Menejmentning asosiy maqsadi iste'molchilarning ehtiyojlarini hisobga olgan holda mavjud moddiy va ishchi kuchi resurslari asosida tovar ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatishni tashkil etish hamda korxona faohyati rentabelligini va uning bozordagi barqaror holatini ta'minlash hisoblanadi. Shunga ko'ra, menejment quyidagi vazifalarni bajarishga qaratilgan bo'ladi:
ishlab chiqarishni avtomatlashtirishni ta'minlash va yuqori malakaga ega bo'lgan ishchilardan foydalanishga o'tish;
korxona xodimlari uchun mehnatning qulay sharoitlarini ta'minlash va nisbatan yuqori ish haqi belgilash orqah ish faoliyatini rag'batlantirish;
korxona faohyati samaradorligi ustidan muntazam nazorat o'rnatish, uning barcha boiinmalari ishini muvofiqlashtirish;
yangi bozorlarni muntazam izlash va o'zlashtirish;
korxona rivojlanishining aniq maqsadlarini aniqlash;
maqsadlarning ustuvorligi, ularning ketma-ketligi va yechimning izchilhgini ochib berish;
turh davrlarga moijallangan muammolarning hal etilishi uchun chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqish;
zarur resurslar va ularni ta'minlash manbalarini aniqlash;
belgilangan vazifalarning bajarihshi ustidan nazoratni o'rnatish1.
Tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va boshqarishning zamonaviy bozor tizimi sifatida marketing va menejmentning rivojlantirilishi, milliy iqtisodiyotda ularning usul va vositalaridan keng foydalanish piro- vardida korxona va tashkilotlar faoliyatining yuksalishi va iqtisodiy o'sishning ta'minlanishiga qulay zamin yaratadi.
10.3. O'zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning yanada erkinlashtirilishi va rag'batlantirilishi
O'zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning jadal rivojla- nishini har tomonlama qo'llab-quwatlash, shu asosda aholining bandligi va farovonligini oshirish muammolarini hal etish iqtisodiy siyosat- ning ustuvor yo'nalishlaridan biri hisoblanadi.
Prezidentimiz I.A.Karimov O'zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish orqali quyidagi uchta muhim masalaning hal etilishi ko'zda tutilishini belgilab berganlar:
yaqin besh-o'n yil ichida ushbu sohada yalpi ichki mahsulotning 50-60 foizini ishlab chiqarishga erishish;
bu sohani rivojlantirish aholini ish bilan ta'minlash va uning daromadlari o'sishining eng muhim manbalaridan biriga aylanishi;
mamlakatimizdagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikning poydevori bo'lmish kichik va o'rta mulkdorlar sinfini shakllantirish2.
Mamlakatimizda kichik tadbirkorlikning rivojlanishiga mazkur sohani turli darajalarda qo'llab-quwatlashning samarali tizimi katta ta'sir ko'rsatdi. Davlat tomonidan uning me'yoriy-huquqiy asoslari ishlab chiqildi va takomillashtirildi, ldchik korxonalarni moliya-kredit va in- vestitsiya jihatidan qo'llab-quwatlash bo'yicha muayyan ishlar amalga oshirildi. Kichik tadbirkorlikni qoilab-quvvatlash bo'yicha davlat va mintaqaviy dasturlar ishlab chiqildi va bugungi kunda ham hayotga izchil ravishda tatbiq etilmoqda. Bu sohada mintaqalararo va xalqaro aloqalar yo'lga qo'yilmoqda, hukumatlararo va xalqaro shartnomalar tasdiqlan- moqda, tadbirkorlarning jamoatchilik uyushmaiari faoliyati jonlantiril- moqda, axborot ta'minoti tizimi vujudga keltirilmoqda.
Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sektorining shakl- lanishi va mustahkamlanishida Savdo-sanoat palatasi, Dehqon va fermer xo'jaliklari uyushmasi, «Madad», «Kafolat», «0'zagrosug'urta» kabi qator sug'urta kompaniyalari, Respublika biznes-inkubatori, Dehqon va fermer xo'jaliklari ni qo'llab-quwatlash jamg'armasi, Mehnat va ahoJini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining Ish bilan ta'minlashga ko'maklashish jamg'armasi kabi budjetdan tashqari jamg'armalarning roli juda katta bo'ldi.
O'zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada erkinlashtirish va rag'batlantirish chora-tadbirlari kuchaytirilmoqda. Jumladan* keyingi yillarda xususiy mulk va xususiy tadbirkorlik huquqini himoya qilish borasidagi qonunchilik mustahkamlandi, bozor infratuzilmasini shakllantirish ishlari jadallashtirildi, biznesni ro'yxatga olish, ixtiyoriy ravishda yopish va tugatish, faoliyatning alohida turlari bilan shug'ullanish huquqini beradigan litsenziya va ruxsatnomalar berish jarayonlari soddalashtirildi va tartibga sohndi. Moliya, soliq va statistika hisobotlarining barcha shakllari va muddatlari keskin qisqartirilmoqda. Soliqqa tortish stavkalari unifikatsiya qilindi va kamaytirildi. Xususan, 2007-yilda kichik korxonalar uchun yagona soliq to'lovi stavkasi 13 foizdan 10 foizga tushirildi. Shuningdek, tadbirkorlarga, awalo, kichik biznes subyektlariga asosiy, shu jumladan, talab yuqori boigan moddiy resurslardan keng foydalanish imkonini beradigan barqaror bozor mexanizmi shakllandi. Masalan, o'tgan yilda O'zbekiston tovar-xomashyo birjasida umumiy savdo aylanmasi qariyb 2 barobar oshdi. Bugungi kunda birja tarkibida markaziy savdo maydonchasi va viloyatlardagi 12 filiahar faoliyat ko'rsatmoqda. Ularda akkreditatsiyadan o'tgan 2300 dan ziyod brokerlar xizmat ko'rsatadi. 340 tadan ortiq ixtisoslashgan savdo may- donchalarida (xorijiy mamlakatlardagi maydonchalar bilan birga) paxta va undan ishlab chiqariladigan mahsulotlar, neft mahsulotlari, qora va rangli metallar, polietilen, un, shakar, paxta yog'i, mineral o'g'itlar va boshqa tovarlar sotilmoqda. Jumladan, birja tovar aylanmasining 2007- yildagi tarkibi quyidagicha boigan: iste'mol tovarlari - 22%, qurilish materiallari — 23%, neft mahsulotlari — 13%, paxta va undan ishlab chiqariladigan, mahsulotlar — 7%, qora va rangli metallar — 6%, suyulti- rilgan gaz — 4%, pohetilen — 4%, boshqalar — 21%. Amalga oshirila- yotgan chora-tadbirlarning samarasi oiaroq, keyingi yillarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining yalpi ichki mahsulot hajmi- dagi ulushi sezilarh ravishda ortib bormoqda.«2008-yilda mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasi barqaror rivojlandi. Xo'jalik yurituvchi subyektlarning soliq yukini yanada kamaytirish, mikrofirma va kichik korxonalar uchun yagona soliq toiovining 10 foizdan 8 foizga, 2009-yildan boshlab esa 7 foizga tushi- rilishi, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i stavkalarining kamaytirilishi va ayni paytda uni hisoblash tartiblarining takomillashti- rilishi tadbirkorlik, kichik va xususiy biznesni izchil rivojlantirish uchun kuchli rag'batlantiruvchi omillar yaratdi. Natijada so'nggi olti yil mobayni- da faoliyat yuritayotgan kichik biznes subyektlari soni 1,9 barobar ko'paydi va 2008-yili qariyb 400 mingtani tashkil etdi.
Kichik biznes subyektlari tomonidan ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlari hajmi o'tgan yili salkam 22 foizga ko'paydi. Bu sanoat tarmog'idagi o'rtacha o'sish ko'rsatkichidan ancha ko'pdir. Shuning natijasida kichik biznesning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 2007-yilda- gi 45,5 foizdan 2008-yilda 48,2 foizga ko'tarildi. Bugungi kunda mamlakatimizda ish bilan band bo'lgan jami aholining 76 foizdan ko'prog'i aynan shu sohada mehnat qilayotgani ayniqsa e'tiborlidir*1. Mamlaka- timizdagi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining tashqi iqtisodiy faoliyatdagi ishtiroki ham yildan-yilga kengayib bormoqda. Respublikamiz mustaqilhgining dastlabki yillarida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari umuman eksport faoliyatida ishtirok etmagan bo'Isa, 1996-yilga kelib bu ulush 2,5 foizni tashkil etgan. Mazkur ko'rsatkich 2007-yilda 14,8 foizga yetgan, ya'ni 1996-yildagi darajadan deyarli 6 baravar oshgan2.
Yuqoridagi ma'lumotlardan ko'rinadiki, O'zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyati jadal rivojlanib, iqtisodiyotning mustaqil va samarali sektoriga aylanib bormoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |