Sh. Sh. Shodmonov, U. V. G'Ofurov iqtisodiyot nazariyasi o'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan darslik sifatida tavsiya etilgan Toshkent «iqtisod-moliya»


Narxlarni erkinlashtirishning keyingi bosqichida (1993-yil)



Download 61,19 Mb.
bet117/305
Sana13.04.2022
Hajmi61,19 Mb.
#548903
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   305
Bog'liq
иктисод назарияси.FR10

Narxlarni erkinlashtirishning keyingi bosqichida (1993-yil) keli- shilgan ulgurji narxlarni davlat tomonidan tortibga solish to'xtatildi. Qat'iy belgilangan va davlat tomonidan tartibga solib turiladigan narxlarda so- tiladigan tovarlar va ko'rsatiladigan xizmatlarning soni ancha qisqardi.
Narxlarni erkinlashtirishning navbatdagi bosqichida (1994-yil ok- tabr-noyabr) xalq iste'mol mollari asosiy turlarining narxlari erkin qo'yib yuborildi, transport va kommunal xizmatlarning tariflari oshi­rildi. Shunday qilib, respublikada iqtisodiyotni isloh qilishning birin­chi bosqichi narxlarni bosqichma-bosqich (uch bosqichda) to'liq erkin­lashtirish bilan tugadi. Narxlarni erkinlashtirish aholini ishonchli iqti­sodiy va ijtimoiy himoyalash tadbirlari bilan birga ohb borildi. Davlat tomonidan turli kompensatsiyalar maqsadidagi jamg'armalar tuzildi, ish haqi, pensiyavastipendiyalarning eng kam miqdori muntazam sur'atda oshirib borildi, bolalar uchun nafaqalar joriy etildi. Aholining muhtoj qismiga yordam ko'rsatildi, imtiyozli soliq stavkalari joriy etil­di. Aynan samarali va oqilona narx siyosati vositasida mamlakatimizda birlamchi ehtiyojga ega boigan tovarlarni islilab chiqarish yo'lga qo'yildi. Bu esa, birinchidan, aholining mazkur tovarlarga boigan ehtiyojlarini milliy ishlab chiqarish tomonidan to'la va sifatli ta'minlash imkonini berdi. Ikinchidan esa, oziq-ovqat va boshqa strategik ahamiyatga ega bo'lgan tovarlarning o'zimizda yetarli hajmda ishlab chiqarish imkoniyatining qoiga kiritilishi, respubhkamizning boshqa mamlakatlardan qaramhgi- ni bartaraf etib, iqtisodiy xavfsizlikni ta'minladi. Bu borada, Preziden­timiz I.Karimovning quyidagi so'zlarini keltirib o'tish o'rinlidir: «Bar- chamizga bir holat yaxshi maium, deb o'ylayman. Keyingi vaqtda qo'shni mamlakatlarda va jahon bozorida oziq-ovqat mahsulotlari nar­xining keskin ko'tarilib borayotgani kuzatilmoqda. Bunday vaziyatda respublikamiz ichki bozorining, aholimizning oziq-ovqat mahsulotlari bilan ishonchli ta'minlanishi alohida ahamiyat kasb etadi. Shu muno- sabat bilan bizning 90-yillardanoq g'alla mustaqilligiga erishish, aho­lining un va nonga, boshqa hayotiy muhim oziq-ovqat mahsulotlariga bo'lgan talabini toia ta'minlash vazifasini o'z oldimizga qo'yganimiz va uni muvaffaqiyatlMial etganimiz uzoqni o'ylab qihngan oqilona ish bo'lganini eslash o'rinlidir.
Bugungi kunda O'zbekiston bug'doy, un, paxta yog'i, meva-sabza- vot, quruq mevalar va uzum, poliz mahsulotlari kabi o'ta zarur oziq- ovqat tovarlari bilan nafaqat o'z ichki ehtiyojlarini to'liq ta'minlamoqda, balki ularni yurtimizdan tashqariga ham eksport qilmoqda. Hozirgi paytda go'sht va sut mahsulotlaii, guruch, kartoshka va boshqa muhim oziq-ovqat mollariga bo'lgan talabni o'zimizda ishlab chiqarilayotgan tovarlar hiso- bidan to'liq qoplanmoqda va bunday holatni o'zunizning ulkan yutug'imiz deb hisoblaymiz*1.
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida milliy iqtisodiyot raqo- batbardoshligi hamda barqarorligini oshirishda narxning ahamiyati oshib bormoqda. Jumladan, O'zbekistonda qat'iy tejamkorlik tizimini rag'batlantirish orqah korxonalarning raqobatbardoshligini oshirish ko'p jihatdan mahsulotlar tannarxini pasaytirishga bog'liqdir. Shunga ko'ra, «Inqirozga qarshi choralar dasturida 2009-yilda barcha turdagi energiya manbalari va kommunal xizmatlaming asosiy turlari bo'yicha narxlar- ning ko'tarilishini cheklash, ya'ni ularni 6-8 foizdan oshirmaslik me­xanizmi ishlab chiqilgan»2 bo'lib, mazkur choralar mahalliy ishlab chiqaruvchilaniing raqobatbardosh mahsulotlar yaratish va eksport qi­lish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Xulosalar

    1. Narx o'zida faqat naflilik yoki ijtimoiy mehnat sarflarining birini emas, balki har ikkalasining bir vaqtda puldagi ko'rinishini ifoda etadi. Demak, narx - real bozor iqtisodiyoti sharoitida tovar va xizmatlar- ning ijtimoiy qiymati va ijtimoiy nafliligining puldagi ifodasidir.

    2. Narxning darajasiga ta'sir etuvchi omillarni bilish muhim aha- miyatga egadir. Bulardan asosiylari qiymat yoki ishlab chiqarish sarflari; tovarning naflilik darajasi; mazkur tovarga talab va taklif nisbati; raqo­bat holati; davlatning iqtisodiy siyosati, pulning qadr-qimmati va h.k. hisoblanadi. Bu omillar ichida tovar qiymati va nafliligi uning narxini belgilovchi asos bo'lib xizmat qiladi.

    3. Narx quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi: muvozanatlikni ta'minlash vazifasi; qiymat va naflilikni hisobga ohsh vazifasi; tartibga solish vazifasi; raqobat vositasi vazifasi; ijtimoiy himoya vazifasi.

    4. Narxning juda ko'p turlari mavjud bo'lsada, ularning barchasi bir- biri bilan o'zaro bog'langan, chunki ularda jamiyatdagi iqtisodiy re­surslarning ishlatilish samarasi o'z ifodasini topadi.

    5. Ma'muriy-buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan bozor iqti­sodiyotiga o'tayotgan barcha mamlakatlarda davlattiing narx sohasidagi siyosati ko'p jihatdan narxlarni erkinlashtirish, milliy bozor narxlari­ni jahon bozori narxlariga yaqinlashtirishga qaratiladi.

6(. O'zbekistonda iqtisodiyotni isloh qilishning o'ziga xos tamoyil- lari, mamlakatdagi vaziyat va aholining turmush darajasi hisobga olinib, narxlarni asta-sekinhk bilan va bosqichma-bosqich erkinlashtirish yo'h tanlab olindi.
7. Respublikada narxlarni bosqichma-bosqich erkinlashtirish aholini ishonchli iqtisodiy va ijtimoiy himoyalash tadbirlari bilan birga olib borildi.
Asosiy tayanch tushunchalar

Download 61,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   305




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish