanish va uni taqsimlash samaradorligi; eskirgan mehnat vositalarini yangilari bilan amashtirish yo'llari va usullari muhim ahamiyatga ega.
Asosiy kapitalning tarmoq tarkibi ularning ayrim tarmoqlar bo'yicha taqsimlanishi va har bir tarmoqning kapitalning umumiy qiymatidagi hissasi bilan tavsiflanadi. Agar asosiy kapital tarkibida ko'proq texnika taraqqiyoti va ishlab chiqarish samaradorligini belgilaydigan tarmoqlar- ning ulushi oshsa, ularning tarmoq tarkibining yaxshilanganligini bildiradi.
Asosiy kapitalning turlari bo'yicha tarkibi ular har bir turining kapital umumiy qiymatidagi hissasi va nisbati bilan tavsiflanadi.
Asosiy kapitalning ayrim turlari ishlab chiqarishda o'z ishtiroki bo'yicha bir xil rol o'ynamaydi. Agar binolar asosan ishlab chiqarish jarayonining bir me'yorda borishini ta'minlab, mehnatning umumiy sharoitini tashkil qilib, ishlab chiqarish samaradorligiga bilvosita ta'sir ko'rsatsa, mehnat qurollari (ish mashinalari, uskunalar va boshqalar) ishlab chiqarish jarayonida faol rol o'ynaydi va ishlab chiqarish samaradorligiga bevosita ta'sir ko'rsatadi.
Asosiy kapitalning mulk shakllari bo'yicha tarkibi kapitalning umumiy qiymatida har bir mulk shaklining hissasi bilan tavsiflanadi.
Ta'kidlash lozimki, O'zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko'lamdagi bozor islohotlari, iqtisodiyotni erkiniashtirish va moder- nizatsiyalash jarayonlari korxonalardagi mavjud asosiy va aylanma kapitallar qiymatining o'sishiga. hamda tarkibining o'zgarib, sifat jihatidan takomillashib borishiga ijobiy ta'sir ko'rsatmoqda (10.1- jadval).
Jadvaldan ko'rinadiki, 2002-2006-yillar davomida asosiy kapital tarkibida inshootlar (19,3%), uzatish qurilmalari (15,5%) hamda transport vositalarining (13,7%) salmog'i sezilarli darajada oshgan. Aksincha, binolarning solishtirma salmog'i 4,7 foiz punktiga, mashina va uskunalar - 4,1, ish qurollari, ishlab chiqarish va xo'jalik inventar- larining solishtirma salmog'i 0,6 foiz punktiga pasaygan. Bu davrda aylanma kapital tarkibida pul mablag'lari solishtirma salmog'ining 4,5, tovar-moddiy zaxiralari — 2,1 foiz punktiga oshganligi, debitorlik qarz- lari salmog'ining 13,1 foiz punktiga pasayganligini ijobiy holat sifatida baholash mumkin.O'zbekiston Respublikasidagi korxonalarning asosiy va aylanma kapitallari tarkibi dinamikasi, foizda (budjet va sug'urta tashkilotlari, banklar, kichik korxonalar va mikrofirmalar, dehqon va fermer xo'jaliklaridan tashqari)
Ko'rsatkichlar
|
2002- yil
|
2003- yil
|
2004-
yil
|
2005- yil
|
2006-
yil
|
2006-yilda 2002-yilga nisbatan
o'zgarishi (+>-)
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |