R. D. Dusmuratov buxgalteriya hisobi


Dinamik buxgalteriya hisobi



Download 8,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet299/338
Sana18.11.2022
Hajmi8,08 Mb.
#868141
1   ...   295   296   297   298   299   300   301   302   ...   338
Bog'liq
R. D. Dusmuratov buxgalteriya hisobi

18.4. Dinamik buxgalteriya hisobi 
 
Qadimgi italyan patrimonal buxgalteriyaning ishonchli natijalarni 
hisoblashdagi cheklanishlar mavjudligi sababli statik buxgalteriya hisobi 
vujudga kelgan. Statik buxgalteriya hisobining ajdodi foyda suzish (dengiz 
safari) oxirida (korxona yopilganida) aniqlanadigan va taqsimlanadigan 
Rim huquqi qonunlari ruhiyatiga muvofiq keluvchi venetsiya dengizchilari 
buxgalteriya modeli hisoblanadi. Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha
45
[1. –
S. 66], dinamik buxgalteriya hisobi florentsiya modeli asosida vujudga 
kelgan. XIV va XVasrda Florentsiyada xalq xo‘jaligining muhim tarmog‘i 
tekstil sanoati hisoblangan. Dengiz savdosidan farqli o‘laroq, 
manifaktura(fabrika)lar doimiy ravishda faoliyat yuritgan va tanaffus 
tsikliga ega emas hamda likvidatsion balans tuzishga harakat qilmagan. 
Ushbu holatlar statik buxgalteriya balansidan farq qiluvchi buxgalteriya 
hisobi uslubining rivojlanishi uchun qulay shart-sharoit yaratgan. Statik 
buxgalteriya hisobi vakillari mumkin bo‘lgan bankrotlikni tahlil qilishgan 
bo‘lsa, yangi yo‘nalish vakillari o‘zlarining bankrotligini tahlil qilmasdan, 
unchalik katta bo‘lmagan vaqt oralig‘idan keyin aniqlanishi kerak bo‘lgan 
foydani ko‘paytirish va o‘lchash haqida qayg‘urishgan. Bu ularni kapital 
metamorfozasi
46
ustidan doimiy kuzatish yo‘lidan borishga va foydani 
hisobot davridagi tushumlarni ushbu tushumlarni olish bilan bog‘liq 
bo‘lgan xarajatlar bilan taqqoslagan (solishtirgan) holda o‘lchashga 
(hisoblashga) majbur qilgan.
Aynan, XVIII asrda sanoat inqilobi paytida tikuvchilik ishlab 
chiqarishida (Manchesterdagi Charlton Maylsning paxtani yigiruv 
fabrikasida) “tayyor va tugallanmagan mahsulotlar zaxirasining joriy 
hisobi, ................... kalkulyatsiya (poperedelnoy kalkulyatsii) va shu 
kabilar bilan o‘zining zamonaviyligi bilan hayratlantiruvchi buxgalteriya 
44
Постулат – исботсиз ҳам қабул қилинадиган дастлабки қоида, фараз 
45
Ришар Ж.
Бухгалтерский учет: теория и практика. - М.: Финансы и статис¬ тика, 2000. 
46
Метаморфоза – ривожланиш натижасида бошқа кўринишга ўтиш 


470 
tizimining qo‘llanilishi” namunalari paydo bo‘ldi
47
[1. –s.67]. 
A.belkou “XVII asrda Vest-ind kompaniyasidan boshlanib, 
korporatsiyalar rivojlanishi bilan yakunlangan sanoat inqilobi natijasida 
uzluksizlik, davriylik va hisoblash tamoyillariga asoslangan xarajatlarni 
hisobga olish zaruriyati bilan bog‘langan holda buxgalteriya hisobi 
o‘zining huquqiy holatini (statusini) mustahkamladi” deya ta’kidlaydi
48
[12. –S.4]. 
J.Risharning guvohlik berishicha [1. –S.83], bir qator frantsuz 
mualliflari, eng avvalo, Edmon Defanj (1795 yil) o‘z asarlarida kapital 
qiymatining turli xil faza 9davr)lardagi harakatini batafsil bayon qilishgan. 
Dinamik yo‘nalish buxgalteri istalgan vaqtda pul ko‘rinishida kapital (D) 
xom-ashyo va uskunalarga, keyinchalik ishlab chiqarish jarayoni (P) 
ta’sirida – tovarga (G) (tugallangan yoki tugallanmagan mahsulot), nihoyat 
debitorlik qarzi va pul mablag‘lari (D
1
) (realizatsiyadan keyin) aylanishini 
ko‘rishni istaydi.
Uchta bosqichga (I – ishlab chiqarish vositalarini xarid qilish; II – 
mahsulotni tayyorlash uchun mablag‘(vosita)larni sarflash; III – tayyor 
mahsulotni realizatsiya qilish) ajratilgan mahsulotni yaratish hayotiy 
tsiklini sanoat kapitalining doiraviy aylanish formulasi bilan tavsiflash 
(ifodalash) mumkin:
(8) 
Korxonaning ishlab chiqarish-xo‘jalik va moliyaviy faoliyatining, bir 
tomondan vujudga keladigan xarajatlari bilan aniq qiymatliklar (pul 
mablag‘lari, mehnat predmetlari – xom-ashyo va materiallar, mehnat 
vositalari – asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, talab qilish huquqi – 
debitor qarzlar va boshqalar), ikkinchi tomondan qiymatliklar vujudga 
kelish manbalari – xususiy kapital (investitsiya qilingan va qayta 
investitsiya qilingan), jalb qilingan (qarz majburiyatlari) kapital va olingan 
daromadlar ko‘rinishida aks ettirilgan dinamik modelini buxgalteriya 
hisobi nuqtai-nazariyadan ko‘rib chiqamiz (3-rasm).
Statik buxgalteriya hisobi amaliyoti, keyinchalik vujudga kelgan 
statik balans nazariyasi ham kapital tushunchasini yetarlicha e’tibor 
qaratmagan. Aktivlarning sof qiymatini aniqlash uzoq vaqt davomida kirib 
kelgan yoki yaqinlashayotgan bankrotlikni aniqlash maqsadini nazarda 
tutgan. Keyinchalik aktivlarning sof qiymatini moliyaviy natijalarni 
47
Ришар Ж.
Бухгалтерский учет: теория и практика. - М.: Финансы и статис¬ тика, 2000. 
48
Ahmed Riahi-Belkaoui. Accounting Theory: 4
th
Edition. 2000 Thomson Learning. 


471 
aniqlashda (hisobot davri oxiri va boshidagi aktivlarning sof qiymatini 
taqqoslash) foydalanila boshlangan.
Permanent inventarizatsiya usuli (xo‘jalik faoliyatida sodir bo‘lgan 
barcha faktlarni dastlabki hujjatlarda qayd qilish va buxgalteriya 
schyotlarida aks ettirish) bilan sanoat kapitali doiraviy aylanishini 
o‘rganishga asoslangan buxgalteriya hisobini yuritishning dinamik 
amaliyotigina boshlang‘ich (dastlabki) pul mablag‘larini ushbu doiraviy 
aylanishning boshlanish payti deya tan olgan.
Statik buxgalteriya hisobi amaliyotidan real dinamik buxgalteriya 
hisobiga o‘tish, birinchi navbatda mulkdor kapitalini balansda ikki 
yoqlama: bir tomondan investitsiya qilingan xarid qobiliyati (xo‘jalik 
faoliyatining dastlabki manbasi), boshqa tomondan, aniq mulkiy 
ob’ektlari, odatda pul ko‘rinishida aks ettirishni talab qildi.
Kapitalni sharh(interpretatsiya)lashning zamonaviy kontseptsiyalari 
ikkita kontseptsiyaga asoslanadi: moliyaviy va moddiy. Moliyaviy 
hisobotning xalqaro standartlari(MHXS)ga muvofiq kapitalning moliyaviy 
kontseptsiyasida kapital investitsiya qilingan pul mablag‘lari yoki 
investitsiya qilingan xarid qobiliyati sifatida ko‘riladi va sof aktivlar 
tushunchasining sinonimi sifatida qabul qilinadi, ya’ni:
Mulkdor aktivi = Aktiv – Qarz majburiyatlari, (2.9) 
Operatsion qobiliyat ko‘zda tutiladigan kapitalning moddiy 
kontseptsiyasida kapital deganda kompaniyaning ishlab chiqarish quvvati 
(misol uchun bir kunda ishlab chiqariladigan mahsulotga asoslangan) 
tushuniladi. Ko‘pchilik kompaniyalarda o‘zlarining moliyaviy hisobotini 
tuzish uchun kapitalning moliyaviy kontseptsiyasini qabul qilganlar.


472 

Download 8,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   295   296   297   298   299   300   301   302   ...   338




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish