P
Chizmadan ko'rinadiki, dastlab oligopolist firmaning mahsulotiga talab egri chizig'i DjD, ko'rinishida boiib, P0 narx darajasida Q0 sotish hajmini ta'minlar edi. Oligopolist firma o'z tovari narxini P, darajaga pasaytirishi talabni o'stirib, mahsulot hajmini Q, ga qadar oshirishi ko'zda tutilar edi. Biroq, boshqa oligopolistlarning «ergashish» xatti- harakatini tutishi, ya'ni ularning ham o'z tovarlari narxini pasaytirishi natijasida talab egri chizig'ining «sinishi» ro'y berib, u endi D,ED2 ko'riqishini oladi. Oqibatda sotish hajmi oldingi Q0 darajasida qolgani holda tovarning narxi pasayib, oligopolistlar o'z foydalarining maium bir qismini yo'qotadilar.
Oligopohst firma o'z tovari narxini P
0dan P
2 ga oshirgan taqdirda qolgan ohgopohstlar «inkor etish» xatti-harakatini qoilashlari natijasida talab egri chizig'i yana «sinadi». Oldingi DjD, ko'rinishdagi talab egri chizig'i endi D
3ED
( ko'rinishini oladi. Agar boshqa ohgopohstlar ham o'z tovarlari narxini oshirganlarida, mazkur oligopohst firmaning tovariga bo'lgan talab hajmi Q,ga qadar qisqarishi lozim bo'lsa, bunday xatti-harakatning amalga oshirilmasligi natijasida bu qisqarish Q
3 ga qadar davom etadi, ya'ni bozordagi sotish hajmini yo'qotish darajasi oshib ketadi. Yuqoridagi fikr-mulohazalardan ko'rinadiki, oligopoliya sharoitida ishlab chiqaruvchilar narxni ko'proq o'zaro kelishish orqah belgilashga harakat qiladilar.
O'z mahsulotlariga bozor narxini o'rnatishda ohgopohstlar tomonidan
«narx bo'yicha yetakchilik» xatti-harakati keng qoilaniladi. Bu xatti-harakat narx vositasida raqobatlashuvni inkor etib, mazkur tarmoqqa kiruvchi barcha oligopohst firmalarning narxni shakllantirish va uni o'zgartirishda yetakchi oligopolist firmaga ergashishlarini taqozo etadi. Odatda tarmoqdagi eng yirik firma yetakchi sifatida may- donga tushadi. Narx bo'yicha yetakchi firma boshqalarga qaraganda iqtisodiy jihatdan ancha ustun bo'lsada, u o'zining xatti-harakatini faqat narx jihatdan tazyiq o'tkazish asosida amalga oshira olmaydi. Narxni shakllantirishda yetakchi firma boshqa ergashuvchi firmalarning ham manfaatlarini e'tiborga olmog'i lozim. Bu manfaatlar ularning xarajatlarini qoplash, me'yordagi foydani ta'minlash, mahsulotlarini so- tishga sharoit yaratish kabi holatlar orqali namoyon bo'ladi. Agar talab yoki ishlab chiqarish xarajatlarining o'zgarishi natijasida bozor narxi oligopolistik kelishuv doirasidagi firmalarning manfaatlariga muvofiq kelmay qolsa, yetakchi firma darhol narxlarni o'zgartirishi lozim bo'ladi.
9.4. Narx siyosati va uning O'zbekistonda amalga oshirilish xususiyatlari
Ma'muriy-buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o'tayotgan barcha mamlakatlarda davlatning narx sohasidagi siyosati ko'p jihatdan narxlarni erkiniashtirish, milliy bozor narxlarini jahon bozori narxlariga yaqinlashtirishga qaratiladi.
Narxlarni erkiniashtirish — iqtisodiy islohotlarning eng asosiy yo'nalishlaridan biri bo'lib, islohotlarning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari ko'p jihatdan shu muammoning hal etilishiga bog'liq bo'ladi.
Narxlarni erkiniashtirish xomashyo bilan mahsulot ayrim turlari - ning narxlari, narx bilan aholi va korxonalar daromadlari o'rtasida mutanosiblikka erishishga qanday yondashilishi bilan farqlanadi. Shu yondashuvlarga asoslanib, narxlar quyidagi yo'llar bilan erkinlash- tiriladi:
narxlarni birdaniga yoki «esankiratadigan» tarzda qo'yib yuborish;
narxlaming o'sishini sun'iy ravishda to'xtatib qo'yish;
d) narxni davlat tomonidan boshqarish va nazorat qilishni ma'lum darajada saqlab qolish.
Bozor munosabatlariga o'tayotgan har bir mamlakat shu yo'llardan birini tanlashda ulardan har birining mavjud real shart-sharoitlarga qanchalik mos kelishi, aholi asosiy qismining moddiy ahvoliga qanday darajada ta'sir ko'rsatishi, isloh qiiishning tanlab olingan yo'liga qanchalik darajada javob berishi va kutiladigan salbiy oqibatlarini hisobga olishi muhim ahamiyatga ega bo'ladi.
Sobiq ittifoq mamlakatlari negizida vujudga kelgan bir qancha mustaqil davlatlar narxlarni erkinlashtirishning «esankiratuvchi» yo'lini tan- lab oldi. Barcha turdagi xomashyo resurslari, iste'mol mollari hamda xizmatlar narxlari bir yo'la erkin qo'yib yuborilishi natijasida narxlar keskin oshdi. Bu aholi keng qatlamining birdaniga qashshoqlashuviga, ijtimoiy ahvolining keskinlashuviga ohb keldi. Ishlab chiqarishning pasayi- shiga, milhy sanoat va qishloq xo'jaligining izdan^hiqishiga sabab bo'ldi.
O'zbekistonda iqtisodiyotni isloh qiiishning o'ziga xos tamoyillari, mamlakatdagi vaziyat va aholining turmush darajasi hisobga olinib, narxlarni asta-sekinlik bilan va bosqichma-bosqich erkiniashtirish yo'li tanlab olindi. Shu yo'l bilan
narxlarni erkinlashtirishning dastlabki bosqichida (1992-yilning boshida) keng doiradagi ishlab chiqarish-texnika vositasi bo'lgan mahsulotlar, ayrim turdagi xalq iste'moli mollari, ba- jarilgan ishlar va xizmatlarning erkin narxlari va tariflariga o'tildi. Aholini himoyalash maqsadida cheklangan doiradagi oziq-ovqat va sanoat tovarlari narxlarining chegarasi belgilab qo'yildi, ayrim turdagi xizmat- larning eng yuqori tariflari joriy qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: