448
17.7. Mustaqillik yillarida hisob ilmining rivojlanishi
Yuqorida
ta’kidlaganimizdek, hisobning rivojlanishi har bir
mamlakatning tarixiy va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti
kabi omillar bilan
bog‘liq.
Mustaqillik davrida mamlakatimizda bozor iqtisodiyoti taraqqiy etgan
mamlakatlar tajribasini inobatga olgan holda buxgalterlik hisobi, hisobot va
nazoratning milliy tizimi shakllandi va rivojlanmoqda. Buxgalteriya
hisobining nazariy va uslubiy jihatlari S.K.Qodirxonov, M.Ostonaqulov,
B.Hoshimov, X.N.Musayev, A.S.Sotiboldiyev, R.R.Radjapov va boshqalar
tomonidan rivojlantirildi. Buxgalteriya hisobining
erkin bozor iqtisodiyoti
makoniga xos quyi tizimi sifatida boshqaruv hisobini shakllantirishda
S.Sh.Yuldashev,
A.X.Pardayev,
B.A.Hasanov,
A.A.Karimov,
A.A.Abdug‘aniyev,
O.A.Masharipov
kabi
olimlar
ulkan
hissa
qo‘shmoqdalar.
Milliy buxgalteriya hisobi, hisoboti va audit tizimining huquqiy-
me’yoriy bazasini yaratish va rivojlantirishda E.F.Gadoyev, T.I.Jo‘-rayev,
M.M.To‘laxo‘jayeva,
Sh.U.Haydarov,
X.A.Ortiqov,
X.A.To‘x-sanov,
B.Q.Abdinazarov va boshqalar faoliyat ko‘rsatmoqdalar.
Iqtisodiy tahlil, moliyaviy nazorat va auditorlik faoliyatining nazariy va
uslubiy
jihatlarini
rivojlantirishda
E.A.Akramov,
I.T.Abdu-karimov,
M.Q.Pardayev,
Yu.M.Itkin,
M.M.To‘laxo‘jayeva,
D.S.Qud-biyev,
N.S.Sanayev, Z.T.Mamatov, A.Usanov, N.Hasanov, B.Q.Ham-damov kabi
olimlarning ilmiy ishlari salmoqli o‘rin tutadi.
Tijorat
banklari faoliyati, tovar-moddiy zaxiralar hisobi, tahlili va
auditi masalalari yuzasidan A.Q.Qodirov, N.F.Karimov, F.Abduvo-hidov,
Z.Umarovlar tomonidan ilmiy izlanish olib borilmoqda..
Ishlab chiqarish hisobi va tannarx kalkulatsiyasining ilmiy va uslubiy
asoslari
O.M.Jumanov,
N.Yu.Jo‘rayev,
A.K.Ibragimov,
I.Ismo-nov,
A.Abdullayev, R.Xolbekov, A.Rizoqulov, A.I.Aliqulovlar asar-larida o‘z
aksini topgan.
Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida investitsiyalar
hisobi va auditi
bo‘yicha K.B.O‘rozov, B.X.Pardayev, Sh.X.Ilhomov, O.Jo‘rayev va
boshqalar fundamental izlanishlar olib borishmoqda.
Buxgalterlik ilmining tarixiga oid tadqiqotlar natijalarini umum-
lashtirish asosida buxgalterlik qachon paydo bo‘lgan degan savolga to’rt xil
javob berilib, bu to’rttala javob quyidagicha asoslanadi:
1) 6000 yil muqaddam, ya’ni kishilik jamiyatida sodir bo‘lgan faktlarni
maqsadli ravishda ro‘yxatga olish yoki belgilab qo‘yish boshlangan paytda;
449
2) 500
yil muqaddam, ya’ni Luka Pacholining nomi yuqoridagi qayd
qilingan kitobi(traktat) chiqqan vaqti;
3) 100 yil muqaddam, ya’ni buxgalterlik ilmining dastlabki nazariy
qurilmalari paydo bo‘lgan vaqt.
4) Mustaqillik yillarida buxgalteriya hisobi milliy tizimining barpo
bo’lishi va rivojlanishi hamda xalqoro hamjamiyatga uyg’unlashuvi.
Ushbu to’rtta javobning majmuasi buxgalterlik hisob ilmi chuqur
falsafiy
mushohadaga molik kasb, to‘g‘rirog‘i ma’lum ma’noda «hunar»,
«san’at» ekanligi va uning evolutsiyasi to’tr davrga xos to’rtta darajada
umumlashtirilishidir:
–
6000 yil oldin buxgalterlik amaliy faoliyat,
Do'stlaringiz bilan baham: