Sh. Sh. Shodmonov, U. V. G'Ofurov iqtisodiyot nazariyasi o'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan darslik sifatida tavsiya etilgan Toshkent «iqtisod-moliya»



Download 61,19 Mb.
bet124/305
Sana13.04.2022
Hajmi61,19 Mb.
#548903
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   305
Bog'liq
иктисод назарияси.FR10

Oddiy aksiya - dividendni qo'yilgan mablag'ga mutanosib ravishda taqsimlash imkonini beruvchi aksiya. Oddiy aksiya imtiyozli aksiyalar bo'yicha dividendlar to'lanib, aksiyadorlik jamiyati zaxiralar to'ldirilib bo'lgandan so'ng qolgan sof foydani dividend shaklida taqsimlashda ishtirok etadi. Uning egasi aksiyadorlar umumiy yig'ilishida masalalarni hal etishda ovoz berish huquqiga ega bo'ladi.
Imtiyozli aksiya aksiyadorlik jamiyati dividendi va mol-mulkini taqsimlashda oddiy aksiya egasiga nisbatan ustunlik beruvchi aksiya. U, agar aksiyadorlik jamiyati nizomida boshqacha holat nazarda tutil- magan bo'Isa, ovoz berish huquqini bermaydi, lekin qat'iy belgilan­gan dividendni keltiradi.
Aksiyalar maxsus tovar sifatida sotiladi va sotib olinadi, shu sababli o'zining narxiga ega. Aksiyada ifodalangan pul summasi uning nominal qiymati deyiladi. Aksiyaning fond bozorida sotiladigan narxi aksiya kursi deb atalib, u olinadigan dividend miqdoriga to'g'ri mutanosib, bankka qo'yilgan pul foizi miqdoriga esa teskari mutanosiblikda bo'ladi. Xari­dor aksiyani undan olinadigan daromadi bankka qo'yilgan puldan ke­ladigan foizdan kam bo'lmagan taqdirdagina sotib oladi.
Aksiya kursi quyidaaicha aniqlanadi:
D
AK = x 100% ,
Fs
bu yerda: AK — aksiya kursi; D — dividend; F — ssuda foizi.
Ssuda foizi o'sganda aksiya kursi tushadi. Agar dividend ssuda foiziga qaraganda yuqori darajada o'ssa, aksiya kursi ko'tariladi.
Aksiyadorlik jamiyatining tashkil topishi ta'sischilik foydasi kabi daromad turining paydo bo'lishi bilan bog'liq. Ta'sischilik foydasi so-
tilgan aksiyalar summasi va aksiyadorlik korxonasiga haqiqatda qo'yilgan mablag' miqdori o'rtasidagi farqdan iborat.
Aksiyadorlik korxonasida ta'sischilik foydasi bilan bir qatorda di­vidend kabi daromad turi shakllanadi.
Dividend (lotincha dividendus - bo'lishga tegishli) aksiva egasiga toianadigan daromad. Dividend vositasida aksiya egasi qimmatli qog'ozning shu turiga qo'yilgan pul mablag'lari (kapital) ning tegishli qismiga o'zining mulkchilik huquqini iqtisodiy jihatdan ro'yobga chiqaradi. Dividend orqali faqat aksiyadorhk jamiyati olgan foydaning bir qismi taqsimlanadi. Uning boshqa qismi jamg'arishga, soliq toiashga va shu kabilarga ketadi. Dividend miqdori olinadigan foyda va chiqaril­gan aksiya miqdoriga bogiiq va hamda odatda ssuda foizidan yuqori bo'ladi.
Aksiyalarning nazorat paketi - aksiyadorlik jamiyati faoliyati us- tidan nazorat o'rnatishni ta'minlash imkonini beruvchi aksiyalar soni.
Nazariy jihatdan olinganda, aksiyadorlik jamiyati faohyati ustidan na­zorat olib borish uchun ovoz berish huquqiga ega boigan aksiyalarning 51 foiziga egalik qilish zarur. Amalda esa, aksiyalarning ko'plab aksiya- dorlar o'rtasida taqsimlanib ketganligi u qadar yuqori salmoqqa ega bo'lmagan aksiyalar sonini qo'lga kiritish orqah ham nazorat paketiga egalik qilish imkonini beradi.
Aksiyadorhk jamiyatlari aksiya bilan birga obligatsiya ham chiqaradi.
Obligatsiya — sotib olishga sarflangan mablag'ni kelgusida qat'iy belgilangan foizi bilan qaytarish majburiyatini ifodalovchi qimmatli qo­g'oz shakli. U egasining jamiyatga qayd qilingan foiz olish sharti bilan pul qo'yganligini tasdiqlaydi. Obligatsiya aksiyadorlik jamiyati moliyaviy mablag'larini ko'paytirish uchun chiqariladi. Aksiya egasi korxona mulk- dori, obligatsiya egasi esa uning kreditori hisoblanadi. Undan tashqari, obligatsiya aksiyadan farq qilib, o'z egasiga yillik kafolatlangan daro­mad keltiradi, ammo aksiyadorhk jamiyati ishlarini hal qilishda ovoz berish huquqini bermaydi. Obligatsiyalar bo'yicha toianadigan daro­mad odatdagi ssuda foizi miqdoridan ortiq bo'lmaydi. Uning qiymati aksiyadorhk jamiyati tomonidan maium muddat o'tgandan so'ng toianadi. Aksiyaga qo'yilgan mablag' obligatsiyaga joylashtirilgandan farq qilib, aksiyador tal.abi bo'yicha qaytarilishi mumkin emas va faqat sotish orqali qoplanadi.
Tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va boshqarishning zamonaviy tizimlari sifatida marketing va menejment katta ahamiyat kasb etadi.
Marketing - tovar-pul munosabatlari sharoitida tadbirkorlik fa­oliyatini tashkil etishning yaxlit tizimi bo'lib, bunda xo'jalik muammo-
larini hal etishda bozor talablari, xaridorlarning tovar va xizmatlarga real talablari va ehtiyojlari yotadi.
Marketing faoliyati korxona amal qilishining tashqi sharoitlari to'g'risidagi axborotning olinishi; raqobatchilaming tovarlariga qaraganda bozor talablarini to'laroq qondiruvchi tovarlar to'plamini yaratish; sotish sohasining eng yuqori nazoratini belgilab beruvchi iste'molchi, talab, bozorga zarur darajada ta'sir ko'rsatishni ta'minlashi lozim. Marketingning zamonaviy konsepsiyasi bozor uchun zarur bo'lgan va bozorda sotish mumkin bo'lgan tovarlarni zarur hajmda ishlab chiqa­rishni tashkil etish tamoyiliga asoslanadi. Korxonaning ishlab chiqarish- texnikaviy, tashkiliy, investitsiya va boshqa faoliyati iste'molchining eh- tiyojlariga, ularning yaqin istiqboldagi o'zgarishiga yo'naltiriladi. Xari­dorlarning talablari tovar ishlab chiqarish hajmi va nomenkJaturasini, mazkur talab va ehtiyojlarni qondirishni yuqori darajasi esa eng ko'p foyda olishni belgilab beradi. Marketingning maqsadi va vazifalarini belgi­lab olish muhim hisoblanadi. Marketingning maqsadi - eng yuqori iste'mol qoniqishi, iste'mol, turmush sifatini oshirish, tovar vaxizmat- larning keng tanlovini ta'minlovchi korxona mahsulotini sotisbning zarur hajmiga erishish uchun ishlab chiqarishning yuqori daromadliligi va sa­maradorligini ta'minlash. Bu maqsadga marketingning quyidagi vazi­falari orqali erishiladi: korxonaning ichki va tashqi marketing muhitini tahlil qilish; marketing chora-tadbirlarini amalga oshirish bilan bog'liq bo'lgan bozor va muammolarni kompleks o'rganish; iste'molchilar va talabning shakllanishini tahlil qilish; raqobatchilarva raqobatni o'rganish; sotishni jadallashtirish bo'yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish; yangi tovarning kontseptsiyasini shakllantirish; marketing tadqiqotlari asosida tovar ishlab chiqarishni rejalashtirish; narx siyosatini shakllantirish va amalga oshirish; marketing dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish; marketingni axborot bilan ta'minlash; marketingni boshqarish.
Marketing tamoyillari bo'lib quyidagilar hisoblanadi:

  • yuqori darajada foydali va samarali xo'jalik yuritishni ta'minlash;

  • ishlab chiqarish-sotish faoliyatini bozor talabl^ri asosida yo'naltirish;

  • tovar ishlab chiqarishning xaridorlarning ehtiyojlariga funksional bog'liqligini ta'minlash;

  • faoliyatni ishlab chiqarish imkoniyatlari asosida emas, balki bo­zor ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda tashkil etish;

  • bozorda yuqori raqobatbardoshlikni ta'minlash;

  • xaridorlarning ehtiyojladni qondiruvchi tovarlarni tayyorlash va takomillashtirish bo'yicha ihniy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik hamda ishlab chiqarish faoliyatini tashkil etish;

  • bozor holatini, uning rivojlanish istiqbolini, tovar va xizmatlarga mavjud va potensial talabni kompleks o'rganish;

  • ishlab chiqarish va moliyalashtirishni muvofiqlashtirish va rejalash- tirish;

  • mahsulot tayyorlash va sotishning an'anaviy shakl va kanallarini takomillashtirish, shuningdek, yangilarini topish;

  • boshqaruv tizimining moslashuvchan va samarali tashkiliy tuzil- majarini joriy etish;

  • ishlab chiqarish va sotish jarayonlarining o'zaro aloqasi va ta'sirining yuqori darajasini ta'minlash1.

Menejment — ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va yuqori natijalarga erishish maqsadida qo'llaniluvchi ishlab chiqarishni boshqa­rishning shakllari, vositalari, usullari va tamoyillari majmui.

Download 61,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   305




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish