Sh. Sh. Shodmonov, U. V. G'Ofurov iqtisodiyot nazariyasi o'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan darslik sifatida tavsiya etilgan Toshkent «iqtisod-moliya»


Ommaviy taklif bo'yicha narx o'zgarishi



Download 61,19 Mb.
bet114/305
Sana13.04.2022
Hajmi61,19 Mb.
#548903
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   305
Bog'liq
иктисод назарияси.FR10

Ommaviy taklif bo'yicha narx o'zgarishi quyidagi miqdoriy bog'liqlikni aks ettiradi: talabga nisbatan tovarlar taklifi qanchalik yu­qori boisa, bozor narxi darajasi shunchalik past bo'ladi va aksincha, taklif kamayishi bilan narx oshib boradi (9.5-chizma).

Taklif bo'yicha narx egri chizig'i



Taklif miqdori

9.5-chiz/na

Chizmadan ko'rinadiki, tik o'qda muayyan tovarlar taklifi hajmining ko'payib borishi, yotiq o'qda esa mahsulot birligiga bo'lgan narx darajasi- ning oshib borishi aks ettirilgan. Taklif bo'yicha narx egri chizig'i (P,P2) bozor narxining tovarlar ommaviy taklifiga bog'liqligini ifodalaydi.


Monopolistlar mahsulotlarning sun'iy taqchilligini vujudga kelti­rish maqsadida o'z tovarlarining sotish hajmini ataylab qisqartiradilar. Bozorda tovarlarning yetishmasligi monopol yuqori narxlaming o'sishiga olib keladi.
Monopoliyalar narxni oshirishning har bir yangi jarayonida to­varlarni ishlab chiqarish va sotish hajmini qisqartirishdan ko'rilgan zararni hisobga oladi. Daromaddan bunday yo'qotishlarning oldini olish maqsa­dida ular yangi narxlarni yanada yuqori darajada belgilaydilar. Shu bilan bir vaqtda monopoliyalar mahsulotlarning qisqargan hajmini sotish­dan olingan tushum yo'l qo'yilgan yo'qotishni qoplashi hamda daro­mad miqdorining o'sishini ta'minlashini nazorat qilib turadilar.
Monopsoniya sharoitida narxning shakllanishi. Monopsoniya may- da tovar ishlab chiqaruvchilardan tovarlarning katta hajmini sotib olib, talab bo'yicha narx qonunidan o'ziga xos tarzda foydalanadi.
Ommaviy talab bo'yicha narxning o'zgarishi quyidagi miqdoriy bog'liqlikni aks ettiradi: taklifga nisbatan xaridorlarning ommaviy tala­bi qanchalik katta bo'Isa, bozor narxi darajasi shunchalik yuqori bo'ladi va aksincha, talabning kamayishi bilan bozor narxi pasayib boradi. Bu bog'liqlik 9.5-chizmada yaqqolroq aks ettirilgan.
Chizmadan ko'rinadiki, tik o'qda muayyan tovarlarga talab hajmi­ning ko'payib borishi, yotiq o'qda esa mahsulot birligiga bo'lgan narx darajasining osliib borishi aks ettirilgan. Talab bo'yicha narx egri cltizig'i (PjP2) bozor narxining xaridorlarning ommaviy talabiga bog'liqligini ifodalaydi.
Monopsonist o'zi uchun zarur bo'lgan tovarni, masalan qishloq xo'jaligi xomashyosini oldindan past narxlarda sotib olib, uning katta miqdordagi zaxirasini tayyorlab qo'yadi. Bu esa unga yangi hosilning yig'im-terimi davrida o'zi sotib olayotgan xomashyoga monopol past narxlarni o'rnatish imkonini beradi. Bunday past jaarxlarda monopsonist juda katta foyda oladi. Sun'iy ravishda sotilayotgan mahsulot ortiqchaligi hududining vujudga keltirilishi xarid narxlarining navbatdagi pasayi- shiga olib kelib, natijada monopsonistning foydasi oshib boradi. Bunga g'arb mamlakatlari monopsoniyalari tomonidan ancha vaqtdan buyon Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlari tadbirkorlari va mayda tovar ishlab chiqaruvchilaridan sotib olinayotgan arzon xomashyoni misol tariqasida keltirish mumkin. Afrikadan an'anaviy tarzda eksport
qilinuvchi bir qator tovarlar (choy, kofe, kakao va h.k.)ga ham azaldan o'ta past narxlar o'rnatib kelinadi.



Download 61,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   305




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish