10.1. Tadbirkorlik faob'yati tushunchasi, uning vazifalari va rivojlanish shart-sharoitlari
Hozirgi paytda turli ilmiy-nazariy adabiyotlarda tadbirkorlik faoliyati va biznes xususida, uning yo'nalishlari, tamoyillari, huquqiy-iqtisodiy jihatlari to'g'risida ko'plab ohmlarning fikrlari, mulohazalari keng o'rin egallamoqda. Ularda ko'pincha tadbirkorlik faohyati va biznesni bir xil tushuncha sifatida talqin qilinmoqda. Fikrimizcha, tadbirkorlik biznes- dan farq qilib, tadbirkorlik — bu mahsulot ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatishga ijodkorhk, yangilik yaratish ruhi asosida yondashish bilan bogiiq faoliyatdir. Biznes esa unga nisbatan keng tushuncha bo'lib, umuman foyda olish nuqtai-nazaridan yuritiluvchi faoliyatdir.
O'zbekiston Respublikasining «Tadbirkorhk va tadbirkorlar faoliyatining kafolatlari to'g'risida»gi qonunida ta'riflanishicha «TadbirkorIik (tadbirkorlik faoliyati) — yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan mulkiy mas'uliyat ostida, mavjud qonunlar doirasida, daromad (foyda) olish maqsadida, tahlika bilan amalga oshiriladigan iqtisodiy faoliyatdir*1.
Bugungi kunda tadbirkorlik faohyati nazariyasining rivojlanisliida «uch toiqin» — ya'ni, mazkur sohani ilmiy jihatdan tadqiq etishdagi alohida bosqichlar shartli ravishda ajratiladi.
Birinchi bosqich dastlabki bozor munosabatlari shakllanish davri — XVIII asrda paydo bo'lib, .u tadbirkor tomonidan amalga oshiriladigan tavakkalchilik jarayonlari bOan bogiiq. Aynan iqtisodiyot fanida tadbir- korlik faoliyatiga oid dastlabki tadqiqotlar ham shu davrda R.Kantilon, A.Tyurgo, F.Kene, A.Smit va J.B.Sey asarlarida amalga oshirilgan.
Fransuz iqtisodchisi R.Kantilon tadbirkorlikning muhim tavsifiy xususiyatlaridan biri sifatida tavakkalchilikni ajratib ko'rsatadi. Uning fikricha, tadbirkor — voqea va hodisalarni oldindan ko'ra bilish xusu- siyatiga ega bo'lgan, o'z zimmasiga barcha mas'uliyatni olib tavakkal qiluvchi, o'z xatti-harakatlari tufayh daromad olishga umid qiluvchi va har qanday yo'qotishlarga tayyor bo'lgan shaxsdir1. R.Kantilondan keyin neoklassik maktab namoyandalari o'z asarlarida o'ziga xos tavakkalchilik asosida raqobatlashib, savdo faoliyati bilan shug'ulanuvchi korxona egasini tadbirkor deb hisoblay boshladilar.
Tadbirkorlik faoliyati to'g'risidagi nazariyalar rivojlanishining ikkinchi bosqichida tadbirkorlikning asosiy xususiyati sifatida innovatsion faoliyat ajratib ko'rsatiladi. Bu oqimning asoschisi Y.SHumpeter bo'hb, uning fikricha, iqtisodiy o'sishning negizida tadbirkorni ishlab chiqarish omillarining yangi kombinatsiyasini ishlatishga, qo'llashga bo'lgan intili- shi yotadi va bu intilishning natijasi innovatsiya, yangiliklar hisoblanadi.
Mazkur nazariyalar rivojlanishi uchinchi bosqichining asosiy g'oyasi - tadbirkorning muhim shaxsiy fazilatlari, jumladan izlanish va tadqiqot hisoblanadi. Bu oqim namoyandalari F.Xayek va L.Mizes tad- birkorlikka yangi iqtisodiy imkoniyatlarni izlab topish va tadqiq qilish deb qaraydi, shu bilan birga faoliyati izlanish tarzida kechadigan har qanday shaxsni bo'lg'usi tadbirkor deb hisoblashadi.
K.Makkonnell va S.Bryu tadbirkorlikka asosida uzluksiz shardar va talablar yotuvchi muhim faoliyat turi sifatida qaraydilar. Birinchidan, tadbirkor tovar va xizmatlar ishlab chiqarish jarayonida ishlab chiqarish omillarini birlashtiradi va «katalizator» vazifasini bajaradi. Ikkinchidan, biznesni yuritish jarayonida u qarorlar qabul qihshdek qiyin bir vazifani zimmasiga oladi. Uchinchidan, tadbirkor — tashkilotchi shaxs bo'lib, yangi ishlab chiqarish texnologiyalarini joriy qilib, yangi mahsulotlar ishlab chiqarishga intiladi. To'rtinchidan, tadbirkor bu tahlikaga boruvchi insondir. U nafaqat o'z mol-mulki, vaqti, mehnati bilan, balki o'z she- riklari, aksiyadorlari qo'shgan mablag'lar bilan ham tahlikaga boradi1.
Tadbirkorlik faoliyatiga yuqorida keltirilgan turli xil fikrlar va yon- dashuvlarni umumlashtirgan holda qisqa qilib quyidagicha ta'rif berish mumkin: tadbirkorlik faoliyati — shakli, turi va sohasidan qat'iy nazar foyda olish va uni ko'paytirish maqsadida amalga oshiriladigan iqtisodiy faoliyatdir. Tadbirkorlikning rivojlanishi, o'z navbatida, bir qator sharoitlarning mavjud bo'lishini taqozo etib, ular asosida umuman tovar ishlab chiqarishning umumiy ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlari yotadi. Birinchidan, tadbirkor xo'jalik yuritishda uning biron turini tan- lash, ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirish, uni o'zgarishJarga moslashtirish, manbalarni tanlash, resurs topish, mahsulot sotish, ularning narxini belgilash, foydani tasarruf qihsh va shu kabilar bo'yicha maium huquq va erkinliklar mavjud bo'lishini taqozo etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |