10.4. Tadbirkorlik kapitali va uning harakati bosqichlari
Tadbirkor ixtiyorida bo'lib, foyda olish maqsadida ishlatiladigan va yollanma mehnat tomonidan harakatga keltiriladigan barcha moddiy vositalar, tovarlar va pul mablag'lari birgalikda tadbirkorlik kapitali deb ataladi. Tadbirkorlik kapitali ishlab chiqarish va muomala jarayonida doimo harakatda bo'ladi va bu harakat jarayonida bir qator bosqichlarni bosib o'tadi.
Kapital ikki xil xususiyatga ega bo'lib, uning-tpymati — ko'pchilikka ma'lum boiganidek, ushbu kapitalni ishlab chiqarishga sarflangan ijtimoiy zaruriy mehnat sarfldan iboratdir. Kapitalning nafliligi esa uning: a) ko'plab turdagi va miqdordagi nafliliklarni (tovar va xizmatlarni) yaratishda; b) ishchi kuchining ish bilan bandligini ta'minlashda; d) qisman qiymatning tashkil topishida, ya'ni shakllanishida; e) eng muhimi, qo'shimcha mahsulotni yaratishda va o'zlashtirishda to'liq ish- tirok etishi orqah namoyon bo'ladi.
Kapital qaysi sohada va qanday shaklda amal qilmasin hamda qanday tarkibiy qismlardan iborat bo'lishidan qat'iy nazar, u barcha ko'ri- nishlarda ikki tomonlama xususiyatga ega bo'ladi va shu xususiyatlarning birligi sifatida amal qiladi. Kapitalning bu xususiyatlari tovardagi ikki xil xususiyatdan va uni keltirib chiqaruvchi sabab — tovarda gavdalangan mehnatning ikki yoqlama tavsifidan kelib chiqadi. Chunki pul tovar ayirboshlash rivojlanishining mahsuli bo'hb, tarixiy va mantiqiy jihatdan kapitalning boshlang'ich bo'g'ini hisoblanadi.
Tadbirkorlik kapitali va uning harakatidagi ikki tomonlama xusu- siyatni quyidagicha ifodalash mumkin (10.1 -chizma).
10.1-chizma
Tadbirkorlik kapitali va uning harakatidagi ikki tomonlama xususiyatning
namoyon bo'lishi
Chizmadan ko'rinadiki, tovardagi ikki tomonlama xususiyat o'z navbatida tadbirkorlik kapitaliga ham o'tadi. Chunki, u pul, ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi ko'rinishidagi unumli kapital hamda tayyor tovarlardan iborat bo'ladi. Ayni paytda, kapital tovarlari o'sish xusu- siyatiga ega bo'lgan qiymatni ham namoyon etadi.
Tadbirkorlik kapitalining harakat jarayoni ikki jihatdan. ya'ni — bir turdagi naflilikning sifat jihatdan boshqa turdagi naflilikka o'tishi va miqdor jihatdan ko'payishi hamda qiymatning o'sish jarayonidan iborat.
Tadbirkorlik kapitali va uning harakatidagi ikki tomonlama xususiyat pirovardida yangidan yaratilgan tovarning ikki tomoni, birinchidan, sifat jihatdan yangi turdagi va ko'rinishdagi, miqdor jihatdan esa ko'pay- gan naflilik, ikkinchidan esa, o'tkazilgan va qo'shilgan qiymatda namoyon bo'ladi1. Tadbirkorlik kapitali ishlab chiqarish va muomala jarayonida doimo harakatda bo'ladi va bu harakat jarayonida bir qator bos- qichlarni bosib o'tadi.
Ishlab chiqarishga sarflanadigan har qanday sarmoya o'z harakatini pul shaklidan boshlaydi. Pul (P) tegishli resurslar bozoridan zarur tovarlar, ya'ni ishlab chiqarish vositalari (Iv) va ishchi kuchi (Ik) sotib olishga sarflanadi (avanslanadi). Bu holda pul shunchaki tovarlar sotib olishgagina emas, balki ishlab chiqarish uchun zarur bo'lgan iqtisodiy faoliyat omillarini sotib olishga sarflanadi. Ushbu muomala sohasida pul kapitali o'z harakatining birinchi bosqichidan o'tadi:
Mazkur jarayon natijasida pul shaldidagi mablag'lar unumli kapital shakliga aylanadi va ular ishlab chiqarish jarayonining potentsial omillari hisoblanadi. Kapital harakatida ikkinchi bosqich ishlab chiqarish (I) jarayoni hisoblanib, uning natijasida iste'molga tayyor tovar tovar (T) shaklini oladi. Bu yerda hosil qilingan tovarlar qiymati ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchiga sarflangan qiymatdan ortiq bo'ladi, ya'ni:
Iv
T s. ...I...T' ^ Ik
Chunki hosil qilingan tovarlar qiymatida ishlab chiqarish vositalari- ning ko'chgan qiymati, ishchi kuchi qiymatining ekvivalenti va ular tomonidan vujudga keltirilgan qo'shimcha malisulot qiymati ham mavjud bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |