Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari


To‘rtinchi sanoat inqilobida O‘zbekistonning o‘rni



Download 0,78 Mb.
bet33/34
Sana23.01.2022
Hajmi0,78 Mb.
#401877
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34
Bog'liq
Baxtiyorov Firuz kurs ishi

To‘rtinchi sanoat inqilobida O‘zbekistonning o‘rni


Mazkur innovatsion musobaqada O‘zbekiston qanday o‘rinni egallamoqda? Dunyo sanoati “Industriya 4.0” ostonasida turgan bo‘lsa-da, lekin uning barcha texnologiyalarini faqatgina bundan oldingi “Industriya 3.0” sanoat inqilobining yutuqlarini o‘zlashtira olganlargina tatbiq qila oladilar.

O‘zbekiston iqtisodiyotiga kelsak, tan olish kerakki biz hozir “Industriya 2.0” darajasidan “Industriya 3.0” darajasiga o‘tish bosqichidamiz. Albatta, bu holat O‘zbekiston sanoatini to‘liq modernizatsiya qilish yo‘lidagi jiddiy to‘siqdir. Shubhasiz, bu muammoni tan olish va anglash – oldinga harakat qilish uchun qo‘yilgan qadamdir.

Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2018-yil mamlakatimizda “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” deb e’lon qilindi. Bundan tashqari, Prezidentimiz tomonidan O‘zbekistonni dunyodagi rivojlangan 20 ta davlat safiga kiritish strategik rejasi belgilab berildi. Bu ulkan va olamshumul maqsadga erishishda, O‘zbekiston iqtisodiyoti va sanoatini tubdan o‘zgartirib, “Industriya 4.0” tamoyillarini keng tatbiq qilinishi lozim bo‘ladi.

Albatta, yangi terminlarni muomalaga kiritish va yangi tashabbuslarni e’lon qilish bilan oldimizda turgan muammolarni hal etib bo‘lmaydi. Aniq maqsadlarga erishish uchun quyidagi amaliy choralarni ko‘rish maqsadga muvofiq deb hisoblanadi:



1. “Industriya 4.0” strategiyasi loyihasining tegishli qismlarini tayyorlash uchun “Fraunhofer-Gesellchaft”, “ISO”, “DIN”, “PTB” va boshqa xorijiy ekspertlarni jalb etish va ular bilan birgalikda Germaniya, AQSh, Kanada, Yaponiya, Xitoy, Janubiy Koreya tajribasini o‘rganib, yangi texnologiyalarni joriy etishni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan qonunchilik asoslari, me’yoriy-huquqiy hujjatlarni tayyorlash.

2. Jamiyatni harakatga keltiruvchi asosiy kuchlar – davlat, oliy ta’lim muassasalari hamda biznes olami vakillarining o‘zaro ilmiy izlanishlardagi hamkorligini tizimli ravishda yo‘lga qo‘yish. Oliy ta’lim muassasalarini asosiy biznes inkubatorlar bo‘lishini ta’minlash, bunda, ularda yaratilgan texnologiyalarga tayangan holda talabalar, o‘qituvchilar va professorlar yangi korxonalar tashkil etadilar. Davlat esa, o‘z zimmasiga venchur investori rolini olishi kerak. Biznes vakillari esa, oliy ta’lim muassasalari bilan birgalikda, o‘zlarining va oliy o‘quv yurtlarning labaratoriyalarida fundamental va amaliy tadqiqotlarni rivojlantirish vazifasini o‘z zimmalariga oladilar.

3. Kelgusi 15-20 yilga mo‘ljallangan O‘zbekistonning mintaqaviy va hattoki global yetakchiligiga sharoit yaratuvchi Milliy texnologik yuksalish dasturini ishlab chiqib, uni darhol tatbiq qilishni boshlash kerak. Loyihada, zamonaviy oliy ta’lim muassasalari zimmasiga alohida vazifalarni yuklash – bunda ular o‘zlari uchun yangi bo‘lgan tadbirkorlik funksiyani egallashlari va o‘z negizlarida boshqalardan 10-15 yil ilgarilab ketgan iqtisodiy va madaniy muhitni yaratishlari lozim bo‘ladi. Shundagina, oliy ta’lim muassasalari insonlarni o‘tmishga emas, balki kelajakka tayyorlay oladilar.

Hozir dunyoda shunday fundamental o‘zgarishlar ro‘y bermoqdaki, dunyo tarixida bu darajadagi buyuk imkoniyatlar ham, bunchalik katta potensial havflar ham bo‘lmagan. Ayrim tarmoqlar yetakchilarining fikrlash doirasining torligi va “inqilobiy” emasligi, rivojlanish strategiyalarini to‘xtatib qo‘yishi mumkin. Sun’iy intellekt, robotlashtirish, addetiv texnologiyalarning ommalashuvi (ya’ni 3D bosmada hatto metall detallar va ehtiyot qismlarini tayyorlash), nanotexnologiyalar, biotexnologiyalar va boshqa ko‘plab narsalar kundalik hayotning ajralmas qismiga aylanib bormoqda.



Agar biz bu o‘zgarishlar yetakchilarining safida bo‘lishni xohlasak, yaqin yillarda texnologik taraqqiyot qaysi yo‘nalishda rivojlanishi va kelajakda qanday olamshumul innovatsiyalar bo‘lishi kutilayotganini yaxshi anglay olishimiz hamda ularni yaratishda o‘zimiz faol ishtirok etishimiz lozim bo‘ladi


Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish